Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Universal asosiy daromad nima?

by Gulnoza Sobirova
May 30, 2025
in AI
Reading Time: 4 mins read
A A
Universal asosiy daromad nima?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy idrokning rivojlanish tendensiyasidan bir narsa borgan sari aniqlashib bormoqda – kelajakda deyarli barcha ishlar sun’iy idrok yoki robotlar vositasida bajarilishi mumkin. Bir qarashda bu juda zo’r, hamma ishni robotlar qiladi, odamlar hech narsa qilishi shart emas. «Osh bo’lsayu, ish bo’lmasa» degan davr keladigandek.

Lekin 2 ta savol tug’iladi:

  1. Hamma ishni robotlar qilsa, odamlar qanday daromad ko’radi?
  2. Hamma ishni robot qilsa, odamlar nima bilan band bo’ladi?

Bu savollar 2000 yillar boshida juda sekin va kam yangragan bo’lsa, Sun’iy Idrokning jadal rivojlanishi bilan bu savol borgan sari ko’p insonlar va tashkilotlarni o’ylantirmoqda.

Hozirda bu savolning oson javobi sifatida «Universal Asosiy Daromad» (UBI, Universal Basic Income) taklif qilinadi. Xo’sh, Universal Asosiy Daromad (UAD) nima degani?

UAD – bu har bir fuqaro davlatdan doimiy, kafolatlangan pul oladigan tizim. Qanchalik boy yoki kambag‘al bo‘lishingizdan qat’i nazar, sizga bu pul ajratiladi. Masalan, har oyda 200 dollar. Yoki 500, yoki 1000. Mamlakat iqtisodiy holatiga qarab o‘zgaradi. Muhimi – bu pul sizga har doim, shunchaki yashayotganingiz uchun beriladi.

Universal Asosiy Daromad (UAD) – bu qiymatlarning katta qismi Sun’iy Idrok va robotlar tomonidan yaratiladigan muhitda davlat tomonidan odamlar uchun hech qanday shartlarsiz va bir xil miqdorda davriy to’lab turiladigan oylik maosh. Ya’ni uni insonlar ish qilish yoki qilmasligidan qat’iy nazar har oy kafolatlangan miqdorda olib boradi.

Bu davlat tomonidan odamlarning xarid qobiliyatlarini ushlab turish, insonlarning muhtoj bo’lmasdan yashashlarini ta’minlash uchun tashkil qilinadi. Aksariyat nazariy manbalarda to’lovchi davlat deyiladi, lekin uning o’rniga xususiy jamg’armalar yoki hatto korporatsiyalar ham bo’lishlari mumkin.

UAD ning bir qator afzallik va kamchiliklari bor.

Afzalliklari:

  • Kambag’allikni kamaytirish – ishlar robotlar tomonidan qilinganda insoniyatning katta qatlami ishsiz va daromadsiz qoladi. UAD shunday insonlarga yordam beradi;
  • Ijtimoiy tenglik – hozirgi murakkab va tabaqalashgan ijtimoiy himoya tizimiga qaraganda yaxshi va oson – hamma bir xil yordam oladi;

Kamchilik va xatarlari:

  • Motivatsiyaning so’nishi – insonlar ishlariga mos ravishda rag’bat olmagandan keyin, ularda yangilik yaratish, biror ish qilishga motivatsiya bo’lmaydi.
  • Ijtimoiy adolatsizlik – jamiyatga foyda keltirgan yaxshi inson ham, bekorchi yoki jinoyatchi ham bir xil daromad oladi
  • Tajribaning qimmatga tushishi – bunday tuzum inson yaratilgandan beri bo’lmagan va uni joriy qilish juda qiyin kechadi, xatolarning narxi baland bo’ladi.

UAD termini haqida birinchi marta 2017 yilda Ilon Muskning World Government Summitdagi Muhammad al-Gergavi bilan suhbatida to’qnash kelgandim, Ilon Musk «men UADni yoqlayman demayman, lekin bu aniq bizni kutayotgan kelajak» deb ta’rif bergan edi.

Open AI asoschisi Sam Altman ham o’zining 2014 yilda yozgan «Texnologik va Boylik notengligi» nomli maqolasida UAD haqida yozadi. Keyinchalik Sam Altman Y Combinator doirasida OpenResearch tashkilotini shaxsiy va boshqa jamg’armalaridan moliyalashtirib, «Unconditional Cash Study» tajribasini o’tkazgan, 3 yil davomida 1000 ta kam daromadli odamga hech qanday shartsiz $1000 dan, va 2000 ta odamga $50 dan berib borgan va natijalarini kuzatib borishgan.

Bu xususiy bir sinov deyishingiz mumkin. Lekin UAD – jiddiy masala va bu bilan jiddiy shug’ullanishmoqda. Masalan, Stenford Universitetida «Basic Income Lab» maxsus laboratoriyasi UAD masalalari bo’yicha tadqiqot qiluvchi olimlarni yig’ib, tajribalar o’tkazib kelishmoqda.

Ushbu Laboratoriya Pensilvaniya Universitetidagi Kafolatlangan Daromad Tadqiqoti Markazi (CGIR, Center for Guaranteed Income Research) va Kafolatlangan Daromad Tarafdorlari Tarmog’i (MGI, Mayors for Guaranteed Income) tashkilotlari bilan hamkorlikda AQSh tarixida misli ko’rilmagan tajriba dasturini o’tkazmoqda. Ushbu dastur «Guaranteed Income Pilots» deb nomlanadi va uning doirasida 30 dan ortiq joyda minglab insonlarga tajriba tariqasida turli mablag’lar oylik daromad sifatida to’lab kelinmoqda, ularning xarajatlari va harakatlari tahlil qilinib, tegishli iqtisodiy-siyosiy xulosalar olinmoqda.

Xullas, Universal Asosiy Daromad – «ertak» emas, bu real iqtisodiy-siyosiy konsepsiya. Bu g’oya ideal degani emas. Lekin UAD hozirgacha insonlarning ongiga kelayotgan yagona yechim sifatida yangramoqda.

Tolibjon Mirzaqulov,
Sun’iy Idrok sohasida ekspert,
“Fikrofon” blogi muallifi

Previous Post

Yammiy — Shirin orzular yetkaziladi

Next Post

Garajdan imperiyaga: oddiy boshlanishlarning buyuk natijalari

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Dekabr 2, 2025
Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Noyabr 22, 2025
Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Oktabr 25, 2025
OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

Oktabr 24, 2025
Next Post
Garajdan imperiyaga: oddiy boshlanishlarning buyuk natijalari

Garajdan imperiyaga: oddiy boshlanishlarning buyuk natijalari

2030-yilga tayyorgarlik: yashash va rivojlanish uchun muhim ko‘nikmalar

2030-yilga tayyorgarlik: yashash va rivojlanish uchun muhim ko‘nikmalar

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

Dekabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?
  • YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi
  • Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?