Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Uzum Market: O‘zbekistonning zamonaviy bozor giganti

by Gulnoza Sobirova
Fevral 18, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Uzum Market: O‘zbekistonning zamonaviy bozor giganti
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Bir kuni bozorda o‘g‘lim bilan navbatda turarkanmiz, u zerikib: «Ona, Uzum Marketdan buyurtma bersangiz bo‘lardi-ku, navbatda turishga hojat yo‘q,» deb qoldi. Avvaliga ishonmadim, bozordan oladigan mahsulotlarni yetkazib berishlari mumkinligini tasavvur ham qilmagandim. Lekin uyga yetiboq sinab ko‘rdik: meva-cheva, non, hatto uy-ro‘zg‘or buyumlarini ham tez va sifatli yetkazib berishdi. O‘shanda angladimki, bu xizmat nafaqat vaqtni tejaydi, balki turmushimizni ham ancha qulaylashtiradi. Ha, Uzum Market hayotimizning muhim bir qismiga aylanib bormoqda.

Kompaniya qanday yaraldi?

Uzum Market 2022-yil 1-dekabrda o‘z faoliyatini boshladi va qisqa fursatda O‘zbekistonda elektron tijorat sohasining yetakchilaridan biriga aylandi. Asoschilari Jasur Jumayev va Boris Dobrodeev bo‘lib, ular innovatsion g‘oyalar va ilg‘or texnologiyalarni birlashtirib, bozorga yangi yondashuv olib kirishni maqsad qildilar. Jasur Jumayev, Rossiyada mashhur «Vkontakte» kompaniyasining sobiq rahbari va «KupiKupon» kompaniyasining hammuassisi bo‘lib, o‘z tajribasini O‘zbekistonda muvaffaqiyatli tatbiq etishga qaror qildi. Uning strategik yondashuvi Uzum Marketni qisqa vaqt ichida kuchli raqobatchiga aylantirdi.

Boris Dobrodeev esa Rossiyaning mashhur «VK» kompaniyasining sobiq bosh direktori bo‘lib, hozirda Uzum Marketda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi. Ularning birlashgan kuchi Uzum Marketni nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo bozorida ham mustahkamlashga yordam berdi. Texnologiyalarni rivojlantirish, tezkor yetkazib berish tizimlari va mijozlarga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish orqali Uzum Market ishonchli va barqaror brendga aylandi. Shu tariqa, kompaniya nafaqat savdo, balki raqamli xizmatlar orqali ham o‘z muvaffaqiyat yo‘lini yaratdi.

Brend nomi nima ma’noni anglatadi?

Uzum Market nomi shunchaki brend emas, balki yurtimizning boy tarixi, qadriyatlari va milliy merosini aks ettiradi. Uzum qadimdan o‘zbek xonadonlarida farovonlik va muhabbat ramzi bo‘lib kelgan.

Nomning tanlanishi, brend asoschilarining milliy qadriyatlarni hurmat qilishini va iste’molchilar uchun eng qulay xizmatlarni taqdim etishga intilishini anglatadi. Uzum Market sifatli mahsulotlari, tezkor yetkazib berish tizimi va mijozlarga e’tibor bilan bozorda o‘z o‘rnini mustahkamladi. Bu muvaffaqiyatning asosiy omili esa, albatta, brend nomining milliy ruh bilan uyg‘unligidir.

Uzum Market va raqobatchilar

Uzum Market – O‘zbekistondagi eng yirik marketpleyslardan biri bo‘lib, elektron tijorat, fintech va bank xizmatlarini o‘z ichiga olgan ekotizimni yaratgan. Bugungi kunda Uzum Market elektron tijorat bozorining 70 foizidan ortig‘ini egallagan bo‘lib, eng yaqin raqobatchisidan 11 baravar katta hajmda ishlamoqda.

Uzum Market xalqaro raqobatchilari orasida Rossiyaning Ozon va Wildberries platformalari hamda Xitoyning Temu servisi mavjud. Ozon va Wildberries O‘zbekistonga yetkazib berish xizmatlarini taklif qilgani bois, mahalliy bozor uchun jiddiy raqobat vujudga kelmoqda.

Uzum Marketning eng katta afzalliklaridan biri – uning ishonchli logistika tizimi. Foydalanuvchilar maxsus chegirmalar va aksiyalar orqali xaridlarni yanada foydali amalga oshirish imkoniyatiga ega. Masalan, 2023-yilda Uzum Market mobil ilovasi 13,5 million martadan ortiq yuklab olingan bo‘lib, bu O‘zbekistonda Telegram va Instagram’dan keyin eng ommabop ilovalardan biri bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Ish o‘rinlari va geografik qamrov

Uzum Market mamlakat iqtisodiyotiga ham katta hissa qo‘shmoqda. Hozirgi kunda kompaniyada 10 mingga yaqin xodim ishlaydi, ularning 1000 nafari dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

2024-yil davomida kompaniyaning buyurtmalarni yetkazib berish punktlari soni 934 taga yetdi. Bu punktlarning katta qismi aholisi 30 ming nafardan kam bo‘lgan hududlarda joylashgan bo‘lib, yangi ish o‘rinlarini yaratishga ham xizmat qilmoqda. Masalan, yangi ochilgan topshirish punktlarining 27 foizi 30 ming kishigacha bo‘lgan shaharlar, 15 foizi esa 10 ming kishigacha bo‘lgan qishloq va tumanlarda joylashgan.

Uzum Market qisqa vaqt ichida O‘zbekistonning yetakchi elektron tijorat platformasiga aylandi. Sifat, innovatsiya va mijozlarga e’tibor uning muvaffaqiyat kaliti bo‘lib, kompaniya nafaqat onlayn xaridlarni osonlashtiradi, balki mahalliy iqtisodiyot va ish o‘rinlariga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Uzum Market innovatsion echimlar va barqaror rivojlanish strategiyalari orqali kelajakda yanada yuksalishga intilmoqda.

“Eng yaxshi maqola” tanlovining 3-o’rin g‘olibi Azizbek Turdiboyev tayyorlagan

Previous Post

LEGO: Oddiy yog‘och o‘yinchoqlardan glabal imperiyagacha

Next Post

Netflix: Oddiylik va murakkablik oralig‘idagi muvaffaqiyat yo‘li

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

Fevral 4, 2026
Imkon VC O‘zbekistonda startap investitsiyalarini soddalashtirish va kraudfanding orqali asoschilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish boshladi

Imkon VC O‘zbekistonda startap investitsiyalarini soddalashtirish va kraudfanding orqali asoschilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish boshladi

Fevral 1, 2026
Qozog‘iston SI rivoji bo‘yicha ilk hisobotini taqdim etdi

Qozog‘iston SI rivoji bo‘yicha ilk hisobotini taqdim etdi

Yanvar 29, 2026
Next Post
Netflix: Oddiylik va murakkablik oralig‘idagi muvaffaqiyat yo‘li

Netflix: Oddiylik va murakkablik oralig‘idagi muvaffaqiyat yo‘li

Moliyaviy erkinlikka yo‘l: Robert Kiyosakining “Boy ota, kambag‘al ota” kitobidan saboq

Moliyaviy erkinlikka yo‘l: Robert Kiyosakining “Boy ota, kambag‘al ota” kitobidan saboq

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Fevral 9, 2026

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Fevral 5, 2026
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?
  • Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish
  • 2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?