{"id":10388,"date":"2026-02-03T19:30:00","date_gmt":"2026-02-03T14:30:00","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=10388"},"modified":"2026-02-03T19:51:49","modified_gmt":"2026-02-03T14:51:49","slug":"2025-yil-aloqaventures-uchun-qanday-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/2025-yil-aloqaventures-uchun-qanday-otdi\/","title":{"rendered":"2025-yil AloqaVentures uchun qanday o\u2019tdi?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Venchur kapitali bozorida kapital allokatsiyasi har doim rasmiy bayonotlardan ko\u2018ra ko\u2018proq haqiqatni so\u2018zlaydi. Pivot va <a href=\"https:\/\/www.google.com\/url?q=https:\/\/stanbase.tech\/&amp;sa=D&amp;source=docs&amp;ust=1770122237492938&amp;usg=AOvVaw3GBuUelKNVc0G9zqn30RXQ\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Stanbase<\/a> hamkorligida tahlil qilingan ma\u2019lumotlar O\u2018zbekiston texnologik bozorida tub burilish yuz berganini tasdiqlamoqda. <a href=\"https:\/\/t.me\/pivotuzbekistan\/197\">Fond o\u2018tgan uch yil davomida (2022\u20132025)<\/a> jami $4,1 million dollar investitsiya kiritgan bo\u2018lsa, 2025-yilning o\u2018zida bu ko\u2018rsatkich $5,25 million dollarga yetdi. Ushbu keskin o\u2018sish shunchaki byudjetning kengayishi emas, balki fond mandatining &laquo;ekotizimni uyg\u2018otish&raquo;dan &laquo;agressiv o\u2018sishni moliyalashtirish&raquo;ga o\u2018zgarganini anglatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">AloqaVentures 2022\u20132025-yillarda o\u2018ta ehtiyotkor, <strong>&laquo;risk averse&raquo; (xatardan qochish)<\/strong> siyosatini yuritgan, ya\u2019ni bu davrda fond pulni faqat &laquo;oyoqda mustahkam turgan&raquo;, bozorda o\u2018zini oqlagan va xatari minimal bo\u2018lgan, allaqachon yurib turgan startaplarga berishni afzal ko\u2018rgan. Kichik cheklar \u2014 bu ishonchsizlik belgisi emas, balki balki kapitalni asrashga qaratilgan ehtiyotkorlik chorasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2025-yilga kelib esa o\u2018yin qoidalari o\u2018zgardi. Investitsiya cheki diapazoni <strong>$10,000 dan $1,000,000 gacha<\/strong> kengaydi. Investitsiya spredining kattalashishi fondning <strong>risk darajasi (risk appetite) yuqorilaganini<\/strong> bildiradi. Nomi oshkor etilmagan startapga kiritilgan 1 million dollarlik rekord investitsiya, shuningdek, Smartup ($500k) va Startup Garage ($500k) kabi yirik bitimlar fondning endilikda nafaqat ehtiyotkor yurishlarni, balki katta tavakkalchilik talab qiladigan strategik o\u2018yinlarni ham boshlaganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fond faoliyatidagi yana bir muhim, <strong>ammo ko\u2018pchilikka noma&#8217;lum<\/strong> yangilik \u2014 bu daromadlilik ko\u2018rsatkichidir. AloqaVentures shu qisqa davr ichida portfeldagi <strong>5 ta startapdan &laquo;Exit&raquo; qilishga (ulushini sotib chiqishga)<\/strong> ulgurgan. Biz bu bitimlarning aniq summasi va &laquo;X&raquo; multiplikatorlarini oshkor qila olmaymiz, ammo faktning o\u2018ziyoq bozorga jiddiy signal beradi: fond nafaqat pul kirityapti, balki exitlarni ham boshlagan.<br><br>Portfel strukturasidagi yana bir muhim o\u2018zgarish \u2014 bu iste\u2019molchiga yo\u2018naltirilgan (B2C) ilovalardan murakkab B2B yechimlarga o\u2018tishdir. 2025-yilgi ro\u2018yxatda <a href=\"https:\/\/www.google.com\/url?q=https:\/\/stanbase.tech\/companies\/smartup&amp;sa=D&amp;source=docs&amp;ust=1770122237492704&amp;usg=AOvVaw1Hvzzix_jE_ayBxwwqHjou\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Smartup<\/a>, <a href=\"https:\/\/www.google.com\/url?q=https:\/\/stanbase.tech\/companies\/datatruck&amp;sa=D&amp;source=docs&amp;ust=1770122237492561&amp;usg=AOvVaw2J4ED8-JnPBvl18Md3P8Qd\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Datatruck<\/a> ($300k), <a href=\"https:\/\/www.google.com\/url?q=https:\/\/stanbase.tech\/companies\/verifix&amp;sa=D&amp;source=docs&amp;ust=1770122237492294&amp;usg=AOvVaw1pLfzTO-hdWyJeRldGc6bL\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Verifix<\/a> ($250k)&nbsp; kabi loyihalarning ustunlik qilishi investorlarning kayfiyati pragmatiklashganini bildiradi. Ular endi foydalanuvchilar bazasining tez o\u2018sishiga emas, balki barqaror pul oqimi (cash-flow), unit-iqtisodiyot va eksport salohiyatiga e\u2019tibor qaratmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">AloqaVentures 2025-yilda o\u2018zining investitsion tezligini oshirish orqali bozorga aniq signal yubordi: mahalliy ekotizim &laquo;bolalik davri&raquo;dan chiqdi. Fond endi shunchaki mahalliy o\u2018yinchilarni qo\u2018llab-quvvatlovchi ehtiyotkor o\u2019yinchi emas, balki global ambitsiyaga ega, tavakkal qilishga tayyor&nbsp; &laquo;Smart Money&raquo; institutiga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Pivot va <a href=\"https:\/\/www.google.com\/url?q=https:\/\/stanbase.tech\/&amp;sa=D&amp;source=docs&amp;ust=1770122237492938&amp;usg=AOvVaw3GBuUelKNVc0G9zqn30RXQ\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Stanbase<\/a> hamkorligida har bir fond portfeli haqida yoritib boramiz<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Venchur kapitali bozorida kapital allokatsiyasi har doim rasmiy bayonotlardan ko\u2018ra ko\u2018proq haqiqatni so\u2018zlaydi. Pivot va Stanbase hamkorligida tahlil qilingan ma\u2019lumotlar O\u2018zbekiston texnologik bozorida tub burilish yuz berganini tasdiqlamoqda. Fond o\u2018tgan uch yil davomida (2022\u20132025) jami $4,1 million dollar investitsiya kiritgan bo\u2018lsa, 2025-yilning o\u2018zida bu ko\u2018rsatkich $5,25 million dollarga yetdi. Ushbu keskin o\u2018sish shunchaki byudjetning kengayishi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10386,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[426],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-10388","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bozor-malumotlari-va-hisobotlari"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10388","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10388"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10388\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10399,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10388\/revisions\/10399"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10386"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10388"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10388"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10388"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=10388"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}