{"id":10528,"date":"2026-02-20T12:36:46","date_gmt":"2026-02-20T07:36:46","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=10528"},"modified":"2026-02-20T12:44:26","modified_gmt":"2026-02-20T07:44:26","slug":"kapitalning-sharqqa-kochishi-osiyo-startap-ekotizimi-yuksalmoqda-garb-bozorlari-esa-inqirozda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/kapitalning-sharqqa-kochishi-osiyo-startap-ekotizimi-yuksalmoqda-garb-bozorlari-esa-inqirozda\/","title":{"rendered":"Kapitalning Sharqqa ko&#8217;chishi: Osiyo startap ekotizimi yuksalmoqda, G&#8217;arb bozorlari esa inqirozda"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Global startap landshafti so&#8217;nggi yillardagi eng keskin o&#8217;zgarishlarni boshdan kechirmoqda. GSER 2025 (Global Startup Ecosystem Report) ma&#8217;lumotlariga ko&#8217;ra, Osiyo va Afrika bozorlari oldinga chiqayotgan bir paytda, Yevropa va Shimoliy Amerika ekotizimlari jiddiy turg&#8217;unlikka yuz tutmoqda. Global Top 40 reytingida 16 ta ekotizim o&#8217;z pozitsiyasini yaxshiladi, 18 tasi esa pastga quladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu maqolada Pivot.uz kuzatuvchilari, venchur investorlar va startap asoschilari uchun global bozorning bugungi holati, raqamlar va kelajak trendlari haqida eng muhim faktlarni tahlil qilamiz.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">1. Ekotizim Qiymatidagi (EV) Qulash va Venchur Inqirozi<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ekotizim qiymati (Ecosystem Value &#8211; EV) \u2014 startaplar bahosi va so&#8217;nggi 2,5 yildagi chiqishlar (exits) yig&#8217;indisi. 2025-yilda global miqyosda EV <strong>31% ga<\/strong> keskin pasaydi.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Top 20 talikdagi holat:<\/strong> O&#8217;tgan yilgi eng kuchli 20 ta ekotizimning median EV ko&#8217;rsatkichi <strong>24% ga<\/strong> tushgan. Faqatgina uchta shahar \u2014 <strong>Pekin, Los-Anjeles va Tokio<\/strong> ijobiy o&#8217;sish ko&#8217;rsatdi. Parij barqaror qoldi, qolgan barcha shaharlarda pasayish kuzatildi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Erta bosqich inqirozi:<\/strong> 2022-yil oxiridan boshlab Seed va Series A bosqichlaridagi moliyalashtirish ham bitimlar soni, ham qiymati jihatidan keskin qisqardi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Exit (Chiqish) muammolari:<\/strong> $50 milliondan yuqori bo&#8217;lgan yirik exit&#8217;lar Top 40 ekotizimda <strong>31% ga<\/strong>, global miqyosda esa <strong>40% ga<\/strong> kamaydi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Tarixiy sabab:<\/strong> Bu holat qisman 2021-yildagi &laquo;ko&#8217;pik&raquo; bilan bog&#8217;liq. O&#8217;sha yili rekord darajada \u2014 <strong>682 ta<\/strong> yangi unicorn paydo bo&#8217;lgan (2020-yilda bu raqam 165 ta edi), o&#8217;rtacha exit qiymati esa 2020-yildagi $99 milliondan 2021-yilda <strong>$233 millionga<\/strong> ko&#8217;tarilgan edi. Bugungi kunda startaplar o&#8217;sha sun&#8217;iy ishirilgan baholarni oqlashga qiynalmoqda.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-1 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"576\" data-id=\"10524\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-2-1024x576.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-10524\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-2-1024x576.png 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-2-300x169.png 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-2-768x432.png 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-2-1536x864.png 1536w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-2-600x338.png 600w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-2-150x84.png 150w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-2-750x422.png 750w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-2-1140x641.png 1140w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-2.png 1920w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"576\" data-id=\"10522\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-1-1024x576.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-10522\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-1-1024x576.png 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-1-300x169.png 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-1-768x432.png 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-1-1536x864.png 1536w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-1-600x338.png 600w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-1-150x84.png 150w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-1-750x422.png 750w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-1-1140x641.png 1140w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/image-1.png 1920w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">2. Sun&#8217;iy Intellekt (AI): yangi davr dvigateli<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">SaaS modeli o&#8217;z davrini yakunlamoqda \u2014 xuddi 1992-yilda Netscape paydo bo&#8217;lib, an&#8217;anaviy dasturiy ta&#8217;minotni siqib chiqargani kabi. AI endi shunchaki soha emas, balki har bir startapning poydevoriga aylanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Kapital konsentratsiyasi:<\/strong> Hozirgi kunda global AI moliyalashtirishning <strong>90% qismi AQSH va Xitoy<\/strong> hissasiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Global ekotizim qiymatining 56% ni ham aynan shu ikki davlat nazorat qilmoqda.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Venur kapitalining yangi yo&#8217;nalishi:<\/strong> O&#8217;tgan yili AI va Big Data startaplariga yo&#8217;naltirilgan venchur kapitali <strong>33% ga<\/strong> o&#8217;sdi. Hozirda jami global VC investitsiyalarining <strong>40% i<\/strong> aynan shu sektorga kiritilmoqda (2021-yilda bu 26% edi). AI startaplari uchun Series A raundlari boshqa sohalarga nisbatan o&#8217;rtacha ikki barobar kattaroq.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Liderlar va ta&#8217;qibchilar:<\/strong> Silikon vodiysi 2023-2024 yillarda AI-Native startaplarga <strong>$30 milliarddan<\/strong> ortiq sarmoya jalb qilib mutlaq yetakchilikni saqlab qoldi. Ammo Pekin <strong>$5 milliard<\/strong> investitsiya bilan uni ta&#8217;qib qilmoqda. Parij, Dehli, Istanbul va San-Diyegoda AI startaplar soni so&#8217;nggi 3 yilda ikki barobarga oshgan bo&#8217;lsa, Toronto, Shenjen, Shanxay va Mumbayda AI&#8217;ga yo&#8217;naltirilgan sarmoyalar hajmi <strong>10 barobarga<\/strong> o&#8217;sdi.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">3. Sektorlar jangi<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kapital bozoridagi o&#8217;zgarishlar qaysi sohalar kelajak ekanligini, qaysilari esa inqirozga yuz tutayotganini aniq ko&#8217;rsatib berdi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>O&#8217;sayotgan sektorlar:<\/strong> Life Sciences (Hayot fanlari) +17% ga, Kiberxavfsizlik +4% ga sarmoyaviy o&#8217;sish ko&#8217;rsatdi. Blockchain sohasidagi moliyalashtirish 2024-yilda 0% (barqaror) saqlanib qoldi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Qulayotgan sektorlar:<\/strong> Edtech (Ta&#8217;lim texnologiyalari) sarmoyalari <strong>-57% ga<\/strong>, Cleantech (Toza energiya) esa <strong>-40% ga<\/strong> qisqardi. Xususan, Cleantech 2024-yilda $13 milliard jalb qildi (2022-yilda bu ko&#8217;rsatkich $28 milliard edi). AdTech va Digital Media sohalari ham og&#8217;ir kunlarni boshdan kechirmoqda.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">4. Mintaqaviy tafovutlar va Top 40 Reytingi<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qit&#8217;alar miqyosida EV ning pasayishi turlicha bo&#8217;ldi. Osiyo va Afrika qit&#8217;alari eng kam zarar ko&#8217;rdi (-17%). Shimoliy Amerika -18%, Okeaniya -19%, MENA (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika) -22%, Yevropa -24% pasayishni qayd etgan bo&#8217;lsa, eng katta qulash Lotin Amerikasiga (-45%) to&#8217;g&#8217;ri keldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Top 40 reytingidagi muhim siljishlar:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>London<\/strong> 2019-yildan beri birinchi marta 3-o&#8217;ringa tushib qoldi (Nyu-York uni ortda qoldirdi).<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Boston<\/strong> yana Top-5 likka qaytdi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Parij<\/strong> unicorn&#8217;lar soni va erta bosqich bitimlari hisobiga 12-o&#8217;ringa ko&#8217;tarildi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Filadelfiya<\/strong> so&#8217;nggi 5 yil ichida aqlbovar qilmas <strong>35 pog&#8217;onaga<\/strong> (bu yilning o&#8217;zida 12 pog&#8217;ona) o&#8217;sib, 13-o&#8217;rinni egalladi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Gonkong<\/strong> Emerging (Rivojlanayotgan) ro&#8217;yxatidan to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri Top-40 ning 27-o&#8217;rniga sakradi. Bengaluru esa 14-o&#8217;ringa (+7) chiqdi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Xitoy shaharlarining barchasi o&#8217;sdi:<\/strong> Pekin (5-o&#8217;rin), Shanxay (10-o&#8217;rin), Shenjen (17-o&#8217;rin), Xanchjou (23-o&#8217;rin) va Guanchjou (35-o&#8217;rin).<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">5. Strategik davlat siyosati: nima uchun ba&#8217;zilar tez o&#8217;smoqda?<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ekotizim shunchaki o&#8217;z-o&#8217;zidan rivojlanmaydi. Startup Genome ma&#8217;lumotlariga ko&#8217;ra, ilg&#8217;or siyosiy qarorlarni joriy etgan hududlarda EV o&#8217;sishi boshqalarga nisbatan <strong>46% ga tezroq<\/strong> kechgan (har yili qo&#8217;shimcha $1.4 mlrd qiymat).<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Seul<\/strong> startap tashabbuslari uchun 4 yil ichida $1,4 milliard yo&#8217;naltirdi va reytingda 12 pog&#8217;onaga o&#8217;sdi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Isroil (Tel-Aviv)<\/strong> o&#8217;zidan 10 barobar katta shaharlar bilan raqobatlashib, reytingda 4-o&#8217;ringa chiqdi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>BAA (Abu-Dabi va Dubay)<\/strong> MENA mintaqasida yetakchilikni mustahkamlamoqda.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">6. Startap sadbirlari <\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">VivaTech, Web Summit, TNW kabi yirik tadbirlar shunchaki &laquo;networking&raquo; emas, balki real iqtisodiy o&#8217;sish katalizatoridir.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Lissabon tajribasi:<\/strong> Web Summit tadbirini o&#8217;ziga jalb qilish orqali Lissabon startaplarining xalqaro o&#8217;yinchilar bilan mazmunli aloqalari <strong>3 barobarga<\/strong> oshdi. 2016-2020 yillar oralig&#8217;ida shahardagi erta bosqich moliyalashtirishi <strong>2 barobardan ko&#8217;proqqa<\/strong> o&#8217;sdi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Parij tajribasi (VivaTech):<\/strong> 3200 dan ortiq xalqaro investorlar qatnashadigan ushbu tadbir LVMH, AWS kabi korporatsiyalar va startaplar o&#8217;rtasida to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri shartnomalar tuzilishiga xizmat qiladi. Aksariyat startaplar yillik lidlarining (mijoz\/hamkorlar) <strong>25-60% qismini<\/strong> aynan mana shu 4 kunlik tadbir davomida topadilar.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Global startap industriyasida organik o&#8217;sish davri tugadi. Bugungi raqobat maydonida faqatgina Sun&#8217;iy Intellektga moslashgan, aniq davlat siyosatiga tayanuvchi va o&#8217;z bozorini xalqaro miqyosda integratsiya qila olgan ekotizimlargina omon qoladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Global startap landshafti so&#8217;nggi yillardagi eng keskin o&#8217;zgarishlarni boshdan kechirmoqda. GSER 2025 (Global Startup Ecosystem Report) ma&#8217;lumotlariga ko&#8217;ra, Osiyo va Afrika bozorlari oldinga chiqayotgan bir paytda, Yevropa va Shimoliy Amerika ekotizimlari jiddiy turg&#8217;unlikka yuz tutmoqda. Global Top 40 reytingida 16 ta ekotizim o&#8217;z pozitsiyasini yaxshiladi, 18 tasi esa pastga quladi. Ushbu maqolada Pivot.uz kuzatuvchilari, venchur [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10526,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[426],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-10528","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bozor-malumotlari-va-hisobotlari"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10528","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10528"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10528\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10529,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10528\/revisions\/10529"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10526"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10528"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10528"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10528"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=10528"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}