{"id":10825,"date":"2026-04-08T18:10:42","date_gmt":"2026-04-08T13:10:42","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=10825"},"modified":"2026-04-08T18:58:53","modified_gmt":"2026-04-08T13:58:53","slug":"ozbekiston-startuplari-uchun-afrika-va-mena-bozorlariga-yangi-koprik-qurilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/ozbekiston-startuplari-uchun-afrika-va-mena-bozorlariga-yangi-koprik-qurilmoqda\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston startaplari uchun Afrika va MENA bozorlariga yangi ko\u2018prik qurilmoqda"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistonning eng yirik venchur studiyasi hisoblangan <strong>Startup Garage<\/strong> yaqindagina nufuzli <strong>CEVF 2026<\/strong> forumida &laquo;Eng yaxshi ekotizim ishtirokchisi&raquo; (<em>The Best Ecosystem Player<\/em>) nominatsiyasida g\u2018olib deb topildi. Ushbu yuksak e&#8217;tirof tasodifiy emas \u2014 u kompaniyaning so&#8217;nggi yillardagi dadil strategik qadamlari, xususan, O&#8217;zbekiston loyihalarini <a href=\"https:\/\/pivot.uz\/uz\/startup-garage-marokashga-yol-oldi-ozbekistonlik-startaplar-endi-shimoliy-afrikada-ham-boladi\/\">Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA)<\/a> bozorlariga olib chiqish borasidagi tinimsiz harakatlarining mantiqiy natijasidir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O&#8217;tgan davr mobaynida O\u2018zbekiston startap va venchur ekotizimining yetakchi ishtirokchilari \u2014 <strong>Startup Garage, Imkon Ventures, Asaxiy Invest<\/strong> va <strong>REVO GLOBAL<\/strong> delegatsiyasi Afrikaning eng yirik texnologiya va innovatsiya maydoni bo\u2018lgan Marokashdagi <strong>GITEX Africa<\/strong> ko&#8217;rgazmasida ishtirok etgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu tashrif shunchaki tanishuv emas, balki O\u2018zbekiston startaplari va tadbirkorlari uchun Afrika hamda MENA bozorlariga chiqish bo\u2018yicha amaliy ko\u2018prik yaratishga xizmat qildi. Kengayish doirasida Startup Garage Kasablanka (Marokash) shahrida o&#8217;zining yangi ofisini ochib, Shimoliy Afrikada o\u2018z faoliyatini boshlagan <strong>Markaziy Osiyodagi birinchi venchur studiyaga<\/strong> aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Startup Garage Morocco mintaqaviy rahbari Zaid Benbya<\/strong> ikki mintaqa o&#8217;rtasidagi bu kabi integratsiyani ulkan imkoniyat deb hisoblaydi:<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>&laquo;Biz Marokashda Startup Garage faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yganimizdan beri bir narsani aniq ko\u2018rdik: Markaziy Osiyo va Afrika o\u2018rtasida hali to\u2018liq ochilmagan, lekin juda katta salohiyatga ega bo\u2018lgan tabiiy hamkorlik maydoni bor. O\u2018zbekistonlik founderlar va tadbirkorlarning bu yerga kelib, bozorni bevosita o\u2018rganayotgani juda quvonarli. Bu shunchaki tashrif emas \u2014 bu uzoq muddatli hamkorliklar, investitsiyalar va real biznes aloqalarining boshlanishi.&raquo;<\/em><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"576\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/telegram-cloud-document-4-5958491988977261003-1-1024x576.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-10826\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/telegram-cloud-document-4-5958491988977261003-1-1024x576.jpg 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/telegram-cloud-document-4-5958491988977261003-1-300x169.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/telegram-cloud-document-4-5958491988977261003-1-768x432.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/telegram-cloud-document-4-5958491988977261003-1-1536x864.jpg 1536w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/telegram-cloud-document-4-5958491988977261003-1-2048x1152.jpg 2048w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/telegram-cloud-document-4-5958491988977261003-1-600x338.jpg 600w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/telegram-cloud-document-4-5958491988977261003-1-150x84.jpg 150w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/telegram-cloud-document-4-5958491988977261003-1-750x422.jpg 750w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/telegram-cloud-document-4-5958491988977261003-1-1140x641.jpg 1140w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Afrika qit&#8217;asiga kirishdan avval Startup Garage mamlakatimizning barcha 14 hududida o&#8217;z qamrovini ta&#8217;minlab, <strong>150 dan ortiq startaplarni<\/strong> qo\u2018llab-quvvatlashga ulgurgan edi. Ulardan 10 dan ortig\u2018i allaqachon <strong>$2 milliondan ziyod<\/strong> tashqi investitsiyalarni jalb qilishga muvaffaq bo\u2018lgan. <strong>REVO GLOBAL vakili Yo\u2018ldoshboy Sultonov<\/strong> uchun bu Marokashga ilk tashrif bo\u2018ldi. U bugungi tashabbusni O\u2018zbekistonlik founderlar uchun yangi bosqich deya e&#8217;tirof etdi:<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>&laquo;Aytishim mumkinki, bu safar biz uchun juda foydali tajriba berdi. Bozorning ichki qatlamini ko\u2018rish, odamlar va biznes kayfiyatini his qilish katta ahamiyatga ega. Kelajakda bu yerda hamkorliklarni kuchaytirish va biznes imkoniyatlarini chuqurroq o\u2018rganish niyatidamiz. Shu jihatdan, bunday tashrifni tashkil etib, bizga yangi ufqlarni ochib bergani uchun Startup Garage jamoasiga tashakkur bildiraman.&raquo;<\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Marokash bozoriga kirish xaritadagi tasodifiy tanlov emasligini real raqamlar ham tasdiqlaydi: 2025-yilda Kasablankada ilk ofis ishga tushirilishi bilanoq, qisqa vaqt ichida <strong>200 dan ziyod<\/strong> mahalliy startapchilar ushbu platforma atrofida jipslashdi. Kompaniyaning keyingi strategik rejalari yanada yirikroq \u2014 operatsion faoliyatni kengaytirib, <strong>100 ta doimiy rezident-kompaniyalardan<\/strong> iborat yirik ekotizimni shakllantirish. Ushbu zamonaviy infratuzilma nafaqat mahalliy loyihalar, balki uzoq Markaziy Osiyodan kelayotgan founderlar uchun ham Yaqin Sharq va Afrika (MENA) bozorlarini zabt etishda <strong>yagona tayanch markaz<\/strong> vazifasini o&#8217;taydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Amalga oshirilayotgan bu ishlar orqasida chuqur o&#8217;ylangan strategiya yotibdi. Bu jarayonlarni xulosalar ekan, Startup Garage asoschisi Muhammad Xalil o&#8217;z oldilariga qo&#8217;yilgan asosiy vazifaga alohida to&#8217;xtalib o&#8217;tdi:<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>&laquo;Bizning maqsadimiz faqat delegatsiya olib kelish emas. O\u2018zbek startaplari butun dunyo uchun zarur bo\u2018lgan texnologik yechimlarni ishlab chiqmoqda. Biz O\u2018zbekiston startaplari uchun global bozorni uzoqdagi orzu emas, qo\u2018l yetadigan imkoniyatga aylantiradigan \u2014 bozor, sherik, investor va operatsion tayanch vazifasini bajaruvchi platforma quryapmiz.&raquo;<\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Startup Garage haqida<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Startup Garage \u2014 founder&#8217;lar, startap jamoalar va innovatsion loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlovchi platforma. U ta\u2019lim, mentorlik, akseleratsiya, investor aloqalari va bozorga chiqish imkoniyatlari orqali ekotizimni rivojlantirishga xizmat qiladi. Asosiy maqsad \u2014 O\u2018zbekiston va xalqaro bozorlarda founder&#8217;lar uchun real imkoniyatlar yaratish, ularni kapital va strategik hamkorliklar bilan bog\u2018lashdir.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonning eng yirik venchur studiyasi hisoblangan Startup Garage yaqindagina nufuzli CEVF 2026 forumida &laquo;Eng yaxshi ekotizim ishtirokchisi&raquo; (The Best Ecosystem Player) nominatsiyasida g\u2018olib deb topildi. Ushbu yuksak e&#8217;tirof tasodifiy emas \u2014 u kompaniyaning so&#8217;nggi yillardagi dadil strategik qadamlari, xususan, O&#8217;zbekiston loyihalarini Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) bozorlariga olib chiqish borasidagi tinimsiz harakatlarining mantiqiy natijasidir. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10821,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-10825","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10825","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10825"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10825\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10833,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10825\/revisions\/10833"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10821"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10825"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10825"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10825"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=10825"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}