{"id":11127,"date":"2026-05-05T10:23:13","date_gmt":"2026-05-05T05:23:13","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=11127"},"modified":"2026-05-05T10:38:53","modified_gmt":"2026-05-05T05:38:53","slug":"ozbek-it-kompaniyalari-nima-uchun-xorijga-chiqolmaydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/ozbek-it-kompaniyalari-nima-uchun-xorijga-chiqolmaydi\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbek IT kompaniyalari nima uchun xorijga chiqolmaydi?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2030-yilga qadar IT eksport hajmini $5 milliardga yetkazish O&#8217;zbekistonning rasmiy maqsadi bo&#8217;lib, <a href=\"https:\/\/gov.uz\/en\/miit\/news\/view\/116854\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">2025-yil<\/a> yakuniga ko\u2019ra ko&#8217;rsatkich $940 millionga yetdi \u2014 bu strategik rejaning 19 foizi. <a href=\"https:\/\/www.intellinews.com\/uzbekistan-sets-5bn-it-export-goal-by-2030-318121\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">2022-yildan<\/a> buyon qayd etilgan dinamika ($140M \u2192 $344M \u2192 $620M \u2192 $940M) sohadagi o&#8217;sish sur&#8217;ati jadal ekanini ko&#8217;rsatib, yillik o&#8217;rtacha 47\u201352 foizli o&#8217;sishni ta&#8217;minladi. Maqsadga yetish uchun qolgan besh yilda yillik 39 foizlik o&#8217;sish yetarli. Raqamlar maqsadning real ekanini ko&#8217;rsatadi \u2014 lekin asosiy e&#8217;tibor miqdordan sifatga ko&#8217;chishi kerak. Muvaffaqiyat uchta muhim omilga \u2014 eksport bozorida raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislar ulushini oshirishga, faqat xizmat ko&#8217;rsatish bilan cheklanmay mahalliy IT mahsulotlarni global bozorga olib chiqishga hamda<a href=\"https:\/\/pivot.uz\/enterprise-uzbekistan-an-international-digital-technology-hub-established-in-uzbekistan\/\"> Enterprise Uzbekistan<\/a> rejimi doirasida ingliz huquqi va valyuta erkinligi imkoniyatlarini qanchalik tez ishga tushirishga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi.<br><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Eksport strategiyalari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O&#8217;zbekiston IT kompaniyalari xalqaro bozorda raqobat qila olmaydi, degan qarash endi o&#8217;z-o&#8217;zini rad etmoqda. Xorijiy bozorda o&#8217;rin topgan loyihalarning har biri o&#8217;ziga xos strategik yondashuvga ega<br><br><strong>Datatruck \u2014<\/strong> O&#8217;zbekiston uchun eng aniq eksport modeli. Loyihaning operatsion qismi bevosita maqsadli bozorda joylashgan bo&#8217;lsa-da, engineering qismi \u2014 arxitektura, infratuzilma va AI yechimlari \u2014 to&#8217;liq Toshkentdagi jamoa tomonidan yaratilgan. 9000 dan ortiq bank bilan integratsiya, SOC 2 sertifikati va 2026-yil yanvaridagi $12 millionlik Series A raundi \u2014 O&#8217;zbekiston muhandislari global talabga javob berishini tasdiqlaydi.<br><br><strong>Uzum<\/strong> ekotizimi mutlaqo boshqa yo&#8217;nalishni tanlagan: mahalliy bozorda rekord darajadagi ko&#8217;rsatkichlarga erishish orqali xalqaro investorlar e&#8217;tiborini tortish. 2026-yil martida $2,3 milliard valuatsiya, 20 million foydalanuvchi va $176 million sof foyda \u2014 bu raqamlar Oman suveren fondi boshchiligidagi $131,5 millionlik yangi raund bilan tasdiqlandi.2026-yil ikkinchi yarmi yoki 2027-yil boshiga rejalashtirilgan pre-IPO raundi bozor ekspansiyasidan ko&#8217;ra ko&#8217;proq yirik xalqaro kapitalni jalb qilishga qaratilgan. Bu model mahalliy bozorda &laquo;super-app&raquo; yaratish orqali global moliya maydoniga chiqish mumkinligini ko&#8217;rsatmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Payme \u2014 M&amp;A va muvaffaqiyatli exit namunasi.<\/strong> <a href=\"https:\/\/www.tbcbank.ge\/web\/en\/pages\/for-investors\/investor-relations\/about-tbc-bank\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">TBC Bank<\/a> Group tomonidan amalga oshirilgan xarid bugungi kunda O&#8217;zbekiston startap ekotizimidagi ahamiyatli M&amp;A misoli bo&#8217;lib qolmoqda. Bu mustaqil xalqaro ekspansiya bo&#8217;lmasa-da, investorlar uchun eng muhim savolga javob beradi: O&#8217;zbekiston bozoriga tikilgan investitsiyadan qanday qilib muvaffaqiyatli exit qilish mumkin? Hozirda yirik banklar va Uzum kabi gigantlar tomonidan startaplarni sotib olish amaliyoti endigina shakllanayotgani ichki bozorning ham investitsion jozibadorligi ortayotganini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Mahalliy bozor \u2014 qulay, lekin tuzoq<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O&#8217;zbekistonda 38,4 million aholi, o&#8217;rtacha yosh \u2014 27. Lekin startap bozori aholi sonidan emas, xarid qobiliyatidan o&#8217;lchanadi. O&#8217;rtacha oylik maosh $300\u2013400, e-commerce ulushi 2\u20133 foiz, B2B bozori kichik. Internet foydalanuvchilar soni <a href=\"https:\/\/datareportal.com\/reports\/digital-2025-uzbekistan\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">89<\/a> foizga yetgan \u2014 bu to&#8217;lovchi mijoz degani emas. O&#8217;zbekiston o&#8217;sib kelayotgan bozor \u2014 lekin hozircha kichik bozor.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mahalliy muvaffaqiyat ko&#8217;pincha noto&#8217;g&#8217;ri signal beradi. Million foydalanuvchi, yaxshi daromad \u2014 xorijga borishga shoshilmaysan. Muammo boshqacha: mahalliy bozor uchun qurilgan mahsulot xalqaro bozorda ishlamaydi. O&#8217;zbek tili, mahalliy to&#8217;lov tizimlari, mahalliy regulatsiya \u2014 bularning barchasi mahalliy foydalanuvchi uchun sozlangan. &laquo;Xorijga chiqish&raquo; qaroriga kelganda esa aslida yangi mahsulot qurish kerak bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Datatruck va Uzum boshqa yo&#8217;l tanlagan: boshidan global bozor uchun qurish \u2014 yoki kamida global standartlarga mos qurish. Bu farq keyinchalik emas, birinchi kod yozilayotganda aniqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\"><strong>$5 milliardni kim qiladi?<\/strong><\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Eksport maqsadi bor \u2014 lekin uni amalga oshiradigan mutaxassislar tayyormi?<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oliy ta&#8217;lim qamrovi 2017-yildagi 8,3 foizdan 2024\u20132025-yilda 47,7 foizga yetdi \u2014 bu o&#8217;n yildan kam vaqtda besh barobar o&#8217;sish. Lekin muammo miqdorda emas, sifatda. State of Dev Uzbekistan 2024 ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, aksariyat dasturchilar 1\u20132 yillik tajribaga ega. Ya&#8217;ni tizim ko&#8217;p odam ishlab chiqarmoqda \u2014 lekin bozor kutgan chuqurlikda emas. Ta&#8217;lim asosiy poydevor beradi, qolgani mutaxassisning o&#8217;z zimmasida. Ko&#8217;pchilik bilimini YouTube va AI vositalari orqali to&#8217;ldiradi \u2014 bu yomon emas, lekin tizimli emas. IT eksporti uchun zarur middle va senior muhandislar qatlami hali yetarli darajada shakllanmagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu muammoning ildizi chuqurroq. O&#8217;zbekiston tez o&#8217;sib kelayotgan ta&#8217;lim tizimiga ega \u2014 lekin tizim hali bozor talabidan orqada. Junior dasturchi ko&#8217;p, tajribali muhandis kam. Global bozor esa aynan tajribali muhandisni \u2014 ingliz tilida muloqot qila oladigan, xalqaro loyihalarda ishlagan, AI vositalari bilan ishlay oladigan mutaxassisni \u2014 talab qiladi. Bu qatlam shakllanishi uchun vaqt kerak. $5 milliard maqsad bu vaqtni kutib turishi mumkinmi?<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\"><strong>AI arzon muhandis argumentini yo&#8217;qotmoqda<\/strong><\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>O&#8217;zbekiston IT eksportining asosiy raqobat afzalligi \u2014 narxi past, sifati yaxshi muhandislar. Bu argument endi ishlamaydi.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Stanford HAI 2026 <a href=\"https:\/\/hai.stanford.edu\/ai-index\/2026-ai-index-report\/economy\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">AI Index<\/a> hisobotiga ko&#8217;ra, 22\u201325 yoshli dasturchilar bandligi 2022-yildan beri 20 foizga tushgan \u2014 aynan generativ AI vositalari ommalashgan davrdan boshlab. 30 yoshdan katta dasturchilar bandligi esa xuddi shu davrda 6\u201312 foizga o&#8217;sgan. AI junior ishlarni yo&#8217;qotmoqda \u2014 tajribali muhandislarning samaradorligini esa oshirmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xizmat ko&#8217;rsatish bozorida O&#8217;zbekiston yangi o&#8217;yinchi. Hindiston bu o&#8217;yinni o&#8217;nlab yil oldin yutgan \u2014 <a href=\"https:\/\/nasscom.in\/knowledge-center\/publications\/technology-sector-india-strategic-review-2025\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">NASSCOM<\/a> ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, uning yillik IT eksporti $224 milliardni, mutaxassislari soni 5,4 millionni tashkil etadi. Vyetnam Kearney&#8217;s Global Services Location Index da <a href=\"https:\/\/laotiantimes.com\/2023\/08\/08\/asia-pacific-countries-shine-as-potential-offshore-destinations-for-global-companies-in-kearneys-global-services-location-index\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">7-o&#8217;rinda<\/a> turadi \u2014 560,000 IT mutaxassisi Shimoliy Amerika va Yaponiyaga uzluksiz xizmat ko&#8217;rsatmoqda. Ikkalasi ham arzon ish kuchi hisobiga o&#8217;sdi \u2014 va ikkalasida ham bu model allaqachon chegarasiga yetgan. O&#8217;zbekiston uchun bu yo&#8217;lda raqobat qilishning mantiqiy asosi yo&#8217;q. Bu sohada ishlagan asoschil\u0430r fikri bir xil: muhandislar arzon bo&#8217;lishi emas, mahsulot global bozor uchun qurilgani muhim. AI davrida O&#8217;zbekiston uchun to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;l \u2014 narx raqobati emas, tor sohaviy bilim va AI bilan ishlash qobiliyati.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Ingliz tili: Global bozordagi strategik to\u2018siq<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><a href=\"https:\/\/kun.uz\/en\/news\/2026\/01\/27\/ef-epi-ranks-uzbekistan-among-countries-with-low-english-proficiency\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">EF English Proficiency<\/a> Index 2025 hisobotiga ko&#8217;ra, O&#8217;zbekiston 429 ball bilan 123 mamlakat ichida 104-o&#8217;rinni egalladi. Bu &laquo;juda past&raquo; ko&#8217;rsatkich \u2014 va dinamika pasayishda: 2024-yildagi 439 balldan bir yilda 10 ball kamaygan. Global o&#8217;rtacha \u2014 488 ball.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ingliz tili muloqot vositasi emas \u2014 biznes vositasi. Xalqaro investorlar bilan muzokaralar, due diligence, shartnomalar va texnik hujjatlar ingliz tilida kechadi. Asoschining tilni erkin bilmasligi investorlarda loyihaning global salohiyatiga nisbatan shubha uyg&#8217;otadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sun&#8217;iy intellektga asoslangan tarjima vositalari texnik to&#8217;siqlarni qisman yumshatmoqda \u2014 lekin muammoni hal qilmaydi, faqat vaqt beradi. Jonli muzokaralar, tezkor qarorlar va xalqaro mijozlar bilan ishlashda inson omili hali almashtirilmagan.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\"><strong>Huquqiy va moliyaviy to&#8217;siqlar<\/strong><\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">AQSh bilan ikki tomonlama soliq shartnomasi yo&#8217;q. Bu amalda shuni anglatadi: AQSh mijoziga xizmat ko&#8217;rsatgan O&#8217;zbekiston kompaniyasidan qo&#8217;shimcha soliq ushlab qolinishi mumkin. Investor va xaridor uchun bu qo&#8217;shimcha xarajat \u2014 ko&#8217;pincha bitimni murakkablashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IP himoyasi sohasida ijobiy o&#8217;zgarish bor. <a href=\"https:\/\/ustr.gov\/about-us\/policy-offices\/press-office\/press-releases\/2024\/april\/ustr-releases-2024-special-301-report-intellectual-property-protection-and-enforcement\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">USTR<\/a> 2024-yil aprelida O&#8217;zbekistonni Watch List\u2019dan olib tashladi \u2014 bojxona islohotlari va intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi izchil taraqqiyot bunga sabab bo&#8217;ldi. 2025-yil hisobotida <a href=\"https:\/\/www.trade.gov\/country-commercial-guides\/uzbekistan-market-challenges\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">litsenziyasiz <\/a>dasturiy ta&#8217;minot masalasi hali qayd etilgan \u2014 bu yo&#8217;nalishda ish tugallanmagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Enterprise Uzbekistan doirasida IP himoyasi maxsus kafolatlanadi. Lekin bu kafolat faqat hudud ichida ishlaydi. Hudud tashqarisida \u2014 xorijiy bozorlarda, xorijiy sudlarda \u2014 O&#8217;zbekiston kompaniyasi uchun sharoit o&#8217;zgarmagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Enterprise Uzbekistan nima beradi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yil martida imzolangan <a href=\"https:\/\/pivot.uz\/enterprise-uzbekistan-an-international-digital-technology-hub-established-in-uzbekistan\/\">PF-233<\/a> farmon uchta narsa beradi: 2100-yilgacha maxsus huquqiy rejim, ingliz huquqi va mustaqil sud, xodim maoshini xorijiy valyutada to&#8217;lash imkoniyati. Rasmiy maqsad \u2014 2030-yilga kelib 1000 ta xalqaro kompaniya, 300 000 yangi ish o&#8217;rni. Dubai DIFC va Astana AIFC xuddi shu model asosida ishlaydi \u2014 va natija berganini ko&#8217;rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Lekin bir savol ochiq qolmoqda. Xorijiy investor hudud tashqarisidagi mahalliy kompaniya bilan nizo chiqsa \u2014 qaysi sud qaraydi? <a href=\"https:\/\/sklegalfirm.com\/difc-courts-vs-dubai-courts\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">DIFC<\/a>\u2019da ham xuddi shu muammo yillar davomida hal etildi: parallel huquqiy tizimlar o&#8217;rtasidagi vakolat nizolari bugungi kunga qadar davom etmoqda. O&#8217;zbekistonda bu mexanizm hali shakllanmagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xalqaro korporatsiyalar uchun huquqiy muhit yaxshilanishi aniq. Enterprise Uzbekistan mahalliy startaplarga ham, xorijiy kompaniyalarga ham ochiq \u2014 lekin amaliyotda kimni ko&#8217;proq jalb qilishi va mahalliy ekotizimga qanday ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishi hali ko&#8217;rinmayapti.<\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading has-medium-font-size\"><strong>2030-yilga kelib nima bo&#8217;ladi<\/strong><\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Enterprise Uzbekistan endigina ishga tushdi \u2014 prognoz qilish uchun ma&#8217;lumot kam. $5 milliard maqsadga yetish uchun ikki narsa kerak: xorijiy kompaniyalarni jalb qilish va mahalliy startaplarni global bozorga chiqarish. Birinchisi \u2014 Enterprise Uzbekistan orqali \u2014 yo&#8217;lga qo&#8217;yilmoqda. Ikkinchisi hali tizimli ko&#8217;rinish olmagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O&#8217;zbekiston IT eksporti uchun eng katta xavf tashqi raqobat emas. Eng katta xavf \u2014 mahalliy muvaffaqiyatni global imkoniyat deb o&#8217;ylash. $5 milliard maqsadi real. Lekin u mahalliy bozor uchun qurilgan mingta mahsulot bilan emas \u2014 global standartda qurilgan o&#8217;nta kompaniya bilan amalga oshadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2030-yilga qadar IT eksport hajmini $5 milliardga yetkazish O&#8217;zbekistonning rasmiy maqsadi bo&#8217;lib, 2025-yil yakuniga ko\u2019ra ko&#8217;rsatkich $940 millionga yetdi \u2014 bu strategik rejaning 19 foizi. 2022-yildan buyon qayd etilgan dinamika ($140M \u2192 $344M \u2192 $620M \u2192 $940M) sohadagi o&#8217;sish sur&#8217;ati jadal ekanini ko&#8217;rsatib, yillik o&#8217;rtacha 47\u201352 foizli o&#8217;sishni ta&#8217;minladi. Maqsadga yetish uchun qolgan besh yilda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11125,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[387],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-11127","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-maqolalar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11127","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11127"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11127\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11128,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11127\/revisions\/11128"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11125"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11127"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11127"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11127"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=11127"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}