{"id":11197,"date":"2026-05-19T15:38:18","date_gmt":"2026-05-19T10:38:18","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=11197"},"modified":"2026-05-19T15:43:54","modified_gmt":"2026-05-19T10:43:54","slug":"saas-oldi-aqsh-armiyasining-asosiy-dasturiy-taminot-yetkazuvchisi-nima-uchun-bunday-demoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/saas-oldi-aqsh-armiyasining-asosiy-dasturiy-taminot-yetkazuvchisi-nima-uchun-bunday-demoqda\/","title":{"rendered":"&laquo;SaaS o\u2018ldi&raquo; \u2014 AQSh armiyasining asosiy dasturiy ta&#8217;minot yetkazuvchisi nima uchun bunday demoqda?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Palantir Technologies \u2014 2003-yilda Peter Thiel (PayPal asoschilaridan biri) va boshqa hamkorlar tomonidan tashkil etilgan ma&#8217;lumot tahlili va sun&#8217;iy intellekt kompaniyasi. Dastlab CIA va Pentagon uchun razvedka software yaratgan \u2014 terrorizmga qarshi kurashda ma&#8217;lumotlarni tahlil qilish uchun. Bugun AQShning eng qimmat 20 ta kompaniyasidan biri: $320 milliard bozor kapitallashuvi. Lekin endi faqat harbiy kompaniya emas \u2014 oxirgi yili daromadining 46 foizi tijoriy mijozlardan keldi, eng katta segment \u2014 ishlab chiqarish va ta&#8217;minot zanjirlari.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Forbes\u2019ga bergan intervyusida kompaniyaning deployment strategi Danny Lutkus &laquo;SaaS o&#8217;ldi&raquo;,\u2014 deb aytmoqda. Nega?<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Standart yechimlar nega inqirozga uchramoqda?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Lutkusning argumenti oddiy. Ko&#8217;p yillar davomida kompaniyalar SAP, Oracle, Salesforce kabi standart yechimlarni sotib oldi \u2014 avval litsenziya modeli, keyin SaaS. Bu yechimlar bitta mahsulotni minglab mijozga sotish uchun qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Muammo: standart yechim kompaniyalar haqiqatda ishlayotgan tarzga to&#8217;g&#8217;ri kelmaydi. Lutkus buni aniq aytdi \u2014 ko&#8217;pchilik foydalanuvchilar oxir-oqibat Excel ga qaytadi va o&#8217;z workflowlarini quradi. Bu degani standart tizim ishlamayapti. ERP va SCM tizimlar &laquo;juda qattiq.&raquo;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ikkinchi muammo \u2014 strategik farq yo&#8217;qoladi. Agar raqibingiz bilan bir xil software ishlatsangiz, undan qanday ajralisiz? Har safar vendoringizdan yangi funksiya so&#8217;rasangiz, o&#8217;sha funksiya raqiblaringizga ham beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Palantir qanday yo\u2018l tutadi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Palantir tayyor software sotmaydi. Forward-deployed engineer lar \u2014 kompaniya muhandislari \u2014 har bir mijozga borib, maxsus yechim quradi. SAP yoki Oracle o&#8217;rnatilgan bo&#8217;lsa, Palantir uning ustiga ishlaydi. Mavjud tizimlarni almashtirmaydi \u2014 bo&#8217;shliqlarni to&#8217;ldiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Platforma toolkitga o&#8217;xshaydi: avval Palantir muhandislari quradi, keyin mijozning o&#8217;z jamoasi ham foydalanishi mumkin. Mavjud software ni yangilamasdan yoki almashtimasdan yangi imkoniyatlar qo&#8217;shiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Butun tizimning asosi \u2014 Palantir Ontologiyasi. Bu tashkilotning raqamli egizagi: zavodlar, uskunalar, mahsulotlar, mijoz buyurtmalari, moliyaviy tranzaksiyalar \u2014 barchasi bitta operatsion qatlamda birlashtirilgan. Bu Palantirni boshqa yechimlardan eng ko&#8217;p ajratib turuvchi xususiyat.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>AI o\u2018yin qoidalarini qanday o\u2018zgartirdi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Lutkus AI ni biz odatda tushunadigan ma&#8217;noda \u2014 mashinali o&#8217;rganish yoki optimizatsiya \u2014 emas, boshqa ma&#8217;noda ishlatdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">AI \u2014 software yaratish vositasi. Avval yangi yechim qurish uchun konsultantlar oylab tadqiqot o&#8217;tkazardi. Endi Palantir muhandislari Claude yoki Codex yordamida tezda model quradi, mijozdan fikr (feedback) oladi va yechim tayyor bo\u2018lguncha uni bir necha kunda qayta-qayta yangilaydi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>&laquo;Dasturiy ta&#8217;minot qurish tezligi keskin oshdi va uning narxi pasaydi. Shuning uchun ham SaaS o\u2018ldi,&raquo;<\/em> \u2014 deydi Lutkus.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yana bir yo\u2018nalish \u2014 <strong>AI agentlar<\/strong>. Murakkab ta&#8217;minot zanjirida (supply chain) buyurtmani tahlil qilish, ombordagi zaxirani tekshirish va ishlab chiqarish jadvalini hisoblash kabi vazifalarni zanjir bo\u2018lib ishlovchi agentlar tizimi to\u2018liq o\u2018z zimmasiga olmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>AI hammasiga qodirmi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018p yillardan beri logistika dasturlari bozorini kuzatib kelayotgan Forbes jurnalisti <strong>Stiv Banker<\/strong> bu iddaolarga biroz shubha bilan qaraydi: AI kod yozishi mumkin, lekin millionlab murakkab ombor tranzaksiyalarini xatosiz boshqaradigan darajada kengayuvchan (scalable) kod yarata oladimi? Banker bu nuqtada shubha bildirdi. Ba&#8217;zi ilovalar uchun AI hali yetarli emas.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ba&#8217;zi rejalashtirish kompaniyalari o&#8217;nlab yillar davomida murakkab matematik algoritmlar ishlab chiqqan. Katta hajmdagi optimizatsiya muammolarini yechish uchun juda kuchli va kengaytirilishi mumkin bo&#8217;lgan hisoblash tizimlari kerak. AI agenti buni bajara oladimi \u2014 hali aniq javob yo&#8217;q.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agentni hukumat saytlarini kuzatishga yo&#8217;naltirsa bo&#8217;ladi. Lekin dunyoning turli mamlakatlarida qonunlar doimo o&#8217;zgarib turadi \u2014 barchasini kuzatib borish juda katta vazifa.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Banker yakunida muhim narsani ta&#8217;kidladi: odatda u har qanday software kompaniyasi haqida yozishdan oldin ularning mijozlari bilan gaplashadi. Palantir haqida buni qilmagan \u2014 lekin Palantir saytida Wendy&#8217;s, Tyson&#8217;s, General Mills kabi kompaniyalarning ijobiy izohlari mavjud. Banker uchun bu hech bo&#8217;lmaganda qisman isbot.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&laquo;SaaS o&#8217;ldi&raquo; \u2014 provokatsion gap. Lekin uning ortidagi fikr jiddiy: AI software yaratish narxini va tezligini shunchalik o&#8217;zgartirdiki, har bir kompaniya uchun maxsus yechim qurish standart SaaS\u2019dan arzon tushishi mumkin bo&#8217;lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu SAP, Oracle yoki Salesforce ertaga yo&#8217;qoladi degani emas \u2014 Palantirning o&#8217;zi ularning ustiga qurilgan. Lekin &laquo;bitta yechim \u2014 hamma uchun&raquo; modeli endi yagona variant bo&#8217;lmay qoldi. AI o&#8217;yinni o&#8217;zgartirmoqda, Palantir esa buni birinchi bo&#8217;lib baland aytgan kompaniyalardan biri.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Palantir Technologies \u2014 2003-yilda Peter Thiel (PayPal asoschilaridan biri) va boshqa hamkorlar tomonidan tashkil etilgan ma&#8217;lumot tahlili va sun&#8217;iy intellekt kompaniyasi. Dastlab CIA va Pentagon uchun razvedka software yaratgan \u2014 terrorizmga qarshi kurashda ma&#8217;lumotlarni tahlil qilish uchun. Bugun AQShning eng qimmat 20 ta kompaniyasidan biri: $320 milliard bozor kapitallashuvi. Lekin endi faqat harbiy kompaniya emas [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":11195,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[387],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-11197","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-maqolalar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11197","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11197"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11197\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11199,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11197\/revisions\/11199"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11195"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11197"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11197"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11197"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=11197"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}