{"id":11234,"date":"2026-05-23T13:19:08","date_gmt":"2026-05-23T08:19:08","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=11234"},"modified":"2026-05-23T13:23:42","modified_gmt":"2026-05-23T08:23:42","slug":"suniy-intellekt-iqtisodiyotni-portlatib-yuboradimi-stanford-professori-chad-jonesning-javobi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/suniy-intellekt-iqtisodiyotni-portlatib-yuboradimi-stanford-professori-chad-jonesning-javobi\/","title":{"rendered":"Sun&#8217;iy intellekt iqtisodiyotni portlatib yuboradimi? Stanford professori Chad Jonesning javobi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Iqtisodiy o&#8217;sish bo&#8217;yicha 15 yildan ortiq tadqiqot olib borgan Stanford professori Chad Jones ma&#8217;ruza qildi \u2014 sun&#8217;iy intellekt kelajagimizni qanday o&#8217;zgartiradi? U ikki xil qarama-qarshi ssenariyni ko&#8217;rsatib haqiqat qayerda ekanini oddiy misollar bilan tushuntirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Ikki qarama-qarshi dunyo<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Jones ikkita qarama qarshi fikrdan boshladi. Ikkalasi ham ehtimol to&#8217;liq ro&#8217;yobga chiqmaydi \u2014 lekin ular orasidagi farqni tushunish muhim.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Portlash<\/strong>: Kremniy vodiysidagi SI asoschilari \u2014 Dario Amodei, Sam Altman, Demis Hassabis \u2014 buni o&#8217;n yildan beri aytishmoqda. Va jarayon boshlandi. 2025-yil noyabrda Anthropic o&#8217;z modeliga \u2014 Claude Opus 4.5 ga \u2014 dasturchilarni ishga olishda beriladigan ikki soatlik imtihon topshirdi. Natija: tarixdagi barcha insonlardan yuqori ball. Jones qo&#8217;shimcha qildi: &laquo;Bu allaqachon yetti oy oldin edi, modellar yana yaxshilandi \u2014 hozir Opus 4.7 da turibmiz, ikki avlod keyinda.&raquo;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar SI tez orada barcha kod yozishni o&#8217;rganib olsa, uni yanada kuchli SI yaratishga yo&#8217;naltiramiz. Natijada milliardlab &laquo;virtual tadqiqot yordamchilari&raquo; \u2014 har biri bizdan 100 marta tez ishlaydigan \u2014 yangi chiplar chizadi, dorilar kashf qiladi, robotlar loyihalaydi. Dario Amodei buni &laquo;ma&#8217;lumotlar markazidagi daholar mamlakati&raquo; deb atagan. Agar aqliy va jismoniy ishlarning barchasi mashinalarga o&#8217;tsa \u2014 Jonesning o&#8217;sish modellarida iqtisodiyot portlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hamma narsa odatdagidek<\/strong>: Jones iqtisodiyot tarixiga qarashni taklif qildi. AQShda oxirgi 150 yil davomida yashash darajasi har yili deyarli bir xil \u2014 o&#8217;rtacha 2 foizga o&#8217;sib kelgan. Shu 150 yil ichida elektr energiyasi, avtomobillar, samolyotlar, antibiotiklar, tranzistorlar, internet va kompyuterlar hayotga kirdi. Barchasi dunyoni o&#8217;zgartirdi \u2014 lekin o&#8217;sish sur&#8217;ati baribir 2 foizda qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nima uchun? Jones buni har qanday texnologiya vaqt o&#8217;tishi bilan eskiradi \u2014 &laquo;parovoz yuragi tugaydi.&raquo; deb tushuntiradi.&nbsp; Agar faqat parovoz bo&#8217;lganida va elektr kashf etilmaganida, o&#8217;sish sekinlashgan bo&#8217;lardi. Har bir yangi texnologiya o&#8217;sishni portlatmaydi \u2014 u 2 foizlik o&#8217;sishni yana 50 yil davom etishiga imkon beradi. Va bu texnologiyalar butun iqtisodiyotga singib ketishi uchun o&#8217;nlab yillar kerak.<\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\"><strong>Zaif halqa \u2014 hamma narsaning kaliti<\/strong><\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Rivojlanish zanjiri qanchalik baquvvat bo&#8217;lmasin, u eng zaif halqasi chidagan joyda uziladi. Biznesda ham shunday. Yangi iPhone chiqarish uchun loyihalash, qismlarni yig&#8217;ish, ishlab chiqarishda aniqlikni ta&#8217;minlash, yetkazib berish, reklama \u2014 bularning bittasigina ishlamasa, qolganlarning qiymati nolga tushadi. Kosmik kema Challenger 25 dollarlik rezina halqa nosozligi sababli portlagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&laquo;Cho&#8217;ntagimdagi smartfonda 1970-yillardagi kompyuterlardan 100 million marta ko&#8217;p tranzistor bor. Lekin men tadqiqotda 100 million marta samaraliroq ishlay olmayapman. Nima uchun? Kompyuterim matritsalarni teskari aylantirish ishini zo&#8217;r qiladi, lekin qaysi ma&#8217;lumotni kiritish kerakligini, qaysi savolni berish kerakligini hali ham men o&#8217;ylab topishim kerak.&raquo; Inson \u2014 zaif halqa. Kompyuter qanchalik kuchaymasin, inson tezligi o&#8217;zgarmaydi.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"alignright size-large is-resized\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"573\" src=\"http:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.18.16-PM-1024x573.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-11232\" style=\"aspect-ratio:1.7871222076215505;width:563px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.18.16-PM-1024x573.png 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.18.16-PM-300x168.png 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.18.16-PM-768x430.png 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.18.16-PM-1536x860.png 1536w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.18.16-PM-2048x1146.png 2048w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.18.16-PM-600x336.png 600w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.18.16-PM-150x84.png 150w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.18.16-PM-750x420.png 750w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.18.16-PM-1140x638.png 1140w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu real raqamlarda qanday ko&#8217;rinadi? Kompyuterlar hamma joyda, lekin GDPning qancha foizi kompyuterlarga to&#8217;lanadi? 1990-yillarda dot-com eng yuqori cho\u2019qqisi paytida bu raqam o&#8217;sdi va 2000-yilda 4,5 foizga yetdi. Lekin 2000-yildan keyin uchdan biriga tushdi \u2014 3 foizga. Kompyuterlar ko&#8217;paydi, lekin narxi tushdi, va ular GDPdan kamroq ulush olmoqda. Zaif halqa modeli aynan shuni aytadi: kompyuterlar mo&#8217;l, inson kam va taqchil \u2014 shuning uchun qadr-qiymat insonda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz 200 yildan beri iqtisodiyotni avtomatlashtirib kelganmiz \u2014 to&#8217;qimachilik dastgohlari, traktorlar, temir yo&#8217;l, kompyuterlar. SI ham shu zanjirning davomi bo&#8217;lsa, nima bo&#8217;ladi? Avval bitta oddiy savol: agar barcha dasturiy ta&#8217;minotni avtomatlashtirsak \u2014 cheksiz miqdorda dasturiy ta\u2019minot (software) yaratsak \u2014 qanchalik boy bo&#8217;lamiz? Javob: atigi 2 foiz boyroq. Nima uchun faqat 2 foiz? Chunki software GDPning taxminan 2 foizini tashkil qiladi. Zaif halqalar boshqa hamma narsani cheklaydi. Bitta narsani cheksiz yaxshilash yetarli emas \u2014 barcha zaif halqalarni ketma-ket avtomatlashtirib chiqish kerak.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-large is-resized\"><img decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"579\" src=\"http:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.16.42-PM-1024x579.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-11230\" style=\"aspect-ratio:1.7685880555284632;width:631px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.16.42-PM-1024x579.png 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.16.42-PM-300x170.png 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.16.42-PM-768x434.png 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.16.42-PM-1536x868.png 1536w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.16.42-PM-2048x1158.png 2048w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.16.42-PM-600x339.png 600w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.16.42-PM-150x85.png 150w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.16.42-PM-750x424.png 750w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/Screenshot-2026-05-23-at-1.16.42-PM-1140x644.png 1140w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Model uchta yo&#8217;lni ko&#8217;rsatdi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Binafsha yo&#8217;l<\/strong> \u2014 mashinalar hamma narsani, shu jumladan yangi g&#8217;oyalarni ham inson yordamisiz o&#8217;ylab topadi. Mehnat ulushi nolga tushadi, kapital ulushi 100 foizga chiqadi. O&#8217;sish portlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Yashil yo&#8217;l<\/strong> \u2014 deyarli hamma narsa avtomatlashadi, lekin 3 foiz vazifalar insonga qoladi. Magnus Karlsen shaxmat o&#8217;ynaydi, Messi futbol o&#8217;ynaydi \u2014 ba&#8217;zi narsalar faqat inson qiladi. Natija: 97 foiz cheksiz yaxshilansa ham, 3 foiz inson vazifalari butun tizimni cheklaydi. Mehnat ulushi 100 foizga chiqadi \u2014 inson taqchil, mashina mo&#8217;l.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Ko&#8217;k yo&#8217;l<\/strong> \u2014 o&#8217;rtacha. Kapital va mehnat ulushi barqaror qoladi \u2014 uchdan bir, uchdan ikki. O&#8217;sish sekin tezlashadi \u2014 2 foizdan 2,3 ga, 2,6 ga, 3 ga. Oxir-oqibat yiliga 50 foizga yetadi \u2014 lekin buning uchun <strong>asrlar<\/strong> kerak. 2050-yilga kelib biz oddiy holatdagiga qaraganda atigi 4 foiz boyroq bo&#8217;lamiz. 2075-yilga \u2014 15 foiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uchta yo&#8217;l 200 yildan keyin bir-biridan butunlay farq qiladi. Lekin <strong>keyingi 75 yil ichida<\/strong> qaysi yo&#8217;lda ekanligingizni deyarli ajratib bo&#8217;lmaydi. Agar SI bugundan boshlab butun iqtisodiyotda Moore qonuni tezligida \u2014 yiliga 10 foiz \u2014 yaxshilana boshlasa nima bo&#8217;ladi? 2030-yilga kelib biz oddiy holatdagiga qaraganda 50 foiz boyroq bo&#8217;lamiz. 2050-yilga \u2014 o&#8217;sish yiliga 25 foizdan oshadi. Bu haqiqiy portlash.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">H<strong>atto eng agressiv holatda ham portlash 30 yil oladi.<\/strong> 2060-yilga qadar to&#8217;liq portlash boshlanmaydi. Nima uchun? Yana zaif halqalar. SI aqliy ishlarni tez bajarishi mumkin, lekin real dunyoda robotlar uchun qisqichlar yasash, zavodlarni qayta qurish, qonunlarni o&#8217;zgartirish \u2014 bularning barchasi SI tezligini jilovlab turadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">SI iqtisodiyotni o&#8217;zgartiradi \u2014 bu aniq. Lekin ertaga emas. Kompyuterlar 100 million marta kuchaydi, biz esa 100 million marta boyimadik \u2014 chunki kompyuter tezlashgani bilan, unga nima qilish kerakligini hali ham inson o&#8217;ylab topishi kerak. SI ham xuddi shu joyda to&#8217;xtaydi: kod yozadi, tahlil qiladi, javob beradi \u2014 lekin zavod qurilishi, qonun o&#8217;zgarishi, robot qo&#8217;li ishlashi kerak bo&#8217;lgan joyda real dunyo o&#8217;z tezligida yuradi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&laquo;Ular hamma narsa 3-5 yilda o&#8217;zgaradi deyishmoqda. Hatto mening eng agressiv hisob-kitoblarimda ham \u2014 SI sababli iqtisodiyotning chindan portlashi uchun kamida 30 yil kerak&raquo; \u2014 <strong>Chad Jones.<br><\/strong><br><em>Maqola Stanford universiteti Biznes maktabi iqtisodiyot professori Chad Jonesning &laquo;A.I. and Our Economic Future&raquo; mavzusidagi ma&#8217;ruzasi asosida yozildi.\u00a0<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iqtisodiy o&#8217;sish bo&#8217;yicha 15 yildan ortiq tadqiqot olib borgan Stanford professori Chad Jones ma&#8217;ruza qildi \u2014 sun&#8217;iy intellekt kelajagimizni qanday o&#8217;zgartiradi? U ikki xil qarama-qarshi ssenariyni ko&#8217;rsatib haqiqat qayerda ekanini oddiy misollar bilan tushuntirdi. Ikki qarama-qarshi dunyo Jones ikkita qarama qarshi fikrdan boshladi. Ikkalasi ham ehtimol to&#8217;liq ro&#8217;yobga chiqmaydi \u2014 lekin ular orasidagi farqni tushunish [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11228,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[124,387],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-11234","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ai-uz","category-maqolalar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11234","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11234"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11234\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11235,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11234\/revisions\/11235"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11228"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11234"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11234"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11234"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=11234"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}