{"id":11572,"date":"2026-06-10T19:01:01","date_gmt":"2026-06-10T14:01:01","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=11572"},"modified":"2026-06-10T18:59:43","modified_gmt":"2026-06-10T13:59:43","slug":"it-park-ventures-britaniyaning-ayan-capital-islomiy-fintech-startapiga-1-mln-aqsh-dollari-investitsiya-kiritdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/it-park-ventures-britaniyaning-ayan-capital-islomiy-fintech-startapiga-1-mln-aqsh-dollari-investitsiya-kiritdi\/","title":{"rendered":"IT Park Ventures Britaniyaning Ayan Capital islomiy fintech startapiga $1 mln AQSh dollari investitsiya kiritdi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IT Park Ventures Britaniyaning Ayan Capital islomiy fintech startapi uchun jalb qilingan $4 mln AQSh dollarlik ASA investitsiya raundida ishtirok etib, $1 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. Raundda Buyuk Britaniya va Shveysariyadan xalqaro investorlar ham qatnashdi. Jalb qilingan mablag\u2018lar kompaniyani yanada kengaytirish, texnologik yechimlarni rivojlantirish hamda, ayniqsa, O\u2018zbekistonda joylashgan dasturchilar jamoasini kengaytirishga yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Ayan Capital<\/strong> \u2014 Markaziy Osiyodagi eng yirik fintech kompaniyalaridan biri bo\u2018lgan<strong> Alif\u2019<\/strong>ni yaratgan seriyali tadbirkorlar <strong>Abdullo Qurbonov, Firdavs Mirzoyev va Zuhursho Rahmatulloyev <\/strong>tomonidan asos solingan Britaniyaning islomiy fintech startapidir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayan Capital Londonda joylashgan bo\u2018lib, Buyuk Britaniyada islomiy moliyaviy xizmatlarning raqamli ekotizimini rivojlantirmoqda. Bugungi kunda kompaniya jismoniy shaxslar, tadbirkorlar va biznes vakillari uchun avtomobillarni to\u2018liq raqamli haloal moliyalashtirish xizmatlarini taqdim etadi. Bunda kompaniya o\u2018zining avtomatlashtirilgan skoring va anderrayting texnologiyalaridan foydalanadi. Shuningdek, Ayan Capital Ayan Pay to\u2018lov platformasi, debet kartalari, islomiy depozitlar va muddatli to\u2018lov yechimlari kabi yangi moliyaviy mahsulotlarni ham faol rivojlantirmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayan Capital Buyuk Britaniyaning Moliyaviy xulq-atvorni nazorat qilish boshqarmasi (FCA) litsenziyasiga ega bo\u2018lib, bu kompaniyaning dunyodagi eng rivojlangan moliyaviy bozorlardan biri talablariga yuqori darajada mos kelishini tasdiqlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>IT Park Ventures<\/strong> investitsiyasi kompaniyaning texnologik ekotizimini yanada rivojlantirish, kredit skoringi va avtomobil moliyalashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun sun\u2019iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, shuningdek, O\u2018zbekistondagi dasturchilar jamoasini kengaytirishga yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayan Capital\u2019ning strategik maqsadi ixtisoslashgan islomiy fintech kompaniyadan Buyuk Britaniyaning to\u2018laqonli raqamli neo-bankiga aylanishdir. Kompaniya allaqachon bank litsenziyasini olish va G\u2018arb bozoridagi eng yirik islomiy moliyaviy ekotizimlardan birini yaratish rejalari haqida ma\u2019lum qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IT Park Ventures uchun mazkur investitsiya fintech, sun\u2019iy intellekt va raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida kuchli ekspertizaga ega, global salohiyatli texnologik startaplarni qo\u2018llab-quvvatlash strategiyasining bir qismidir. Fond xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan va shu bilan birga O\u2018zbekistonda texnologik hamda mahsulot jamoalarini rivojlantirayotgan kompaniyalarga alohida e\u2019tibor qaratadi. Bu esa milliy innovatsion ekotizimning rivojlanishi va yuqori malakali ish o\u2018rinlarining yaratilishiga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u201cBiz, avvalo, butun bozorlarni o\u2018zgartira oladigan jamoalarga investitsiya kiritamiz. Ayan Capital asoschilari Markaziy Osiyodagi eng yirik fintech kompaniyalaridan birini yaratish orqali buni allaqachon isbotlagan. Bugun ular Buyuk Britaniyada yangi avlod raqamli bankini barpo etmoqda va biz ushbu o\u2018sish tarixining bir qismi bo\u2018layotganimizdan mamnunmiz. Global biznes qurayotgan va shu bilan birga mamlakat ichida kuchli jamoalarni shakllantirayotgan startaplarni qo\u2018llab-quvvatlash IT Park Ventures\u2019ning ustuvor yo\u2018nalishlaridan biridir. Kuchli jamoa, zamonaviy texnologiyalar va ulkan maqsadlar uyg\u2018unligi kompaniyaga Britaniya bozorida muhim o\u2018rin egallash imkonini berishiga ishonamiz\u201d, <\/em>\u2014 dedi IT Park Ventures direktori Dalerxon Nodirov.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayan Capital\u2019ga kiritilgan investitsiya IT Park Ventures\u2019ning xalqaro portfelini mustahkamlaydi va fondning global bozorlar uchun innovatsion yechimlar yaratayotgan hamda O\u2018zbekiston texnologik ekotizimining rivojlanishiga hissa qo\u2018shayotgan istiqbolli texnologik kompaniyalarni qo\u2018llab-quvvatlashga bo\u2018lgan intilishini tasdiqlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IT Park Ventures Britaniyaning Ayan Capital islomiy fintech startapi uchun jalb qilingan $4 mln AQSh dollarlik ASA investitsiya raundida ishtirok etib, $1 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. Raundda Buyuk Britaniya va Shveysariyadan xalqaro investorlar ham qatnashdi. Jalb qilingan mablag\u2018lar kompaniyani yanada kengaytirish, texnologik yechimlarni rivojlantirish hamda, ayniqsa, O\u2018zbekistonda joylashgan dasturchilar jamoasini kengaytirishga yo\u2018naltiriladi. Ayan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11570,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[424],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-11572","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-moliyalashtirish-va-bitimlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11572","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11572"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11572\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11576,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11572\/revisions\/11576"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11570"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11572"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11572"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11572"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=11572"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}