{"id":11673,"date":"2026-06-13T18:00:00","date_gmt":"2026-06-13T13:00:00","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=11673"},"modified":"2026-06-13T15:34:34","modified_gmt":"2026-06-13T10:34:34","slug":"1-million-somlik-noutbukdan-aqsh-startapigacha-thecargo-qanday-yaratildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/1-million-somlik-noutbukdan-aqsh-startapigacha-thecargo-qanday-yaratildi\/","title":{"rendered":"Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">AQShdagi o\u2019nta avtotransport-brokerlik kompaniyasida ishlayotgan AI-operatsion tizim \u2014 TheCarGo Yoshlar Ventures va angel investorlardan $110,000 investitsiya jalb qildi. Loyiha yaqin oylarda ikkita yangi AI-agentni ishga tushirishni, yil oxirigacha esa AQSh investorlari yetakchiligida navbatdagi raundni ochishni rejalashtirmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2019plab AI mahsulotlari odatda yirik laboratoriyalar yoki nufuzli universitetlardan chiqqan mutaxassislar tomonidan yaratiladi. Ammo Ziyobek Turdiyevning yo\u2018li butunlay boshqacha boshlangan \u2014 telefon qo\u2018ng\u2018iroqlaridan. U ofitsiantlikdan ish boshlagan, o\u2018z mehnati evaziga birinchi kompyuterini sotib olgan. Aynan o\u2018sha kompyuter keyingi katta yo\u2018lning boshlanish nuqtasiga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2019-yilda u AQShdagi avtotransport-brokerlik kompaniyasiga oddiy agent sifatida ishga kiradi. Ish jarayoni oson emas edi: mijozlarga doimiy qo\u2018ng\u2018iroqlar qilish, narxlarni kelishish, tashuvchilarni topish va bitimlarni yopish \u2014 bularning barchasi yuqori tezlik va kuchli stress talab qilardi. Ko\u2018plab yangi agentlar bir yilni ham to\u2018liq ishlay olmaydi. Lekin Turdiyev shu muhitda ishlashni davom ettirdi va sohaning har bir jarayonini ichidan o\u2018rgandi. Sotuv, dispetcherlik, muzokara va mijozlar bilan ishlash \u2014 u bu biznesning barcha qatlamlarini amaliy tajriba orqali egalladi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-1 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"913\" height=\"685\" data-id=\"11669\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.20.38-PM.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-11669\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.20.38-PM.jpg 913w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.20.38-PM-300x225.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.20.38-PM-768x576.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.20.38-PM-600x450.jpg 600w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.20.38-PM-150x113.jpg 150w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.20.38-PM-750x563.jpg 750w\" sizes=\"(max-width: 913px) 100vw, 913px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"768\" data-id=\"11665\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.18.58-PM-1024x768.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-11665\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.18.58-PM-1024x768.jpg 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.18.58-PM-300x225.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.18.58-PM-768x576.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.18.58-PM-1536x1152.jpg 1536w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.18.58-PM-2048x1536.jpg 2048w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.18.58-PM-600x450.jpg 600w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.18.58-PM-150x113.jpg 150w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.18.58-PM-750x563.jpg 750w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/2026-06-13-12.18.58-PM-1140x855.jpg 1140w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2021-yilga kelib u boshqaruv darajasiga ko\u2018tarildi va 50 dan ortiq brokerlarni o\u2018qitdi. Keyinchalik AQShdagi ikkita avtotransport kompaniyasi \u2014 Mate Auto Transport va Ocean Blue Auto Transport \u2014 rahbari bo\u2018ldi. 2023-yilda uning jamoasi $350 000 dan ortiq sotuv amalga oshirdi, u esa operatsion jarayonlar va mijozlar bilan ishlashni bir vaqtning o\u2018zida boshqardi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kompaniyalarni boshqarish jarayoni murakkab bo\u2018lsa-da, asosiy muammo operatsion tizimlarning tarqoqligida edi. Oddiy bir ish kuni davomida jamoa o\u2018ntagacha bir-biriga ulanmagan platformalarda ishlashga majbur edi: CRM tizimlari, Super Dispatch, Central Dispatch, RingCentral, to\u2018lov tizimlari, Excel jadvallari, email va SMS. Hatto ba\u2019zi jarayonlar hali ham qo\u2018lda yuritilardi. Natijada jarayonlar sekinlashar, mijozlarga javob kechikardi, eng yaxshi agentlar esa ortiqcha yuklama sabab ishdan ketardi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bir necha uyqusiz tunlardan so\u2018ng aniq bo\u2018ldi: muammo odamlarning ishlashida emas, balki jarayonlarning o\u2018zida edi. Yirik korporativ yechimlar juda qimmat va moslashuvchan emas edi, kichik soha uchun yaratilgan vositalar esa bir-biri bilan integratsiyalanmagan. Shu nuqtada bitta qaror shakllandi \u2014 yechim bo\u2018lmasa, uni yaratish kerak. Shu tariqa TheCarGo loyihasi boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2023-yilda Ziyobek o\u2018z brokerlik tizimini CRM bilan integratsiya qilish ustida ishlayotgan paytda Baxtiyor Ergashev bilan tanishadi. Baxtiyor IT Park Uzbekistan\u2019da tajriba orttirgan, maktabda informatika fanidan dars bergan hamda yirik loyihalarda software engineer va architecture engineer sifatida ishlagan mutaxassis edi. 2024-yilda hamkorlikni boshlashdi. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">TheCarGo\u2019ni boshqalardan ajratib turadigan eng muhim jihat \u2014 uning real muhitda yaratilgani. 2024-yilda loyiha hali faol brokerlik kompaniyasi ichida qurila boshlandi. Birinchi foydalanuvchilar ham ichki jamoa bo\u2018ldi. Har bir funksiya real mijozlar, real bosim va real operatsion sharoitda sinovdan o\u2018tkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Boshlanish jarayoni oson bo\u2018lmadi. Dastlabki dizaynlar Figma\u2019da chizilgan bo\u2018lsa-da, tizim bir necha bor qayta qurildi. Birinchi jalb qilingan texnik jamoa kutilgan natijani bermadi va ishni qaytadan boshlashga to\u2018g\u2018ri keldi. Serverlar, dasturchilar va texnik vositalar uchun barcha xarajatlar shaxsiy mablag\u2018 hisobidan qoplandi. Brokerlik faoliyati davom etayotgan bo\u2018lsa ham, u o\u2018ziga maosh ajratmadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2023-yilga kelib loyiha uchun $20,000 ga yaqin mablag\u2018 sarflangan edi \u2014 bu esa to\u2018g\u2018ri yechimni topish zaruratini yanada kuchaytirdi. Bir muddat ular ikki yo\u2018nalishda parallel ishlashdi: kunduzlari brokerlikni boshqarish, kechasi esa mahsulot ustida ishlash. Lekin mijozlar soni oshgani sari bu modelni davom ettirish qiyinlashdi va 2026-yil aprel oyida ikkala founder ham to\u2018liq TheCarGo\u2019ga o\u2018tish qarorini qabul qildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jarayon bosqichma-bosqich shakllandi: 2024-yil iyul \u2014 MVP ishga tushirildi, 2025-yil mart \u2014 birinchi to\u2018lovchi mijoz qo\u2018shildi, 2025-yil oxiri \u2014 platforma qayta qurilib, to\u2018liq ishga tushdi. Birinchi mijoz \u2014 Roppy \u2014 Ziyobekning avvalgi jamoasida ishlagan va keyinchalik o\u2018z brokerlik kompaniyasini ochgan mijoz edi va u bugungi kungacha TheCarGo\u2019dan foydalanib kelmoqda. Bugungi kunda TheCarGo AQShdagi o\u2018nta brokerlik kompaniyasiga xizmat ko\u2018rsatmoqda. Mijozlar endi Salesforce, Excel va alohida telefon tizimlaridan voz kechib, barcha operatsiyalarni bitta platformaga ko\u2018chirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yil iyun oyida TheCarGo Yoshlar Ventures va AQShlik angel-investorlardan jami $110,000 investitsiya jalb qildi. Bu mablag\u2018 platformaga ikkita yangi AI-agent qo\u2018shish, onboarding jarayonlarini avtomatlashtirish va jamoani kengaytirishga yo\u2018naltirilmoqda. Keyingi 6\u20138 oy ichida AQSh investorlari yetakchiligida yangi investitsiya raundi ochilishi rejalashtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cBiz O\u2018zbekistondan turib AQShning logistika infratuzilmasini quryapmiz. Bu tashqaridan qaraganda paradoksdek tuyulishi mumkin, lekin aynan shu bizning kuchimiz \u2014 biz muammoni ichidan bilamiz,\u201d \u2014 deydi asoschi Ziyobek Turdiyev.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">TheCarGo faqat jarayondagi mahsulot emas. Founderlar uni AQSh avtotransport-brokerlik sanoati uchun infratuzilma darajasidagi platformaga aylantirishni maqsad qilgan. 2026-yilda jamoa bozorga yaqinroq bo\u2018lish uchun AQShga ko\u2018chishni rejalashtirmoqda \u2014 bu esa keyingi bosqichning boshlanishi bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AQShdagi o\u2019nta avtotransport-brokerlik kompaniyasida ishlayotgan AI-operatsion tizim \u2014 TheCarGo Yoshlar Ventures va angel investorlardan $110,000 investitsiya jalb qildi. Loyiha yaqin oylarda ikkita yangi AI-agentni ishga tushirishni, yil oxirigacha esa AQSh investorlari yetakchiligida navbatdagi raundni ochishni rejalashtirmoqda. Ko\u2019plab AI mahsulotlari odatda yirik laboratoriyalar yoki nufuzli universitetlardan chiqqan mutaxassislar tomonidan yaratiladi. Ammo Ziyobek Turdiyevning yo\u2018li butunlay boshqacha [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11661,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[423],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-11673","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-asoschilar-hikoyalari"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11673","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11673"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11673\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11688,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11673\/revisions\/11688"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11661"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11673"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11673"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11673"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=11673"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}