{"id":1224,"date":"2024-12-18T13:17:45","date_gmt":"2024-12-18T13:17:45","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/the-untold-story-how-turkestans-wealthy-lived-a-century-ago\/"},"modified":"2024-12-18T14:45:28","modified_gmt":"2024-12-18T14:45:28","slug":"ilk-xayriya-fondlari-gazeta-shaxsiy-fotostudiya-va-xostellar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/ilk-xayriya-fondlari-gazeta-shaxsiy-fotostudiya-va-xostellar\/","title":{"rendered":"Ilk xayriya fondlari, gazeta, shaxsiy fotostudiya va xostellar \u2013 Bir asr avval Turkistonda boylar hayoti qanday edi?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangilanayotgan jamiyatlarda doimo tadbirkorlar, savdogar va boylar innovatsiya va yangi imkoniyatlardan tez foydalanadi, hayotga tatbiq qiladi. Masalan, toshkentlik yirik boy Said Azimboy 1865-yilda ijtimoiy islohotni amalga oshirdi. U barcha qullarini ozod qilish orqali boshqalar undan o\u02bbrnak olishiga undaydi. Mahalliy boylar mustamlaka sharoitida ham yangi imkoniyatlardan foydalanib, mamlakatni modernizatsiya qilishga uringan. Keling ulardan ayrimlarini eslab o\u02bbtsak.    <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Saidkarim Saidazimboy o\u02bbg\u02bbli 1907-yili birinchilardan bo\u02bblib mahalliy tildagi ijtimoiy-siyosiy va adabiy muammolar, qiziqarli xabarlarni yorituvchi gazetalardan biri hisoblangan \u201cTujjor\u201dga asos soldi. 1909-yili Saidkarim rahbarlikka saylangan \u201cKo\u02bbmak\u201d jamiyati kambag\u02bballar uchun shifoxona, ambulatoriya, oshxonalar qurdirish, qariya, yetim-yesir, talabalarga ko\u02bbmak berish kabi xayriyalar bilan faol shug\u02bbullangan. Aka-ukalar Turkistondagi arxeologiya ixlosmandlari to\u02bbgaragiga a\u02bczo edi. Orif Hoji Azizhoji \u2013 o\u02bbz davrining obro\u02bb-e\u02bctiborli siyosatchisi va ishbilarmoni. Charmdan poyabzal va kiyim-kechak tayyorlaydigan korxonalar egasi. Shahar markazida yirik savdo markazi qurgan.   <\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-1 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"438\" height=\"600\" data-id=\"1213\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0314.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1213\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0314.jpg 438w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0314-219x300.jpg 219w\" sizes=\"(max-width: 438px) 100vw, 438px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1902-yil 24-aprelda Ilhom Inog\u02bbomjonov Toshkentda fotostudiya ochishga ruxsat oldi. Bu xonadonda ochilgan Toshkentdagi birinchi milliy professional fotografiya studiyasi edi. Mahalliy boylarimiz siyosiy va ilmiy hayotda ham faol bo\u02bblgan. 1902-yili toshkentlik boylar Sayid Karim Sayid Azimboyev, Mirza Abdulla Isa Magometov, Mir A\u02bczam Mir Ayupov, Maqsud Xo\u02bbja Ota Xo\u02bbjayev, Muhiddinxon Hakim Xo\u02bbjayev, Ibrohimbek Yusufbekov va Mulla Usmon Toshkenboyevlar Sharqshunoslik jamiyatining Toshkent bo\u02bblimiga a\u02bczo bo\u02bblib saylanishgan.   <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">XX asr boshlarida yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda katta o\u02bbzgarishlar sodir bo\u02bbldi. Bu jarayonlarda Turkiston tadbirkorlari ham faol ishtirok etib, nafaqat iqtisodiy, balki, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham faol bo\u02bblgan. O\u02bbzbek olimi Yoqub Tayronovning yozishicha, Toshkentda keng faoliyat olib boruvchi ayrim savdogarlar beva-bechoralarga va tarbiyaga muhtoj, ota-onasidan ayrilgan bolalarga g\u02bbamxo\u02bbrlik qilgani sababli hukumat e\u02bctiboriga tushgan va bu xizmatlari uchun maxsus davlat miqyosidagi nishonlar bilan mukofotlangan. Amxoqboy Abdualiyev ana shu kabi ishlari sabab \u201cYaxshi xizmatlari uchun\u201d deb yozilgan kumush nishon bilan taqdirlangan.    <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mahalliy boylar bir necha xayriya fondlarga va jamiyatlarga ham asos solgan. \u201cMusulmon umidi\u201d jamiyati Beshyog\u02bboch dahasi Ko\u02bbkmasjid mahallasidagi Abdullaxon Ibrohim o\u02bbg\u02bblining yangi usuldagi maktabiga 120 so\u02bbm, Ko\u02bbkcha dahasi Kallaxona mahallasidagi Muhammad Said Muhammad Muso o\u02bbg\u02bblining shu xildagi maktabiga 90 so\u02bbm va yana Abdurahmon o\u02bbg\u02bbli degan bir talabaga ham 15 so\u02bbm miqdorda moliyaviy yordam ko\u02bbrsatgan. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">XX asr boshlarida yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda katta o\u02bbzgarishlar sodir bo\u02bbldi. Bu jarayonlarda Turkiston tadbirkorlari ham faol ishtirok etib, nafaqat iqtisodiy, balki, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham faol bo\u02bblgan. O\u02bbzbek olimi Yoqub Tayronovning yozishicha, Toshkentda keng faoliyat olib boruvchi ayrim savdogarlar beva-bechoralarga va tarbiyaga muhtoj, ota-onasidan ayrilgan bolalarga g\u02bbamxo\u02bbrlik qilgani sababli hukumat e\u02bctiboriga tushgan va bu xizmatlari uchun maxsus davlat miqyosidagi nishonlar bilan mukofotlangan. Amxoqboy Abdualiyev ana shu kabi ishlari sabab \u201cYaxshi xizmatlari uchun\u201d deb yozilgan kumush nishon bilan taqdirlangan.           <\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-2 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"910\" height=\"535\" data-id=\"1215\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0313.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1215\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0313.jpg 910w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0313-300x176.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0313-768x452.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 910px) 100vw, 910px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mahalliy boylar bir necha xayriya fondlarga va jamiyatlarga ham asos solgan. \u201cMusulmon umidi\u201d jamiyati Beshyog\u02bboch dahasi Ko\u02bbkmasjid mahallasidagi Abdullaxon Ibrohim o\u02bbg\u02bblining yangi usuldagi maktabiga 120 so\u02bbm, Ko\u02bbkcha dahasi Kallaxona mahallasidagi Muhammad Said Muhammad Muso o\u02bbg\u02bblining shu xildagi maktabiga 90 so\u02bbm va yana Abdurahmon o\u02bbg\u02bbli degan bir talabaga ham 15 so\u02bbm miqdorda moliyaviy yordam ko\u02bbrsatgan.<br><br>Toshkentlik yirik tadbirkor Saidkarim Saidazimboyev 1907-yilda haj amalini oshirishga yordam qilish uchun yirik kampaniyaga asos soladi. O\u02bbsha yillari haj amalini oshirish uchun poyezdda Toshkentdan Odessaga yo Feodosiyaga, keyin esa kema bilan Jiddagacha yo\u02bbl bosib o\u02bbtish kerak edi. 1908-yilning o\u02bbzida Toshkentdan 15 mingdan ortiq kishi hajga ketadi. Hojilarga hech qanday sharoit yaratilmagan edi. Shu masalani yengillashtirish uchun tadbirkor Saidkarim Saidazimboyev Toshkentda, Odessada maxsus vokzal qurishga kirishadi va \u201chojixonalar\u201d (xostel) yaratishni rejalashtiradi. Hojixonalar Saidazimboyev rejasiga ko\u02bbra, stansiya ichida qurilgan bino hududida va beshta xonadan iborat bo\u02bblishi kerak edi. Ular o\u02bbz ichiga ayollar va erkaklar uchun tahoratxonalar, choyxona va bufetlar, do\u02bbkonlarni olgan. Turar joylar yotoqxona yoki karavotlar bilan jihozlangan bo\u02bblishi, bundan tashqari har bir punktda vrach, dorixona, mulla va qassob bo\u02bblishi kerak edi. Hojixonada kunduz kuni uchun ziyoratchidan hech qanday haq olinmagan, tunash uchun pavilyondan foydalanganlik uchun esa ziyoratchidan Turkiston choyxonalarida belgilangan eng kam to\u02bblov undirilgan. Tibbiy yordam va dori-darmonlar esa ziyoratchilarga mutlaqo bepul taqdim etilishi, oziq-ovqat mahsulotlari esa mahalliy hokimiyat tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan narxlar bo\u02bbyicha sotilishi kerak edi. 1908-yil 13-martda Saidazimboyev rasman ziyorat rahbari etib tayinlandi. U muvaffaqiyatidan ruhlanib Odessa, Feodosiya va ziyorat yo\u02bblidagi 14 ta joyda xuddi shunday \u201cmahalliy\u201d vokzallar va to\u02bbxtash-oziqlanish punktlarini qurishni rejalashtiradi. Ziyoratchilarning dengiz orqali sayohat qilish sharoitlarini yaxshilash to\u02bbg\u02bbrisida bosh qotira boshlaydi hamda bir necha kema kompaniyalaridan kelishuv tuzish takliflarini oladi. Saidazimboyev kema kompaniyalari orasidan \u201cKo\u02bbngilli Flot\u201dni tanlaydi va ular bilan Odessadan Jiddagacha (Makkaga eng yaqin port) va orqaga Feodosiyagacha tez sayohat qilish to\u02bbg\u02bbrisida shartnoma tuzadi. \u201cKo\u02bbngilli flot\u201d kambag\u02bbal musulmon aholi uchun chiptaning 5 foizini bepul berishga qaror qiladi. Aksiga olib, Arabistonda vabo kasali tarqaladi. Epidemiyani oldini olish uchun Saidazimboyev Odessada 2500 kishiga mo\u02bbljallangan hojixonada ziyoratchilar yuqumli kasalliklar yuqmasligi uchun dezinfeksiya qilinadi va tozalikka rioya qilinadi. Saidazimboyev faoliyati mahalliy gazetalarda keng yoritiladi va bu reklama o\u02bbz natijasini berdi. Shu tariqa Saidazimboyev ziyorat sohasi bo\u02bbyicha yirik monopolistga aylandi. 1906-yili Toshkent, Samarqand va Andijonda bo\u02bblgan fransuz sayyohi Pol Pellio mahalliy boylarga ta\u02bcrif berib o\u02bbtgan edi. Toshkentlik boy Sayid G\u02bbani bilan uchrashuv uning yozishmalarida batafsilroq bayon etilgan: \u201cMehmonxonaga yoki bu yerda aytishganidek, \u201cbo\u02bblmalar\u201dga joylashganimizdan ko\u02bbp o\u02bbtmay, yevropacha kiyingan Sayid G\u02bbanini uchratdim, u aslida Toshkentda istiqomat qilarkan. Mamlakatning eng badavlat kishilaridan bo\u02bblmish bu insonning oilasi uzoq yillardan beri ruslar bilan aloqada ekan. Uning akasi \u2013 Sayid Karim Dumaga Toshkentdan saylangan ikkita deputatdan biri bo\u02bblib, o\u02bbsha yoqdagi katta yerlar egasi, millioner Orif Hojining amakivachchasi ekan. Orif Hoji uylangan kavkazlik musulmon ayolning ro\u02bbmol o\u02bbramasligi toshkentlik musulmonlarni ranjitarkan. Men o\u02bbsha ayolni biz Toshkentda to\u02bbxtab o\u02bbtgan, aslida Orif Hojiga tegishli mehmonxonada uchratgan edim. Yangi do\u02bbstimiz O\u02bbshda musulmoncha xilxonalari bor ishongan vakiliga telegrafda xabar yo\u02bbllab, o\u02bbsha yerda bizni kutib olib, yotoq bilan ta\u02bcminlashini tayinlar ekan\u201d. Andijonda Pol Pellio Kozimcha boyni uyida mehmon bo\u02bbladi. Fransuz sayyohi yozishicha: Kozimcha Hoji Makkaga hajga borgan risoladagidek musulmon bo\u02bblsa-da, biz bilan birga rus arog\u02bbidan ichib, uch-to\u02bbrt krujka pivoniyam ko\u02bbrdim demadi. Toshkentdayoq musulmonlar diniy taqiq masalasiga unchalik jiddiy qaramasliklari sezilgan edi\u201d.    <\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-3 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"960\" height=\"711\" data-id=\"1217\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0312.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1217\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0312.jpg 960w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0312-300x222.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0312-768x569.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/IMG_0312-110x80.jpg 110w\" sizes=\"(max-width: 960px) 100vw, 960px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Umuman olganda 100-150-yil oldin mahalliy boylarimiz va tadbirkorlarimiz dunyoda bo\u02bblayotgan voqealardan juda yaxshi voqif bo\u02bblgan, turli yangilik va innovatsiyalarni Turkistonga olib kelgan. Hayot tarzini o\u02bbzgartirib telegraf, apteka, savdo uylari, birjalar, kampaniya va gazetalarga asos solishgan. Bundan tashqari xayriya jamiyatlari, fondlaridan pullarini ayamagan. Boylarimiz dunyo kezgan, deputatlikka saylangan, ilmiy jamiyatlarga a\u02bczo bo\u02bblishgan. Qisqa qilib aytgandi, bugungi tadbirkorlarimiz ulardan ko\u02bbp narsani o\u02bbrganib, hayotga tatbiq qilsa, foydadan holi bo\u02bblmaydi, jamiyatimiz rivojlanishiga turtki bo\u02bbladi.   <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Baxtiyor Alimjonov <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tarixchi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yangilanayotgan jamiyatlarda doimo tadbirkorlar, savdogar va boylar innovatsiya va yangi imkoniyatlardan tez foydalanadi, hayotga tatbiq qiladi. Masalan, toshkentlik yirik boy Said Azimboy 1865-yilda ijtimoiy islohotni amalga oshirdi. U barcha qullarini ozod qilish orqali boshqalar undan o\u02bbrnak olishiga undaydi. Mahalliy boylar mustamlaka sharoitida ham yangi imkoniyatlardan foydalanib, mamlakatni modernizatsiya qilishga uringan. Keling ulardan ayrimlarini eslab o\u02bbtsak. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":1212,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[122],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-1224","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirkorlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1224","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1224"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1224\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1239,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1224\/revisions\/1239"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1212"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1224"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1224"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1224"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=1224"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}