{"id":12256,"date":"2026-07-10T07:10:00","date_gmt":"2026-07-10T02:10:00","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=12256"},"modified":"2026-07-09T23:30:23","modified_gmt":"2026-07-09T18:30:23","slug":"anthropic-claude-uchun-yangi-reflect-funksiyasini-taqdim-etdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/anthropic-claude-uchun-yangi-reflect-funksiyasini-taqdim-etdi\/","title":{"rendered":"Anthropic Claude uchun yangi Reflect funksiyasini taqdim etdi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sun&#8217;iy intellekt kundalik ishlarimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir paytda, Anthropic undan foydalanish odatlariga e&#8217;tibor qaratadigan yangi funksiyani taqdim etdi. Kompaniya <strong>Reflect<\/strong> nomli beta funksiyasini ishga tushirdi. U foydalanuvchilarga Claude bilan qanday ishlayotganini tahlil qilish, foydalanish odatlarini ko&#8217;rish va AI&#8217;dan yanada ongli foydalanishga yordam berishni maqsad qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Spotify Wrapped yoki YouTube Recap kabi xizmatlarni eslatadigan Reflect bu safar musiqa yoki videolarni emas, balki sun&#8217;iy intellekt bilan bo&#8217;lgan muloqotlarni tahlil qiladi. Reflect paneli foydalanuvchilarga Claude bilan ishlash bo&#8217;yicha batafsil statistikani taqdim etadi. Unda oxirgi bir oy, uch oy, olti oy yoki bir yillik faoliyatni ko&#8217;rish mumkin. Dashboard orqali foydalanuvchilar:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Claude&#8217;dan eng ko&#8217;p qaysi maqsadlarda foydalanganini;<\/li>\n\n\n\n<li>Qaysi mavzular ustida ko&#8217;proq ishlaganini;<\/li>\n\n\n\n<li>Qaysi kun va soatlarda eng faol bo&#8217;lganini;<\/li>\n\n\n\n<li>Foydalanish odatlarining vaqt davomida qanday o&#8217;zgarganini kuzatishi mumkin.<\/li>\n\n\n\n<li><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Reflect&#8217;ning asosiy farqi shundaki, u faqat raqamlarni ko&#8217;rsatib qolmaydi. Dashboard foydalanuvchini AI bilan ishlash uslubi haqida o&#8217;ylashga undovchi savollarni ham taqdim etadi. Masalan, Claude ba&#8217;zan:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>&laquo;Qaysi ishni Claude bajara olsa ham, uni o&#8217;zingiz qilishni davom ettirmoqchisiz?&raquo;<\/strong><\/li>\n\n\n\n<li><strong>&laquo;Claude&#8217;dan foydalanishingiz maqsadlaringizga mos kelayaptimi?&raquo;<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">kabi savollarni beradi. Anthropic&#8217;ning ta&#8217;kidlashicha, bu yondashuv foydalanuvchilarda AI&#8217;dan ongli va muvozanatli foydalanish odatini shakllantirishga qaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Reflect tarkibida qo&#8217;shimcha funksiyalar ham mavjud. Foydalanuvchilar <strong>Quiet Hours<\/strong> rejimi orqali Claude ularni bezovta qilmaydigan vaqt oralig&#8217;ini belgilashi mumkin. Bundan tashqari, uzoq vaqt davomida ishlayotgan foydalanuvchilar uchun <strong>Break Reminder<\/strong> funksiyasi tanaffus qilishni eslatadi. Anthropic kelajakdagi yangilanishlarda Claude&#8217;da o&#8217;tkazilgan umumiy vaqtni ko&#8217;rsatadigan screen time statistikasi ham qo&#8217;shilishini ma&#8217;lum qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Reflect hozircha <strong>Free, Pro va Max<\/strong> tariflaridagi foydalanuvchilar uchun beta rejimida taqdim etilgan. Funksiyadan foydalanish uchun <strong>Memory<\/strong> funksiyasi yoqilgan bo&#8217;lishi kerak. Dashboard Claude&#8217;ning web va desktop ilovalaridagi <strong>Settings \u2192 Reflection<\/strong> bo&#8217;limida joylashgan. Shuningdek, kompaniya maxfiylikka ham alohida e&#8217;tibor qaratgan. Incognito chatlar Reflection tarixiga kiritilmaydi va tashqi servislar bilan bog&#8217;langan ma&#8217;lumotlar mazmuni tahlil qilinmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">OpenAI, Google va Microsoft ko&#8217;proq AI agentlari va avtomatlashtirish texnologiyalarini rivojlantirishga e&#8217;tibor qaratayotgan bir paytda, Anthropic boshqa yo&#8217;nalishni tanladi. Kompaniya foydalanuvchilarga <strong>AI&#8217;dan qanday foydalanayotganini tushunishga<\/strong> yordam beradigan vositani taqdim etdi. Bu esa AI mahsulotlari rivojlanishida yangi yo&#8217;nalishning boshlanishi bo&#8217;lishi mumkin. Endilikda raqobat faqat eng kuchli modelni yaratish emas, balki foydalanuvchilarga sun&#8217;iy intellektdan yanada samarali va ongli foydalanishga yordam beradigan vositalarni ishlab chiqish orqali ham kechishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sun&#8217;iy intellekt kundalik ishlarimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir paytda, Anthropic undan foydalanish odatlariga e&#8217;tibor qaratadigan yangi funksiyani taqdim etdi. Kompaniya Reflect nomli beta funksiyasini ishga tushirdi. U foydalanuvchilarga Claude bilan qanday ishlayotganini tahlil qilish, foydalanish odatlarini ko&#8217;rish va AI&#8217;dan yanada ongli foydalanishga yordam berishni maqsad qilgan. Spotify Wrapped yoki YouTube Recap kabi xizmatlarni eslatadigan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12253,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-12256","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12256","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12256"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12256\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12257,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12256\/revisions\/12257"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12253"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12256"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12256"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12256"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=12256"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}