{"id":13139,"date":"2026-09-04T16:30:00","date_gmt":"2026-09-04T11:30:00","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=13139"},"modified":"2026-09-04T15:55:22","modified_gmt":"2026-09-04T10:55:22","slug":"imkon-ventures-dcard-startapiga-20000-investitsiya-kiritdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/imkon-ventures-dcard-startapiga-20000-investitsiya-kiritdi\/","title":{"rendered":"Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Toshkent, O&#8217;zbekiston \u2014 Imkon Ventures O&#8217;zbekistondagi savdo va xizmat ko&#8217;rsatish sohasi uchun chegirma, keshbek va sodiqlik dasturlarini yagona raqamli platformada birlashtiruvchi Dcard startapiga $20 000 miqdorida pre-seed investitsiya kiritganini e&#8217;lon qildi. Mazkur investitsiya Imkon Ventures&#8217;ning iste&#8217;mol bozori va xizmat ko&#8217;rsatish sektori uchun raqamli infratuzilma yaratayotgan dastlabki bosqichdagi jamoalarni qo&#8217;llab-quvvatlash strategiyasining mantiqiy davomi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dcard platformasi Javlon Jabbaraliyev boshchiligidagi jamoa tomonidan ishga tushirilgan. Loyihaning pilot bosqichi 2026-yil avgust oyida boshlangan bo&#8217;lib, qisqa muddat ichida 50 dan ortiq hamkor biznes bilan aloqa o&#8217;rnatilgan va platforma o&#8217;zining dastlabki daromadini qayd etgan. Kompaniya 2026-yil yakuniga qadar hamkor bizneslar sonini 500 tadan oshirishni maqsad qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O&#8217;zbekistonda savdo va xizmat ko&#8217;rsatish bozorining umumiy hajmi $25\u201330 milliard deb baholanmoqda, biroq chegirma va sodiqlik tizimlari bugungi kunda nihoyatda tarqoq holatda qolmoqda. Har bir soha \u2014 avtoxizmat, go&#8217;zallik salonlari, restoranlar, fitnes markazlari \u2014 o&#8217;zining alohida chegirma va bonus tizimini yuritadi. Natijada iste&#8217;molchi o&#8217;nlab turli kartalar va ilovalarni boshqarishga majbur bo&#8217;ladi, bizneslar esa mijozni qaytarish uchun tobora qimmatlashib borayotgan marketing xarajatlarini ko&#8217;taradi. Dcard ushbu tizimlarni yagona ilovada birlashtirib, muammoni ikkala tomon uchun bir vaqtda hal qilishni maqsad qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Platforma foydalanuvchilarga bitta ilova orqali barcha hamkor bizneslarning chegirma, keshbek va sodiqlik dasturlaridan foydalanish imkonini beradi. Bizneslar uchun esa alohida merchant paneli taqdim etiladi \u2014 u orqali hamkorlar chegirma shartlarini mustaqil boshqarishi, savdo ma&#8217;lumotlarini real vaqt rejimida kuzatishi va mijozlar oqimini tahlil qilishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dcard ikki tomonlama daromad modeli asosida ishlaydi: hamkor bizneslardan platforma orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar bo&#8217;yicha 5% komissiya olinadi, foydalanuvchilar esa oyiga 70 000 so&#8217;m miqdoridagi obuna orqali kengaytirilgan imtiyozlardan foydalanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kompaniyaning bozorga chiqish strategiyasi ikki yo&#8217;nalishga asoslangan. Birinchisi \u2014 ambassador modeli: har bir soha bo&#8217;yicha mashhur blogerlar va influencerlar bilan hamkorlik qilinadi, ular platforma komissiyasidan kelishilgan xolda 30% gacha ulush oladi. Ushbu model marketing xarajatlarini bevosita natijaga bog&#8217;laydi va mijoz jalb qilish qiymatini nazorat ostida ushlab turish imkonini beradi. Ikkinchisi \u2014 har bir shaharda mahalliy biznes egalari bilan bevosita ishlash orqali hamkorlar tarmog&#8217;ini shakllantirish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yil davomida Dcard mahsulotni O&#8217;zbekistonning 3\u20134 ta yirik shahrida \u2014 Toshkent, Samarqand va Buxoroda \u2014 to&#8217;liq ishga tushirishni rejalashtirgan. Shu davr mobaynida kompaniya dastlabki 4\u20135 vertikalda (avtoxizmat, go&#8217;zallik, restoran va fitnes) 500 dan ortiq merchant hamkorligini shakllantirish hamda obunachilar bazasini 200 000 foydalanuvchiga yetkazishni maqsad qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dcard asoschisi va bosh direktori Javlonbek Jabboraliyev hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) Software Engineering yo&#8217;nalishi bo&#8217;yicha tahsil olmoqda. Dcard&#8217;gacha u O&#8217;zbekistonning yetakchi elektron tijorat platformasi Uzum Marketda B2B hamkorlarni jalb qilish yo&#8217;nalishida ishlagan, so&#8217;ngra marketplace&#8217;larda savdo bo&#8217;yicha o&#8217;quv markazi \u2014 Soff Academy&#8217;da operatsion direktor lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu tajriba unga hamkor bizneslarni jalb qilish va savdo jarayonlarini tashkil etish bo&#8217;yicha amaliy kompetensiya bergan bo&#8217;lib, aynan shu ko&#8217;nikmalar Dcard&#8217;ning merchant tarmog&#8217;ini shakllantirishda asosiy omil bo&#8217;lib xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&laquo;O&#8217;zbekistonda chegirma va sodiqlik dasturlari mavjud, ammo ular tarqoq \u2014 iste&#8217;molchi ulardan to&#8217;liq foydalana olmaydi, biznes esa ularning samarasini o&#8217;lchay olmayd. Biz iste&#8217;molchi uchun bitta ilova, biznes uchun esa bitta boshqaruv paneli yaratmoqdamiz. Endi bizning asosiy vazifamiz \u2014 ushbu modelni yangi shaharlar va yangi sohalarga kengaytirish.&raquo;, \u2014 deydi Dcard asoschisi Javlon Jabbaraliyev.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&laquo;Dcard bizneslar va iste&#8217;molchilar bir vaqtning o&#8217;zida duch keladigan muammoni hal qilmoqda. O&#8217;zbekistonda mijozni jalb qilish va qaytarish xarajati tez o&#8217;sib bormoqda, sodiqlik infratuzilmasi esa deyarli shakllanmagan. Javlonbek va uning jamoasi pilot bosqichdayoq hamkorlar va foydalanuvchilarni qanchalik tez jalb qila olishini ko&#8217;rsatdi. Biz nafaqat dastlabki bosqichdagi jamoaga, balki butun sektor uchun standart bo&#8217;lib xizmat qilishi mumkin bo&#8217;lgan infratuzilmaga sarmoya kiritmoqdamiz&raquo;, \u2014 Imkon Ventures bosh direktori Tohirjon Mirzajonov<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Dcard haqida<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dcard \u2014 chegirma, keshbek va sodiqlik dasturlarini yagona mobil ilovada birlashtiradi. Platforma iste&#8217;molchilarga hamkor bizneslar tarmog&#8217;i bo&#8217;ylab imtiyozlardan foydalanish, bizneslarga esa mijozlar oqimini boshqarish va savdo ma&#8217;lumotlarini real vaqt rejimida tahlil qilish imkonini beradi. 2026-yil avgust oyida pilot loyihasini ishga tushirgan kompaniya hozirda avtoxizmat, go&#8217;zallik, restoran va fitnes yo&#8217;nalishlarida 50 dan ortiq hamkor hamda 200 dan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko&#8217;rsatmoqda. Aloqa: dcard.hq@gmail.com<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Imkon Ventures haqida<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Imkon Ventures \u2014 O&#8217;zbekistonda tashkil etilgan xususiy venchur fond bo&#8217;lib, Tohirjon Mirzajonov rahbarligida fintech, B2B SaaS, sun&#8217;iy intellekt, deeptech va ta&#8217;lim texnologiyalari yo&#8217;nalishlaridagi pre-seed va seed bosqichidagi startaplarga yo&#8217;naltirilgan. UzVC Fondlar Fondi ko&#8217;magi bilan 5 million AQSh dollari miqdoridagi fondga ega Imkon Ventures kelgusi ikki yil ichida 25\u201330 ta startapga investitsiya kiritishni, mahalliy jamoalarni qo&#8217;llab-quvvatlashni va ularni global texnologiya ekotizimiga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshkent, O&#8217;zbekiston \u2014 Imkon Ventures O&#8217;zbekistondagi savdo va xizmat ko&#8217;rsatish sohasi uchun chegirma, keshbek va sodiqlik dasturlarini yagona raqamli platformada birlashtiruvchi Dcard startapiga $20 000 miqdorida pre-seed investitsiya kiritganini e&#8217;lon qildi. Mazkur investitsiya Imkon Ventures&#8217;ning iste&#8217;mol bozori va xizmat ko&#8217;rsatish sektori uchun raqamli infratuzilma yaratayotgan dastlabki bosqichdagi jamoalarni qo&#8217;llab-quvvatlash strategiyasining mantiqiy davomi hisoblanadi. Dcard platformasi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13137,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[424],"tags":[230],"jnews-series":[],"class_list":["post-13139","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-moliyalashtirish-va-bitimlar","tag-startaplar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13139","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13139"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13139\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13140,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13139\/revisions\/13140"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13137"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13139"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13139"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13139"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=13139"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}