Google DeepMind rahbari Demis Hassabis AGI qachon paydo bo\u2018lishi, uning iqtisodiyot va mehnat bozoriga ta\u2019siri, AI rivojlanishidagi cheklovlar, energiya talabi va ilm-fandagi imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.
AGI nima?
AGI (Artificial General Intelligence) \u2014 inson kabi turli xil aqliy vazifalarni mustaqil bajara oladigan sun\u2019iy intellekt tizimi. Oddiy AI odatda ma\u2019lum bir vazifaga ixtisoslashgan bo\u2018lsa, AGI turli sohalarda bilimni tushunish, o\u2018rganish, muammolarni hal qilish va yangi vaziyatlarga moslashish qobiliyatiga ega bo\u2018lishi kerak.
Hozircha to\u2018liq AGI yaratilgani yo\u2018q. Bugungi ChatGPT, Gemini yoki Claude kabi modellar ko\u2018plab vazifalarni bajara olsa-da, ular hali inson darajasidagi umumiy intellektga ega tizim hisoblanmaydi.
AGI qachon paydo bo\u2018lishi mumkin?
Hassabis AGI\u2019ni inson bajara oladigan asosiy kognitiv vazifalarni bajarishga qodir tizim sifatida ko\u2018radi. Uning aytishicha, 2010-yilda DeepMind\u2019ni tashkil etish davrida u va kompaniyaning hammuassisi Shane Legg hisoblash quvvati hamda algoritmlarning rivojlanish sur\u2019atlarini tahlil qilib, AGI\u2019ga erishish uchun taxminan 20 yil kerak bo\u2018lishi mumkinligini prognoz qilgan. Hassabisning hozirgi hisob-kitoblariga ko\u2018ra, AGI yaqin besh yil ichida, taxminan 2029\u20132030-yillarga kelib paydo bo\u2018lishi mumkin.
AI rivojida keyingi to\u2018siq nima?
AI modellarining rivojlanishi hozirgacha asosan ko\u2018proq ma\u2019lumot, parametrlar va hisoblash quvvatiga tayanib keldi. Hassabisning fikricha, bu yondashuv hali o\u2018z ahamiyatini yo\u2018qotmagan, biroq keyingi bosqichda faqat model hajmini oshirish yetarli bo\u2018lmasligi mumkin.
Uning ta\u2019kidlashicha, compute nafaqat modellarni o\u2018qitish, balki yangi algoritmik g\u2018oyalarni sinab ko\u2018rish uchun ham zarur. Shu sababli hisoblash quvvati yetishmasligi AI tadqiqotlari tezligiga ham ta\u2019sir qilishi mumkin.
Hozirgi modellar oldida esa bir nechta muammo bor:
– Uzluksiz o\u2018rganish \u2014 model o\u2018qitilgandan keyin yangi bilimlarni inson kabi doimiy ravishda o\u2018zlashtirmaydi.
– Uzoq muddatli rejalashtirish \u2014 murakkab va ko\u2018p bosqichli vazifalarni uzoq vaqt davomida izchil bajarish qiyin.
– Notekis intellekt \u2014 AI juda murakkab masalani hal qilishi mumkin, ammo boshqa oddiy vazifada xatoga yo\u2018l qo\u2018yadi.
AGI mehnat bozorini o\u2018zgartiradimi?
Hassabisning fikricha, AGI avvalgi texnologik to\u2018lqinlardan ko\u2018lami va rivojlanish tezligi bilan farq qilishi mumkin.
\u201cMark Andrissen va boshqa venchur investorlar bu safar ham o\u2018tmishdagi 10 ta texnologik to\u2018lqin (internet, mobil aloqa va h.k.) kabi bo\u2018ladi va yangi ish o\u2018rinlari yaratiladi deb ta’kidlashmoqda. Ha, bu tarixiy haqiqat. Ammo bu safargi siljish har qachongidan tubdan farq qiladi.\u201d
AI mahsuldorlikni keskin oshirishi mumkin, biroq bu o\u2018sishdan jamiyatning keng qatlamlari qanday foyda ko\u2018rishi alohida masala bo\u2018ladi.
Hassabis pensiya fondlari va davlat investitsiya fondlari yirik AI kompaniyalarida ulushga ega bo\u2018lishi mumkinligini ta\u2019kidlaydi. Uning fikricha, bu AI yaratadigan iqtisodiy qiymatni kengroq taqsimlashga yordam beradi.
AI va energiya muammosi
AI rivojlanishi ma\u2019lumotlar markazlarining elektr energiyasiga bo\u2018lgan talabini oshirmoqda. Shu bilan birga, Hassabis AI energetika tizimlarini samaraliroq boshqarishga yordam berishi mumkinligini aytadi.
DeepMind elektr tarmoqlarini AI yordamida optimallashtirish bo\u2018yicha tadqiqotlar olib borgan. Bundan tashqari, AI yangi materiallar, samaraliroq batareyalar va termoyadroviy energiya texnologiyalarini ishlab chiqishni tezlashtirishi mumkin.
Tibbiyotda AI qanday o\u2018zgarish qilishi mumkin?
Hassabis AI\u2019ning eng katta imkoniyatlaridan birini ilm-fan va tibbiyotda ko\u2018radi.
\u00a0DeepMind\u2019ning AlphaFold tizimi oqsil tuzilmalari bo\u2018yicha tadqiqotlarni tezlashtirgan bo\u2018lsa, Isomorphic Labs AI yordamida yangi dori vositalarini ishlab chiqish jarayonini rivojlantirmoqda.
Hassabisning prognoziga ko\u2018ra, kelgusi 5\u201310 yil ichida AI yordamida ishlab chiqilgan dori vositalari klinik sinovlarga yetib borishi mumkin.
DeepMind\u2019ning Londonda joylashgani Hassabis uchun Yevropaning ilmiy salohiyati bilan bog\u2018liq. Uning fikricha, Buyuk Britaniya va Yevropada kuchli universitetlar hamda ilmiy maktablar mavjud.
Biroq Yevropada texnologik kompaniyalarni global gigantlarga aylantirish uchun zarur yirik kapital yetishmaydi. Shu sababli Hassabis pensiya fondlari va institutsional investorlarning texnologik kompaniyalarga ko\u2018proq mablag\u2018 yo\u2018naltirishini muhim deb hisoblaydi.
AGI faqat texnologik masala emas
Suhbat yakunida Hassabis AI xavfsizligi uchun xalqaro hamkorlik zarurligini ta\u2019kidlaydi. U bu tizimni Atom energiyasi bo\u2018yicha xalqaro agentlik \u2014 IAEA faoliyatiga o\u2018xshash global mexanizm bilan taqqoslaydi.
Ammo uning uchun AGI bilan bog\u2018liq eng muhim savollar texnologik emas, balki falsafiy.
\u201cKo\u2018pchilik AGI\u2019ning iqtisodiy va texnik muammolaridan xavotirda. Men esa uning falsafiy savollari haqida ko\u2018proq o\u2018ylayman. Agar texnik va iqtisodiy muammolarni to\u2018g\u2018ri hal eta olsak, oldimizda boshqa savol ko\u2018ndalang bo\u2018ladi: Inson bo\u2018lish nimani anglatadi? Hayotning ma’nosi va maqsadi nimada? Ushbu davrni talqin qilish uchun bizga yangi avlod buyuk shoir va faylasuflari kerak bo\u2018ladi.\u201d \u2014 Demis Hassabis<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"
\u201cSanoat inqilobi insoniyat jamiyatini tubdan o\u2018zgartirish uchun butun bir asr sarfladi. Sun’iy umumiy intellekt (AGI) esa bundan 10 barobar kuchliroq ta’sirga ega bo\u2018ladi va bu o\u2018zgarishlar bor-yo\u2018g\u2018i 10 yil ichida yuz beradi.\u201d \u2014 Demis Hassabis Google DeepMind rahbari Demis Hassabis AGI qachon paydo bo\u2018lishi, uning iqtisodiyot va mehnat bozoriga ta\u2019siri, AI rivojlanishidagi cheklovlar, energiya talabi […]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13161,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-13163","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13163","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13163"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13163\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13164,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13163\/revisions\/13164"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13161"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13163"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13163"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13163"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=13163"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}