{"id":13233,"date":"2026-09-10T17:43:32","date_gmt":"2026-09-10T12:43:32","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=13233"},"modified":"2026-09-10T17:52:12","modified_gmt":"2026-09-10T12:52:12","slug":"elektrtexnika-sanoatiga-2030-yilgacha-3-mlrd-investitsiya-jalb-qilinadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/elektrtexnika-sanoatiga-2030-yilgacha-3-mlrd-investitsiya-jalb-qilinadi\/","title":{"rendered":"Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston 2030-yilgacha elektrtexnika va unga turdosh tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini $11 mlrdga, eksportni esa $5 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu maqsadlarga erishish uchun sohaga $3 mlrd investitsiya jalb qilish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">10-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga elektrtexnika sanoatini rivojlantirish bo\u2018yicha rejalar taqdim etildi. So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda elektrtexnika mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli oshgan. 2018-yilda bu ko\u2018rsatkich 4,7 trln so\u2018m bo\u2018lgan bo\u2018lsa, hozir 43,1 trln so\u2018mga yetgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini 65 ta davlatga eksport qilmoqda, soha eksporti esa $1 mlrdan oshgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yilning dastlabki yetti oyida korxonalar 30 trln so\u2018mlik mahsulot ishlab chiqardi va $706 mlnlik eksport amalga oshirdi. Shu davrda $148 mlnlik 16 ta loyiha ishga tushirilib, 1,2 mingta yangi ish o\u2018rni yaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yil yakuniga qadar ishlab chiqarishni 51 trln so\u2018mga, eksportni esa $1,6 mlrdga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, umumiy qiymati $420 mln bo\u2018lgan 67 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qo\u2018yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sohada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibi ham o\u2018zgarib bormoqda. Quyosh panellari, yuqori kuchlanishli kabellar, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, vakuumli o\u2018chirgichlar va issiqlik nasoslari kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Maishiy texnikaga ichki talabning 80 foizi mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qoplanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yashil energetika ham elektrtexnika sanoati uchun yangi bozor yaratishi kutilmoqda. Yaqin yillarda umumiy quvvati 15 GVt bo\u2018lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu elektrtexnika mahsulotlariga yiliga qariyb $500 mlnlik buyurtmalar bozorini shakllantirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, 2030-yilgacha mis mahsulotlaridagi qo\u2018shilgan qiymat ulushini 35 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Hozir mamlakatda yiliga 150 ming tonnadan ortiq mis katodi ishlab chiqariladi, yangi quvvatlar ishga tushirilgach, bu hajm 300 ming tonnaga yetishi kutilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sohani qo\u2018llab-quvvatlash uchun korxonalarga moliyaviy mexanizmlar ham taklif qilinmoqda. Jumladan, mis xomashyosi xaridida xarajatlarning 75 foizini \u201cO\u2018zsanoateksport\u201d AJ moliyalashtirishi va korxonalar mablag\u2018ni 90 kun ichida qaytarishi mumkin. Bu mexanizm uchun $50 mln yo\u2018naltirilishi belgilangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, kamida $50 mln investitsiya kiritadigan yirik xalqaro brendlarga soliq imtiyozlari va tayyor infratuzilmaga ega binolar taklif qilinadi. Elektrtexnika sanoati uchun amaldagi soliq va bojxona imtiyozlarini 2030-yilgacha uzaytirish ham rejalashtirilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston 2030-yilgacha elektrtexnika va unga turdosh tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini $11 mlrdga, eksportni esa $5 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu maqsadlarga erishish uchun sohaga $3 mlrd investitsiya jalb qilish ko\u2018zda tutilgan. 10-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga elektrtexnika sanoatini rivojlantirish bo\u2018yicha rejalar taqdim etildi. So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda elektrtexnika mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli oshgan. 2018-yilda bu ko\u2018rsatkich 4,7 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13231,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-13233","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13233","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13233"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13233\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13234,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13233\/revisions\/13234"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13231"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13233"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13233"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13233"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=13233"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}