{"id":13412,"date":"2026-09-22T17:53:59","date_gmt":"2026-09-22T12:53:59","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=13412"},"modified":"2026-09-22T18:00:21","modified_gmt":"2026-09-22T13:00:21","slug":"eng-yirik-texnologik-haftaligi-ictweek-uzbekistan-2026-boshlandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/eng-yirik-texnologik-haftaligi-ictweek-uzbekistan-2026-boshlandi\/","title":{"rendered":"Eng yirik texnologik haftalik \u2014 ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Toshkent, O\u2018zbekiston, 2026-yil 22-sentabr.<\/strong> Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) majmuasida mamlakatning eng yirik texnologik haftaligi \u2014 <strong>ICTWEEK Uzbekistan 2026<\/strong> boshlandi. 25-sentabrgacha davom etadigan tadbir xalqaro va mahalliy IT kompaniyalari, investorlar, startaplar, davlat tashkilotlari hamda global texnologiya sohasi vakillarini bir maydonga jamlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu yil ICTWEEK xalqaro miqyosini sezilarli darajada kengaytirdi. Tadbirda <strong>70 dan ortiq mamlakat vakillari<\/strong>, <strong>25 mingdan ziyod tashrif buyuruvchi<\/strong>, jumladan, qariyb <strong>2 ming nafar xorijiy mehmon<\/strong> ishtirok etishi kutilmoqda. Ko\u2018rgazma ekspozitsiyasida <strong>200 dan ortiq tashkilotning<\/strong> yechimlari namoyish etiladi, biznes dasturida esa <strong>200 dan ziyod spiker va ekspert<\/strong> ishtirok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">AQSh, Xitoy, Yaponiya, Gruziya, Ummon, Turkiya, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning kompaniyalari hamda texnologik tashkilotlari milliy pavilyonlarda o\u2018z faoliyatini namoyish etadi. Haftalik doirasida xalqaro kompaniyalar va mahalliy startaplar ham o\u2018z ishlanmalari va yechimlarini taqdim etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi yillarda ICTWEEK sohaviy ko\u2018rgazmadan venchur investitsiyalari, IT xizmatlari eksporti, xalqaro kompaniyalarning O\u2018zbekistonda faoliyat boshlashi, startaplarni rivojlantirish, sun\u2019iy intellekt, bulutli texnologiyalar, autsorsing va raqamli infratuzilma kabi yo\u2018nalishlar muhokama qilinadigan xalqaro platformaga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">ICTWEEK biznes dasturi to\u2018rt kunni qamrab olib, yirik sammitlar, forumlar, konferensiyalar, texnologik musobaqalar va pitch-sessiyalarni o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"1280\" height=\"853\" src=\"http:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/sherz.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-13408\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">ICTWEEK\u2019ning birinchi kuni rasmiy ochilish marosimi va <strong>ICT Expo 2026<\/strong> ko\u2018rgazmasi bilan tanishuvdan boshlanadi. <strong>Startup &amp; Venture Summit<\/strong> doirasida startap asoschilari, investorlar, venchur fondlari, akseleratorlar, korporatsiyalar va davlat tashkilotlari vakillari bir maydonda uchrashadi. Ishtirokchilar startap ekotizimini rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish, xalqaro miqyosda kengayish va texnologik kompaniyalarning global bozorlarga chiqishi masalalarini muhokama qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu kuni <strong>Uzbek\u2013Japan Digital Community Forum<\/strong> ham bo\u2018lib o\u2018tadi. Forum O\u2018zbekiston va Yaponiyaning davlat organlari, texnologik kompaniyalari, investorlari va innovatsion ekotizimlari vakillarini birlashtiradi. Asosiy e\u2019tibor raqamli hamkorlik, investitsiya loyihalari va ikki mamlakat kompaniyalarining yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlariga qaratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi ikki yil ichida IT Park rezidenti maqomiga ega yapon kompaniyalari soni <strong>2 tadan 25 taga<\/strong> oshdi. Forum ushbu hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat biznesi, investorlari va texnologik tashkilotlari o\u2018rtasida to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aloqalarni yo\u2018lga qo\u2018yish uchun platforma bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ikkinchi kun O\u2018zbekistonni yangi texnologik yurisdiksiya sifatida rivojlantirishga bag\u2018ishlangan <strong>Enterprise Uzbekistan Summit<\/strong> bilan boshlanadi. Asosiy e\u2019tibor huquqiy aniqlik, institutsional infratuzilma hamda xalqaro texnologik kompaniyalar va investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilayotgan sharoitlarga qaratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dasturdan Enterprise Uzbekistan vakillarining chiqishlari, <strong>EY<\/strong> va <strong>BDO<\/strong> ekspertlarining asosiy ma\u2019ruzalari, IT Park Uzbekistan va Enterprise Uzbekistan ishtirokidagi fireside chat, shuningdek, <strong>Rethinking Jurisdictions for the Global Technology Economy<\/strong> panel muhokamasi o\u2018rin olgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ishtirokchilar xalqaro kompaniyalar nima sababdan biznes yuritish uchun O\u2018zbekistonni tanlayotgani, ekotizimning asosiy institutlari o\u2018rtasida vazifalar qanday taqsimlanayotgani va texnologik iqtisodiyotning keyingi rivoji uchun qanday tartibga solish sharoitlari zarurligini muhokama qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, <strong>OTS Technology Forum<\/strong> va <strong>Tech &amp; Service Outsourcing Conference<\/strong> bo\u2018lib o\u2018tadi. Xalqaro kompaniyalar va soha ekspertlari O\u2018zbekistonda IT autsorsing, biznes jarayonlari autsorsingi, BPO, GBS hamda servis markazlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yilning birinchi yarmida IT Park\u2019ga <strong>608 ta eksportga yo\u2018naltirilgan kompaniya<\/strong> qo\u2018shildi. Bu o\u2018tgan yilning shu davriga nisbatan <strong>178 foizga ko\u2018p<\/strong>. Bugungi kunda IT Park rezidentlari IT xizmatlari va raqamli mahsulotlarni <strong>102 mamlakatga<\/strong> eksport qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>AI Threats to Education &amp; Employment<\/strong> sessiyasi sun\u2019iy intellektning ta\u2019lim, professional ko\u2018nikmalar va mehnat bozoriga ta\u2019siriga bag\u2018ishlanadi. <strong>Amazon Web Services, Coursera, iFLYTEK, Alibaba Cloud va OX Group<\/strong> vakillari AI loyihalari uchun bulutli infratuzilma, ko\u2018p tilli AI modellari, AI Model-as-a-Service, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish hamda mutaxassislarni kelajak kasblariga tayyorlash masalalarini muhokama qiladi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"768\" src=\"http:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/IMG_5512-1-1024x768.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-13400\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/IMG_5512-1-1024x768.jpg 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/IMG_5512-1-300x225.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/IMG_5512-1-768x576.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/IMG_5512-1-1536x1152.jpg 1536w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/IMG_5512-1-2048x1536.jpg 2048w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/IMG_5512-1-600x450.jpg 600w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/IMG_5512-1-150x113.jpg 150w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/IMG_5512-1-750x563.jpg 750w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/IMG_5512-1-1140x855.jpg 1140w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kunning asosiy voqealaridan biri <strong>StartupBlink<\/strong> va <strong>IT Park Uzbekistan<\/strong> hamkorligida tashkil etiladigan <strong>Global Startup Ecosystem Awards 2026<\/strong> bo\u2018ladi. Marosim tarixda ilk bor oflayn formatda o\u2018tkaziladi, O\u2018zbekiston esa uni qabul qilgan birinchi mamlakatga aylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yilda StartupBlink O\u2018zbekistonni <strong>Country of the Year<\/strong> deb e\u2019tirof etdi. Bir yil davomida mamlakat global reytingda <strong>19 pog\u2018ona<\/strong> yuqorilab, <strong>79-o\u2018rinni<\/strong> egalladi. Toshkent esa <strong>121 pog\u2018ona<\/strong> ko\u2018tarilib, <strong>229-o\u2018ringa<\/strong> chiqdi va Markaziy Osiyodagi eng yuqori o\u2018rinni egallagan startap shahriga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uchinchi kunning markaziy tadbirlaridan biri <strong>Startup World Cup 2026<\/strong> mintaqaviy finali bo\u2018ladi. Saralab olingan <strong>15 ta texnologik startap<\/strong> investorlar va xalqaro ekspertlarga o\u2018z mahsulotlari, biznes modellari, bozor salohiyati va rivojlanish strategiyalarini taqdim etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Loyihalar sun\u2019iy intellekt, fintech, SaaS, deeptech, iste\u2019mol texnologiyalari va boshqa yo\u2018nalishlarni qamrab oladi. G\u2018olib O\u2018zbekistonni San-Fransiskodagi global finalda namoyish etadi va <strong>1 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mukofoti<\/strong> uchun kurashish imkoniyatiga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Startup World Cup<\/strong> Silikon vodiysida joylashgan <strong>Pegasus Tech Ventures<\/strong> kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi. Kompaniya <strong>2 milliard AQSh dollaridan ortiq aktivlarni<\/strong> boshqaradi. Uning portfelida <strong>300 dan ortiq investitsiya<\/strong>, <strong>88 ta exit<\/strong> va <strong>29 ta IPO<\/strong> mavjud. 2017-yildan buyon Startup World Cup platformasi <strong>50 mingdan ortiq ishtirokchi, 2,5 ming investor va 500 spikerni<\/strong> birlashtirdi. Dunyoning turli mamlakatlarida <strong>100 dan ortiq mintaqaviy musobaqa<\/strong> tashkil etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Toshkentdagi final doirasida <strong>40 ta uchrashuv stoliga ega Speed Dating<\/strong> sessiyasi ham bo\u2018lib o\u2018tadi. Startaplar investorlar va potensial hamkorlar bilan bevosita muloqot qilish, o\u2018z loyihalarini taqdim etish va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo\u2018ladi. Mintaqaviy final tashkilotchilari <strong>Pegasus Tech Ventures<\/strong> va <strong>Don\u2019t Settle<\/strong>, hamkorlari esa <strong>Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va IT Park Ventures<\/strong> hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu kuni O\u2018zbekiston va Yaqin Sharq mamlakatlari o\u2018rtasidagi texnologik va investitsiyaviy hamkorlikka bag\u2018ishlangan <strong>Uzbekistan\u2013Middle East Tech Summit<\/strong> ham bo\u2018lib o\u2018tadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yana bir muhim tadbir \u2014 <strong>SABRIYA<\/strong>, texnologiya sanoatida ayollar tadbirkorligi va liderligiga bag\u2018ishlangan platforma bo\u2018ladi. Ishtirokchilar va taklif etilgan ekspertlar ayollarning raqamli iqtisodiyotdagi o\u2018rni, texnologik kompaniyalarni rivojlantirish hamda o\u2018z loyihalarini yo\u2018lga qo\u2018yish imkoniyatlarini muhokama qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yakuniy kun bulutli texnologiyalar, sun\u2019iy intellekt, startaplar va o\u2018yin sanoatiga bag\u2018ishlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>AWS Community Day Uzbekistan<\/strong> 500 dan ortiq dasturchi, bulutli texnologiyalar bo\u2018yicha mutaxassis va texnologiya ishqibozlarini birlashtiradi. Dasturda <strong>15 dan ortiq spiker<\/strong>, jumladan, Amazon Web Services vitse-prezidenti va Chief Evangelist <strong>Jeff Barr<\/strong> ishtirok etishi rejalashtirilgan. Texnik sessiyalar serverless texnologiyalar, sun\u2019iy intellekt va mashinaviy o\u2018qitish, <strong>Amazon SageMaker, Amazon Bedrock, konteynerlar, DevOps, kiberxavfsizlik<\/strong> hamda zamonaviy bulutli arxitekturaga bag\u2018ishlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, <strong>Ignyte AI Challenge 2026<\/strong>, o\u2018yin sanoatiga bag\u2018ishlangan <strong>GameGap<\/strong> tadbiri hamda <strong>AloqaVentures<\/strong> tomonidan tashkil etilgan <strong>TAQDIMOT<\/strong> startap-shousining maxsus soni bo\u2018lib o\u2018tadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">TAQDIMOT doirasida saralab olingan startaplar o\u2018z mahsulotlari va biznes modellarini investorlar hamda venchur fondlari vakillariga taqdim etadi, ekspertlarning fikr-mulohazalarini oladi va potensial investitsiyalar hamda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">ICTWEEK\u2019ning xalqaro ko\u2018lami O\u2018zbekistonning global texnologik iqtisodiyotga integratsiyalashuvi jarayonini ham aks ettiradi. Xorijiy kompaniyalar uchun mamlakat nafaqat rivojlanib borayotgan bozor, balki Markaziy Osiyoda keyingi faoliyatni yo\u2018lga qo\u2018yish uchun platforma sifatida ham qiziqish uyg\u2018otmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston kompaniyalari uchun esa ICTWEEK xalqaro buyurtmachilar, investorlar va texnologik hamkorlar bilan bevosita uchrashuvlar o\u2018tkazish imkonini beradi. Bunday aloqalar kapital jalb qilish, eksport shartnomalarini tuzish va yangi bozorlarga chiqish uchun boshlang\u2018ich nuqtaga aylanishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kapital va istiqbolli loyihalar, xalqaro talab va mahalliy kompetensiyalar, global kompaniyalar va mintaqaviy imkoniyatlar o\u2018rtasidagi bog\u2018liqlik <strong>ICTWEEK Uzbekistan 2026<\/strong> haftaligining asosiy mazmunlaridan biriga aylanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>ICTWEEK Uzbekistan 2026<\/strong> 22\u201325-sentabr kunlari Toshkentdagi <strong>Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx)<\/strong> majmuasida bo\u2018lib o\u2018tadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshkent, O\u2018zbekiston, 2026-yil 22-sentabr. Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) majmuasida mamlakatning eng yirik texnologik haftaligi \u2014 ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi. 25-sentabrgacha davom etadigan tadbir xalqaro va mahalliy IT kompaniyalari, investorlar, startaplar, davlat tashkilotlari hamda global texnologiya sohasi vakillarini bir maydonga jamlaydi. Bu yil ICTWEEK xalqaro miqyosini sezilarli darajada kengaytirdi. Tadbirda 70 dan ortiq mamlakat vakillari, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13406,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[123],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-13412","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-voqealar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13412","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13412"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13412\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13414,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13412\/revisions\/13414"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13406"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13412"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13412"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13412"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=13412"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}