{"id":13458,"date":"2026-09-24T13:00:00","date_gmt":"2026-09-24T08:00:00","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=13458"},"modified":"2026-09-24T12:51:02","modified_gmt":"2026-09-24T07:51:02","slug":"endi-tolov-uchun-karta-ham-telefon-ham-kerak-emas-revolut-yuz-orqali-tolovni-ishga-tushirdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/endi-tolov-uchun-karta-ham-telefon-ham-kerak-emas-revolut-yuz-orqali-tolovni-ishga-tushirdi\/","title":{"rendered":"Endi to\u2018lov uchun karta ham, telefon ham kerak emas &#8211; Revolut yuz orqali to\u2018lovni ishga tushirdi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Britaniyaning fintech kompaniyasi Revolut foydalanuvchilarga do\u2018kon va kafelarda karta yoki telefondan foydalanmasdan, yuzini tanitish orqali to\u2018lov qilish imkonini beruvchi yangi tizimni sinovdan o\u2018tkazishni boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Revolut Pay with Smile<\/strong> deb nomlangan xizmat 24-sentabrdan Londondagi uchta Kiss the Hippo kafesida ishlay boshladi. Dastlabki sinov Bloomsbury, Chelsea va Soho hududlaridagi kafelarda 24\u201326 sentabr kunlari davom etadi.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">To\u2018lov qanday amalga oshiriladi?<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi tizim Revolut\u2019ning <strong>Revolut Register<\/strong> deb nomlangan savdo terminali orqali ishlaydi. Xaridor terminal ekranida \u201cPay with Smile\u201d variantini tanlaydi va yuzini tanitadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tizim foydalanuvchining yuzini Revolut hisobini ochish vaqtida o\u2018tkazilgan shaxsni tasdiqlash jarayonidagi ma\u2019lumotlar bilan solishtiradi. Shaxs muvaffaqiyatli tasdiqlansa, to\u2018lov foydalanuvchining Revolut hisobidan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri amalga oshiriladi. Shu sababli xarid vaqtida karta, telefon yoki hamyonni olib chiqish talab qilinmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biroq xizmatdan foydalanish avtomatik tarzda yoqilmaydi. Foydalanuvchi Revolut ilovasidagi sozlamalar orqali <strong>Pay with Smile<\/strong> funksiyasiga alohida rozilik berishi kerak. Kompaniya foydalanuvchi istalgan vaqtda roziligini bekor qilishi mumkinligini ham bildirgan.<br><br>Yuz ma\u2019lumotlari qayerda saqlanadi?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biometrik ma\u2019lumotlardan foydalanilishi sababli xavfsizlik masalasi ushbu tizimning muhim qismiga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Revolut ma\u2019lumotlar <strong>end-to-end encryption<\/strong> orqali himoyalanishini va foydalanuvchining shaxsiy ma\u2019lumotlari to\u2018lovni qabul qilayotgan savdo nuqtalarida saqlanmasligini ma\u2019lum qilgan. Tizimning vazifasi xaridorning shaxsini tekshirish va moslik tasdiqlangandan keyin to\u2018lovni amalga oshirishdan iborat.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">Hozircha faqat uchta kafeda<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Pay with Smile hozircha keng miqyosda ishga tushirilgani yo\u2018q. Revolut xizmatni avval Londonning uchta <strong>Kiss the Hippo<\/strong> kafesida sinab ko\u2018rmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kompaniya vakillarining ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, keyinchalik texnologiyani Kiss the Hippo\u2019ning Londondagi barcha <strong>12 ta kafesiga<\/strong> kengaytirish rejalashtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Revolut savdo nuqtalarini ham yangi tizimga jalb qilishni maqsad qilgan. Kompaniya Pay with Smile orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar uchun savdogarlardan <strong>0 foiz processing fee<\/strong> olishni taklif qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">Revolut uchun bu nimani anglatadi?<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Pay with Smile faqat yangi to\u2018lov usuli emas. Revolut uni kompaniyaning savdo nuqtalari uchun ishlab chiqayotgan <strong>Revolut Register<\/strong> tizimi bilan birga taqdim etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Revolut\u2019ning yangi terminali to\u2018lovlarni qabul qilish bilan birga, bizneslarning kundalik savdo jarayonlarini boshqarishga mo\u2018ljallangan. Terminalda eSIM orqali qo\u2018shimcha ulanish imkoniyati ham mavjud bo\u2018lib, kompaniya buni savdo vaqtida internet bilan bog\u2018liq uzilishlarning oldini olishga yordam beruvchi yechim sifatida taqdim etmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Revolut Londondagi kafelarda yuz orqali to\u2018lov qilish imkonini beruvchi Pay with Smile tizimini sinovdan o\u2018tkazmoqda. Foydalanuvchilar karta yoki telefonsiz, yuzini tanitish orqali xarid uchun to\u2018lov qilishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13456,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[53],"tags":[461],"jnews-series":[],"class_list":["post-13458","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-hisobotlar","tag-startup-2"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13458","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13458"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13458\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13459,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13458\/revisions\/13459"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13456"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13458"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13458"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13458"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=13458"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}