{"id":13493,"date":"2026-09-28T14:22:52","date_gmt":"2026-09-28T09:22:52","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=13493"},"modified":"2026-09-28T15:01:15","modified_gmt":"2026-09-28T10:01:15","slug":"egaranti-series-a-oldi-raundida-aloqa-ventures-ishtirokida-11-million-dollar-investitsiya-jalb-qildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/egaranti-series-a-oldi-raundida-aloqa-ventures-ishtirokida-11-million-dollar-investitsiya-jalb-qildi\/","title":{"rendered":"egaranti Series A oldi raundida AloqaVentures ishtirokida 1,1 million dollar investitsiya jalb qildi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Turkiya va O\u2018zbekistonda faoliyat yuritayotgan egaranti startapi Series A oldi investitsiya raundida $1,1 mln jalb qildi. Raundda Hedef Holding, AloqaVentures, Techpoint va uch nafar farishta investor ishtirok etdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2021-yilda Kamil K\u0131nac\u0131 va Sinan Peksoy tomonidan asos solingan egaranti brendlarga kafolat talonlari, qo\u2018shimcha kafolat va sotuvdan keyingi xizmatlarni raqamli infratuzilma orqali boshqarish imkonini beradi. Kompaniya shu vaqtgacha 8 mln dan ortiq kafolat talonini raqamlashtirgan va 2,5 mln iste\u2019molchiga yetib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi investitsiyaning asosiy yo\u2018nalishlaridan biri \u2014 O\u2018zbekistondagi biznesni kengaytirish. Kompaniya hozirda o\u2018z modelini Artel do\u2018konlarida qo\u2018llamoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">egaranti keyingi bosqichda O\u2018zbekistondagi faoliyatini kuchaytirish bilan birga Qozog\u2018iston va Ozarbayjon bozorlariga ham chiqishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bu ikki bozorda infratuzilmani bir vaqtning o\u2018zida yo\u2018lga qo\u2018yishni maqsad qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startapning Turkiyadagi ko\u2018lami ham kengayib bormoqda. Hozir 190 dan ortiq brend egaranti infratuzilmasidan foydalanadi, qo\u2018shimcha kafolat paketlari esa 200 dan ortiq savdo nuqtasida mavjud. Kompaniya oyiga 10 mingdan ortiq paket sotmoqda. Kelgusi yil uchun maqsad \u2014 savdo nuqtalari sonini 1 000 tadan oshirish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">egaranti dastlab brendlar uchun kafolat va sotuvdan keyingi jarayonlarni raqamlashtirishga yo\u2018naltirilgan bo\u2018lsa, kompaniya endi iste\u2019molchi bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri ishlash modeliga ham o\u2018tmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Turkiyada yangi mobil ilova ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Unda foydalanuvchilar qo\u2018shimcha kafolat va xizmat paketlarini sotib olishi, mahsulotlari, kafolatlari va sug\u2018urta jarayonlarini bitta platformadan boshqarishi mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu tariqa kompaniya faqat brendlar uchun B2B infratuzilma taqdim etish bilan cheklanmay, yakuniy iste\u2019molchi bilan ham to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri ishlashni boshlamoqda. Yangi investitsiya esa kompaniyaning keyingi bosqichiga \u2014 Turkiyadagi o\u2018sishni davom ettirish, O\u2018zbekistondagi mavjud faoliyatni kengaytirish va Markaziy Osiyo hamda Kavkaz bozorlariga kirishga xizmat qiladi. Kompaniya mazkur raundni Series A bosqichidan oldingi so\u2018nggi tayyorgarlik sifatida ko\u2018rmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turkiya va O\u2018zbekistonda faoliyat yuritayotgan egaranti startapi Series A oldi investitsiya raundida $1,1 mln jalb qildi. Raundda Hedef Holding, AloqaVentures, Techpoint va uch nafar farishta investor ishtirok etdi. 2021-yilda Kamil K\u0131nac\u0131 va Sinan Peksoy tomonidan asos solingan egaranti brendlarga kafolat talonlari, qo\u2018shimcha kafolat va sotuvdan keyingi xizmatlarni raqamli infratuzilma orqali boshqarish imkonini beradi. Kompaniya shu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13491,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[424],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-13493","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-moliyalashtirish-va-bitimlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13493","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13493"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13493\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13496,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13493\/revisions\/13496"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13491"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13493"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13493"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13493"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=13493"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}