{"id":13519,"date":"2026-09-30T09:00:00","date_gmt":"2026-09-30T04:00:00","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=13519"},"modified":"2026-09-30T08:51:21","modified_gmt":"2026-09-30T03:51:21","slug":"toshkentdagi-havo-muammosidan-keyin-yashil-ai","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/toshkentdagi-havo-muammosidan-keyin-yashil-ai\/","title":{"rendered":"Toshkentdagi havo muammosidan keyin Yashil AI"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2025-yil kuzida Toshkent havosining sifati yana kun tartibiga chiqdi. Noyabr oyida shaharda PM2.5 \u2014 diametri 2,5 mikrometrgacha bo\u2018lgan mayda zarrachalar miqdori bir necha bor belgilangan me\u2019yordan oshdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">20-noyabr kuni soat 09:00 holatiga ko\u2018ra Toshkentda PM2.5 miqdori <strong>202 mkg\/m\u00b3<\/strong>ni tashkil qilgan. Bu 60 mkg\/m\u00b3 etib belgilangan ruxsat etilgan soatlik ko\u2018rsatkichdan <strong>3,4 baravar yuqori<\/strong> edi. O\u2018sha kuni O\u2018zgidromet aholiga ochiq havodagi faoliyatni cheklashni tavsiya qilgan. Muammo faqat bitta kun bilan cheklanmagan. 11-noyabr kuni Toshkentda PM2.5 miqdori <strong>143 mkg\/m\u00b3<\/strong>ga yetgan \u2014 bu me\u2019yordan 2,4 baravar yuqori ko\u2018rsatkich edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IQAir&#8217;ning 2025-yil bo\u2018yicha ma\u2019lumotlarida ham Toshkentda havo ifloslanishining eng yuqori darajasi noyabr oyida qayd etilgan: shaharning o\u2018rtacha PM2.5 ko\u2018rsatkichi <strong>75,5 mkg\/m\u00b3<\/strong> bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday vaziyatda daraxt ekishning o\u2018zi yetarlimi, degan masala ko\u2018kalamzorlashtirish siyosatining boshqa tomonini \u2014 <strong>qayerga, qanday daraxtni va qanday sharoitda ekish kerakligini<\/strong> \u2014 oldinga chiqaradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yil 23-sentabrda qabul qilingan PF-206-son Prezident farmonida tajriba tariqasida <strong>Yashil AI<\/strong> assistenti modelini ishga tushirish belgilangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">U oddiy AI-chatbot emas. Tizim yerning bonitet bali, tuproq turi, suv ta\u2019minoti, iqlim sharoiti, sun\u2019iy yo\u2018ldosh ma\u2019lumotlari va dala kuzatuvlarini birlashtirib, ko\u2018kalamzorlashtirish uchun maqbul hududlarni aniqlashi kerak. Model hududning sharoitiga qarab:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>qaysi daraxt va buta turlarini ekish;<\/li>\n\n\n\n<li>qancha ko\u2018chat kerakligi;<\/li>\n\n\n\n<li>ularni qanday sxemada joylashtirish;<\/li>\n\n\n\n<li>qachon ekish;<\/li>\n\n\n\n<li>qanday sug\u2018orish va parvarish qilish<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">bo\u2018yicha tavsiyalar shakllantiradi. Shuningdek, suv tanqisligi, ko\u2018chatlarning qurib qolishi va kasalliklar kabi xavflarni xaritada ko\u2018rsatish, mas\u2019ullarni ogohlantirish va natijalarni monitoring qilish ham tizim vazifalariga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ya\u2019ni yondashuv \u00abqancha ko\u2018p daraxt eksak, shuncha yaxshi\u00bb tamoyilidan ko\u2018ra, <strong>\u00abqayerga qanday daraxt eksak, u uzoq muddat yashab qoladi?\u00bb<\/strong> degan masalaga yaqinlashmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi farmonga ko\u2018ra, har yili tabiiy ravishda yashillik darajasi eng past bo\u2018lgan <strong>14 ta tuman va shaharning<\/strong> yashil dasturlarini amalga oshirish uchun Jamg\u2018arma mablag\u2018laridan <strong>100 mlrd so\u2018mgacha<\/strong> yo\u2018naltiriladi. Bu mablag\u2018 faqat daraxt ekishga emas, ularni saqlash va parvarish qilish tizimiga ham bog\u2018langan. Bu muhim jihat, chunki ko\u2018kalamzorlashtirishdagi natija ekilgan ko\u2018chatlar soni bilan emas, ularning keyingi yashovchanligi bilan ham o\u2018lchanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2027-yil 1-yanvardan \u00abYashil lot\u00bb tizimini joriy etish ham rejalashtirilgan. U orqali fuqarolar va tashkilotlarga yashil bog\u2018lar yaratish uchun yer uchastkalari ajratiladi. Biroq bu yerlar mulk sifatida berilmaydi: ularda qurilish va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish taqiqlanadi, hududdan aholining umumiy foydalanishi cheklanmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shunday qilib, biznes yoki jamoatchilik tomonidan yaratilgan bog\u2018 shunchaki xususiy hududga aylanib qolmasligi uchun undan foydalanish shartlari ham belgilanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yil mart oyidagi boshqa Prezident farmonida O\u2018zbekistonning umumiy yashillik darajasini <strong>2030-yilgacha 14,2 foizdan 30 foizgacha<\/strong> oshirish va aholi jon boshiga yashil hududlarni 9\u201310 kvadrat metrgacha yetkazish maqsadi belgilangan. Hujjatda PM2.5 va PM10 kabi zararli zarrachalar konsentratsiyasini <strong>20\u201325 foizga kamaytirish<\/strong> maqsadi ham qayd etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu yerda Yashil AI&#8217;ning vazifasi ancha tushunarli bo\u2018ladi: tizimning asosiy qiymati daraxtlar sonini ko\u2018paytirishda emas, mavjud mablag\u2018 va hududlardan <strong>qaysi joyda qanday ekologik natija olish mumkinligini aniqroq hisoblashda<\/strong> bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Toshkentning 2025-yildagi havo sifati bo\u2018yicha ko\u2018rsatkichlari esa bunday tizimga bo\u2018lgan ehtiyojning fonini ko\u2018rsatib turibdi. Endi ko\u2018kalamzorlashtirishda asosiy savol faqat nechta ko\u2018chat ekilgani emas, balki <strong>ular qayerda ekilgani, qancha yashab qolgani va shahar ekologiyasiga qanday ta\u2019sir qilgani<\/strong> bo\u2018ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2025-yil kuzida Toshkent havosining sifati yana kun tartibiga chiqdi. Noyabr oyida shaharda PM2.5 \u2014 diametri 2,5 mikrometrgacha bo\u2018lgan mayda zarrachalar miqdori bir necha bor belgilangan me\u2019yordan oshdi. 20-noyabr kuni soat 09:00 holatiga ko\u2018ra Toshkentda PM2.5 miqdori 202 mkg\/m\u00b3ni tashkil qilgan. Bu 60 mkg\/m\u00b3 etib belgilangan ruxsat etilgan soatlik ko\u2018rsatkichdan 3,4 baravar yuqori edi. O\u2018sha kuni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13522,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-13519","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13519","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13519"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13519\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13520,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13519\/revisions\/13520"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13522"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13519"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13519"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13519"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=13519"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}