{"id":13966,"date":"2026-10-04T11:33:59","date_gmt":"2026-10-04T06:33:59","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=13966"},"modified":"2026-10-04T11:36:05","modified_gmt":"2026-10-04T06:36:05","slug":"jahon-banki-qozogistondagi-yuqori-texnologiyali-startaplar-uchun-75-mln-ajratadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/jahon-banki-qozogistondagi-yuqori-texnologiyali-startaplar-uchun-75-mln-ajratadi\/","title":{"rendered":"Jahon banki Qozog\u2018istondagi yuqori texnologiyali startaplar uchun $75 mln ajratadi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jahon banki Qozog\u2018istonda yuqori texnologiyali startaplarni rivojlantirish, yangi ish o\u2018rinlari yaratish va xususiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan yangi loyihani ma\u2019qulladi. Loyiha doirasida mamlakatga <strong>$75 mln miqdorida kredit<\/strong> ajratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">30-sentabr kuni Jahon banki direktorlar kengashi <strong>Advancing Learning, Entrepreneurship, and Markets for Artificial Intelligence (ALEM)<\/strong> loyihasini tasdiqladi. Dastur 2031-yilgacha Qozog\u2018istonning texnologik startaplarini yaratish, tijoriylashtirish va xalqaro miqyosda kengaytirishga yordam berishni ko\u2018zda tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri \u2014 texnologiya sohasida yuqori malakali ish o\u2018rinlarini ko\u2018paytirish. Jahon banki hisob-kitoblariga ko\u2018ra, dastur natijasida <strong>10 mingta yangi ish o\u2018rni<\/strong> yaratilishi mumkin. Buning uchun to\u2018rtta yo\u2018nalishga e\u2019tibor qaratiladi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>raqamli va AI yo\u2018nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlash;<\/li>\n\n\n\n<li>yuqori unumdor hisoblash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish;<\/li>\n\n\n\n<li>robototexnika uchun prototiplash infratuzilmasini rivojlantirish;<\/li>\n\n\n\n<li>startaplarning keyingi bosqichdagi moliyalashtirish imkoniyatlarini yaxshilash.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qozog\u2018istonda ayniqsa <strong>growth-stage<\/strong>, ya\u2019ni dastlabki bosqichdan o\u2018tgan, ammo tez kengayish uchun katta kapitalga muhtoj kompaniyalar uchun moliyalashtirish tanqisligi mavjud. Jahon banki bu bo\u2018shliqni yiliga <strong>$20\u201325 mln<\/strong> deb baholamoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Loyiha 2031-yil dekabrigacha <strong>800 ta startapni<\/strong> pre-seed, seed yoki xalqaro akseleratsiya dasturlari orqali qo\u2018llab-quvvatlashni rejalashtirgan. Shuningdek:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>28 ming nafar yosh<\/strong> ilg\u2018or texnologik ko\u2018nikmalar bo\u2018yicha ta\u2019lim oladi;<\/li>\n\n\n\n<li><strong>50 dan ortiq kompaniya<\/strong> venchur investitsiyalariga chiqishi uchun yordam oladi;<\/li>\n\n\n\n<li>kamida <strong>$60 mln xususiy kapital<\/strong> safarbar qilinadi.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Loyiha doirasida $20 mln <strong>Fund-of-Funds<\/strong> mexanizmi orqali investitsiyalarga yo\u2018naltiriladi. Uni Alem Capital Management boshqaradi. Bundan tashqari, Qozog\u2018istonlik founderlarni xalqaro akseleratorlar va xorijiy texnologik markazlar bilan bog\u2018lash rejalashtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qozog\u2018iston so\u2018nggi yillarda iqtisodiyotni xomashyo eksportiga kamroq bog\u2018lash va texnologik sektorni kengaytirishga e\u2019tibor qaratmoqda. Jahon banki ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, mamlakatning <strong>axborot-kommunikatsiya texnologiyalari eksporti 2019-yildagi $132 mln dan 2025-yilda $1,1 mlrdgacha<\/strong> oshgan. Qozog\u2018iston bu ko\u2018rsatkichni 2030-yilgacha <strong>$5 mlrd<\/strong>ga yetkazishni maqsad qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi loyiha Qozog\u2018istonning 2029-yilgacha bo\u2018lgan Milliy rivojlanish rejasi va 2024\u20132029-yillarga mo\u2018ljallangan AI rivojlantirish konsepsiyasi bilan hamohang.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jahon banki ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida AI bilan bog\u2018liq dasturlardan foydalanadigan kompaniyalar o\u2018rtacha <strong>10\u201320 foiz yuqori mahsuldorlikka<\/strong> ega.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi dastur Qozog\u2018istonda Jahon banki ko\u2018magida amalga oshirilgan avvalgi <strong>Fostering Productive Innovation Project<\/strong> loyihasining davomidir. Ushbu loyiha doirasida <strong>162 ta startap va ilmiy-tadqiqot jamoasi<\/strong> qo\u2018llab-quvvatlangan. Ular $23 mln dan ortiq dastlabki savdo va xususiy investitsiyalarni jalb qilgan hamda <strong>2 mingga yaqin ish o\u2018rni<\/strong> yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Endi yangi bosqichda e\u2019tibor faqat startaplarni yaratishga emas, balki ularni <strong>tijoriylashtirish, investitsiya jalb qilish va xalqaro bozorlarga olib chiqish<\/strong>ga qaratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qozog\u2018iston uchun bu texnologik startaplarni alohida sektor sifatida emas, balki iqtisodiy diversifikatsiya va xususiy kapitalni jalb qilish vositasi sifatida rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi yirik qadam bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon banki Qozog\u2018istonda yuqori texnologiyali startaplarni rivojlantirish, yangi ish o\u2018rinlari yaratish va xususiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan yangi loyihani ma\u2019qulladi. Loyiha doirasida mamlakatga $75 mln miqdorida kredit ajratiladi. 30-sentabr kuni Jahon banki direktorlar kengashi Advancing Learning, Entrepreneurship, and Markets for Artificial Intelligence (ALEM) loyihasini tasdiqladi. Dastur 2031-yilgacha Qozog\u2018istonning texnologik startaplarini yaratish, tijoriylashtirish va xalqaro miqyosda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13964,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-13966","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13966","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13966"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13966\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13967,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13966\/revisions\/13967"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13964"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13966"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13966"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13966"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=13966"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}