{"id":14053,"date":"2026-10-06T15:40:26","date_gmt":"2026-10-06T10:40:26","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=14053"},"modified":"2026-10-06T17:07:18","modified_gmt":"2026-10-06T12:07:18","slug":"startaplarga-q3da-159-mlrd-yonaltirildi-milliard-dollarlik-raundlar-rekordi-yangilandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/startaplarga-q3da-159-mlrd-yonaltirildi-milliard-dollarlik-raundlar-rekordi-yangilandi\/","title":{"rendered":"2026-yilning 3-choragida global venchur investitsiyalari $159 mlrdga yetdi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yilning uchinchi choragida global startaplar $159 mlrd venchur kapital jalb qildi. Crunchbase ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, iyul\u2013sentabr oylarida dunyo bo\u2018ylab qariyb 6 000 ta kompaniya investitsiya olgan. Biroq chorakning eng muhim ko\u2018rsatkichi umumiy investitsiya hajmi emas, balki juda yirik raundlar soni bo\u2018ldi. Q3 davomida 27 ta kompaniya $1 mlrd yoki undan ko\u2018proq mablag\u2018 jalb qildi. Bu ko\u2018rsatkich yangi rekord bo\u2018lib, avvalgi rekord Q2\u2019da qayd etilgan 16 ta milliard dollarlik raunddan ancha yuqori.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Crunchbase ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, Q3\u2019dagi global venchur kapitalining qariyb uchdan bir qismi aynan 27 ta kompaniyaga yo\u2018naltirilgan. Bu venchur bozorida kapitalning tobora kamroq, ammo juda katta miqdordagi bitimlar orqali taqsimlanayotganini ko\u2018rsatadi. Q3\u2019dagi $159 mlrd ko\u2018rsatkich Q2\u2019dagi rekord $212 mlrddan 25% past bo\u2018lsa-da, 2025-yilning shu choragidagi $104 mlrdga nisbatan 53% yuqori bo\u2018ldi. 2026-yilning dastlabki to\u2018qqiz oyida esa global venchur investitsiya jami $679 mlrdga yetdi \u2014 bu bir yilning dastlabki uch choragi uchun qayd etilgan eng yuqori ko\u2018rsatkichdir.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">AI yirik investitsiyalarning asosiy markazida<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yirik raundlarning katta qismi sun\u2019iy intellekt va unga bog\u2018liq infratuzilma bilan ishlaydigan kompaniyalarga to\u2018g\u2018ri keldi. Q3\u2019da AI yo\u2018nalishidagi startaplar jami $102 mlrd jalb qildi. Bu global venture kapitalining taxminan 64%iga teng. Chorakdagi eng yirik bitimlar orasida Databricks va Safe Superintelligence alohida ajralib turdi \u2014 har ikki kompaniya $5 mlrddan moliyalashtirish oldi. Shuningdek, Crusoe, Moonshot AI, Mistral AI, Nscale, The Boring Co. va Kling AI kompaniyalarining har biri $3 mlrddan ortiq mablag\u2018 jalb qilgan. Q3\u2019da jami sakkizta kompaniya $3 mlrd yoki undan katta raundlarni yopgan.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">AQSh bozori ham yetakchilikni saqlab qoldi<\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">AQSh kompaniyalari Q3\u2019da global venchur kapitalining asosiy qismini jalb qildi. Mamlakatdagi startaplarga $91 mlrd, ya\u2019ni jahon bo\u2018yicha investitsiyalarning qariyb 57%i yo\u2018naltirildi. San-Fransisko ko\u2018rfazi hududi esa bir chorakning o\u2018zida global venchur investitsiyalarining 24%ini olgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yilda yirik kapital oqimi AI\u2019dan tashqari fizik infratuzilma bilan bog\u2018liq texnologiyalarga ham kengaymoqda. Q3\u2019da aerokosmik texnologiyalar, robototexnika, ma\u2019lumotlar markazlari, yarimo\u2018tkazgichlar va energetika yo\u2018nalishlarining har biri $10 mlrddan ortiq venchur investitsiya jalb qilgan. Natijada 2026-yilgi venchur bozori nafaqat investitsiyalar hajmining tiklanishi, balki kapitalning yirik texnologik kompaniyalarda tobora ko\u2018proq jamlanishi bilan ajralib turmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2026-yilning uchinchi choragida global startaplar $159 mlrd venchur kapital jalb qildi. Crunchbase ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, iyul\u2013sentabr oylarida dunyo bo\u2018ylab qariyb 6 000 ta kompaniya investitsiya olgan. Biroq chorakning eng muhim ko\u2018rsatkichi umumiy investitsiya hajmi emas, balki juda yirik raundlar soni bo\u2018ldi. Q3 davomida 27 ta kompaniya $1 mlrd yoki undan ko\u2018proq mablag\u2018 jalb qildi. Bu ko\u2018rsatkich [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14051,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[809,461],"jnews-series":[],"class_list":["post-14053","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","tag-investitsiya","tag-startup-2"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14053","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14053"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14053\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14059,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14053\/revisions\/14059"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14051"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14053"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14053"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14053"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=14053"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}