{"id":14288,"date":"2026-10-17T11:50:00","date_gmt":"2026-10-17T06:50:00","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=14288"},"modified":"2026-10-17T11:52:31","modified_gmt":"2026-10-17T06:52:31","slug":"it-park-uzbekistan-fdi-intelligence-global-free-zones-awards-2026-mukofotida-osiyo-tinch-okeani-mintaqasining-eng-yaxshi-bilimlar-zonasi-deb-etirof-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/it-park-uzbekistan-fdi-intelligence-global-free-zones-awards-2026-mukofotida-osiyo-tinch-okeani-mintaqasining-eng-yaxshi-bilimlar-zonasi-deb-etirof-etildi\/","title":{"rendered":"IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e&#8217;tirof etildi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IT Park Uzbekistan Financial Times Group tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan fDi Intelligence nashri tomonidan tashkil etilgan Global Free Zones of the Year Awards 2026 xalqaro mukofotida <strong>\u00abYilning eng yaxshi bilimlar zonasi \u2014 Osiyo-Tinch okeani mintaqasi\u00bb (Knowledge Zone of the Year \u2013 Asia-Pacific)<\/strong> nominatsiyasi g\u2018olibi deb topildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu e\u2019tirof IT Park Uzbekistan\u2019ning raqobatbardosh texnologik ekotizimni rivojlantirish, xalqaro kompaniyalar va investitsiyalarni jalb etish hamda mamlakatning raqamli kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasidagi yutuqlarini aks ettiradi. Shuningdek, u O\u2018zbekistonning texnologik ta\u2019lim, kadrlar tayyorlash va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan keng ko\u2018lamli sa\u2019y-harakatlarini e\u2019tirof etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har yili o\u2018tkaziladigan Global Free Zones of the Year Awards mukofoti dunyo bo\u2018ylab biznes va investitsiyalarni jalb etish bo\u2018yicha samarali strategiyalarni amalga oshirayotgan iqtisodiy zonalarni taqdirlaydi. 2026-yilda mukofot uchta yo\u2018nalishni qamrab oldi: sanoat zonalari (Industrial Zones), bilimlar zonalari (Knowledge Zones) va rivojlanayotgan zonalar (Rising Stars). Bilimlar zonalari yo\u2018nalishi axborot texnologiyalari, moliya, biznes xizmatlari va yuqori qo\u2018shilgan qiymat yaratuvchi boshqa faoliyat turlariga ixtisoslashgan hududlarni qamrab oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Global bozorda raqobatbardosh raqamli kadrlar salohiyatini rivojlantirish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Inson kapitaliga investitsiya kiritish O\u2018zbekistonning raqamli transformatsiyasidagi ustuvor yo\u2018nalishlardan biridir. Milliy ta\u2019lim tashabbuslari va IT Park Uzbekistan\u2019ning kadrlar tayyorlash dasturlari yangi avlod texnologiya mutaxassislarini xalqaro mehnat bozoriga tayyorlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IT Park Uzbekistan taqdim etgan so\u2018nggi ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, <strong>\u00abBir million o\u2018zbek dasturchisi\u00bb loyihasi doirasida 1,7 million nafar yosh<\/strong>, <strong>\u00abBesh million sun\u2019iy intellekt yetakchisi\u00bb tashabbusi doirasida esa 1,3 million nafar ishtirokchi<\/strong>ta\u2019lim olgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, xalqaro IT sertifikatlari uchun xarajatlarni qoplash dasturi doirasida <strong>4 926 nafar yosh mutaxassis<\/strong> qo\u2018llab-quvvatlanib, xalqaro miqyosda tan olingan IT sertifikatlari va ta\u2019lim xarajatlarini qoplash uchun <strong>18 milliard so\u2018mdan ortiq<\/strong> mablag\u2018 yo\u2018naltirilgan. Bundan tashqari, IT-Talents dasturi doirasida bitiruvchilari IT eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashgan ta\u2019lim tashkilotlarini qo\u2018llab-quvvatlash uchun <strong>3,17 milliard so\u2018m<\/strong> ajratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">ICT4Girls, startap inkubatsiya dasturlari va milliy texnologik tanlovlar tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar uchun texnologiya sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda. Ilg\u2018or raqamli ko\u2018nikmalarni shakllantirish oliy ta\u2019lim muassasalarida tashkil etilgan <strong>20 ta sun\u2019iy intellekt laboratoriyasi<\/strong> orqali ham qo\u2018llab-quvvatlanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mazkur tashabbuslar IT Park Uzbekistan va milliy institutlarning raqamli ta\u2019limni mustahkamlash, malakali mutaxassislarni tayyorlash va texnologiya sohasi uchun barqaror kadrlar zaxirasini shakllantirish yo\u2018lidagi hamkorligini namoyon etadi. Ta\u2019lim va kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo\u2018nalishlari IT Park Uzbekistan\u2019ning xalqaro mukofotga taqdim etilgan arizasida ham baholash uchun ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>O\u2018zbekistonning global texnologiya bozoridagi ishtirokini kengaytirish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IT Park Uzbekistan mamlakatning rivojlanayotgan texnologiya va autsorsing markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlashda davom etmoqda. Bugungi kunda uning ekotizimi <strong>4 100 dan ortiq rezident kompaniyani<\/strong>, jumladan, <strong>xorijiy ishtirokdagi 1 200 dan ortiq kompaniyani<\/strong> birlashtiradi. Ushbu kompaniyalarda <strong>56 mingdan ortiq mutaxassis<\/strong>faoliyat yuritib, yangi ish o\u2018rinlarini yaratish va mamlakatning texnologik kadrlar salohiyatini rivojlantirishga hissa qo\u2018shmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>1 100 dan ortiq eksportchi kompaniya dunyoning 102 ta davlatiga xizmat ko\u2018rsatayotgani<\/strong> O\u2018zbekistonning xalqaro texnologiya bozorlariga integratsiyalashuvini kuchaytirmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IT Park Uzbekistan taqdim etgan so\u2018nggi ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, <strong>axborot-kommunikatsiya texnologiyalari eksporti 1,1 milliard AQSH dollaridan oshgan<\/strong>. Bu mamlakatning xalqaro biznes faoliyati kengayib borayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Raqobatbardosh soliq imtiyozlari, rivojlanayotgan infratuzilma va xalqaro hamkorlik IT Park Uzbekistan\u2019ga xorijiy texnologiya kompaniyalarini jalb etish hamda eksportga yo\u2018naltirilgan biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratishda xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Xalqaro e\u2019tirof va kelgusi rivojlanish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistonning texnologik ekotizimi xalqaro miqyosda tobora ko\u2018proq e\u2019tirof etilmoqda. <strong>StartupBlink Global Startup Ecosystem Index 2026<\/strong> reytingida O\u2018zbekiston <strong>\u00abYil mamlakati \u2014 2026\u00bb (Country of the Year 2026)<\/strong> deb e\u2019tirof etildi va <strong>227,3 foizlik o\u2018sish ko\u2018rsatkichi bilan dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi<\/strong> sifatida qayd etildi. Mamlakat ikki yil davomida 31 pog\u2018onaga ko\u2018tarilib, jahon reytingida <strong>79-o\u2018rinni<\/strong>, Toshkent esa dunyo startap shaharlari orasida <strong>229-o\u2018rinni<\/strong> egalladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Dealroom<\/strong> ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, 2026-yilda O\u2018zbekiston startap ekotizimining taxminiy umumiy qiymati <strong>4,3 milliard AQSH dollariga<\/strong> yetgan. Bu texnologik tadbirkorlik va investitsiya faoliyatining kengayib borayotganini aks ettiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IT Park Uzbekistan\u2019ning fDi Intelligence tomonidan e\u2019tirof etilishi O\u2018zbekistonning investitsiyalar uchun qulay siyosat, rivojlanayotgan raqamli infratuzilma va malakali texnologiya mutaxassislariga tayangan holda xalqaro raqobatbardosh texnologiya sektorini shakllantirish yo\u2018lidagi navbatdagi muhim yutug\u2018idir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IT Park Uzbekistan Financial Times Group tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan fDi Intelligence nashri tomonidan tashkil etilgan Global Free Zones of the Year Awards 2026 xalqaro mukofotida \u00abYilning eng yaxshi bilimlar zonasi \u2014 Osiyo-Tinch okeani mintaqasi\u00bb (Knowledge Zone of the Year \u2013 Asia-Pacific) nominatsiyasi g\u2018olibi deb topildi. Ushbu e\u2019tirof IT Park Uzbekistan\u2019ning raqobatbardosh texnologik ekotizimni rivojlantirish, xalqaro [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14286,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-14288","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14288","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14288"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14288\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14289,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14288\/revisions\/14289"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14286"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14288"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14288"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14288"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=14288"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}