{"id":1682,"date":"2024-12-28T03:59:12","date_gmt":"2024-12-28T03:59:12","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/prezident-shavkat-mirziyoyev-27-dekabr-kuni-suniy-intellekt-texnologiyalari-va-telekommunikatsiyalarni-rivojlantirishga-qaratilgan-rejalar-taqdimoti-bilan-tanishdi-president-shavkat-mirziyoye\/"},"modified":"2024-12-28T04:09:00","modified_gmt":"2024-12-28T04:09:00","slug":"prezident-shavkat-mirziyoyev-27-dekabr-kuni-suniy-intellekt-texnologiyalari-va-telekommunikatsiyalarni-rivojlantirishga-qaratilgan-rejalar-taqdimoti-bilan-tanishdi-president-shavkat-mirziyoye","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/prezident-shavkat-mirziyoyev-27-dekabr-kuni-suniy-intellekt-texnologiyalari-va-telekommunikatsiyalarni-rivojlantirishga-qaratilgan-rejalar-taqdimoti-bilan-tanishdi-president-shavkat-mirziyoye\/","title":{"rendered":"Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni sun\u2019iy intellekt texnologiyalari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan rejalar taqdimoti bilan tanishdi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasida mamlakatimizni mintaqadagi \u201cIT-HUB\u201d markaziga aylantirish maqsadi belgilangan. Ushbu maqsadga erishish uchun raqamli texnologiyalar bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. Barcha hududlarda IT-parklar tashkil qilinib, bu sohada o\u2018qish va ishlash imkoniyatlari kengaymoqda. Internetning tezligi va qamrovi oshirilgan bo\u2018lib, 190 mingdan ortiq aholi yangi ish o\u2018rinlari bilan ta\u2019minlandi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi yillarda ushbu sohaga 3 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilingan. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 2017-yilga nisbatan 8,5 barobar oshgan bo\u2018lib, hozirda ularning soni mingdan oshdi. Bugungi kunda soha xodimlarining har o\u2018n nafaridan biri xalqaro kompaniyada faoliyat olib bormoqda. Agar yetti yil avval atigi 12 ta eksportchi korxona bo\u2018lgan bo\u2018lsa, bu yil ularning soni 650 taga yetgan. Yil oxiriga kelib axborot texnologiyalari va aloqa xizmatlari eksporti 900 million dollardan oshishi kutilmoqda.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Turli sohalarda sun\u2019iy intellektdan foydalanish jadal rivojlanmoqda. Ushbu texnologiya asosida 20 dan ortiq loyiha amalga oshirilib, yirik tarmoq va korxonalar uchun yana 70 ga yaqin loyiha ishlab chiqildi. Xalqaro reytinglarda O\u2018zbekiston sun\u2019iy intellektga tayyorgarlik ko\u2018rsatkichlari bo\u2018yicha 17 pog\u2018onaga yuqoriladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu yilning 14-oktabrida Prezident tomonidan qabul qilingan qaror asosida, 2030-yilgacha sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu strategiyada sun\u2019iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini oshirish, texnik infratuzilmani kengaytirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish kabi muhim maqsadlar belgilandi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Taqdimotda Raqamli texnologiyalar vaziri kelgusi yilga mo\u2018ljallangan rejalar yuzasidan ma\u2019lumot berdi.<\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/photo_2024-12-27_19-41-40-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-1679\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/photo_2024-12-27_19-41-40-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/photo_2024-12-27_19-41-40-300x200.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/photo_2024-12-27_19-41-40-768x512.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/photo_2024-12-27_19-41-40-550x367.jpg 550w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/photo_2024-12-27_19-41-40.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xususan, Buxoro, Farg\u2018ona va Toshkent viloyatlarida \u201cbulutli\u201d ma\u2019lumotlar markazlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Startaplarga yordam ko\u2018rsatish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari va Inha universitetlarida sun\u2019iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi. Shuningdek, davlat idoralarining 3 mingga yaqin xodimi, hokimlar va ularning o\u2018rinbosarlari bu yo\u2018nalishda malaka oshiradi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mutasaddilarga sun\u2019iy intellektga asoslangan loyihalar sonini 100 taga yetkazish, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 50 million dollarga oshirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tarmoq korxonalarida amalga oshirilgan transformatsiya yaxshi natija bermoqda. Shu yilning o\u2018zida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 16 foizga o\u2018sib, 21 trillion so\u2018mni tashkil etdi. \u201cUztelecom\u201d kompaniyasining daromadi esa 9 trillion so\u2018mdan oshgan.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kelgusi yilda boshqaruv jarayonlarini to\u2018liq raqamlashish, xarajatlarni optimallashtirish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etib, xalqaro reytingda o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cO\u2018zbekiston pochtasi\u201d tizimida ham sezilarli o\u2018zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu yil pochta xizmatlaridan tushgan daromad 1,4 barobar oshdi, eksport ko\u2018rsatkichlari esa 20 foizga ko\u2018paydi. Yangi xizmat turlari joriy qilingani sababli pochta jo\u2018natmalari hajmi 50 foizga oshdi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Rejaga ko\u2018ra, kelasi yilda 1 600 ta pochta bo\u2018limida elektron tijorat mahsulotlarini yetkazib berish tizimi joriy etiladi. Raqamli saralash markazi tashkil qilinib, elektron tovarlar va pochta jo\u2018natmalarini qayta ishlash sifatini oshirish ko\u2018zda tutilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan mablag\u2018lar jalb qilinadi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Soha rivoji uchun muhim qadam sifatida Telekommunikatsiyalar to\u2018g\u2018risidagi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Endilikda ushbu qonun asosida barcha tarmoq va hududlar kesimida ikki yillik raqamlashish dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kelgusi yilda 6 mingta yangi tayanch stansiya qurilishi, 30 ming kilometr optik tolali kabellar tortilishi va internet qamrovini 98 foizga yetkazish maqsad qilib qo\u2018yildi. Shuningdek, soha eksport hajmini 1,2 milliard dollarga oshirish bo\u2018yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi haqidagi qonunning ishlab chiqilishi ushbu soha rivojiga yangi bosqich ochadi. \u201cEnterprise Uzbekistan\u201d deb nomlangan mazkur markazda \u201cingliz huquqi\u201d tamoyillari, kapitalning erkin harakati, xalqaro standartdagi mehnat munosabatlari va xorijiy bank filiallari faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish ko\u2018zda tutilgan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Taqdimot davomida sun\u2019iy intellektga oid qonuniy asoslarni yaratish hamda raqamli texnologiyalar sohasida ta\u2019limni rivojlantirish bo\u2018yicha tegishli ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasida mamlakatimizni mintaqadagi \u201cIT-HUB\u201d markaziga aylantirish maqsadi belgilangan. Ushbu maqsadga erishish uchun raqamli texnologiyalar bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. Barcha hududlarda IT-parklar tashkil qilinib, bu sohada o\u2018qish va ishlash imkoniyatlari kengaymoqda. Internetning tezligi va qamrovi oshirilgan bo\u2018lib, 190 mingdan ortiq aholi yangi ish o\u2018rinlari bilan ta\u2019minlandi. So\u2018nggi yillarda ushbu sohaga 3 milliard dollarlik investitsiyalar jalb [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":1678,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[123],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-1682","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-voqealar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1682","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1682"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1682\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1685,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1682\/revisions\/1685"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1678"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1682"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1682"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1682"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=1682"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}