{"id":2109,"date":"2025-01-04T11:29:20","date_gmt":"2025-01-04T11:29:20","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=2109"},"modified":"2025-01-09T09:17:25","modified_gmt":"2025-01-09T09:17:25","slug":"czn-burak-gurme-chalet-va-novikov-cafe-ozbekistonga-xalqaro-brendlarni-olib-kirayotganlar-bilan-suhbat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/czn-burak-gurme-chalet-va-novikov-cafe-ozbekistonga-xalqaro-brendlarni-olib-kirayotganlar-bilan-suhbat\/","title":{"rendered":"CZN Burak Gurme, Chalet va Novikov Caf\u00e9 \u2013 O\u2018zbekistonga xalqaro brendlarni olib kirayotganlar bilan suhbat"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Biror xalqaro brendni mamlakatga olib kirish oson jarayon emas. Sohaning o\u2018ziga xosliklari, qiziqarli jihatlari ham bor, albatta. Masalan, o\u2018tgan yili turk oshxonasi afsonasi bo\u2018lgan \u201cCZN Burak Gurme\u201d restorani tarmog\u2018i Toshkentda ham o\u2018z restoranini ochdi. Pivot.uz nashri ushbu franshizani olib kirish jarayonida bevosita ishtirok etgan, <\/em><em>Tourism and Entertainment Group (TEG)ning xalqaro loyihalar bo\u2018limi menejeri O\u2018tkirbek Qahhorov bilan suhbatlashdi.<\/em><strong><em><strong><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"768\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1495-768x1024.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-2095\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1495-768x1024.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1495-225x300.jpg 225w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1495-1152x1536.jpg 1152w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1495-1536x2048.jpg 1536w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1495-scaled.jpg 1920w\" sizes=\"(max-width: 768px) 100vw, 768px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2013 Biz yangiliklarda ko\u2018p o\u2018qiymiz falon davlatga mana bu brend kirib keldi, ilk filialini ochdi yoki aksincha brendlar qaysidir mamlakatni tark etdi deb. Umuman xalqaro brendlarning bir davlat bozoriga kirib kelishi yoki chiqib ketishiga nimalar sabab bo\u2018lishi mumkin?<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013<\/em><em>&nbsp;U yoki bu brendning biror hududga kirib kelishidan avvalambor o\u02bbsha yerning mahalliy aholisi manfaatdor bo\u02bblishi kerak. Brendlar o\u02bbz-o\u02bbzidan chet elga borib filialini ochmaydi, bu boshqaruvni qiyinlashtiradi. Shu sababli ham ko\u02bbp hollarda brendning o\u02bbzi yashab turgan hududga kirishini mahalliy biznes egasi istaydi va uni olib kelishga urinadi. Har bitta loyihaning o\u02bbz talablari bo\u02bbladi, albatta. Olib kirilayotgan hudud iqtisodiyoti, insonlarining imkoniyatlari va jarayonni zimmasiga olayotgan mahalliy biznesmenning bilimi yetarli bo\u02bblishi lozim.<\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Istisno holatlar ham bo\u02bblishi mumkin, aytaylik siz va siz yashab turgan muhit hamma talablarga javob bersa-yu lekin brend kelishni istamasa, demak ularning o\u02bbz rejalari bor, ular globusning boshqa taraflariga ko\u02bbproq e\u2019tibor qilayotgan bo\u02bblishlari ham mumkin.<\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Franshizalarning mamlakatni tark etishiga kelsak, bu judayam normal holat. Odatda bunday keyslar rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning kuchliligi sabab yuzaga keladi. Mahalliy brendlar franshiza taqdim etayotgan mahsulot va servis o\u02bbrnini bosoladigan darajada rivojlansa, ularni xorijdan kelgan turistlar ham taniy boshlasa tadbirkor shartnomani tugatishni o\u02bbylab qolishi mumkin. Siyosiy sabablar, davlat boshqaruvidagi o\u02bbzgarishlar sabab mamlakatlarni tark etish holatlari ham bor va ommadan yashirin emas. Bunga McDonald\u2019s fast-fud ovqatlanish tarmoqlarining Rossiyani tark etganini misol sifatida ko\u02bbrsatish mumkin.<\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2013<\/strong><strong>&nbsp;O\u2018zbekiston bozori dunyo brendlari uchun qay darajada qiziq? Kirib kelganlar afsuslanmayaptimi? <\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013<\/em><em>&nbsp;O\u02bbzbekiston ular uchun yangi, istiqbolli bozor sifatida doim qiziq. Lekin bu qiziqish darajasi qay darajada degan savolga aniq javob berish qiyin. Eng muhimi shu \u2013 qiziqtira olish. Mamlakatingizga begona bo\u02bblgan insonlar uchun uni qanday taqdim qila olasiz, ko\u02bbrsata oladigan konkret nimangiz bor? Tajribamizdan kelib chiqib aytadigan bo\u02bblsak, xorijlik tadqiqotchi, tijoriy hamkor, ekspertlarimiz O\u02bbzbekiston bozori va insonlari haqida turlicha fikr bildiradi. Italiyaning hashamdor brendlari bilan ishlaydigan ekspertimizdan bir shunday degani yodimda: \u201cBu yer navbatdagi Dubay, faqat jozibaliroq, o\u02bbz tarixi va aytar so\u02bbzi bor bo\u02bblgan Dubay. Bu yer sun\u2019iy emas. O\u2018zbekiston yirik iqtisodiy hub bo\u2019lishi mumkin\u201d. U mamlakatimiz insonlari, bozori haqida Italiya ishbilarmonlariga yetkazayotganini ko\u2018p aytadi.<\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>O\u02bbzbekistonga kirganidan afsuslanib, \u201cnoto\u02bbg\u02bbri bo\u02bblgan ekan\u201d degan xulosa bilan chiqib ketgan biror brendni eshitmaganman.<\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"768\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1493-768x1024.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-2099\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1493-768x1024.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1493-225x300.jpg 225w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1493-1152x1536.jpg 1152w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1493-1536x2048.jpg 1536w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1493-scaled.jpg 1920w\" sizes=\"(max-width: 768px) 100vw, 768px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2013<\/strong><strong>&nbsp;Bilamizki yaqinda turk oshxonasi afsonasi bo\u2018lgan CZN Burak Gurme restorani tarmog\u2018i Toshkentda ham o\u2018z restoranini ochdi va bunda siz, jamoangizning mehnati katta. Kelishuv, muzokaralar qanday olib borildi, jarayon qanday o\u2018tdi?<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013<\/em><em>&nbsp;CZN Burak Gurme restoran franshizasi \u2013 o\u02bbz vaqtida va to\u02bbg\u02bbri bozorga kirgan brend. Turk oshxonasi mamlakatimizda o\u02bbzbek taomlaridan so\u02bbng ikkinchi o\u02bbrinda turuvchi deyarli milliy oshxona hisoblanadi. Qolaversa, turk oshxonasi bugungi kunda xo\u02bbrandalariga faqatgina ovqat berish emas, balki butun boshli kulinariya shousini taqdim etuvchi drayverga aylangan. Bu bozor shunisi bilan ham jozibali, ham mashaqqatli.<\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>CZN Burak brendiga tegishli turli konseptdagi restoranlar mavjud bo\u02bblib, ular Markaziy Osiyoga begona emas. Brend Toshkentdan oldin Dushanbega kelgan edi. Sir emas, tashqi biznes uchun Toshkent Markaziy Osiyo shaharlari orasida eng jozibadorlaridan hisoblanadi. Qolaversa, CZN Burak brendining yuzi bo\u02bblgan Burak O\u02bbzdemirning ham mintaqamizga qiziqishi katta. <\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>CZN Burak franshizalarini chet davlatlarga yoyish bo\u02bbyicha markaziy boshqaruv Dubayda joylashgan. Burakning barcha oshxona sirlari esa Istanbulda dunyoga kelgan. Biz CZN Burak brendini Toshkentda to\u02bblaqonli aks ettirishimiz uchun har ikkala shahardan o\u02bbzimizga olishimiz kerak bo\u02bblgan jihatlar bor edi. Brendning biroz murakkabligi ham shunda. <\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>O\u2018tgan yili 20-oktyabrda test rejimida ochilganidan beri 11:00 dan 00:00 ga qadar faoliyat yuritayotgan restoranda mahalliy mijozlar va turistlar qadami arimaydi. Hattoki ikki oy ichida restoran Google Review ga ko\u02bbra Toshkentdagi kam sonli 5 yulduzli restoranlar qatoriga qo\u02bbshildi. Boshqa turk restoranlarida uchramaydigan, maxsus CZN Burak retseptli taomlar Burak O\u02bbzdemirning o\u02bbzi, restoran menejeri va bosh oshpazning maxsus olovli shoulari yordamida tashrif buyuruvchilarga tortiq qilinadi.<\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"684\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1494-684x1024.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-2097\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1494-684x1024.jpg 684w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1494-201x300.jpg 201w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1494-768x1149.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1494-1027x1536.jpg 1027w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1494.jpg 1036w\" sizes=\"(max-width: 684px) 100vw, 684px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2013<\/strong><strong>&nbsp;Suhbatlardan birida hali yana ko\u2018plab brendlarni O\u2018zbekistonga olib kirish niyatingiz borligi haqida aytgan edingiz. Sir bo\u2018lmasa qaysilar? Qanday brendlar kelishini kutsak bo\u2018ladi?<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013<\/em><em>&nbsp;Tourism and Entertainment Group (TEG) mamlakatimizda turizm va ko\u02bbngilochar sektorlarga taalluqli bo\u02bblgan loyihalar ustida ishlaymiz. Bular xizmat ko\u02bbrsatish sohasida mehmonxona, restoran-kafe, istirohat bog\u02bblari, ommaviy tadbirlarni o\u02bbtkazish va dam olish maskanlari kabi yirik loyihalarni o\u02bbz ichiga oladi. Bunday loyihalar vatanimiz aholisining turmush darajasini yaxshilashda muhim rol o\u02bbynash bilan birga turizmni rivojlantirishga hissa qo\u02bbshadi. <\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Aytganingizdek, bizda o\u02bbnlab tasdiqlangan loyihalar bor. Ular o\u02bbz navbati, vaqti-soati, auditoriyasini kutyapti. Aynan qanday loyihalar ekanini nomma-nom keltira olmasam-da, aytishim mumkinki, orasida yurtdoshlarimiz eshitgan-bilgan, chet elga borganda \u201cO\u02bbzbekistonda ham shunaqasi bo\u02bblsa edi\u201d deya kutgan qadrdon brendlari bor. Jamoamiz bilan Toshkentda CZN Burak Gurme restoran franshizasidan tashqari Rossiyaning Chalet restoran franshizasi ham ochdik. Bizni oldinda dunyoda yuqori darajadagi restoranlar muallifi bo\u2019lgan Arkadiy Novikovning Novikov Caf\u00e9 restoran franshizasi kutmoqda. Tez orada Novikov Caf\u00e9 Tashkent City Park hududida o\u2019z mijozlarini qabul qila boshlaydi. <\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>&nbsp;Nafaqat franchayzing loyihalari balki mualliflik loyihalarimiz ham bor. Birma-bir, qadamma-qadam bularning hammasini mijozlari e\u2019tiboriga namoyish etmoqchimiz.<\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"768\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1496-768x1024.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-2107\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1496-768x1024.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1496-225x300.jpg 225w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1496-1152x1536.jpg 1152w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1496-1536x2048.jpg 1536w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_1496-scaled.jpg 1920w\" sizes=\"(max-width: 768px) 100vw, 768px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2013<\/strong><strong>&nbsp;Milliy brendlarni xorijga olib chiqish bo\u2018yicha ham biror ishlar qilinyaptimi? Bu jarayonda qanday muammolar, qiyinchiliklar bor?<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013<\/em><em>&nbsp;Yuqorida ta\u2019kidlab o\u2019tganimdek, franshiza olish, avvalambor o\u2019sha yerlik mahalliy tadbirkorlarning tashabbusi bo\u2019lishi kerak. Bu qaysidir ma\u2019noda kollektiv harakat. Mahsulotlarimiz brend bo\u2019lishdan avval ular xorijda \u201co\u2019zbek mahsuloti\u201d degan nomga ega bo\u2019lishi kerak, ya\u2019ni bunga faqatgina bir ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko\u2019rsatuvchi emas, mamlakatimizdagi umumiy biznes muhiti buni qabul qila boshlashi lozim. <\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u201cBu borada biror ishlar amalga oshirilyaptimi?\u201d \u2013 degan savolga kelsak, bugun O\u2019zbekistonda avvalgidan ancha ko\u2019proq ishlar qilinmoqda. Xizmat ko\u2019rsatish bilan parallel ravishda, ishlab chiqarish sohasida ham rivojlanmoqda. Hech kimga sir emas, Artel, Akfa Aluminium kabi yirik kompaniyalar mahsulotlari bugungi kunda dunyoning 30 dan ortiq, shuningdek, Yevropa va okean orti mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda. Dunyoning bir nechta mintaqasida bu mahsulotlarning rasmiy dilerlari ham mavjud. Xizmat ko\u2019rsatish, aynan restoran-kafe sohasida ham o\u2018sish katta. Bugun bir nechta milliy qandolatchilik do\u2019konlarimizni qo\u2019shni davlatlarimizda ko\u2019rish mumkin. <\/em><em><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>O\u2019zbekiston brendlari o\u2019z mijozlari ishonchini qozonsa, ularni rozi qilsagina, mahsulotlarini xorijga olib chiqishi mumkin. Jarayonning eng mashaqqatli nuqtasi ham shu. <\/em><em><\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Biror xalqaro brendni mamlakatga olib kirish oson jarayon emas. Sohaning o\u2018ziga xosliklari, qiziqarli jihatlari ham bor, albatta. Masalan, o\u2018tgan yili turk oshxonasi afsonasi bo\u2018lgan \u201cCZN Burak Gurme\u201d restorani tarmog\u2018i Toshkentda ham o\u2018z restoranini ochdi. Pivot.uz nashri ushbu franshizani olib kirish jarayonida bevosita ishtirok etgan, Tourism and Entertainment Group (TEG)ning xalqaro loyihalar bo\u2018limi menejeri O\u2018tkirbek Qahhorov [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":2101,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[122],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-2109","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirkorlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2109","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2109"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2109\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2110,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2109\/revisions\/2110"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2101"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2109"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2109"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2109"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=2109"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}