{"id":2256,"date":"2025-01-12T13:11:14","date_gmt":"2025-01-12T13:11:14","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/murod-parmonov-va-pdaftar-startap-qanday-muammolarni-hal-qilmoqda\/"},"modified":"2025-01-18T08:46:44","modified_gmt":"2025-01-18T08:46:44","slug":"murod-parmonov-va-pdaftar-startap-qanday-muammolarni-hal-qilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/murod-parmonov-va-pdaftar-startap-qanday-muammolarni-hal-qilmoqda\/","title":{"rendered":"Murod Parmonov va pDaftar: startap qanday muammolarni hal qilmoqda?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistonda startap ekotizimi jadal rivojlanishda davom etmoqda. Texnologiyalar va tadbirkorlikning muvaffaqiyatli vakillaridan biri Murod Parmonov o\u2018zining pDaftar ilovasi va boshqa startaplari bilan bu sohada o\u2018z o\u2018rnini topdi. pDaftar kichik va o\u2018rta bizneslar uchun moliyaviy boshqaruvni osonlashtirib, mintaqadagi texnologik rivojlanishga o\u2018z hissasini qo\u2018shmoqda. Bu intervyuda biz Murod Parmonovdan uning startaplari, innovatsiyalari, qiyinchiliklari va xalqaro bozorga chiqish rejalari haqida suhbatlashamiz.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 Startaperlik yo\u2018lida sizni ilhomlantirgan asosiy omillar nima edi?<br\/><\/strong> \u2014 Dasturchi sifatida yaratgan dasturimdan minglab insonlar foydalangani menga kuchli ilhom beradi. Biror loyiha muvaffaqiyat qozonsa, u yuz minglab odamlarning muammolarini hal qilishga yordam berishi mumkin. Bu men uchun juda katta ahamiyatga ega bo\u2018lgan omil edi. Shuningdek, startaperlik orqali yaxshi daromad topish imkoniyati ham mavjud. Insonlar muammolariga yechim taklif qilish orqali nafaqat ularga yordam berasiz, balki moliyaviy muvaffaqiyatga ham erishishingiz mumkin. Mana shu maqsadlar va yaxshi niyatlar bilan startaperlik sohasiga qadam qo\u2018ydim.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 pDaftarni yaratishga qanday ehtiyojlar va muammolar sabab bo\u2018ldi?<br\/><\/strong> \u2014 Bir tadbirkor do\u2018stim bilan uchrashishga kelishib olardik, ammo u hech bo\u2018sh vaqt topolmasdi. Doim qarz daftaridagi muammolar yoki boshqa ishlar bilan band edi. Bu meni o\u2018ylantirib qo\u2018ydi: qanday qilib do\u2018stimga yordam bera olaman? Shu tarzda qarzlarni eslatib turadigan dastur yaratish g\u2018oyasi paydo bo\u2018ldi. Bundan tashqari, qo\u2018shnimiz ham qarzlarni oddiy daftar yordamida boshqarardi. Shu muammolarni inobatga olib, jamoa yig\u2018dim va maxsus sayt (mobil ilova) yaratishni boshladik.     <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 Tadbirkorlikning ilk darvlarida qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz va ulardan qanday saboq oldingiz?<br\/><\/strong> \u2014 Men hali o\u2018zimni muvaffaqiyatli tadbirkor deb hisoblamayman, hozir faqat muayyan bosqichlarga o\u2018tish jarayonidaman. Shu paytgacha o\u2018rgangan eng muhim saboqlarimdan biri \u2014 kerakli vaqtda \u201cyo\u2018q\u201d deya olish. Bu, albatta, to\u2018g\u2018ri qarorlar qabul qilish uchun juda muhim.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 pDaftar\u2019ning asosiy funksiyalari va undan foydalanish afzalliklari haqida gapirib bersangiz<br\/><\/strong> \u2014 Hozirda pDaftar\u2019ning asosiy funksiyasi qarzdorlikni boshqarishdan iborat. Masalan, sizning oziq-ovqat do\u2018koningiz bor va doimiy ravishda mahsulotlarni qarzga oluvchi mijozlaringiz mavjud. pDaftar mana shu qarzlarni ham sizga, ham mijozingizga eslatib turish vazifasini bajaradi. Bu esa hisob-kitoblarni tartibga soladi va esdan chiqishlarning oldini oladi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 Startaplaringizda erishilgan muvaffaqiyatlar haqida bo\u2018lisha olasizmi?<br\/><\/strong> \u2014 Startapimiz hali boshlang\u2018ich bosqichda, shuning uchun katta yutuqlarga erishganimiz yo\u2018q. Ammo meni quvontirgan bir voqea: yaqinda bir foydalanuvchimiz pDaftar\u2019dan 1 yillik obuna sotib oldi. Bu, albatta, kichik yutuq bo\u2018lsa-da, biz uchun katta ahamiyatga ega va faqat boshlanishi deb ayta olaman.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, 2024-yil 25-aprel kuni O\u2018zbekiston FinTech Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan <strong>WERISE Business Accelerator<\/strong> dasturida pDaftar loyihasi <strong>3-o\u2018rinni<\/strong> qo\u2018lga kiritdi va 5000 AQSH dollari miqdorida mukofot jamg\u2018armasini yutib oldi. Bu g\u2018alaba xalqaro investorlar va mutaxassislar bilan uchrashish imkoniyatini taqdim etdi. Ushbu muvaffaqiyat bizni ilhomlantirdi va startapimizni yanada rivojlantirish uchun kuch berdi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kelgusida biz xalqaro bozorga chiqish, yangi texnologiyalarni joriy qilish va bizneslar uchun innovatsion yechimlarni taqdim etishda davom etamiz. <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/lh7-rt.googleusercontent.com\/docsz\/AD_4nXdbK0umPPl2vYtS9Vs-Nbso40Zl9uJDxuUFrXIU1bxswUVxeoZRVmdbn3MNwA6zZdtqF03PwrYYVPwSfg1aki7iEkIgGLlc67RuCu-myacWzSVW5oSt6IDI1AOB8ijTCfVia0wUkg?key=hE7sgfi22fAzEyfCupDhDPDo\" alt=\"\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 pDaftar xalqaro bozorga chiqishi uchun qanday strategiyalarni rejalashtiryapsiz?<br\/><\/strong> <br\/>\u2014 Xalqaro bozorga chiqishdan oldin, avvalo O\u2018zbekistonda bajarilishi kerak bo\u2018lgan ishlar bor. Hozir aynan shu strategiyalarni ishlab chiqyapmiz. Masalan, Dedcollection tizimi \u2014 bu orqali bank tizimlari bilan integratsiya amalga oshiriladi. Bu tizim biznes egalari uchun mijozlardan qarzlarni qaytarib olishga yordam beradi. Ayni vaqtda, investorlar va banklar bilan kelishuv jarayonidamiz. Nasib qilsa, tez orada ushbu strategiyaning natijalarini ko\u2018rsatamiz.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Strategiyaning keyingi bosqichi esa MDH davlatlarini qamrab olishdir. Chunki bu mintaqada qarzga savdo qilish qadriyati keng tarqalgan va pDaftar ularga yordamchi bo\u2018lishiga ishonaman. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong> \u2014 Boshqa startap loyihalaringiz haqida qisqacha gapirib bersangiz<\/strong><br\/>\u2014 Yana bir startapim \u2014 Termiz shahridagi ZUMDA taom yetkazish xizmati. Ushbu loyiha doirasida hozirgacha 7000 dan ortiq mijozga xizmat ko\u2018rsatildi. Bugungi kunda men asosan pDaftar va ZUMDA loyihalari bilan shug\u2018ullanib kelmoqdaman.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 O\u2018zbekiston startap ekotizimining asosiy kuchli va zaif tomonlari haqida fikringiz qanday?<\/strong><br\/>\u2014 O\u2018zbekistonda dasturchilarni ko\u2018paytirish bo\u2018yicha juda ko\u2018p loyihalar amalga oshirilmoqda, bu ekotizimning kuchli tomonlaridan biri. Biroq ularni saralash va samaradorligini aniqlash uchun yetarli imkoniyatlar hali yo\u2018q.<br\/>Stripe, PayPal kabi xalqaro to\u2018lov tizimlari startaplarni xalqaro bozorga olib chiqishda muhim rol o\u2018ynaydi, lekin bu tizimlarning O\u2018zbekistonda ishlamasligi katta to\u2018siq bo\u2018lib qolmoqda.<br\/>Yana bir muhim jihat \u2014 har bir viloyatda hublar ochilishi kerak. Hublar \u2014 inkubatorlar bo\u2018lib, ular startaplarni g\u2018oya darajasidan MVP (minimum viable product) holatiga olib chiqishda yordam beradi va netvorking imkoniyatlarini ta\u2019minlaydi. Tajribali mutaxassislarni hublarga jalb qilish bu tizimning muvaffaqiyatli bo\u2018lishiga yordam beradi.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kuchli tomonlaridan yana biri sifatida O\u2018zbekistonda startap ekotizimini yaxshilash uchun tezkor o\u2018zgarishlar amalga oshirilayotganini aytish mumkin. Bu ijobiy rivojlanishlarning boshlanishidir. <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/lh7-rt.googleusercontent.com\/docsz\/AD_4nXfSZcIBm5_Exb84M0ce0i1yPIusB7DIs8u5JdDbFAxnN8mgLH1YzVoaz427SjzVS3rmDcbAcpcT_uB3SXnr57NE-mFU_qY09iSWKpIjOVg49hN_X1bXh0vDXa1MPFlu6YdI3Ymlig?key=hE7sgfi22fAzEyfCupDhDPDo\" alt=\"\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 Sizningcha, O\u2018zbekiston startaplari uchun investorlarni jalb qilishning asosiy qiyinchiliklari nimada?<br\/><\/strong> \u2014 Ochig\u2018i, hozircha investitsiya jalb qilmaganman, lekin investorlar bilan suhbatlarda qatnashib kelmoqdaman. Mening fikrimcha, eng murakkab tarafi bu prezentatsiya qilish san\u2019ati. To\u2018g\u2018ri biznes modelini tanlash va uni kerakli investorga aniq va tushunarli yetkazib berish \u2014 bizning asosiy zaifligimiz bo\u2018lishi mumkin.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, qonunchilikning barqaror emasligi ham katta to\u2018siq. Investorlar odatda inson huquqlari, biznesga egalik huquqi masalalari kafolatlangan davlatlarni tanlashadi. Masalan, agar sizning ko\u2018cha yo\u2018lakchalaringiz har kuni o\u2018zgartirilsa, bu sizga noqulaylik tug\u2019dirishi aniq, to\u2018g\u2018rimi? Investorlar ham pulini ishonchli joyga qo\u2018yishni xohlaydi. Turli yangi qonunlarning kiritilishi yoki tez-tez o\u2018zgarishi investitsiyalar xavf ostida qolishiga sabab bo\u2018lishi mumkin. Mana shu omillar chet ellik investorlarning O\u2018zbekistonga kelishini qiyinlashtiradi.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 Siz o\u02bbz startaplaringizga investor qidirish jarayoni qanday ketmoqda?<br\/><\/strong> \u2014 Yaqinda Pitch Deck\u2019imizni yozib bo\u2019ldik va uni investor bo\u2019lishi mumkin bo\u2019lgan nozmodlarga yuborganman. Ular meni Toshkentga suhbatga chaqishgan, ammo men Surxondaryoning Termiz shahrida bo\u2019lganim sababli, yuzna-yuz uchrashishga imkoniyatim yo\u2019q. Shuning uchun hozirda Zumda loyihamiz uchun angel investor bilan suhbat belgilaganmiz.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 pDaftar\u2019ning kelgusi rivojlanish bosqichlari qanday bo\u2018ladi?<br\/><\/strong> \u2014 Biz bu startapni katta Dedcollector biznesiga aylantirmoqchimiz. Bu ekotizim ichiga qarzdorlikni sug\u2018urta qilishdan tortib, to\u2018lovlarni avtomatlashtirishgacha bo\u2018lgan jarayonlarni kiritmoqchimiz.<br\/>Natijada, kichik va o\u2018rta biznes egalari hech qanday xavotirsiz qarzga savdo qilish imkoniyatiga ega bo\u2018lishadi va kerakli paytda o\u2018z pullarini qaytarib olishlari osonlashadi. Bu esa barqaror iqtisodiyot shakllanishiga yordam beradi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014 Startap boshlashni o\u2018ylayotgan yoshlarga qanday maslahatlar bera olasiz?<\/strong><strong><br\/><\/strong> \u2014 Startaper hozirgi kunda IT bilan bog\u2019langan bo\u2019lgani sababli IT sohasini tushunishi kerak deb hisoblayman. Texnologiyalardan qanday foydalanadi, shularni bilib borishi kerak deb o\u2019ylayman. Bundan tashqari ingliz tilini bilishi, chunki bu tilsiz yangi ma\u2019lumotlarni ololmaysiz, yangiliklar bilan hamanafas bo\u2019lolmaysiz. Chet elliklar bilan gaplashmoqchi bo\u2019lsangiz, bu ham qiyinchilik tug\u2019diradi. Shu sababdan yuqoridagi 2 narsani maslahat bergan bo\u2019lar edim.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonda startap ekotizimi jadal rivojlanishda davom etmoqda. Texnologiyalar va tadbirkorlikning muvaffaqiyatli vakillaridan biri Murod Parmonov o\u2018zining pDaftar ilovasi va boshqa startaplari bilan bu sohada o\u2018z o\u2018rnini topdi. pDaftar kichik va o\u2018rta bizneslar uchun moliyaviy boshqaruvni osonlashtirib, mintaqadagi texnologik rivojlanishga o\u2018z hissasini qo\u2018shmoqda. Bu intervyuda biz Murod Parmonovdan uning startaplari, innovatsiyalari, qiyinchiliklari va xalqaro bozorga chiqish [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":2252,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[122],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-2256","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirkorlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2256","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2256"}],"version-history":[{"count":8,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2256\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2678,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2256\/revisions\/2678"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2252"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2256"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2256"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2256"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=2256"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}