{"id":2784,"date":"2025-01-21T10:25:51","date_gmt":"2025-01-21T10:25:51","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/yuriy-milner-silikon-vodiysiga-eshiklarni-ochgan-aqlli-sarmoya\/"},"modified":"2025-01-21T16:30:52","modified_gmt":"2025-01-21T16:30:52","slug":"yuriy-milner-silikon-vodiysiga-eshiklarni-ochgan-aqlli-sarmoya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/yuriy-milner-silikon-vodiysiga-eshiklarni-ochgan-aqlli-sarmoya\/","title":{"rendered":"Yuriy Milner &#8211; Kremniy vodiysiga yo\u2019l ochgan aqlli investitsiya"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Ta&#8217;lim va yoshlik davri<\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yuriy Milner 1961-yil 11-noyabrda Moskva shahrida tug\u2019ilgan. Uning otasi \u2013 iqtisodchi Bentsion Zaxarovich Milner, onasi esa sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasi xodimi Betti Iosifovna Milner edi. 1985-yilda Milner Moskva Davlat Universitetining fizika fakultetini \u201cnazariy fizika\u201d mutaxassisligi bo\u2019yicha tamomlagan.  <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"768\" height=\"768\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_3215.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-2772\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_3215.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_3215-300x300.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_3215-150x150.jpg 150w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_3215-60x60.jpg 60w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/IMG_3215-360x360.jpg 360w\" sizes=\"(max-width: 768px) 100vw, 768px\" \/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shundan so\u2019ng, u Fanlar akademiyasining Fizika institutida ishlay boshladi va nazariy fizika bo\u2019limida kelajakdagi Nobel mukofoti sovrindori <strong>Vitaliy Ginzburg<\/strong> rahbarligida ilmiy faoliyat olib bordi. Milner o\u2019zining tadbirkorlik faoliyatini kompyuter savdosi bilan boshlagan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2025-yil 18-yanvar holatiga ko\u2018ra, Yuriy Milnerning sof boyligi <a href=\"https:\/\/www.forbes.com\/profile\/yuri-milner\/\" data-type=\"link\" data-id=\"https:\/\/www.forbes.com\/profile\/yuri-milner\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">5,9 milliard<\/a> AQSh dollariga baholanmoqda. Ushbu ko\u2018rsatkich global texnologik sarmoyalar, jumladan, Facebook, Twitter, Spotify va boshqa yirik kompaniyalardagi ulushlari natijasida shakllangan. Milnerning investitsiya strategiyasi va texnologik sektorni chuqur tahlil qilish qobiliyati uni dunyoning yetakchi investorlaridan biriga aylantirgan. <\/p>\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>FACEBOOK<\/strong><\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full is-resized\"><img decoding=\"async\" width=\"601\" height=\"410\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/Milner-with-Zuckerberg.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-2768\" style=\"width:736px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/Milner-with-Zuckerberg.jpg 601w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/Milner-with-Zuckerberg-300x205.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 601px) 100vw, 601px\" \/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2009-yil boshida Facebookning moliyaviy ishlari bo\u2019yicha rahbari <strong>Gideon Yu<\/strong> Moskvadan kelgan telefon qo\u2019ng\u2019irog\u2019ini qabul qildi. Rus tilida muloyim, biroq talabchan ohangda so\u2019zlagan notanish shaxs kompaniyaga sarmoya kiritmoqchi ekanligini bildirdi. Facebook avvalgi bosqichlarda <strong>Piter Til, Accel<\/strong> va <strong>Microsoft<\/strong> kabi yirik investorlardan mablag\u2019 jalb qilgan bo\u2019lsa-da, kompaniya har qanday notanish shaxslardan taklifni qabul qilishga tayyor emas edi. Yu suhbatdoshga vaqtni behuda sarflamaslikni tavsiya qilib, taklifning jiddiyligini qanday tasdiqlash mumkinligini so\u2019radi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qo\u2019ng\u2019iroq qiluvchi qat\u2019iyat bilan yuzma-yuz uchrashuv taklif qildi. Yu uzoq masofadan kelishning hojati yo\u2019qligini bildirgan bo\u2019lsa-da, suhbatdoshning qat\u2019iyati o\u2019zgarmadi. Qo\u2019ng\u2019iroq qilgan odam ilgari kremniy vodiysida biror marta bo\u2019lmagan Yuriy Milner edi. Ammo bu holat uzoq davom etmadi u darhol San-Fransiskoga chipta oldi va yetib kelgan zahoti yana Yu bilan bog\u2019landi.   <\/p>\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Rusning kutilmagan taklifi<\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Milner Kaliforniyaga yetib kelgach, Yu Palo-Alto shahridagi Starbucks kafesida uchrashuv uyushtirdi. Facebook uchun sajalb qilish Yu uchun ustuvor vazifa edi, ayniqsa, Lehman Brothers bankrotligi ortidan yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sharoitida har qanday imkoniyat muhim sanalardi. Uchrashuv davomida Milner 5 milliard AQSh dollari miqdorida dastlabki investitsiya taklifini ilgari surdi.  <\/p>\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Milnerning innovatsion yondashuvi<\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Milnerning taklifi chuqur tahlillarga asoslangan edi. Uning tadqiqot guruhi turli mamlakatlarda internet foydalanuvchilarining soni, saytga sarflangan vaqt va boshqa statistik ma\u2019lumotlarni yig\u2019ib, Facebook rivojlanish salohiyati hali to\u2019liq ochilmagan degan xulosaga kelgan edi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Milner Facebook foydalanuvchilarining monetizatsiya jarayonida xorijiy ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan ortda qolayotganligini ta\u2019kidladi. Kremniy vodiysi tadbirkorlari mijozlardan daromad olish borasida bosimni kamroq his qilgan bo\u2019lsa, xorijdagi ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Rossiyadagi<strong> VKontakte<\/strong>, bu borada ancha tajribaga ega edi. Milner o\u2019zining xalqaro tajribasi va ma\u2019lumotlarga asoslangan yondashuvi bilan Facebook uchun mavjud global imkoniyatlarni taqdim etishga tayyor edi.  <\/p>\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Muzokaralarning rivoji va strategik kelishuvlar<\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Milner Facebook asoschisi <strong>Mark Sukerberg<\/strong> bilan uchrashuv chog\u2019ida kompaniyaning global salohiyatini tasdiqlovchi dalillarni keltirdi. Uning strategiyasi kompaniya ustidan nazoratni cheklamasdan aksiyalarni sotib olishga qaratilgan edi. Bundan tashqari, u Facebook xodimlarining aksiyalarini imtiyozli tarzda sotib olish va kompaniyaning kelajakdagi moliyaviy barqarorligini ta\u2019minlash bo\u2019yicha aniq reja taqdim etdi. Ammo Mark Tsukerbergda ikkilanish bor edi\u2026  <\/p>\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Super taklif<\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yuriy Milner muzokaralari davomida, Mark Sukerbergning ikkita asosiy tashvishini samarali hal qildi. Birinchidan, u Sukerbergning kompaniya ustidan nazoratni saqlab qolishga bo\u2019lgan intilishini chuqur tushunib, boshqaruv kengashida hech qanday vakillik talab qilmasligini hamda o\u2019z aksiyalarini Sukerbergning to\u2019liq nazorati ostida qoldirishini ma\u2019lum qildi.<strong> <\/strong>Ushbu strategik qaror Facebook rahbariyatiga tashqi bosimlardan xoli ravishda kompaniyani boshqarish imkoniyatini yaratdi.<br\/><br\/><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ikkinchidan, Milner kompaniya xodimlarining aksiyalarini likvid qilish masalasiga puxta yechim taklif qildi. U kompaniya tomonidan chiqarilgan birlamchi aksiyalar uchun yuqori narx belgilash, xodimlarga tegishli ikkilamchi aksiyalar uchun esa nisbatan pastroq narx taklif qilish orqali kompaniya manfaatlarini optimallashtirishga erishdi. Bu ikki darajali narxlash strategiyasi Facebook uchun moliyaviy barqarorlikni ta\u2019minlash bilan birga, xodimlarga o\u2019z aksiyalarini realizatsiya qilish imkoniyatini ham yaratdi.  <\/p>\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Yakuniy kelishuv va uning ta\u2019siri<\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em><strong>2009-yil may oyida DST kompaniyasi Facebook aksiyalarining 1,96 foiz ulushini 200 million AQSh dollariga sotib olish bo\u2019yicha kelishuvga erishdi. Ushbu bitim Tsukerberg uchun kompaniyaning 10 milliard dollarlik bahosini kafolatlab, rivojlanish uchun qo\u2019shimcha sarmoya yaratdi. Shu bilan birga, xodimlarning aksiyalarini pastroq narxda sotib olish orqali kompaniyaning moliyaviy manfaatdorligi oshirildi.  <\/strong><\/em><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Milnerning chuqur tahlillarga asoslangan yondashuvi, uning <strong>Facebook <\/strong>foydalanuvchilari o\u2019sish sur\u2019ati va global bozordagi salohiyatini aniq baholay olish qobiliyati, kompaniyaning kelajakdagi qiymatini oshirishga xizmat qildi. AQShdagi investorlarning <strong>5-8 milliard AQSh dollari <\/strong>atrofidagi baholariga qarshi, Milner Facebook\u2019ni <strong>10 milliard AQSh dollarga<\/strong> baholash taklifi bilan chiqdi. Mahalliy investorlar bunday strategiyani haddan tashqari xatarli deb qabul qilgan bo\u2019lsa-da, Milnerning global tajribasi va ma\u2019lumotlarga asoslangan qarorlari ushbu investitsiyaning mantiqiy va istiqbolli ekanligini isbotladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2009-yilning dastlabki oylarida bozor tiklanishi ortidan kuchaygan raqobat sharoitida, Milnerning ilgari surgan yondashuvi Facebook rahbariyatining e\u2019tiborini qozondi va kompaniya uchun uzoq muddatli strategik ahamiyat kasb etdi. Natijada, Facebook tez orada o\u2019z qiymatini sezilarli darajada oshirdi, bu esa Milnerning investitsion strategiyasining muvaffaqiyatini yana bir bor tasdiqladi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Milnerning Facebookka kiritgan sarmoyasi kompaniyaning keyingi yillardagi jadal o\u2019sishiga turtki berdi. 2010-yilga kelib, kompaniya qiymati 50 milliard AQSh dollariga yetdi. Milnerning innovatsion yondashuvi va global strategiyasi Facebook\u2019ning IPO jarayonini kechiktirishga imkon yaratdi va xususiy investorlarga ulkan boyliklar orttirish imkoniyatini berdi. <\/p>\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Xulosa<\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yuriy Milnerning Facebookka kiritgan investitsiyasi texnologik investitsiyalar sohasida yangi davrni boshlab berdi. Uning kapital jalb qilish va investorlar bilan ishlash bo\u2019yicha strategik yondashuvi Kremniy vodiysida sarmoya qilishning yangi modelini shakllantirdi. Ushbu yondashuv kompaniyalarga IPO jarayonini kechiktirish orqali uzoq muddatli o\u2019sishni ta\u2019minlash imkoniyatini berdi va texnologik startaplar uchun investitsiya jalb qilishning yangi qoidalarini yaratdi.  <\/p>\n\n<p class=\"has-text-align-right wp-block-paragraph\">Tayyorlagan : Laylo Xondamirovna<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ta&#8217;lim va yoshlik davri Yuriy Milner 1961-yil 11-noyabrda Moskva shahrida tug\u2019ilgan. Uning otasi \u2013 iqtisodchi Bentsion Zaxarovich Milner, onasi esa sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasi xodimi Betti Iosifovna Milner edi. 1985-yilda Milner Moskva Davlat Universitetining fizika fakultetini \u201cnazariy fizika\u201d mutaxassisligi bo\u2019yicha tamomlagan. Shundan so\u2019ng, u Fanlar akademiyasining Fizika institutida ishlay boshladi va nazariy fizika bo\u2019limida kelajakdagi Nobel mukofoti [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":2761,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[122],"tags":[245,246,244,243],"jnews-series":[],"class_list":["post-2784","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirkorlar","tag-biznes-strategitasi","tag-investitsion-muzokaralar","tag-mark-tsukerberk","tag-yuriy-milner-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2784","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2784"}],"version-history":[{"count":19,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2784\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2843,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2784\/revisions\/2843"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2761"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2784"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2784"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2784"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=2784"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}