{"id":2953,"date":"2025-01-24T06:52:36","date_gmt":"2025-01-24T06:52:36","guid":{"rendered":"http:\/\/pivot.uz\/50-yoshdan-keyin-ham-muvaffaqiyatga-erishishmumkinligini-isbotlagan-ayollar\/"},"modified":"2025-01-24T07:59:17","modified_gmt":"2025-01-24T07:59:17","slug":"50-yoshdan-keyin-ham-muvaffaqiyatga-erishishmumkinligini-isbotlagan-ayollar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/50-yoshdan-keyin-ham-muvaffaqiyatga-erishishmumkinligini-isbotlagan-ayollar\/","title":{"rendered":"50 yoshdan keyin ham muvaffaqiyatga erishish mumkinligini isbotlagan ayollar"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Miriam Rivera <\/strong>1964-yilda Dunkirk (Nyu-York) shahrida Puerto-Rikodan kelgan muhojir dehqonlar oilasida tug\u2018ilgan. O\u2018sha davrda AQShda ayollar erkaklarning imzosisiz kredit karta yoki ipoteka olish huquqiga ega emasdi. Fuqarolik huquqlari to\u2018g\u2018risidagi qonun qabul qilingan bo\u2018lsa-da, Nyu-York fond birjasida birinchi ayol a\u2018zo bo\u2018lishiga hali uch yil bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Mana oradan 60 yil o\u2018tibdiki, Miriam Rivera <strong>Ulu Ventures <\/strong>venchur kapital firmasining hammuassisi va bosh direktori sifatida faoliyat yuritmoqda. Palo-Alto shahrida joylashgan kompaniya 400 million dollarlik aktivlarni boshqaradi va uning portfelida <strong><em>10 ta \u201cyunikorn<\/em>\u201d<\/strong> kompaniya mavjud. Rivera bolaligidan Kremniy vodiysigacha bo\u2018lgan sayohatini investitsiya falsafasi orqali tasvirlaydi. <em>\u201cMen har doim uzoq muddatli imkoniyatlarni qidiraman. Chunki darajaviy qonuniyatga asoslangan dunyoda aynan kam sonli imkoniyatlar eng katta foyda keltiradi\u201d<\/em>, deydi u.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Innovatsiya va yetakchilik<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Pegg Jonson <\/strong>62 yoshda va u <strong>Agility Robotics<\/strong> kompaniyasining bosh direktori. Jonson 2014-yilda Microsoft kompaniyasi bosh direktori <strong>Satya Nadella <\/strong>tomonidan ishga qabul qilingan. Keyinchalik esa kompaniyaning <strong>26 milliard dollarlik<\/strong> LinkedIn xaridini boshqargan. Hozirda Jonson rahbarlik qilayotgan kompaniya ish joylariga moslashuvchan robotlar ishlab chiqaradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Rivera singari, Jonson ham o\u2018z muvaffaqiyatini bolalikdagi tajribalariga bog\u2018laydi. U 15 farzandli oilada voyaga yetgan, qiyinchiliklar esa unda yetakchilik qobiliyatini shakllantirgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">1972-yilda tug\u2018ilgan <strong>Ava Marie DuVernay<\/strong> amerikalik rejissyor, ssenariynavis va prodyuser. U <strong>Emmy, NAACP, Image<\/strong> mukofotlarini ikki martadan vabir marta <strong>BAFTA <\/strong>sovrinini qo\u2018lga kiritgan. Shuningdek, u Oskar va Oltin Globusga nomzod bo\u2018lgan. 2011-yilda ARRAY distributsiya kompaniyasiga asos solgan. <em>\u201cMen har doim 30 yoshgacha 30 ta muvaffaqiyatli inson ro\u2018yxatiga kirishni xohlaganman, lekin hech qachon kira olmaganman. Men doim bu imkoniyatni qo\u2018ldan chiqardim derdim. Lekin qarang, men 50 yoshdan keyin muvaffaqiyatga erishgan ayollar ro\u2018yxatidaman! Bu ajoyib!\u201d<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Murabbiylik va muvaffaqiyat<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Don Steyli<\/strong> basketbol murabbiyi sifatida o\u2018z kasbining cho\u2018qqisiga 50 yoshdan keyin chiqdi. U Janubiy Karolina universitetining basketbol jamoasini uch marta milliy chempionlikka olib chiqdi va murabbiylik uning hayot mazmuniga aylanganini tushundi. <strong><em>\u201cMurabbiylik \u2013 mening ikkinchi terim\u201d<\/em><\/strong>,deydi Steyli.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\">Qahramonlarimiz inson uchun yosh cheklov emasligi, tajriba muvaffaqiyat sari yo\u2018ldagi eng yaxshi yo\u2018ldosh ekanligini yana bir bor isbotlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><em>Tayyorladi: Xondamirovna<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Miriam Rivera 1964-yilda Dunkirk (Nyu-York) shahrida Puerto-Rikodan kelgan muhojir dehqonlar oilasida tug\u2018ilgan. O\u2018sha davrda AQShda ayollar erkaklarning imzosisiz kredit karta yoki ipoteka olish huquqiga ega emasdi. Fuqarolik huquqlari to\u2018g\u2018risidagi qonun qabul qilingan bo\u2018lsa-da, Nyu-York fond birjasida birinchi ayol a\u2018zo bo\u2018lishiga hali uch yil bor edi. Mana oradan 60 yil o\u2018tibdiki, Miriam Rivera Ulu Ventures venchur [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":2951,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[122,276],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-2953","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirkorlar","category-ayol-tadbirkorlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2953","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2953"}],"version-history":[{"count":12,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2953\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2966,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2953\/revisions\/2966"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2951"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2953"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2953"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2953"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=2953"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}