{"id":3154,"date":"2025-01-27T01:23:41","date_gmt":"2025-01-27T01:23:41","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=3154"},"modified":"2025-01-27T01:23:52","modified_gmt":"2025-01-27T01:23:52","slug":"adidas-atigi-4-yilda-400-millionlik-inqirozni-yengib-otgan-brend-hikoyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/adidas-atigi-4-yilda-400-millionlik-inqirozni-yengib-otgan-brend-hikoyasi\/","title":{"rendered":"Adidas: Atigi 4 yilda $400 millionlik inqirozni yengib o\u2018tgan brend hikoyasi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kecha bir do\u2018stim mahalliy do\u2018kondan Adidas kapyushoni deb o\u2018ylagan kiyimni sotib oldi. Dastlab meni hayratga solgan narsa uning arzimagan summadagi narxi bo\u2018ldi, lekin kiyimdagi yozuvini ko\u2018rgach tushundim. \u201cAdidas\u201d emas \u201cAdibas\u201d deb yozilgandi. Vaziyat bir tomondan kulgili, ikkinchidan Adidas qanchalik mashhur bo\u2018lib ketganiga kichik misol.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em><strong><em>Muvaffaqiyat sari yo\u2018l<\/em><\/strong><\/em><\/strong><strong><em><strong><em><\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas (brend nomi kichik harflarda \u201cadidas\u201d yoziladi) o\u2018z nomini asoschisi Adolf (\u201cAdi\u201d) Dasslerdan olgan. Birinchi jahon urushidan so\u2018ng Dassler oilasi poyabzal ishlab chiqarishni boshlagan. Kompaniya XXI asr boshlarida Yevropaning yetakchi sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisiga va dunyoda Nike\u2019dan keyingi ikkinchi yirik kompaniyaga aylandi. Brend uzoq yillar o\u2018zining uch chiziqli logotipi bilan tanilgan, shuningdek trefoil o\u2018simligi va tog\u2018 aks etgan logotiplaridan ham foydalaniladi. Kompaniya bosh qarorgohi Germaniyaning Herzogenaurax shahrida joylashgan.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1950-yillarda futbolchilar Adidas\u2019ning yengil va vintli krossovkalarini kiya boshladi va kompaniya mashhurlikka erishdi. Keyin brend mahsulot turlari kengayib, 1963-yildan futbol to\u2018plari ishlab chiqara boshladi. Uch yildan so\u2018ng esa Adidas kiyim-kechak bozoriga kirdi. Kompaniya uzoq yillar sport poyabzallari sanoatida yetakchilik qildi, ammo 1970-yillarda raqobatchilar maydonga kela boshladi, ayniqsa Nike kabi yangi brendlarning paydo bo\u2018lishi bilan bozor keskinlashdi.  <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;2-4-1024x683.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-3139\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adi Dassler 1978-yilda vafot etdi. \u201cMy Adidas\u201d nomli mashhur qo\u2018shiqni yaratgan Run-D.M.C. rep guruhi bilan muhim hamkorlik shartnomasini tuzishga erishilgan bo\u2018lsa-da, brend o\u2018tgan asrning 80-yillarida iqtisodiy pasayishni boshdan kechirdi, 1986-yilda eng past ko\u2018rsatkichni qayd etdi. 2016-yilda Adidas rassom va tadbirkor Kanye West bilan hamkorlik o\u2018rnatdi va qiyofasini yangiladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kompaniyaning muvaffaqiyat yo\u2018lida ikki muhim voqeaning o\u2018rni beqiyos. Birinchisi amerikalik sportchi Jesse Ouens Adidas poyabzalida 1936-yilgi Berlin Olimpiadasida ishtirok etib to\u2018rtta oltin medal olganidir. Bu voqea brendni jahon miqyosida tanilishiga sabab bo\u2018ldi. Ikkinchi muhim voqea 1954-yilda Adidas poyabzalini kiygan Germaniya futbol terma jamoasi Jahon chempionati finalidagi tarixiy g\u2018alabasidir. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em><strong><em>Adidas marketingga qancha mablag\u2018 sarflaydi?<\/em><\/strong><\/em><\/strong><strong><em><strong><em><\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biznesda marketing muvaffaqiyatning asosiy ustuni bo\u2018lib Adidas uning ahamiyatini doimo tan olgan. Kompaniya marketing byudjeti COVID-19 pandemiyasidan oldingi yillarda sezilarli darajada o\u2018sib, 2019-yilda 3 milliard AQSh dollaridan oshdi. 2020-yilda kompaniya umumiy xarajatlarini 670 million dollardan ko\u2018proqqa kamaytirgan bo\u2018lsa-da, 2021-yilda marketing xarajatlarini 2,5 milliard dollargacha ko\u2018tardi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu xarajatlar do\u2018kon ichidagi reklama va do\u2018kon jihozlaridan tortib, homiylik shartnomalari, ommaviy axborot vositalari orqali reklama va tadbirlar kabi keng qamrovli tashabbuslarni o\u2018z ichiga oladi. Strategiya o\u2018z natijasini berayotganga o\u2018xshaydi, chunki Adidas brendining qiymati 2016-yildan 2020-yilga kelib uch barobardan oshdi va 16,48 milliard AQSh dollariga yetdi. Ayniqsa, Adidas\u2019ning 2018-yildagi \u201cOriginali hech qachon tugamaydi\u201d kampaniyasi o\u2018sha yilning dunyodagi eng samarali reklama kampaniyalaridan biri sifatida tan olindi. Biroq, yutuqlarga qaramay, 2021-yilda Adidas brendining qiymati 2 milliard dollardan ko\u2018proqqa tushib ketdi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em><strong><em>\u201cImkonsiz narsa yo\u2018q\u201d ekanini isbotlagan reklama<\/em><\/strong><\/em><\/strong><strong><em><strong><em><\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bir nechta mashhur reklama kampaniyalari bilan samarali ishlash natijasida Adidas o\u2018zining \u201cImkonsiz narsa yo\u2018q\u201d degan shiorini mustahkamladi. Ulardan ayrimlarini yodga olsak:<\/p>\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li><strong><em><strong><em>\u201cBor kuchni sarflash yoki hech narsa\u201d kampaniyasi<\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/li>\n<\/ol>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas\u2019ning bugungi kunga qadar eng qimmat media kampaniyasi bo\u2018lgan ushbu tashabbusi markazida \u201cLeo Messining Jahon chempionati orzusi\u201d nomli televizion reklama roligi turadi. Leo Messi, Dani Alves va Luis Suarez kabi global brend elchilari ishtirok etgan kampaniyada Kanye Westning musiqasi ham jaranglaydi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu targ\u2018ibotning samarasi haqida to\u2018xtalar ekan \u201cBiz dunyoning eng katta voqeasidan unumli foydalandik\u201d deydi Adidas Football kompaniyasining global brend marketing direktori Tom Ramsden. <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;3-4-1024x622.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-3141\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas\u2019ning marketing strategiyasida Jahon kubogi muhim o\u2018rin tutadi, chunki futbol kiyimlari sanoatida kompaniyaning asosiy raqibi Nike\u2019ning ustunligi o\u2018sib bormoqda, bunga esa qarshi kurashmoq kerak.  <\/p>\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong><em><strong><em>Imkonsiz narsa yo\u2018q<\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas\u2019ning eng mashhur kampaniyalaridan biri bo\u2018lgan \u201cImkonsiz narsa yo\u2018q\u201d tashabbusi Amsterdamdagi 180\/TBWA tomonidan San-Fransiskodagi TBWAChiatDay hissasi bilan yaratilgan. Kampaniyada futbol afsonasi Devid Bekxem va boks bo\u2018yicha jahon chempioni Muhammad Ali kabi sport yulduzlari ishtirok etgan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kampaniya inklyuziv marketingga qaratilgan bo\u2018lib, unda dunyoning turli burchaklaridan kelgan sportchilar va boshqa taniqli shaxslarning muvaffaqiyatga erishish yo\u2018llarini ko\u2018rsatuvchi shaxsiy hujjatli videolar namoyish etilgan. Reklamani ajratib turadigan jihat uning xilma-xilligi bo\u2018lib, u turli xil sport turlari, jins, irq va madaniyatlarni qamrab olgan. <\/p>\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong><em><strong><em>Butunlay Adidas<\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu reklama kampaniyasi brendning turli sport turlari, madaniyatlar bo\u2018yicha global ishtirokini ta\u2019kidlash uchun yaratilgan. Unda futbolchilar Lionel Messi va Devid Bekxem, NBA yulduzi Derrik Rouz va musiqa yulduzi Keti Perri kabi mashhur shaxslar ishtirok etgan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em><strong><em>Adidas \u201cnoqulay\u201d raqobatchilar<\/em><\/strong><\/em><\/strong><strong><em><strong><em><\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hozirgi mavqeyiga erishish uchun Adidas muntazam ravishda yangi muammolar va raqiblar paydo bo\u2018ladigan yuqori raqobatli bozorda faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya o\u2018z tarixida bir nechta kuchli raqoblarga duch keldi. Ularning asosiylarini ko\u2018rib chiqamiz.  <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;4-4-1024x683.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-3143\"\/><\/figure>\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Nike: <\/strong>Nike dunyo bo\u2018yicha yetakchi poyabzal, kiyim-kechak brendi bo\u2018lib, Adidas\u2019ning bevosita va kuchli raqobatchisidir. Nike va Adidas raqobati butun dunyo iste\u2019molchilari orasida cheksiz bahslarga sabab bo\u2018lgan. Nike\u2019ning mukammallikka intilishi Adidas\u2019ni uzluksiz innovatsiyalar yaratishga undab, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga majbur qilmoqda.  <\/li>\n\n\n\n<li><strong>Puma:<\/strong> Puma \u2013 Adidasning yana bir taniqli raqobatchisidir. Raqobatning tarixi ham chuqur va juda qiziq. Chuki ikkala brend ham dastlab aka-uka Rudolf va Adolf Dassler asos solgan Gebr\u00fcder Dassler Schuhfabrik kompaniyasining bir qismi bo\u2018lgan. Biroq, ularning keskinlashgan munosabatlari kompaniyaning bo\u2018linishiga olib keldi. Natijada ikkita alohida korxona: Adidas va Puma tashkil topdi. Bugungi kunda Puma sport kiyimlari bozorida Adidas bilan raqobatlashishni davom etmoqda.   <\/li>\n\n\n\n<li><strong>New Balance: <\/strong>AQSh va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarish bazalariga ega bo\u2018lgan mashhur Amerika korporatsiyasi New Balance Adidas\u2019ning kuchli raqobatchilaridan. Yuqori narxli mahsulotlari bilan tanilgan New Balance qimmat narxlarini texnologik integratsiya bilan oqlaydi. Bu brend iste\u2019molchilari juda sodiq bo\u2018lib, ayniqsa AQSh va Buyuk Britaniyadagi xaridorlar yuqori sifatli mahsulotlarni afzal ko\u2018radi. New Balance Adidas uchun bir necha yo\u2018nalishda jiddiy raqobatni keltirib chiqarmoqda.   <\/li>\n\n\n\n<li><strong>FILA:<\/strong> FILA \u2013 Janubiy Koreyaning sport brendi bo\u2018lib, sport va dam olish uchun poyabzal va kiyim-kechak ishlab chiqaradi. U o\u2018rta sinf iste\u2019molchilariga mo\u2018ljallangan. Brend turli homiyliklar, jumladan Avstraliya kriket jamoasi hamda Koreya milliy futbol jamoasini qo\u2018llab-quvvatlash orqali mustahkam obro\u2018ga ega. Brendning ijtimoiy loyihalari va sport elchilari ro\u2018yxati Adidas uchun katta \u201cboshog\u2018riq\u201d bo\u2018lmoqda.  <\/li>\n\n\n\n<li><strong>Under Armour:<\/strong> 1996-yilda tashkil etilgan Under Armour qisqa muddatda sport kiyimlari bozorining yetakchi ishtirokchisiga aylandi. Poyabzal, yuqori sifatli kiyimlari bilan tanilgan bu brend turli yoshdagi sportchilar, faol hayot tarzini olib boruvchi insonlarga xizmat ko\u2018rsatadi. Kompaniya daromadining 66 foizini kiyim-kechaklar tashkil etishi va brendning Shimoliy Amerikadagi kuchli mavqei Adidas uchun jiddiy \u201csignal\u201d.  <\/li>\n<\/ul>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em><strong><em>Adidas tarixidagi munozaralar<\/em><\/strong><\/em><\/strong><strong><em><strong><em><\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018plab muvaffaqiyatli kompaniyalar singari, Adidasning yo\u2018li ham \u201cpast-palandliklar\u201ddan xoli bo\u2018lmagan. Brend tarixidagi ikkita muhim bahslarni yodga olsak: <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>1. \u201cKishanbandli poyabzal\u201d bahsi<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2012-yilda Adidas o\u2018zining odatiy nafis va sport uslublaridan farq qiladigan poyabzal dizaynini taqdim etishga harakat qildi. JS Roundhouse Mids e\u2019tiborni tortadigan dizayn elementiga ega edi \u2013 poyabzalni kiygach to\u2018piqqa zanjir bilan biriktiradigan sariq rezina kishanband. \u201cKrossovka o\u2018yiningiz shunchalik qiziqki, poyabzalingizni to\u2018piqlaringizga qulflab qo\u2018yasizmi?\u201d degan reklama shiori, ayniqsa qullikning og\u2018riqli tarixi bo\u2018lgan mamlakatda qattiq norozilikka sabab bo\u2018ldi. Fuqarolik huquqlari yetakchilari, jumladan, ruhoniy Jessi Jekson poyabzalni qoralab, u qullik xotiralarini uyg\u2018otishini ta\u2019kidladi. Jamoatchilik noroziligiga javoban Adidas tezda uzr so\u2018radi va mahsulotni ishlab chiqarishni to\u2018xtatdi.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>1. SSSR mavzusidagi Adidas mahsulotlari<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2018-yilda Adidas Rossiyada bo\u2018lib o\u2018tadigan futbol bo\u2018yicha Jahon chempionati oldidan SSSR uchun bir qancha mahsulotlar chiqardi. Biroq, sovet ramzlarini aks ettiruvchi mahsulotlarni sotish qarori sobiq SSSR davlatlari tomonidan qattiq norozilik bilan kutib olindi. Litva kabi mamlakatlar o\u2018z hayratini bildirdi, Tashqi ishlar vazirligi esa mahsulotlar haqida kinoyali tvit yozdi. Tarmoq foydalanuvchilarning ayrimlari Adidas qachondir fashist belgilari tushirilgan formalarni chiqarishni o\u2018ylab ko\u2018radimi yoki yo\u2018qmi, deya ritorik savollar bergan.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Muvaffaqiyatli hamkorlar<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas hamisha mahsulotlarini yuksaltirish uchun brendlar va mashhur shaxslar bilan hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018ygan. <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;5-4.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-3145\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em><strong><em>Adidas Yeezy hamkorligi<\/em><\/strong><\/em><\/strong><strong><em><strong><em><\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas o\u2018zining eng muhim sherikliklari sifatida hip-hop yulduzlarini tanlagan. Kanye West bilan birgalikda ishlab chiqarilgan mashhur Yeezy brendli poyabzallar buning yorqin misolidir. Pharrell Williams, Pusha-T va Missy Elliott kabi san\u2019atkorlar bilan hamkorliklardan tashqari, Adidasning hip-hop madaniyatiga ta\u2019siri 1980-yillarga borib taqaladi. Adidas\u2019ning sport kostyumlari hamda Superstar poyabzallarini mashhur qilgan nufuzli Run-D.M.C. guruhi o\u2018rtasidagi hamkorlik katta samara berdi. 1986-yildagi \u201cMy Adidas\u201d hit qo\u2018shig\u2018i kelishuvning cho\u2018qqisi bo\u2018ldi.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Brendning eng mashhur poyabzal modellariga Adidas Samba, Stan Smith va klassik chig\u2018anoq burunli Superstar kiradi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em><strong><em>Manchester United bilan hamkorlik<\/em><\/strong><\/em><\/strong><strong><em><strong><em><\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2014-yil iyul oyida Adidas nufuzli Manchester United futbol klubi bilan o\u2018n yillik kiyim-kechak shartnomasi tuzdi. 750 million funt sterling (taxminan 1,29 milliard AQSh dollari) kafolatlangan bu shartnoma sport tarixidagi eng daromadli kiyim-kechak kelishuvi bo\u2018ldi. Ushbu kelishuv natijasida Nike\u2019ning klub rasmiy yetkazib beruvchisi sifatidagi o\u2018rnini Adidas egalladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas 2009-yil noyabrida tennis bo\u2018yicha sobiq jahon chempioni Andy Murray bilan ham shartnoma imzoladi. Besh yillik va taxminan 24,5 million dollar qiymatidagi shartnoma Murrayni Adidasning eng ko\u2018p haq oladigan sportchisiga aylantirdi. Shuningdek, kompaniya ATP turnirida to\u2018p uzatuvchi bolalar va qizlar formalariga homiylik qildi. Brend, shuningdek, Malibu Tennis Camp, Green Fitness GmbH va Scho\u2018ler &amp; Micke Sportartikel Vertriebs GmbH kabi tashkilotlar bilan ham hamkorlik o\u2018rnatgan.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em><strong><em>Rejalar<\/em><\/strong><\/em><\/strong><strong><em><strong><em><\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas ayollar faol kiyimi va sport poyabzaliga e\u2019tiborini sezilarli darajada kuchaytirmoqda. Kompaniya innovatsion yangi mahsulotlar va maqsadli marketing strategiyalari orqali sportda ayollarga ko\u2018proq resurslar ajratishga va\u2019da bergan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2021-yil Adidas ayollar hayz davrida sport bilan shug\u2018ullanishni to\u2018xtatishlari muammosini hal qilishga qaratilgan \u201cStay in Play\u201d gegenik-chidamli kiyimlar to\u2018plamini ishga tushirdi. Bundan tashqari, kompaniya ayollar oyoqlari tuzilishiga moslashtirilgan Adidas Ultra Boost krossovkasini taqdim etdi. Kompaniya ushbu tashabbusni ayollar ayollar uchun yaratganini alohida ta\u2019kidladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda brend butun dunyo bo\u2018ylab eng yaxshi sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.  <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;6-4.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-3147\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em><strong><em>Adidas\u2019ning barqarorlik maqsadlari<\/em><\/strong><\/em><\/strong><strong><em><strong><em><\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas allaqachon plastik chiqindilarni kamaytirish bo\u2018yicha muhim qadamlar qo\u2018ygan. Kompaniya 2025-yilga kelib mahsulotlarida faqat qayta ishlangan poliesterdan foydalanishni rejalashtirmoqda.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Chidamlilikni ta\u2019kidlaydigan Adidas-Terrex jamoasi allaqachon eng og\u2018ir sharoitlarda jihozlarni sinovdan o\u2018tkazish uchun ekstremal sportchilar bilan hamkorlik rejasini ishlab chiqqan. Muzliklardan ilhomlangan ushbu mahsulotlar oq, ko\u2018k va jigarrang-qizil kabi rang kombinatsiyalarini o\u2018z ichiga oladi. <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;7-4-1024x541.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-3149\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em><strong><em>Uch halqali strategiya<\/em><\/strong><\/em><\/strong><strong><em><strong><em><\/em><\/strong><\/em><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas kelajakda mahsulotlar barqarorligini ta\u2019minlash uchun o\u2018zining \u201cUch halqali strategiyasi\u201dni ishlab chiqdi:<\/p>\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Qayta ishlov berish halqasi: yangi plastikni qayta ishlangan plastik bilan almashtirish.<\/li>\n\n\n\n<li>Aylanma halqa: ishlatilgandan so\u2018ng qayta ishlash mumkin bo\u2018lgan mahsulotlar yaratish.<\/li>\n\n\n\n<li>Qayta tiklanuvchi halqa: hayot sikli oxirida tabiatga qaytishi mumkin bo\u2018lgan hujayra yoki oqsil kabi tabiiy materiallardan mahsulotlar yaratish.<\/li>\n<\/ul>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hozirda jarayon boshlang\u2018ich bosqichda bo\u2018lib, aylanma halqali anorak kabi prototiplar allaqachon mavjud. Adidas qayta tiklanuvchi halqani rivojlantirish ustida faol ishlamoqda va kompaniya 2050-yilga kelib iqlim neytralligiga erishish istagida. <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;8-4.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-3151\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Adidas nafaqat barqaror mahsulotlar yaratishga, balki iste\u2019molchilar orasida barqaror turmush tarzini shakllantirishga ham sodiq. Kompaniyaning mashhur tashabbuslardan biri Adidas yuguruvchilar hamjamiyati bo\u2018lib, u bir nechta shaharlarda yugurish guruhlariga mezbonlik qiladi. Hamjamiyat asosiy e\u2019tiborni shaxsiy rivojlanishga qaratadi va taraqqiyot faqat rekordlar o\u2018rnatishdan iborat emasligini ta\u2019kidlaydi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, Adidas Infinite Trails kabi tadbirlarni tashkil etadi. Bu tadbirlar ishtirokchilarni chidamlilik sinovlarida qatnashishga va imkoniyatlarini kengaytirishga undaydi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kecha bir do\u2018stim mahalliy do\u2018kondan Adidas kapyushoni deb o\u2018ylagan kiyimni sotib oldi. Dastlab meni hayratga solgan narsa uning arzimagan summadagi narxi bo\u2018ldi, lekin kiyimdagi yozuvini ko\u2018rgach tushundim. \u201cAdidas\u201d emas \u201cAdibas\u201d deb yozilgandi. Vaziyat bir tomondan kulgili, ikkinchidan Adidas qanchalik mashhur bo\u2018lib ketganiga kichik misol. Muvaffaqiyat sari yo\u2018l Adidas (brend nomi kichik harflarda \u201cadidas\u201d yoziladi) o\u2018z [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":3137,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[182,53,122],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-3154","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-brendlar-uz","category-hisobotlar","category-tadbirkorlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3154","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3154"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3154\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3155,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3154\/revisions\/3155"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3137"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3154"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3154"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3154"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=3154"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}