{"id":4037,"date":"2025-02-17T14:45:13","date_gmt":"2025-02-17T14:45:13","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/startaplarning-qisqa-davrdagi-uzoq-tarixi\/"},"modified":"2025-02-17T14:53:05","modified_gmt":"2025-02-17T14:53:05","slug":"startaplarning-qisqa-davrdagi-uzoq-tarixi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/startaplarning-qisqa-davrdagi-uzoq-tarixi\/","title":{"rendered":"Startaplarning qisqa davrdagi \u201cuzoq\u201d tarixi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startap atamasi 1970-yillarning oxirigacha hech qaysi manbada ko\u2018rinish bermagan bo\u2018lsa-da, g\u2018oyasi ancha oldindan mavjud bo\u2018lgan.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ilk startaplarga eng mashhur misollaridan biri Benjamin Franklinning bosmaxonasidir. Franklin kitob, risola va gazetalarni chop etish orqali foyda olish mumkinligini anglagan ilk tadbirkorlardan edi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sanoat inqilobi esa startaplarning turli shakllarini yuzaga chiqardi. Yangi texnologiyalar bilan zavod va fabrikalar tashkil etgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo\u2018ldi. Yillar o\u2018tib bu korxonalarning ko\u2018pchiligi yirik korporatsiyalarga aylandi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Vaqt o\u2018tishi bilan startap tushunchasi sezilarli darajada o\u2018zgardi, ammo uning asosiy tamoyillari: imkoniyatni aniqlash, tavakkal qilish va yangi narsani yaratish uchun resurslarni sarflash o\u2018zgarishsiz qoldi. Bugungi kunda startaplar asosan innovatsion mahsulot va xizmatlarni taklif qiluvchi bizneslar bilan bog\u2018liq. <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\">Startap madaniyatining yuksalishi<\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">XX asrda ham biznesning hukmron shakli an\u2019anaviy korporativ tuzilma edi. Bu tuzilmada boshqaruv yuqoridan pastga edi. Bu model barqarorlik, prognoz qilish kabi afzalliklarga ega bo\u2018lsa-da, dinamika va innovatsiyadan mahrum edi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida vaziyat o\u2018zgara, yangi qadriyat va g\u2018oyalarga ega bo\u2018lgan tadbirkorlar avlodi paydo bo\u2018la boshladi. Ular mavjud korporativ tuzilmaga moslashish o\u2018rniga, unga qarshi chiqdi, tavakkalchilik va o\u2018zgarishlarni qabul qilib, butunlay yangi narsalarni yaratishga intildi. Bu startap madaniyatining boshlanishi edi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biznesni noldan boshlash g\u2018oyasi ko\u2018pchilikka manzur bo\u2018ldi. Bu mavjud korporativ tuzilmalarga kira olmaganlar uchun rivojlanish imkonini berdi. Ayniqsa, Kremniy vodiysida bu holat yaqqol ko\u2018zga tashlandi, chunki venchur kapitalistlari yangi korxonalarga katta miqdorda sarmoya kirita boshladi. Natijada, biznes yuritishning yangi usuli haqida ko\u2018proq odamlar xabardor bo\u2018ldi, startaplar soni tez sur\u2019atlarda o\u2018sa boshladi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startap madaniyatining yuksalishida texnologiyalar ham muhim rol o\u2018ynadi. Kompyuter va dasturiy ta\u2019minot tadbirkorlarga innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratishni osonlashtirdi. Bu biznesni tez va arzon yo\u2018lga qo\u2018yish imkonini berdi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Internetning kirib kelishi startaplar uchun butun dunyo bo\u2018ylab potensial mijozlarga yetib borish imkoniyatini yaratdi. Yosh tadbirkorlarning an\u2019anaviy marketing yoki sotish kanallariga tayanmasdan muvaffaqiyatga erishishi osonlashdi. Startaplar avvalgidan tezroq vaqtda global muvaffaqiyatga erisha boshladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda startaplar global hodisaga aylangan, har yili butun dunyoda millionlab startaplar ishga tushadi. Ular iqtisodiyotning muhim qismiga aylanib, odamlar uchun ish o\u2018rinlari va boylik yaratmoqda. Ehtimol, startaplar bilan biz kelgusida yanada ko\u2018proq innovatsiya va o\u2018zgarishlarni ko\u2018ramiz.  <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\">Dotkom bumi va inqirozi<\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dotkom bumi va inqirozi 1990-yillarning o\u2018rtalaridan 2000-yillarning boshlarigacha bo\u2018lgan davr bo\u2018lib, bu vaqtda texnologik startaplar venchur kapital qo\u2018yilmalari va dastlabki ommaviy takliflar (IPO) ning keskin o\u2018sishini boshdan kechirdi. Bu davrda son-sanoqsiz startaplarga asos solindi, ularning ko\u2018pchiligi tezda mashhurlikka erishdi. Kompaniyalarning tez o\u2018sishi va to\u2018satdan qulashi tufayli dotkom pufagi degan tushuncha vujudga keldi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dotkom bumiga bir qator omillar, jumladan, jamoatchilikning texnologiyalarga bo\u2018lgan qiziqishining ortishi, yangi g\u2018oyalarni moliyalashtirishga tayyor venchur kapitalistlarning paydo bo\u2018lishi va internetning rivojlanishi turtki bo\u2018ldi. Sarmoyadorlar kompaniyalar salohiyatini ko\u2018rib juda qisqa vaqtda katta foyda olish mumkinligiga ishondi. Investorlar kompaniyaning uzoq muddatli istiqboliga e\u2019tibor bermasdan ham pul tikishga tayyor edi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018pchilik kompaniyalar ortiqcha baholanib, aksiyalar narxi oshirib yuborildi va sun\u2019iy bozor yuzaga keldi. Bu katta spekulyatsiyaga olib keldi, investorlar tezda daromad olish umidida aksiyalarni sotib oldi. Afsuski, ko\u2018plar uchun bu spekulyatsiya qisqa muddatli bo\u2018ldi, pufak oxir-oqibat yorildi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dotkom inqirozi 2000-yil boshida Nasdaq kompozit indeksi keskin pasayishni boshlaganida yuz berdi. Inqirozga bir qator omillar, jumladan, texnologik aksiyalarning haddan tashqari baholanishi, yangi ommaviy kompaniyalarning daromadsizligi va investorlar umumiy ishonchining pasayishi sabab bo\u2018ldi. Bir paytlar milliardlarga baholangan kompaniyalar aksiya narxi keskin tushib ketdi va ko\u2018pchiligi bir necha oy ichida bankrot bo\u2018ldi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dotkomlar yuksalishi va inqirozi odamlarning texnologik startaplar haqidagi fikrlarini o\u2018zgartirdi. Garchi bu davrda \u201cAmazon\u201d va \u201ceBay\u201d kabi bir qancha muvaffaqiyatli startaplar bilan birga ogohlantiruvchi misollar ham ko\u2018p edi. Investorlar endi ehtiyotkorlik bilan yondashib, sarmoya kiritishdan oldin kompaniyaning uzoq muddatli salohiyati borligini ko\u2018rsatadigan belgilarni kutadi. Tadbirkorlar ham xatolaridan saboq olib, uzoq muddatga mo\u2018ljallangan barqaror biznesni yaratishga ko\u2018proq e\u2019tibor qaratmoqda.   <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\">Zamonaviy startap ekotizimi<\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zamonaviy startap ekotizimi investor, tadbirkor, mentor, inkubator va akselerator, texnologiya yetkazib beruvchi va boshqalarning murakkab, o\u2018zaro bog\u2018liq tarmog\u2018idir. Bu uzoq vaqt shakllangan dinamik, doimiy o\u2018zgarib turuvchi muhitdir. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zamonaviy startap ekotizimining markazida venchur kapitali (VC) turadi. VC firmalari yuqori o\u2018sish salohiyatiga ega startaplarga dastlabki bosqichda mablag\u2018 ajratadi. Shuningdek, ular tadbirkorlarga biznes g\u2018oyalarini rivojlantirishda yo\u2018l-yo\u2018riq ko\u2018rsatadi, murabbiylik qiladi. VC odatda sog\u2018liqni saqlash yoki dasturiy ta\u2019minot kabi muayyan sanoat yoki texnologiya sohalariga ixtisoslashgan bo\u2018ladi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari biznes farishtalar zamonaviy startap ekotizimining yana bir muhim tarkibiy qismidir. Ular ham tadbirkorlarni dastlabki bosqichda moliyalashtirib, unga maslahat, yo\u2018l-yo\u2018riq ko\u2018rsatadi. Biznes farishtalar ko\u2018pincha qiziqarli loyihalarga sarmoya kiritishni istagan badavlat shaxslardir.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi yillarda tadbirkorlarni qo\u2018llab-quvvatlovchi bir qator tashkilotlar paydo bo\u2018ldi. Inkubatorlar umumiy ish maydoni va murabbiylardan foydalanish imkoniyatini taqdim etsa, akseleratorlar startaplarni dastlabki bosqichda moliyalashtirib, resurslar bilan ta\u2019minlaydi. Bu tashkilotlar tadbirkorlarga potensial investor, hamkor va mijozlar bilan aloqa o\u2018rnatishga yordam beradi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zamonaviy startap ekotizimini shakllantirishda texnologiyalar ham muhim rol o\u2018ynagan. Amazon Web Services (AWS) kabi kompaniyalar bulutli hisoblash xizmatlarini taqdim etadi, bu esa startaplar uchun infratuzilmaga katta sarmoya kiritmasdan o\u2018z faoliyatini kengaytirish imkonini beradi. Facebook, X kabi ijtimoiy tarmoqlar startaplarga potensial mijozlar bilan bog\u2018lanish va mahsulot yoki xizmatlarni tez va arzon targ\u2018ibot qilish imkonini beradi.  <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\">Startap olamidagi muvaffaqiyatsizliklar<\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dastlab startaplarga xavfli sarmoya sifatida qaralgan. Ularning ko\u2018pchiligi mablag\u2018 yetishmasligi yoki bozorni yaxshi tushunmasligi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Biroq, bugungi kunda startaplar keng tarqalgan va o\u2018z biznesini yo\u2018lga qo\u2018ymoqchi bo\u2018lgan tadbirkorlar uchun ishonchli imkoniyat sifatida qaralmoqda.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startaplar uchun eng katta qiyinchiliklardan biri to\u2018g\u2018ri mablag\u2018 topishdir. Investorlarni jalb qilish uzoq va murakkab jarayon bo\u2018lib, bunga kafolat yo\u2018q. Bundan tashqari, ko\u2018plab startaplar aniq biznes modeli yoki mahsulot strategiyasiga ega bo\u2018lmagani uchun barbod bo\u2018ladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yana bir muammo: o\u2018z faoliyatini kengaytirish masalasi. Biznes muvaffaqiyatga erisha boshlaganida, talabni qondirish va o\u2018sishni boshqarish murakkablashishi mumkin. Ish to\u2018g\u2018ri boshqarilmasa, pul oqimi bilan bog\u2018liq muammolar kelib chiqishi mumkin.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eng keng tarqalgan muammolardan yana biri jamoa munosabatlarini boshqarishdir. Odatda kompaniya ish boshlaganida umumiy maqsadga ega bo\u2018lgan bir necha kishi ishtirok etadi. Ammo biznes o\u2018sib borgan sari, jamoadagi barcha a\u2019zolarning bir xil darajada g\u2018ayrat va majburiyatni saqlab qolishi qiyinlashadi. Bu kelishmovchiliklar va hatto xodimlarning ketib qolishiga sabab bo\u2018lishi mumkin.   <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\">Startaplar kelajagi<\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startaplar kelajagi tadbirkor va investorlar uchun juda qiziq mavzu. Texnologiyalarning rivojlanishi bilan biznes yuritish usuli, odamlarning o\u2018zaro munosabatlarida ulkan o\u2018zgarishlar sodir bo\u2018ldi. Startaplar bu inqilobning eng oldingi saflarida va ular biznes kelajagini harakatlantiruvchi kuch sifatida qolishi tabiiy hol.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startap kompaniyalari so\u2018nggi o\u2018n yillikda misli ko\u2018rilmagan darajada o\u2018sish va muvaffaqiyatga erishdi. Biz \u201cUber\u201d, \u201cAirbnb\u201d va \u201cSlack\u201d kabi kompaniyalar o\u2018z sohasida inqilob qildi, \u201cDropbox\u201d va \u201cPinterest\u201d singari kompaniyalarning esa yanada kengaydi. Ushbu biznes yuritish uslubini o\u2018zgartirayotgan yangi avlod tadbirkorlarining ta\u2019siri kelgusi yillarda ham sezilarli bo\u2018ladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Texnologiyalar rivojlanishda davom etar ekan avtomatlashtirish va sun\u2019iy intellekt o\u2018sishini ham ko\u2018ramiz. Bu startaplarni yanada samarali ishlashi, xarajatlarni kamaytirishi va raqobatbardosh bo\u2018lishi mumkinligini anglatadi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nihoyat, ijtimoiy foyda keltirish maqsadidagi startaplar soni oshishini ko\u2018ramiz. Insoniyat o\u2018zining atrof-muhitga ta\u2019sirini chuqurroq anglayotgani sababli ijtimoiy tadbirkorlik tobora ommalashmoqda. \u201cBeyond Meat\u201d va \u201cImpossible Foods\u201d kabi startaplar barqaror yechimlarni yaratish ustida faol ishlamoqda.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startap uchun eng muhimi \u2013 raqobatchilardan ajralib turish, ommadan farq qilish. Agar buni uddalay olsangiz, biznesda barcha imkoniyatlarga ega bo\u2018lishingiz mumkin. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startaplar tez sur\u2019atlarda rivojlanmoqda, tadbirkorlar g\u2018oyalarini amalga oshirish uchun har qachongidan ham ko\u2018proq imkoniyatlarga ega. Ushbu qiziqarli soha haqida ko\u2018proq bilishni istaganlar Erik Risning \u201cThe Lean Startup\u201d va Stiv Blankning \u201cThe Startup Owner\u2019s Manual\u201d kabi klassik kitoblarni o\u2018qishni boshlashi mumkin. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangilik izlayotganlar uchun Kleyton Kristensenning \u201cThe Innovator\u2019s Dilemma\u201d va Piter Tilning \u201cZero to One\u201d kabi kitoblari ajoyib tanlov bo\u2018ladi. Bundan tashqari muvaffaqiyatli tadbirkorlarning bloglari yoki Entrepreneur yoki TechCrunch kabi veb-saytlarda biznesni boshlash bo\u2018yicha maslahatlar beradigan onlayn manbalar mavjud. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Startap atamasi 1970-yillarning oxirigacha hech qaysi manbada ko\u2018rinish bermagan bo\u2018lsa-da, g\u2018oyasi ancha oldindan mavjud bo\u2018lgan. Ilk startaplarga eng mashhur misollaridan biri Benjamin Franklinning bosmaxonasidir. Franklin kitob, risola va gazetalarni chop etish orqali foyda olish mumkinligini anglagan ilk tadbirkorlardan edi. Sanoat inqilobi esa startaplarning turli shakllarini yuzaga chiqardi. Yangi texnologiyalar bilan zavod va fabrikalar tashkil etgan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":4035,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-4037","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-startaplar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4037","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4037"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4037\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4038,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4037\/revisions\/4038"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4035"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4037"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4037"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4037"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=4037"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}