{"id":4312,"date":"2025-02-23T09:20:01","date_gmt":"2025-02-23T09:20:01","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/qanday-qilib-deepseek-suniy-intellekt-brend-strategiyasini-ozgartirmoqda\/"},"modified":"2025-02-23T09:26:13","modified_gmt":"2025-02-23T09:26:13","slug":"qanday-qilib-deepseek-suniy-intellekt-brend-strategiyasini-ozgartirmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/qanday-qilib-deepseek-suniy-intellekt-brend-strategiyasini-ozgartirmoqda\/","title":{"rendered":"Qanday qilib DeepSeek sun\u2019iy intellekt brend strategiyasini o\u2018zgartirmoqda?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xitoyning DeepSeek sun\u2019iy intellekt kompaniyasi texnologiya sohasida katta shov-shuvga sabab bo\u2018lmoqda. U bir kechada mashhurlikka erishib, Apple\u2019ning App Store reytingida birinchi o\u2018rinni egalladi. ChatGPT hamda Gemini kabi raqobatchilarni ancha qisqa vaqt va kam byudjet bilan ortda qoldira oldi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018tgan hafta DeepSeek o\u2018zining DeepSeek-V3 deb nomlangan ochiq kodli chat-botining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Texnologik ekspertlarning fikricha, bu AQSh texnologiya sanoatiga qaratilgan jiddiy signal. DeepSeek-V3 shunchaki bir necha oy ichida ishlab chiqilgan bo\u2018lsa-da, ChatGPT-4o va Meta Llama kabi ilg\u2018or sun\u2019iy intellekt modellariga juda o\u2018xshash. U ancha kam byudjet va nisbatan oddiy kod va strategiyalar yordamida yaratilgan: ChatGPT\u2019ning so\u2018nggi versiyasi uchun 100 million dollar sarflangan bo\u2018lsa, DeepSeek bor-yo\u2018g\u2018i 6 million dollar bilan cheklangan. Bu yangilik investorlarning xavotiriga sabab bo\u2018ldi, Nasdaq fond bozori bir kunda 1 trillion dollarga tushib ketdi.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biroq texnologiya sanoatida inqilob qilayotgan ushbu kompaniya OpenAI\u2019ning qora girdob shaklidagi logotipi yoki robot tasviri bilan emas, yorqin ko\u2018k kit bilan o\u2018zini namoyon qilmoqda.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu dizayn hozirgi sun\u2019iy intellekt kompaniyalari orasida hukmron bo\u2018lgan brending tendensiyalariga zid. Bugungi AI kompaniyalari abstrakt dizaynlar va qat\u2019iy texnologik estetikani afzal ko\u2019rayotgan bo\u2018lsa, DeepSeek an\u2019anaviy qoidalarga qarshi borib, iste\u2019molchilarga yangi nuqtai nazar taklif qilmoqda. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">DeepSeek logotipi nima uchun e\u2019tibor tortmoqda?<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">DeepSeek logotipi yorqin ko\u2018k kit tasviridan iborat bo\u2018lib, u ekranda sakrayotgandek ko\u2018rinadi. Logotip bilan birga brend nomi yumaloq shriftida yozilgan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu vizual identifikatsiya qulaylik va do\u2018stona taassurot uyg\u2018otadi, bu esa brendni raqobatchilar orasida ajralib turishiga yordam beradi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Twitter\u2019ning mashhur logotipini yaratgan dizayner Martin Grasser so\u2018nggi yillarda texnologiya industriyasining brend identifikatsiyasida \u201cshaxsiylik va quvonch yetishmayotgani\u201d haqida fikr bildirdi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cBugungi kunda texnologiya kompaniyalarining dizayni bir xil. Ko\u2018pchiligida o\u2018ziga xoslik sezilmaydi,\u201d deydi u.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Grasser DeepSeek logotipi va uning ortidagi konsepsiyani \u201cyoqimli va qiziqarli\u201d deb baholadi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">DeepSeek o\u2018z logotipi dizayni bo\u2018yicha rasmiy izoh bermagan bo\u2018lsa-da, kompaniyaning chat-boti bu belgining \u201cchuqurlik, intellekt va kashfiyotni\u201d ifodalashi va kompaniya sun\u2019iy intellekt hamda chuqur o\u2018rganish (deep learning)iga mos kelishini qayd etdi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Landor agentligining bosh kreativ direktori Teemu Suvialaning fikricha, kit tasviri ko\u2018plab ramziy ma\u2019nolarga ega. Uning fikri quyidagicha: <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cKo\u2018plab madaniyatlarda kit donishmandlik, qudrat va farovonlik timsoli sifatida qabul qilinadi. Ba\u2019zi xalqlarda esa kitni ko\u2018rish kelajakdagi ijobiy o\u2018zgarishlarning belgisi sifatida talqin qilinadi.\u201d<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Suvialaga ko\u2018ra kitning okean bo\u2018ylab harakatlanishi DeepSeek foydalanuvchilari uchun kuchli metafora: \u201cYo\u2018nalishni belgilash (navigatsiya) g\u2018oyasi DeepSeek\u2019ning ochiq kodli tabiati bilan bog\u2018liq bo\u2018lib, bu jihat kompaniyani raqobatchilardan ajratib turadi.\u201d<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biroq Suviala va Martin Grasser DeepSeek brendi to\u2019laqonli mukammallikka yetmaganini ta\u2019kidladi. Ular fikricha, kichik o\u2018lchamda logotip deyarli ko\u2018rinmaydi. Grasser esa brendning tipografik yondashuvi haqida to\u2018xtalib, shrift \u201ctashvishli\u201d estetikani yuzaga keltirishini aytgan.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Suviala esa harflar orasidagi masofa izchil emasligini qayd etdi, bu esa vizual yaxlitlikni buzadi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday nomuvofiqliklar startaplarning brend shakllantirish jarayoniga xos hodisa bo\u2018lishi mumkin. Mustaqil kreativ direktor Ross Klugstonning fikricha, AQShdagi ko\u2018plab startaplar dastlab brendingga katta mablag\u2018 ajratmaydi, chunki: <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cKompaniya yetuklik bosqichiga yetib, investorlar oldida jiddiy biznes sifatida ko\u2018rinish berishga ehtiyoj sezmaguncha, brend identifikatsiyasiga katta e\u2019tibor qaratish zaruriy emas. Hayvon obrazlari esa ko\u2018pincha Twitter, Mailchimp, Tripadvisor va Evernote kabi quvnoq va ijtimoiy texnologik platformalar uchun ishlatiladi.\u201d<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu bois, DeepSeek bu yondashuvni ongli ravishda tanlagan bo\u2018lishi mumkin, chunki bunday dizayn kompaniyaning yumshoq, qulay va xavfsiz imidjini shakllantirishga yordam beradi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shunga qaramay, DeepSeek\u2019ning kutilmagan brending yondashuvi sun\u2019iy intellekt kompaniyasi sifatida raqobatchilarga moslashish o\u2018rniga, ulardan ajralib turishni maqsad qilgan degan fikrni shakllantiradi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cBrend tasavvur va noma\u2019lum olamni aks ettiradi \u2013 bu juda qiziqarli. Hamma narsani qamrab oluvchi va nazorat qiluvchi brendlardan ko\u2018ra, qiziquvchanlik hissini uyg\u2018otuvchi brend yoqimliroqdir,\u201d deydi Grasser.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Noodatiy dizayn uzoq muddatli bo\u2018lishi mumkinmi?<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi yillarda yetakchi sun\u2019iy intellekt kompaniyalari o\u2018z brend identifikatsiyasida aniq grafik elementlarga asoslangan dizayn uslublaridan foydalanmoqda.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Minimalistik, logotiplar \u2013 Replika, Jasper AI, Enzyme<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Abstrakt, girdob shaklidagi olti burchakli dizayn \u2013 OpenAI, DeepMind, Stability AI<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Ikkinchi darajali \u201cyulduzcha\u201d belgisi \u2013 OpenAI, Google, Adobe, Grammarly.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sun\u2019iy intellekt rivojlangan sari, katta texnologik kompaniyalar o\u2018z brendlarini ajratib ko\u2018rsatishdan ko\u2018ra, AI sohasida yetakchi ekanligini bildiruvchi umumiy identifikatsiya uslublariga ko\u2018proq e\u2019tibor qaratmoqda. Ushbu grafik elementlar iste\u2019molchilar ongida chuqur o\u2018rnashgani sababli, yangi AI kompaniyalari ko\u2018pincha tayyor vizual assotsiatsiyalarni ishlatib, mavjud tendensiyalarga moslashishga harakat qilmoqda. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu nuqtai nazardan, DeepSeek\u2019ning yangicha brending yondashuvi katta tavakkal hisoblanadi. Biroq, kompaniya o\u2018z tajribasi va kommunikatsiya uslubini qay tarzda yo\u2018lga qo\u2018yishi uning uzoq muddatli muvaffaqiyatini belgilovchi omillardan biri bo\u2018ladi. Teemu Suviala bu borada shunday deydi:  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cDeepSeek\u2019ning bu yondashuvi qanchalik muvaffaqiyatli bo\u2018lishi kompaniyaning kelgusi oylar ichida o\u2018zini qanday tutishiga bog\u2018liq.&raquo;<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ross Klugston esa DeepSeek\u2019ning brend strategiyasini quyidagicha baholaydi:<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cMen shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, DeepSeek har qanday holatda ham Silikon vodiysi, Wall Street va hukumat regulyatorlari uchun tashvish uyg\u2018otuvchi omil bo\u2018la oladi. Shu bois, kompaniyaning logotipini kichik, yoqimli kit sifatida yaratish strategik jihatdan to\u2018g\u2018ri qaror bo\u2018lgan.\u201d<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xitoyning DeepSeek sun\u2019iy intellekt kompaniyasi texnologiya sohasida katta shov-shuvga sabab bo\u2018lmoqda. U bir kechada mashhurlikka erishib, Apple\u2019ning App Store reytingida birinchi o\u2018rinni egalladi. ChatGPT hamda Gemini kabi raqobatchilarni ancha qisqa vaqt va kam byudjet bilan ortda qoldira oldi. O\u2018tgan hafta DeepSeek o\u2018zining DeepSeek-V3 deb nomlangan ochiq kodli chat-botining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Texnologik ekspertlarning fikricha, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":4310,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[53],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-4312","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-hisobotlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4312","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4312"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4312\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4313,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4312\/revisions\/4313"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4310"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4312"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4312"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4312"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=4312"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}