{"id":4332,"date":"2025-02-23T09:50:32","date_gmt":"2025-02-23T09:50:32","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/ozbekistonda-raqamli-moliya-kelajagi-imkoniyatlar-va-rivojlanish-strategiyalari\/"},"modified":"2025-02-23T09:58:56","modified_gmt":"2025-02-23T09:58:56","slug":"ozbekistonda-raqamli-moliya-kelajagi-imkoniyatlar-va-rivojlanish-strategiyalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/ozbekistonda-raqamli-moliya-kelajagi-imkoniyatlar-va-rivojlanish-strategiyalari\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda raqamli moliya kelajagi: imkoniyatlar va rivojlanish strategiyalari"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">FinTech sohasi shunchaki moliya bilan cheklanib qolmaydi \u2013 u bugun shakllanayotgan kelajakdir!<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Texnologiyalar an\u2019anaviy moliyaviy modellarga ta\u2019sir ko\u2018rsatib, to\u2018lov, kreditlash va investitsiya jarayonlarini yanada samarali, tezkor va keng ommaga ochiq ko\u2018rinishga keltirib bormoqda. Ushbu jadal rivojlanayotgan bozor yangi startaplar va ambitsiyali tadbirkorlar uchun katta imkoniyat taqdim etmoqda. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ammo bu bozor qanchalik to\u2018yingan? O\u2018zbekistonda hozir qanday o\u2018zgarishlar sodir bo\u2018lmoqda? Kelgusi yillarda qaysi segmentlar jadal o\u2018sadi? Bugun ushbu savollarga batafsil to\u2018xtalamiz.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>FinTech aslida nima?<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">FinTech (Financial Technology) \u2013 bu moliyaviy xizmatlar va zamonaviy texnologiyalarning integratsiyasi bo\u2018lib, innovatsion vositalar va platformalar orqali moliyaviy xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan. Bu soha onlayn to\u2018lov tizimlari, mobil banking ilovalari, kriptovalyutalar, investitsiya platformalari va sug\u2018urta xizmatlarini o\u2018z ichiga oladi. FinTech\u2019ning asosiy maqsadi \u2013 moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirish, ularni arzonroq va har bir foydalanuvchi uchun qulayroq qilishdan iborat.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">FinTech bozori quyidagi asosiy tendensiyalar ta\u2019sirida jadal rivojlanmoqda:<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mobil to\u2018lovlar \u2013 Apple Pay, Google Pay kabi xizmatlar tranzaksiyalarni tezroq va qulayroq amalga oshirish imkonini bermoqda. Ayniqsa, bank infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan hududlarda bunday tizimlar muhim rol o\u2018ynaydi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Robo-maslahatchilar \u2013 Sun\u2019iy intellekt (AI) asosida ishlovchi algoritmlar investitsiya va moliyaviy rejalashtirish jarayonlarini soddalashtirib, aholining keng qatlami uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ochiq bank tizimi (Open Banking) \u2013 Banklar o\u2018z API larini ochib, innovatsion moliyaviy xizmatlarning rivojlanishiga va mijozlar uchun yanada qulay ekotizim yaratilishiga yo\u2018l ochmoqda.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">InsurTech \u2013 Sug\u2018urta sektori raqamli texnologiyalarni joriy etib, jarayonlarni avtomatlashtirish orqali xizmat ko\u2018rsatish tezligi va samaradorligini oshirmoqda.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">P2P kreditlash \u2013 Peer-to-peer kreditlash platformalari an\u2019anaviy banklarni chetlab o\u2018tib, odamlar o\u2018rtasida bevosita qarz berish va olish imkoniyatini yaratib, foiz stavkalarini pasaytirishga yordam bermoqda.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>O\u2018zbekistonda FinTech: trend va imkoniyatlar<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistonda FinTech bozori tez sur\u2019atlarda rivojlanmoqda va katta potensialga ega. Raqamli moliyaviy yechimlarga bo\u2018lgan talab quyidagi omillar bilan oshib boryapti: <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Raqamlashtirish \u2013 banklar va moliyaviy institutlar onlayn banking, mobil ilovalar va raqamli to\u2018lov tizimlarini joriy etib, yangi FinTech startaplar uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mobil to\u2018lovlar \u2013 yosh avlodning aksariyati tranzaksiyalar uchun smartfonlardan foydalanmoqda. Payme va Click bozorning muhim qismini egallagan bo\u2018lsa-da, hali ham innovatsion yechimlar uchun imkoniyatlar mavjud. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startaplarni qo\u2018llab-quvvatlash \u2013 IT Park va boshqa akseleratorlar FinTech startaplarining rivojlanishini rag\u2018batlantirib, ularni moliyaviy va resurs jihatdan qo\u2018llab-quvvatlamoqda.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mikromoliya va kreditlash \u2013 Sun\u2019iy intellekt va Big data texnologiyalaridan foydalangan holda kredit \u201crisk\u201dlarini yanada aniq baholash va reyting tizimlarini takomillashtirish mumkin.<\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;2-3.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-4327\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistonda FinTech startaplari soni sezilarli o\u2018smoqda. Bu trend venchur kapital investitsiyalari hajmida ham aks etmoqda: faqatgina 2023-yilda FinTech startaplari $2.75 million mablag\u2018 jalb qilgan bo\u2018lib, ushbu sektor mamlakatda venchur investitsiyalari bo\u2018yicha yetakchi o\u2018rinni egalladi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Raqamli moliyaviy xizmatlarga bo\u2018lgan talabning ortib borishi va bozorning rivojlanish bosqichidaligi sababli O\u2018zbekiston FinTech tadbirkorlari uchun innovatsiya va kengayish imkoniyatlari bo\u2018yicha boy zamin hisoblanadi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistonda FinTech bozori qanchalik to\u2018yingan?<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayni vaqtda O\u2018zbekistonning FinTech bozori nisbatan rivojlanmagan bo\u2018lib, startaplar va yangi mahsulotlar uchun qulay sharoitlar yetarli emas. Raqobat darajasi ham hali to\u2018laqonli shakllanmagan, tadbirkorlarga o\u2018z yo\u2018nalishini topish va bozorda mustahkam o\u2018rin egallash imkoniyatini yaratmoqda. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan davlat tashabbuslari ushbu sohaning rivojlanishida muhim rol o\u2018ynaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev IT va FinTech sohalarining salohiyatini bir necha bor ta\u2019kidlab, aholi tarkibi asosan yoshlardan iboratligini va jahonning eng qimmat 10ta kompaniyasidan 7 tasi aynan ushbu sohalarda paydo bo\u2018lganini qayd etdi. Bu investorlar va tadbirkorlar uchun FinTech jozibadorligini ko\u2018rsatmoqda.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xususiy kompaniyalar ham bozor o\u2018sishiga faol hissa qo\u2018shmoqda. Uzum va TBC kabi misollar, mamlakatda FinTech bizneslari $1 milliarddan oshiq qiymatga yetishi mumkinligini ko\u2018rsatadi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Regulyatsiya o\u2018zgarishlari va bozorga kirish strategiyalari<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mahalliy o\u2018yinchilarning o\u2018sishi va FinTech\u2019ga qiziqish ortib borayotgan bo\u2018lsa-da, bozor so\u2018nggi yillarda muhim regulyatsion o\u2018zgarishlarga duch keldi. O\u2018tgan yil davomida Markaziy bank yangi to\u2018lov xizmatlari uchun birorta ham litsenziya bermadi. Natijada, faol kompaniyalar soni qisqarib, Cloudpayments, PSP va Yurt Pay kabi kompaniyalar bozorni tark etdi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2025-yilda davlat tomonidan qo\u2018shimcha imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda. Kompaniyalarga ilmiy-tadqiqot (R&amp;D) markazlari uchun kerakli uskunalarni bojxona bojisiz import qilish va operatsiyalarni kengaytirish imkoniyatlari beriladi. Ushbu omillar FinTech\u2019ni O\u2018zbekistonda eng tez rivojlanayotgan sohalardan biriga aylantiradi va yangi ishtirokchilar hamda innovatsion yechimlar uchun hali ham imkoniyatlar mavjudligini ko\u2018rsatadi.  <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;1-4-1024x928.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-4329\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>O\u2018zbekistondagi muvaffaqiyatli FinTech mahsulotlari<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistonda FinTech sohasida muvaffaqiyatli bo\u2018lgan bir qancha mahsulotlarning paydo bo\u2018ldi. Ular kelajakdagi tadbirkorlar va startaplar uchun namuna sifatida xizmat qilmoqda: <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Click, Payme, Oson, Paynet va Uzum \u2013 mamlakatdagi eng ommabop mobil to\u2018lov tizimlari bo\u2018lib, ular foydalanuvchilarga smartfon orqali tovar va xizmatlar uchun tezkor va xavfsiz to\u2018lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uzcard va Humo \u2013 O\u2018zbekistonning yetakchi to\u2018lov tizimlari bo\u2018lib, ular naqd pulsiz operatsiyalar va ichki pul o\u2018tkazmalarini ta\u2019minlaydi. Ushbu tizimlar mamlakatning moliyaviy infratuzilmasining asosiy qismini tashkil etadi va innovatsion to\u2018lov yechimlarini ishlab chiqmoqchi bo\u2018lgan startaplar uchun muhim tajriba maydoni hisoblanadi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta Bozor \u2013 O\u2018zbekistondagi birinchi onlayn sug\u2018urta Marketplace bo\u2018lib, foydalanuvchilarga majburiy OSAGO avtomobil sug\u2018urtasi, ixtiyoriy CASCO sug\u2018urtasi va xorijiy safarlar uchun yo\u2018lovchi sug\u2018urtasini xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IMAN va Alif \u2013 Markaziy Osiyoda Islom moliyasi sohasida faoliyat yurituvchi startaplar. Alif raqamli neobank sifatida faoliyat yuritib, shariat qoidalariga mos kreditlar va to\u2018lov yechimlarini taklif etadi. IMAN esa O\u2018zbekistonda ishlaydigan marketplace bo\u2018lib, savdogarlar, xaridorlar va investorlarni Islom moliyasi tamoyillari asosida mujassamlashtiradi. 2019-yilda tashkil etilgan IMAN shaffof va adolatli moliyaviy xizmatlarni taqdim etishga e\u2019tibor qaratib, halol moliyaviy mahsulotlarning rivojlanishiga hissa qo\u2018shib kelmoqda.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jett \u2013 investitsiyaga ixtisoslashgan platforma bo\u2018lib, brokerlar, FinTech kompaniyalari va chakana investorlarni bog\u2018lash orqali O\u2018zbekiston fond bozorining kengroq auditoriyaga ochilishiga xizmat qilmoqda. Ishga tushirilgandan beri O\u2018zbekiston fond birjasidagi barcha tranzaksiyalarning 70 foizdan ortig\u2018i aynan Jett orqali amalga oshirilgan, bu esa uning mahalliy moliyaviy bozorga katta ta\u2019sir ko\u2018rsatishini bildiradi. Jett, shuningdek, moliyaviy savodxonlikni oshirish va investorlar bilan aksiyadorlik jamiyatlari o\u2018rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga hissa qo\u2018shmoqda.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>FinTech startapini qanday ishga tushirish mumkin?<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar siz FinTech startapini yaratmoqchi bo\u2018lsangiz, quyidagi asosiy bosqichlar muvaffaqiyatga erishishda muhim ahamiyatga ega:<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Muammoni aniqlash. Startapingiz qanday aniq muammoni hal qilishini tushunib oling. Bu mavjud moliyaviy jarayonlardagi samarasizlikni bartaraf etish, foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish yoki kam ta\u2019minlangan mijoz segmentlari uchun maxsus yechimlarni ishlab chiqishni o\u2018z ichiga olishi mumkin.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bozor tadqiqoti. Raqobat muhiti, iste\u2019molchi ehtiyojlari va bozor tendensiyalarini chuqur tahlil qiling. Haqiqiy talabga mos keladigan mahsulot yaratish bozorni yaxshi tushunishni talab etadi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mahsulotni ishlab chiqish. Minimal ishlaydigan mahsulot (MVP) yarating va uni real foydalanuvchilar bilan sinab ko\u2018ring. Moliyaviy ilovalar sezgir ma\u2019lumotlar bilan ishlaydi, shuning uchun xavfsizlik va ishonchlilik birinchi o\u2018rinda bo\u2018lishi kerak.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Litsenziyalash. O\u2018zbekiston Markaziy bankidan zarur litsenziyalarni olish startapingizning rasmiy faoliyatini boshlash uchun muhim qadamdir. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Investitsiyalar jalb qilish. Loyihangizga qiziqqan investorlarni topish uchun akselerator va inkubator dasturlarida faol ishtirok eting. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Marketing va kengayish. Startapingiz ommalashishi uchun to\u2018liq marketing strategiyasini ishlab chiqing. Muvaffaqiyatli ishga tushirilgandan so\u2018ng, bozorda ulushingizni kengaytirishga e\u2019tibor qarating.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>O\u2018zbekiston \u2013 FinTech startaplar uchun ideal bozor<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">FinTech shunchaki vaqtinchalik trend emas, balki butun moliyaviy sektorni tubdan o\u2018zgartirayotgan inqilobdir. O\u2018zbekistondagi tadbirkorlar uchun bu innovatsiyaga boy va tez rivojlanayotgan sohaga kirish imkoniyatidir. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Raqamli moliyaviy xizmatlarga bo\u2018lgan talabning ortib borishi va davlat tomonidan kuchli qo\u2018llab-quvvatlanish O\u2018zbekistonni FinTech mahsulotlarini rivojlantirish uchun jozibador bozorga aylantirmoqda. Texnologiyalar oldinga siljishda davom etar ekan, ularning imkoniyatini anglab yetgan tadbirkorlar bozorning yetakchi o\u2018yinchilariga aylanishi mumkin. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FinTech sohasi shunchaki moliya bilan cheklanib qolmaydi \u2013 u bugun shakllanayotgan kelajakdir! Texnologiyalar an\u2019anaviy moliyaviy modellarga ta\u2019sir ko\u2018rsatib, to\u2018lov, kreditlash va investitsiya jarayonlarini yanada samarali, tezkor va keng ommaga ochiq ko\u2018rinishga keltirib bormoqda. Ushbu jadal rivojlanayotgan bozor yangi startaplar va ambitsiyali tadbirkorlar uchun katta imkoniyat taqdim etmoqda. Ammo bu bozor qanchalik to\u2018yingan? O\u2018zbekistonda hozir qanday [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":4326,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[53],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-4332","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-hisobotlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4332","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4332"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4332\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4333,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4332\/revisions\/4333"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4326"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4332"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4332"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4332"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=4332"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}