{"id":4853,"date":"2025-03-11T14:25:52","date_gmt":"2025-03-11T14:25:52","guid":{"rendered":"http:\/\/pivot.uz\/datatruck\/"},"modified":"2025-03-11T16:20:40","modified_gmt":"2025-03-11T16:20:40","slug":"datatruck","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/datatruck\/","title":{"rendered":"IT Park Ventures: O\u2018zbekistondagi startaplarga ilk venchur investitsiyalar"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cIT Park Ventures\u201d\u00a0venchur investitsiyalar maydoniga ishonch bilan kirib kelmoqda. U umumiy qiymati 650 000 AQSh\u00a0dollariga teng bo\u2018lgan dastlabki strategik bitimlarni imzolab, O\u2018zbekiston startap ekotizimida tezlik, samaradorlik va kengayishning yangi me\u2019yorini o\u2018rnatdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">100&nbsp;dan ortiq startapni sinchkovlik bilan o\u2018rganish jarayonida jamoa dastlabki rezidentlarni portfelga kiritishdan oldin 50 dan ziyod kompaniya bilan batafsil uchrashuvlar o\u2018tkazdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Tahlilga asoslangan investitsiyalar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tanlov jarayoni bozorni chuqur tahlil qilish, moliyaviy modellashtirish va strategik prognozlashga asoslandi.&nbsp;\u201cIT Park Ventures\u201d&nbsp;har bir startapning biznes modellari, raqobatbardosh ustunliklari va kengayish salohiyatini har tomonlama baholab, texnik, moliyaviy va huquqiy audit bilan to\u2018ldirdi. Unit-iqtisodiyot hisob-kitoblari amalga oshirildi va&nbsp;\u201cPlug and Play Tech Center\u201d&nbsp;tadqiqotlari bozor imkoniyatlari haqida qimmatli ma\u2019lumotlarni taqdim etdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startaplarning rivojlanishini tezlashtirish va ularni global darajaga olib chiqish uchun&nbsp;\u201cIT Park Ventures\u201d&nbsp;O\u2018zbekistondagi&nbsp;\u201cPlug and Play Tech Center\u201d&nbsp;ofisi, EMEA mintaqasi va AQShdagi ofislar bilan mahalliy vakolatxona orqali hamkorlik qilmoqda.&nbsp;\u201cPlug and Play Tech Center\u201d\u201cPayPal\u201d,&nbsp;\u201cDropbox\u201d&nbsp;va&nbsp;\u201cRappi\u201d&nbsp;kabi texnologik gigantlarga yordam bergan va fintech, AI, deep tech hamda boshqa sohalardagi istiqbolli loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlamoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har tomonlama tahlildan so\u2018ng, loyihalar investitsiya qo\u2018mitasiga taqdim etildi. U yerda mutaxassislar ularning strategiyasi, moliyaviy barqarorligi va texnologik istiqbollarini sinchkovlik bilan baholadilar. Natijada mamlakat venchur bozori uchun namuna bo\u2018lgan va O\u2018zbekistonning mintaqaviy innovatsiyalar markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlagan rekord darajadagi tezkor bitimlar tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Portfelning innovatsion startaplari<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>DATATRUCK: AQSh\u00a0logistika bozori uchun o\u2018zbek yechimi. Sun\u2019iy intellektga asoslangan yangi avlod TMS (Transportation management system)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Datatruck&nbsp;\u2014&nbsp;yuk tashish sohasidagi moliyaviy va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish platformasi bo\u2018lib, A seriyasidan oldingi&nbsp;bridj&nbsp;raundida&nbsp;\u201cIT Park Ventures\u201ddan 250 000 dollar mablag\u2018 jalb qildi. Uning innovatsion&nbsp;\u201cTruckGPT\u201d&nbsp;texnologiyasi qo\u2018lda bajariladigan amallarni 60 foizgacha kamaytiradi. AQShning 9000 dan ortiq banki bilan integratsiyalashuvi esa pul oqimlarini buyurtmalar bilan sinxronlashtirish imkonini beradi, bu esa logistika boshqaruvini yanada samaraliroq qiladi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"771\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-32-1-1024x771.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-4869\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-32-1-1024x771.jpg 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-32-1-300x226.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-32-1-768x578.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-32-1.jpg 1195w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u201c<\/em><em>Yuk tashish sanoati uzoq vaqt davomida eskirgan tizimlar va qo\u2018lda bajariladigan jarayonlar tufayli samarasizlikdan aziyat chekdi.&nbsp;<\/em><em>\u2018<\/em><em>Datatruck\u2019da biz buni AI-avtomatlashtirish yordamida operatsion boshqaruv va moliyani birlashtirish orqali o\u2018zgartirishga intilamiz.&nbsp;<\/em><em>\u2018<\/em><em>IT Park Ventures<\/em><em>\u2019<\/em><em>&nbsp;va&nbsp;<\/em><em>\u2018<\/em><em>Aloqa Ventures<\/em><em>\u2019<\/em><em>&nbsp;investitsiyalari tufayli biz ko\u2018lamni kengaytirish, jamoani mustahkamlash, mahsulotni takomillashtirish va hamkorlikni kengaytirish imkoniyatiga ega bo\u2018lamiz. Bizning e\u2019tiborimiz sohadagi asosiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan: moliyaviy jarayonlarning tarqoqligi, daromad yo\u2018qotishlari va operatsion samarasizlik, shuningdek, yuk tashish bozorini o\u2018zgartiradigan fintexga kirish va sun\u2019iy intellekt agentlarini rivojlantirish,<\/em><em>\u201d<\/em>&nbsp;\u2014&nbsp;dedi&nbsp;\u201cDataTruck\u201d&nbsp;hammuassisi va bosh direktori Shohrux Rahmonov.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Batafsil:&nbsp;<a href=\"http:\/\/www.datatruck.io\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">www.datatruck.io<\/a><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>GEOMOTIVE: tashqi reklamaning raqamli transformatsiyasi. Biznes egalari va reklama beruvchilar uchun ishonchli tahlil.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Geomotive&nbsp;\u2014&nbsp;LED ekranlarni yagona platformaga birlashtirgan DOOH-reklama marketpleysi.&nbsp;Seed bosqichida&nbsp;\u201cIT Park Ventures\u201ddan 200 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb etdi. Platforma brendlarga geotargeting, avtomatlashtirilgan xaridlar va aniq samaradorlik ko\u2018rsatkichlaridan foydalangan holda raqamli reklama moslashuvchanligi bilan reklama kampaniyalarini boshqarish imkonini beradi.&nbsp;\u201cGeomotive\u201d&nbsp;allaqachon O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston, Turkiya, Misr va Dubayda faoliyat yuritmoqda va yaqin kelajakda Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon, Iordaniya va Buyuk Britaniya bozorlariga&nbsp;kirib borishi kutilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"690\" src=\"http:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-31-1024x690.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-4864\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-31-1024x690.jpg 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-31-300x202.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-31-768x517.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-31.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u201c<\/em><em>IT Park Ventures tomonidan qo\u2018llab-quvvatlash biz uchun juda muhim. Bu bizga mahsulotlarimizni, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo bozorlarida rivojlantirishda yangi bosqichni boshlash imkonini beradi. Bundan tashqari, MENA, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda IT Park xalqaro tashabbuslarini&nbsp;<\/em><em>faol rivojlantirish bizning mahsulotimiz uchun ushbu mamlakatlarda ishga tushirish uchun ishonchli asos yaratadi,<\/em><em>\u201d<\/em>&nbsp;\u2014&nbsp;dedi&nbsp;\u201cGEOMOTIVE\u201dhammuassisi va&nbsp;texnik direktori&nbsp;Aleksey Xaynovskiy.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Batafsil:&nbsp;<a href=\"http:\/\/www.geomotive.io\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">www.geomotive.io<\/a><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>UNITLAB AI: Ma\u2019lumotlarni belgilash uchun qulay vosita va AI-dasturchilari uchun yordamchi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Unitlab AI&nbsp;\u2014&nbsp;ma\u2019lumotlarni belgilashni avtomatlashtirish, sun\u2019iy intellekt modellarini boshqarish va ularni o\u2018qitish uchun platforma. Startap&nbsp;Seed bosqichida&nbsp;\u201cIT Park Ventures\u201ddan 200 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb qildi.&nbsp;\u201cUnitlab AI\u201d&nbsp;texnologiyasi ma\u2019lumotlarni belgilashni 15 baravar tezlashtiradi, xarajatlarni 5 baravar kamaytiradi va muhandislarning 60 foizgacha vaqtini tejaydi. Kompaniya AQShda (Delaver) ro\u2018yxatdan o\u2018tgan va ilgari&nbsp;\u201c500 Global\u201d&nbsp;va&nbsp;\u201cStartup Wise Guys\u201ddan 210 000 dollar, shuningdek,&nbsp;\u201cNVIDIA\u201d,&nbsp;\u201cAWS\u201d&nbsp;va&nbsp;\u201cGoogle for Startups\u201ddan 300 000 dollarlik grantlar olgan.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"http:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-30-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-4866\" srcset=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-30-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-30-300x200.jpg 300w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-30-768x512.jpg 768w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-30-550x367.jpg 550w, https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/photo_2025-03-11_21-09-30.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u201c<\/em><em>IT Park Ventures\u2019ning dastlabki portfel kompaniyalaridan biri bo\u2018lishdan mamnunmiz. Bu nafaqat&nbsp;<\/em><em>investor<\/em><em>, balki ishonchli hamkordir.&nbsp;<\/em><em>Tashkilot<\/em><em>&nbsp;moliyaviy yordam berish bilan cheklanmay, bizni faol qo\u2018llab-quvvatlaydi va potensial mijozlar bilan bog\u2018laydi.&nbsp;<\/em><em>\u2018<\/em><em>IT Park Ventures<\/em><em>\u2019<\/em><em>&nbsp;jamoasi bizning bozorimiz va mahsulotimizni chuqur tushunadi, miqyosni kengaytirish va sotuvni rivojlantirish bo\u2018yicha qimmatli maslahatlar beradi. Ularning strategik yordami bizga yangi bosqichga chiqish va yangi bozorlarni muvaffaqiyatli o\u2018zlashtirishga yordam berishiga ishonamiz,<\/em><em>\u201d<\/em>&nbsp;\u2014&nbsp;deya ta\u2019kidladi&nbsp;\u201cUnitlab AI\u201d&nbsp;asoschisi va direktori Shohrux Bekmirzayev.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>IT Park Ventures: kelajakka sarmoya<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Azamat KARAMATOV,&nbsp;<\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>IT Park Ventures<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>&nbsp;bosh direktori:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cBu bitimlar shunchaki investitsiya emas, balki O\u2018zbekiston venchur bozorini rivojlantirishga qaratilgan strategik qadamdir. Ular yurtimizda jahon darajasidagi innovatsiyalar yaratilayotganini isbotlamoqda. Bizning maqsadimiz nafaqat moliyalashtirish, balki startaplarni global muvaffaqiyatga yetaklashdir. E\u2019tiborli jihati shundaki, Datatruck allaqachon AQShbozorida faoliyat yuritmoqda,&nbsp;\u2018Unitlab\u2019&nbsp;foydalanuvchilari esa asosan&nbsp;AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Kanada fuqarolaridir. Bu esa mazkur loyihalarning eksport salohiyati va xalqaro miqyosdagi talabini ko\u2018rsatib turibdi. O\u2018z navbatida, Geomotive loyihasi allaqachon MDH hududida ish olib bormoqda va Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika (MENA) bozorini zabt etishdek ulkan maqsadni o\u2018z oldiga qo\u2018ygan.\u201d<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cIT Park Ventures\u201d\u00a0venchur investitsiyalar maydoniga ishonch bilan kirib kelmoqda. U umumiy qiymati 650 000 AQSh\u00a0dollariga teng bo\u2018lgan dastlabki strategik bitimlarni imzolab, O\u2018zbekiston startap ekotizimida tezlik, samaradorlik va kengayishning yangi me\u2019yorini o\u2018rnatdi. 100&nbsp;dan ortiq startapni sinchkovlik bilan o\u2018rganish jarayonida jamoa dastlabki rezidentlarni portfelga kiritishdan oldin 50 dan ziyod kompaniya bilan batafsil uchrashuvlar o\u2018tkazdi. Tahlilga asoslangan investitsiyalar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[53],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-4853","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-hisobotlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4853","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4853"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4853\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4872,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4853\/revisions\/4872"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4853"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4853"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4853"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=4853"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}