{"id":4977,"date":"2025-03-15T09:34:55","date_gmt":"2025-03-15T09:34:55","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/rolls-royce-muhandislik-sanati-va-innovatsiyalar-uygunlashtirgan-brend-tarixi\/"},"modified":"2025-03-15T12:29:33","modified_gmt":"2025-03-15T12:29:33","slug":"rolls-royce-muhandislik-sanati-va-innovatsiyalar-uygunlashtirgan-brend-tarixi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/rolls-royce-muhandislik-sanati-va-innovatsiyalar-uygunlashtirgan-brend-tarixi\/","title":{"rendered":"Rolls-Royce: Muhandislik san\u2019ati va innovatsiyalar uyg\u2018unlashtirgan brend tarixi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Rolls-Royce shunchaki hashamatli avtomobil brendi emas. U mislsiz sifat va o\u2018lmas nafislik timsolidir. Uning avtomobillari oddiy transport vositasi emas, muhandislik san\u2019atining yuksak cho\u2018qqisidir. Biroq, Rolls-Royce hikoyasi faqat hashamatli avtomobillar haqida emas, balki mukammal yetakchilik, qat\u2019iyat bilan bosib o\u2018tilgan yo\u2018l haqida.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keling, uning tarixiga nazar solamiz. Henri Royce 1863-yilda Angliyaning kichik qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan. U qashshoqlikda ulg\u2018aygan va erta yoshdanoq og\u2018ir sinovlarni boshidan o\u2018tkazdi. Royce bor-yo\u2018g\u2018i to\u2018qqiz yoshida otasidan ayrilgan.   <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;2-1.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-4966\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Royce ta\u2019lim olish imkoniyatiga ega emas edi va maktabda atigi bir yil o\u2018qidi. Shunga qaramay, bilimga chanqoqligi va mehnatsevarligi uni muvaffaqiyat sari yetakladi. Dastlab telegramma yetkazish va gazeta sotish kabi oddiy yumushlar bilan shug\u2018ullangan bo\u2018lsa-da, bu ishlar unga mustahkam fe\u2019l-atvor va tirishqoqlikni singdirdi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">15 yoshida Great Northern Railway kompaniyasida shogird sifatida ish boshlashi hayotidagi burilish nuqtasi bo\u2018ldi. Bu tajriba unga muhandislik tamoyillarini anglash va sanoat innovatsiyalariga yo\u2018nalish berish imkonini yaratdi. Aynan shu tajriba keyinchalik Rolls-Royce brendining texnologik yuksalishiga asos soldi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Royce 21yoshida bor-yo\u2018g\u2018i 20 funt mablag\u2018 bilan o\u2018z biznesini boshladi. Tadbirkor Ernest Klaremont bilan hamkorlikda F.H. Royce and Company kompaniyasiga asos soldi. Dastlab, ular kichik elektr jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Biroq Roycening sifatlilik tamoyiliga sodiqligi kompaniyani tez orada muvaffaqiyat sari yetakladi. Natijada, ular yirik loyihalar, jumladan, kranlar va elektr dvigatellarini ishlab chiqarishni boshladi.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Roycening bu bilan cheklanmadi. U Decoville rusumli ishlatilgan avtomobil sotib olib, butunlay qismlarga ajratdi va ichki tuzilishini o\u2018rganishga kirishdi. Bu tajriba unga muhandislik jihatdan chuqur tushunchalar berdi va 1904-yil, 41 yoshida, ilk Royce 10 avtomobilini yaratdi. Ushbu modelda o\u2018ziga xos tekis old radiator dizayni qo\u2018llangan bo\u2018lib, bu keyinchalik Rolls-Royce avtomobillarining ajralmas belgisi sifatida dunyoga tanildi.   <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;3-1.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-4968\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Charlz Rolls<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Charlz Rolls 1877-yil badavlat oilada dunyoga keldi, imtiyozlarga boy muhitda ulg\u2018aydi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Rolls tug\u2018ma yetakchi edi. Bu uning universitet davrida velosiped klubi sardori sifatidagi faoliyati va Buyuk Britaniya avtomobil klubiga asos solganlardan biri bo\u2018lganidan ham bilish mumkin. Avtomobillarga bo\u2018lgan ishtiyoq uni Parijga olib bordi. U yerda ilk avtomobili \u2013 Peugeotni sotib oldi va Kembrij universitetida avtomobilga ega birinchi shaxsga aylandi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Rollsning avtomobillarga bo\u2018lgan qiziqishi biznes sohasida ham o\u2018z aksini topdi. U Buyuk Britaniyaning ilk avtomobil dilerlik markazlaridan biri \u2013 C.S. Rolls and Company\u2019ni tashkil etdi. Kompaniya Peugeot, Minerva kabi fransuz avtomobillarini import qilib, Britaniya avtomobil bozoriga yangi tamoyillar olib kirdi. Tadbirkorlik qobiliyati va texnologiyaga bo\u2018lgan e\u2019tibor Rollsni avtomobil sanoatining yetakchi shaxslaridan biriga aylantirdi.   <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;4-1.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-4970\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Rolls va Royce: kutilmagan hamkorlik<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1904-yil avtomobil sanoati tarixida inqilobiy uchrashuv \u2013 Henri Royce va Charlz Rolls yo\u2018llari kesishdi. Kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeyi mutlaqo farqli bo\u2018lsa-da, ikkovlonni dunyodagi eng yaxshi avtomobillarni yaratish orzusi birlashtirdi. Ularning ilk uchrashuvi Manchester shahridagi Midland mehmonxonasida o\u2018zaro do\u2018stlari orqali sodir bo\u2018ldi. Rolls odatda qudratli avtomobillarni afzal ko\u2018rardi, ammo Royce 10 modelining sifati uni hayratga soldi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu tarixiy uchrashuv natijasida ular strategik hamkorlikka erishdi. Rolls Royce ishlab chiqargan barcha avtomobillarni sotish majburiyatini oldi va mashinalar ikkalasining nomi bilan ishlab chiqariladigan bo\u2018ldi. Shu tariqa, Rolls-Royce brendi dunyoga keldi. Hamkorlik mukammal uyg\u2018unlikka ega edi:   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Rolls \u2013 karizma, savdo mahorati va moliyaviy resurslar olib keldi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Royce \u2013 muhandislik bilimlari va mukammallikka bo\u2018lgan intilishi bilan ajralib turardi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu sheriklik natijasida lyuks avtomobillar segmentida yangi standartlar o\u2018rnatildi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Rolls-Royce brendining tug\u2018ilishi<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1904-yilda Parijda o\u2018tkazilgan avtomobil ko\u2018rgazmasida birinchi Rolls-Royce \u2013 10 ot kuchiga ega model taqdim etildi. Uning innovatsion dizayni va yuksak sifati sanoat mutaxassislari e\u2019tiborini tortdi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1906-yilda Rolls-Royce Limited kompaniyasi rasmiy ravishda tashkil etildi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Royce muhandislik va ishlab chiqarishga e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Rolls esa o\u2018zining ijtimoiy aloqalari va marketing strategiyasi orqali brendni ommalashtirdi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Afsonaga aylangan model<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1907-yilda Rolls-Royce mashhur Silver Ghost modeli taqdim etildi. U ishonchliligi, hashamati va samaradorligi bilan avtomobil sanoatida yangi mezonlarni belgiladi. Ushbu model shu darajada mukammal ediki, unga \u201cDunyodagi eng yaxshi avtomobil\u201d unvoni berildi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Royce har bir detalga e\u2019tibor qaratishi va texnik mukammallikka intilishi tufayli, Rolls-Royce avtomobillari nafaqat hashamat ramziga, balki muhandislik san\u2019atining yuksak cho\u2018qqisiga aylandi.<\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;5-1.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-4972\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Rolls-Roycening eng birinchi logotipi<\/em><em><\/em><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Fojiali o\u2018lim<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Rolls-Royce taraqqiy etib borar ekan, Charlz Rolls aviatsiyaga tobora chuqurroq qiziqa boshladi. Sarguzashtparvar tabiati va yangi texnologiyalarga bo\u2018lgan ishtiyoqi uni Buyuk Britaniyaning ilk aviatorlaridan biriga aylantirdi. Rolls Wright Flyer samolyotida qariyb 200 ta muvaffaqiyatli parvoz amalga oshirib, aviatsiya sohasida muhim marralarni zabt etdi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Afsuski, 1910-yilda halokat yuz berdi. Rolls o\u2018zining Wright Flyer samolyotida parvoz qilayotgan vaqtida baxtsiz hodisaga uchradi va fojiali tarzda halok bo\u2018ldi. Shu tariqa u Buyuk Britaniya tarixida samolyot halokatida vafot etgan birinchi inson sifatida qayd etildi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu yo\u2018qotish nafaqat Rolls-Royce uchun, balki Henri Royce uchun ham juda og\u2018ir zarba edi. Royce Charlzni o\u2018z birodaridek qabul qilgan va uning g\u2018oyalari bilan ruhlangan edi. Biroq, Rollsning bevaqt vafoti Royceni to\u2018xtata olmadi \u2013 u kompaniyani avvalgidek yuksak sifat va innovatsiyaga sodiq holda rivojlantirishni davom ettirdi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Henri Royce kompaniyani murakkab sharoitlarda boshqarish mas\u2019uliyatini o\u2018z zimmasiga oldi. Birinchi jahon urushi davrida u ishlab chiqargan Rolls-Royce Eagle dvigateli Britaniya harbiy aviatsiyasining yarmidan ortig\u2018iga quvvat yetkazib berib, urush g\u2018alabasiga ulkan hissa qo\u2018shdi. Ushbu muvaffaqiyat Rolls-Royce\u2019ning aviatsiya sanoatidagi o\u2018rnini mustahkamladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ikkinchi jahon urushi yillarida esa Rolls-Royce Merlin dvigateli ishlab chiqildi. Ushbu dvigatel mashhur Spitfire va Hurricane jangovar samolyotlarini harakatga keltirgan bo\u2018lib, ittifoqchilar g\u2018alabasida hal qiluvchi rol o\u2018ynadi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Rolls-Royce merosi va innovatsiyalari<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Henri Royce 1933-yilda hayotdan ko\u2018z yumdi, ammo uning tamoyillari bo\u2018lgan mukammallik, innovatsiya va sifatga bo\u2018lgan qat\u2019iy sadoqat Rolls-Royce brendining asosiy falsafasi bo\u2018lib qolaverdi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1931-yilda kompaniya Bentley\u2019ni sotib oldi, bu esa Rolls-Royce\u2019ning sport avtomobillari bozoriga kirishiga yo\u2018l ochdi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1920\u20131930-yillarda chiqarilgan Phantom seriyali avtomobillar kompaniyaning an\u2019anaga sodiqligini saqlagan holda zamonaviy texnologiyalar bilan hamohang rivojlana olishini namoyon etdi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda Rolls-Royce muvaffaqiyat, hashamat va o\u2018lmas uslub so\u2018zlari bilan sinonimga aylangan. Brendning ramziy timsoli \u2013 Spirit of Ecstasy haykalchasi har bir Rolls-Royce avtomobilining kapotida porlab turib, kompaniyaning mukammallik, innovatsiya va boy tarixga bo\u2018lgan sodiqligini aks ettiradi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har bir Rolls-Royce avtomobili Henri Royce va Charlz Rollsning yetakchilik falsafasini o\u2018zida mujassam etadi. Bir tomonda mukammallik sari intilgan muhandis, ikkinchi tomonda esa tadbirkorlik va marketing iste\u2019dodi bilan sanoatni o\u2018zgartirgan lider \u2013 bu ikki shaxsning hamkorligi tarixdagi eng buyuk brendlardan birini yaratdi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Rolls-Royce tarixi tadbirkorlar va yetakchilar uchun ulkan ilhom manbai bo\u2018lib xizmat qiladi. Bu hikoya shuni ko\u2018rsatadiki, buyuklik nafaqat imtiyoz va meros bilan, balki qat\u2019iyat, mehnat va maqsadlarga sodiqlik bilan ham erishiladi. Xoh u biznes yaratish, xoh jamoani boshqarish bo\u2018lsin.  <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;6-1.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-4974\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Rasmda: Henry Royce<\/em><em><\/em><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Rolls-Royce tarixi shunchaki hashamatli avtomobillar hikoyasi emas: bu yetakchilik qudrati va mukammallikka intilishning yorqin namunasidir.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rolls-Royce shunchaki hashamatli avtomobil brendi emas. U mislsiz sifat va o\u2018lmas nafislik timsolidir. Uning avtomobillari oddiy transport vositasi emas, muhandislik san\u2019atining yuksak cho\u2018qqisidir. Biroq, Rolls-Royce hikoyasi faqat hashamatli avtomobillar haqida emas, balki mukammal yetakchilik, qat\u2019iyat bilan bosib o\u2018tilgan yo\u2018l haqida. Keling, uning tarixiga nazar solamiz. Henri Royce 1863-yilda Angliyaning kichik qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan. U qashshoqlikda ulg\u2018aygan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":4965,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[122],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-4977","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirkorlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4977","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4977"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4977\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4978,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4977\/revisions\/4978"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4965"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4977"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4977"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4977"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=4977"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}