{"id":5140,"date":"2025-03-20T07:37:02","date_gmt":"2025-03-20T07:37:02","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/wisdom-dictionary-a-new-era-in-language-learning\/"},"modified":"2025-03-21T11:24:18","modified_gmt":"2025-03-21T11:24:18","slug":"wisdom-dictionary-a-new-era-in-language-learning","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wisdom-dictionary-a-new-era-in-language-learning\/","title":{"rendered":"Wisdom Dictionary: Til o\u2018rganishda yangi davr"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistonning startap ekotizimi izchil rivojlanib, texnologik innovatsiyalar ta\u2019lim sohasiga ham faol kirib kelmoqda. <strong>Wisdom English-Uzbek Dictionary<\/strong> \u2013 bu sohaga qo\u2018shilgan muhim loyihalardan biri bo\u2018lib, ingliz va o\u2018zbek tillari o\u2018rtasida <strong>aniq, ishonchli va intuitiv tarjima imkoniyatlarini<\/strong> taqdim etadi. Mazkur platforma foydalanuvchilarga nafaqat so\u2018zlarni tarjima qilish, balki ularning <strong>kontekstdagi qo\u2018llanilishi, sinonim va antonimlari, grammatik xususiyatlari<\/strong> kabi ko\u2018plab muhim jihatlarni chuqur o\u2018rganish imkonini beradi. <strong>Startap asoschisi Hasan Abdullah<\/strong> bilan ushbu platformaning qanday g\u2018oya asosida yaratilgani, duch kelgan qiyinchiliklar va kelajak rejalari haqida suhbatlashdik.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u2014&nbsp; Dastlab, o\u2018zingiz va startap tarixi haqida gapirib bersangiz<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Men <strong>Abdullayev Hasanboy<\/strong> va ukam <strong>Husanboy<\/strong> bilan birgalikda <strong>Wisdom Dictionary<\/strong> startapining asoschilarimiz. Biz Toshkentdagi <strong>MDIST institutining birinchi bitiruvchilaridan<\/strong> hisoblanamiz. 2014-yilda Andijon viloyatida <strong>Wisdom o\u2018quv markazi<\/strong> asos solganmiz va hozirda <strong>uchta o\u2018quv markazimiz va &laquo;Kiddom&raquo; nomli uchta ingliz tili bog\u2018chamiz<\/strong> faoliyat yuritib kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">10 yildan ortiq vaqt davomida <strong>ingliz tili o\u2018qitish bilan shug\u2018ullanamiz<\/strong> va bu jarayonda <strong>asosiy muammo \u2013 so\u2018z boyligini oshirish<\/strong> ekanini tushundik. O\u2018quvchilar so\u2018zlarni faqat tarjima qilish bilan cheklanmay, balki <strong>ularni to\u2018g\u2018ri qo\u2018llay olishlari ham kerak<\/strong> edi. Dastlab biz <strong>kitob shaklida lug\u2018at yaratishga<\/strong> qaror qildik va <strong>2016-yilda uni nashr etdik<\/strong>. Biroq, texnologiya rivojlanishi bilan <strong>elektron lug\u2018at zarurligi ayon bo\u2018ldi<\/strong>, shuning uchun uni raqamli formatga o\u2018tkazishga qaror qildik.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Startapni ishga tushirishda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Eng katta qiyinchilik <strong>Oxford, McMillan, Longman va Cambridge kabi xalqaro lug\u2018atlardan 120,000 dan ortiq so\u2018z va iboralarni o\u2018zbek tiliga aniq tarjima qilish<\/strong> bo\u2018ldi. Bu jarayon <strong>3 yildan ortiq vaqt talab etdi<\/strong>. Keyingi muammo esa <strong>o\u2018zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish<\/strong> edi. Bu yana 2-3 yil vaqt olishi mumkin edi, ammo biz innovatsion yechim topdik. O\u2018zbekcha-inglizcha tarjimalarni <strong>ingliz tiliga tarjima qilingan so\u2018zlar asosida izlash tizimi<\/strong> bilan bog\u2018ladik va natijada boshqa lug\u2018atlarga nisbatan <strong>ancha yaxshiroq natija beruvchi<\/strong> tizim hosil bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Platformaning asosiy maqsadi va foydalanuvchilar uchun qanday afzalliklari bor?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Wisdom Dictionary<\/strong> faqat oddiy lug\u2018at emas, balki <strong>ingliz tilini o\u2018rganish uchun to\u2018liq ekotizim<\/strong>dir. Foydalanuvchilar <strong>so\u2018zlarni o\u2018rganish, grammatika, listening va speaking bo\u2018yicha mashq qilishlari<\/strong> va <strong>o\u2018yinlar orqali reytinglarini oshirishlari<\/strong> mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Wisdom Dictionary boshqa onlayn lug\u2018atlardan qanday farq qiladi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Ko\u2018pchilik lug\u2018atlar faqat tarjima qilish imkonini beradi. <strong>Wisdom Dictionary esa ijtimoiy tarmoq<\/strong> funksiyalarini ham o\u2018z ichiga oladi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Ingliz tiliga doir o\u2018yinlar<\/strong> orqali so\u2018z boyligini oshirish mumkin.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Do\u2018stlar bilan chat qilish<\/strong>, guruhlarda muhokamalar olib borish imkoniyati mavjud.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Reytinglar va challenge\u2019lar<\/strong> orqali foydalanuvchilar motivatsiya oladi.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Hozirda platformada nechta so\u2018z va iboralar mavjud?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Ayni paytda <strong>120,000+ so\u2018z va iboralar mavjud<\/strong>. Bundan tashqari, <strong>Oxford tomonidan har yili e\u2019lon qilinadigan yangi so\u2018zlar ham tizimga qo\u2018shib boriladi<\/strong>.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Kelajakda qanday yangi funksiyalar qo\u2018shiladi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Tez orada foydalanuvchilar <strong>Instagram uslubidagi inglizcha reels va storylar joylash<\/strong> imkoniga ega bo\u2018lishadi. Yani, <strong>til o\u2018rganish va ijtimoiy tarmoq bir joyga jamlanadi<\/strong>.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Wisdom Dictionary qanday biznes model asosida ishlaydi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Obuna tizimi va reklama modeli asosida ishlaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Startap investitsiya jalb qilganmi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Ha, hozirda <strong>Startup Garage va IT Park tomonidan investitsiya jalb qilish ishlari boshlangan<\/strong>.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Kelajakda global bozorga chiqish rejalari bormi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Dastlab O\u2018zbekiston bozorini egallab<\/strong>, keyinchalik <strong>xalqaro tillarni ham qo\u2018shib, dunyo bozoriga chiqishni rejalashtirganmiz<\/strong>.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Wisdom Dictionary\u2019ning asosiy raqobatchilari kimlar?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Duolingo, Lingodeer, Busuu va, albatta, sun\u2019iy intellekt tizimlari<\/strong> bizning asosiy raqobatchilarimiz hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Foydalanuvchilar sonini oshirish bo\u2018yicha qanday strategiyalar bor?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Reklama va influenserlar orqali auditoriyani kengaytirish.<\/li>\n\n\n\n<li>Do\u2018stlari bilan birga til o\u2018rganish imkonini berib, ijtimoiy tarmoq elementlarini qo\u2018shish.<\/li>\n\n\n\n<li>Do\u2018stini chaqirgan foydalanuvchilarga turli bonuslar berish.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Kelgusi 1-5 yil ichida qanday texnologik yangiliklar qo\u2018shiladi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Biz foydalanuvchilarga <strong>shaxsiy AI o\u2018qituvchi<\/strong> yaratishni rejalashtiryapmiz. Bu tizim foydalanuvchining <strong>o\u2018zlashtirish darajasi, qiziqishlari va bo\u2018sh vaqtiga<\/strong> qarab individual darslar tuzib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>O\u2018zbekiston startap ekotizimi haqida qanday fikrdasiz?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 O\u2018zbekiston startap bozori <strong>hali juda yosh<\/strong>. Hozirda <strong>investitsiya jalb qilish juda qiyin<\/strong>. Yirik investorlar startaplarni o\u2018zlari izlab keladigan darajaga yetkazish uchun ekotizimni rivojlantirish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 <strong>Yosh tadbirkorlarga qanday maslahat berasiz?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li>G\u2018oyangizni mutaxassislar bilan muhokama qiling.<\/li>\n\n\n\n<li>Startapingizni raqobatdan ajratib turadigan narsa nima?<\/li>\n\n\n\n<li>Loyihangiz moliyaviy daromad keltirishi shart.<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2018z biznesingizni o\u2018zingiz sindiring.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">                                                                                                                                      <strong>Muallif<\/strong>: Feruza Askaraliyeva<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonning startap ekotizimi izchil rivojlanib, texnologik innovatsiyalar ta\u2019lim sohasiga ham faol kirib kelmoqda. Wisdom English-Uzbek Dictionary \u2013 bu sohaga qo\u2018shilgan muhim loyihalardan biri bo\u2018lib, ingliz va o\u2018zbek tillari o\u2018rtasida aniq, ishonchli va intuitiv tarjima imkoniyatlarini taqdim etadi. Mazkur platforma foydalanuvchilarga nafaqat so\u2018zlarni tarjima qilish, balki ularning kontekstdagi qo\u2018llanilishi, sinonim va antonimlari, grammatik xususiyatlari kabi ko\u2018plab [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":5138,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-5140","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5140","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5140"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5140\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5183,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5140\/revisions\/5183"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5138"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5140"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5140"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5140"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=5140"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}