{"id":5205,"date":"2025-03-22T10:17:06","date_gmt":"2025-03-22T10:17:06","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/ayol-asoschilarning-kopayishi-ayollar-boshchiligidagi-startaplar-nega-tobora-ortib-bormoqda\/"},"modified":"2025-03-22T10:21:49","modified_gmt":"2025-03-22T10:21:49","slug":"ayol-asoschilarning-kopayishi-ayollar-boshchiligidagi-startaplar-nega-tobora-ortib-bormoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/ayol-asoschilarning-kopayishi-ayollar-boshchiligidagi-startaplar-nega-tobora-ortib-bormoqda\/","title":{"rendered":"Ayol asoschilarning ko\u2018payishi: ayollar boshchiligidagi startaplar nega tobora ortib bormoqda?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi yillarda dunyo tadbirkorligida katta o\u2018zgarish ro\u2018y bermoqda. Har qachongidan ko\u2018ra ko\u2018proq ayollar o\u2018z biznesini boshlamoqda. Texnologiyadan tortib modagacha, moliyadan sog\u2018liq va go\u2018zallik sohasigacha \u2013 ayollar turli yo\u2018nalishlarda startaplar ochib, nafaqat yangilik kiritmoqda, balki biznesga yangi, o\u2018ziga xos yondashuv olib kelmoqda. Bu vaqtinchalik trend emas. Bu tadbirkorlik dunyosining tobora o\u2018zgarayotganidan darak.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunga bir nechta sabablar bor. Hozirgi kunda ayollar ta\u2019lim olish, foydali tanishlar orttirish va startap boshlash uchun kerakli texnologik vositalarga ega. Jamiyatda ham ayollarning lider bo\u2018lishiga nisbatan ijobiy qarash paydo bo\u2018lmoqda. Endi ayollar o\u2018zlari istagan uslubda yetakchi bo\u2018lishga imkon topyapti.  <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Imkoniyatlar sari ayollar uchun yo\u2018l ochilmoqda<\/strong><\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uzoq yillar davomida ayollar biznes sohasida erkaklarga nisbatan ko\u2018proq to\u2018siqlarga duch kelishgan \u2013 uchrashuvlarda jiddiy qabul qilinmaslik, to\u2018g\u2018ri mentor topolmaslik yoki moliyaviy yordamga erisha olmaslik kabi muammolar keng tarqalgan edi. Ammo bu holat asta-sekin o\u2018zgaribmoqda. Aynan ayol tadbirkorlarni qo\u2018llab-quvvatlashga yo\u2018naltirilgan tashkilotlar va hamjamiyatlar soni ortmoqda. Masalan, <strong>SheEO yoki WBENC (Women\u2019s Business Enterprise National Council)<\/strong> kabi platformalar ayollar uchun mentorlik, investitsiya imkoniyatlari va haqiqiy yordam tarmoqlarini taqdim etmoqda.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu kabi maydonlar ayollarga odatda uchraydigan muammolarni yengishga yordam beradi \u2013 o\u2018ziga bo\u2018lgan ishonch yetishmasligi, investor topishda qiynalish yoki oila va ish o\u2018rtasida muvozanat saqlash kabi. Bundan tashqari, bu platformalar ayollarning bir-biridan o\u2018rganishiga va o\u2018z bizneslarini ishonch bilan rivojlantirishiga imkon yaratadi. <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Texnologiyalar imkoniyatlarni tenglashtirmoqda<\/strong><\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Raqamli vositalarning ommalashuvi biznes boshlashni hamma uchun ancha qulaylashtirdi. Ayniqsa ayollar bu texnologiyalardan jasorat va ijodkorlik bilan foydalanishmoqda. Tadqiqotlarga ko\u2018ra, ayol tadbirkorlar sun\u2019iy intellekt (AI)ni eng faol qo\u2018llayotganlar qatorida \u2013 mijozlarga xizmat ko\u2018rsatishdan tortib mahsulot ishlab chiqishgacha bo\u2018lgan jarayonlarda aynan AI ularga yordam bermoqda.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu esa ayollar boshchiligidagi startaplarga kichik jamoa yoki cheklangan mablag\u2018 bilan ham global miqyosda raqobatlasha olish imkonini beradi. Bulutli platformalar, onlayn marketing vositalari va AI asosidagi dasturlar tufayli ular mijozlarga yetib borish, masofaviy iste\u2019dodlarni yollash va biznesni tezda kengaytirish imkoniga ega. Buning uchun katta byudjet yoki Silikon vodiysida ofis bo\u2018lishi shart emas. <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Rahbarlik haqidagi tasavvurlarning o\u2018zgarishi<\/strong><\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eng muhim o\u2018zgarishlardan biri \u2013 odamlarning rahbarlik haqida o\u2018ylash tarzidir. Biznes dunyosi endi nihoyat, kuchli rahbar har doim kostyum kiygan erkakni anglatmasligini tan olmoqda. Ayollar hozir empatiya, hamkorlik va uzoq muddatli qarashlar bilan yetakchilik qiladi, va bu fazilatlar bugungi tez o\u2018zgarayotgan dunyoda kamida an\u2019anaviy usullar kabi samarali bo\u2018lib chiqyapti.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayol asoschilarning jamiyatda ko\u2018rinishi ularning ta\u2019sirini kuchaytiradi va bu beqiyos ahamiyatga ega. Ayollarning yuqori lavozimlarda ko\u2018payishi yosh avlodga faqat orzu emas, real voqelik ekanini anglatadi. Bu esa <strong>\u201cCEO faqat erkak bo\u2018lishi mumkin\u201d<\/strong> degan eskicha qarashlarni yo\u2018q qiladi va yanada ko\u2018proq ayollarni o\u2018z biznesini boshlashda ilhom beradi.  <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Ayollar tadbirkorligining iqtisodiy ta\u2019siri<\/strong><\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayollar boshchiligidagi bizneslarning ko\u2018payishi shunchaki ilhomlantiruvchi hikoya emas, bu butun iqtisodiyotga ta\u2019sir qiluvchi hodisa. McKinsey tadqiqotiga ko\u2018ra, tadbirkorlikdagi gender tafovutini yo\u2018qotish 2025-yilgacha global iqtisodiyotga 12 trillion dollar qo\u2018shishi mumkin. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayollar asos solgan kompaniyalar aqlli va barqaror bizneslar qurmoqda, ish o\u2018rinlari yaratmoqda va haqiqiy muammolarga yechim topmoqda. Yashil texnologiyalar, ruhiy salomatlik platformalari kabi sohalarda ular nafaqat foyda olish, balki jamiyatga foyda keltirishga ham e\u2019tibor qaratganlar \u2013 ya\u2019ni foyda va maqsad bir-biriga zid emasligini ko\u2018rsatishgan. <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Ammo muammolar hali ham mavjud<\/strong><\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yutuqlarga qaramay, ayol tadbirkorlar hanuz katta to\u2018siqlarga duch kelishmoqda. Ya\u2019ni aynan moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash masalasida. Ko\u2018plab davlatlarda sarmoya (venture capital) mablag\u2018larining <strong>2 foizdan kamrog\u2018i<\/strong> ayollar asos solgan startaplarga beriladi. Bu degani, kuchli g\u2018oya va jamoaga ega bo\u2018lishlariga qaramay, ayollar kerakli mablag\u2018ni yig\u2018ish uchun erkaklarga qaraganda ko\u2018proq harakat qilishlariga to\u2018g\u2018ri keladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu nomutanosiblikni bartaraf etish uchun barcha tomonlardan harakat talab etiladi. Investorlar o\u2018z portfellarini diversifikatsiya qilishlari kerak. Hukumatlar va xususiy kompaniyalar esa grantlar va moliyalashtirish dasturlariga kirishni osonlashtirishi lozim. Eng muhimi, ayollarga qaror qabul qiluvchi rollarda ko\u2018proq o\u2018rin berilishi kerak.   <\/p>\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Kelajak<\/strong><\/h5>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayol tadbirkorlarning ko\u2018payishi vaqtinchalik to\u2018lqin emas \u2013 bu uzoq muddatli o\u2018zgarishning belgisi. Ayollar innovatsiya qilgan, rahbarlik qilayotgani va o\u2018z bizneslarini rivojlantirayotgandek, ular tadbirkorlik qoidalarini ham yangidan yozishmoqda. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayollar asos solgan startaplarni qo\u2018llab-quvvatlash va ularga sarmoya kiritish orqali biz nafaqat xilma-xillikni rag\u2018batlantiramiz, balki barchamiz uchun kuchliroq, ijodiy va inklyuziv iqtisodiyotni quramiz. Harakat boshlangan. Endi esa uni davom ettirish vaqti keldi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Navro\u2018zaxon Bo\u2018riyeva<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u2018nggi yillarda dunyo tadbirkorligida katta o\u2018zgarish ro\u2018y bermoqda. Har qachongidan ko\u2018ra ko\u2018proq ayollar o\u2018z biznesini boshlamoqda. Texnologiyadan tortib modagacha, moliyadan sog\u2018liq va go\u2018zallik sohasigacha \u2013 ayollar turli yo\u2018nalishlarda startaplar ochib, nafaqat yangilik kiritmoqda, balki biznesga yangi, o\u2018ziga xos yondashuv olib kelmoqda. Bu vaqtinchalik trend emas. Bu tadbirkorlik dunyosining tobora o\u2018zgarayotganidan darak. Bunga bir nechta sabablar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":5203,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[122],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-5205","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirkorlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5205","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5205"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5205\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5206,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5205\/revisions\/5206"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5203"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5205"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5205"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5205"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=5205"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}