{"id":5239,"date":"2025-03-25T17:01:17","date_gmt":"2025-03-25T17:01:17","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/uolt-disney-oddiy-karikaturachidan-mojizaviy-imperiyagacha\/"},"modified":"2025-03-25T17:12:27","modified_gmt":"2025-03-25T17:12:27","slug":"uolt-disney-oddiy-karikaturachidan-mojizaviy-imperiyagacha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/uolt-disney-oddiy-karikaturachidan-mojizaviy-imperiyagacha\/","title":{"rendered":"Uolt Disney: oddiy karikaturachidan mo\u2018jizaviy imperiyagacha"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bir zamonlar noodatiy tasavvurga ega oddiy bir yigit yashagan. Uning ismi Valter Elias Disney edi. Bugun esa butun dunyoga sehrli va sevimli multfilmlar va afsonaviy Disneyland imperiyasining asoschisi sifatida tanilgan Uolt Disneydir.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Missuri shtatida oddiy fermer oilasida voyaga yetgan bu yigit 20-asrning eng muvaffaqiyatli tadbirkori va innovatorlardan biriga aylanishi haqida ilhomlantiruvchi hikoyasiga ega.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uning hayoti mehnatsevarlik, cheksiz ijodkorlik va orzular yo\u2018lidagi qat\u2019iy ishonch timsolidir.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Birinchi qadamlar: fermadan orzular sari<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uolt Disneyning hayot yo\u2018li oson kechmadi. U 1901-yil 5-dekabrda Missuri shtatining Marselin shaharchasidagi kichik bir fermada dunyoga kelgan. Bolaligida maktabga borishdan avval sigir sog\u2018ish va dala ishlarida ota-onasiga ko\u2018maklashardi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oilada moddiy sharoit og\u2018ir bo\u2018lsa-da, Uoltning tasavvuri nihoyatda boy edi. Doimiy ravishda multfilm qahramonlarini chizishga urinar, ukalari va singillariga qiziqarli va fantaziyalarga boy sehrli hikoyalar aytib berardi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1911-yilda Disneylar oilasi Kanzas-Sitiga ko\u2018chib o\u2018tdi. Yosh Uolt Benton boshlang\u2018ich maktabida tahsil oldi, kechki paytlari esa san\u2019atga bo\u2018lgan ishtiyoqi tufayli Kanzas-Siti san\u2019at institutida darslarga qatnab, ijodiy mahoratini shakllantirishda davom etdi. Shu bilan birga, u mahalliy gazeta uchun rassom sifatida ishlay boshladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1917-yilda AQSh Birinchi jahon urushiga qo\u2018shilgach, 16 yoshli Uolt o\u2018qishni tashlab, Qizil Xoch tashkilotida tez yordam mashinasi haydovchisi sifatida xizmat qilishga qaror qildi. Yoshligi sabab Yevropaga yuborilmagan bo\u2018lsa-da, bu tajriba unda vatanparvarlik va jamiyatga xizmat qilish mas\u2019uliyatini yanada kuchaytirdi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Urush tugaganidan so\u2018ng, Uoltning san\u2019atga bo\u2018lgan ishtiyoqi qayta alanga oldi. U tijoriy san\u2019at bilan shug\u2018ullanib, ilk animatsiya texnikalari ustida tajriba o\u2018tkaza boshlaydi. <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/pivot.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/&#x420;&#x438;&#x441;&#x443;&#x43D;&#x43E;&#x43A;2-5.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-5241\"\/><\/figure>\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Mikki Mausning tug\u2018ilishi<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1923-yilda Uolt Disney cho\u2018ntagida atigi 40 dollar va cheksiz orzular bilan Gollivud sari yo\u2018l oldi. U kichik bir studiyada komik filmlar rassomi sifatida ish boshladi, \u201cAlisaning mo\u2018jizaviy olami\u201d nomli qisqa animatsion film ustida ish olib bordi. Topgan daromadi evaziga akasi Roy bilan birgalikda \u201cDisney brothers studio\u201dga asos soldi. Bu esa uning buyuk g\u2018oyalari yo\u2018lidagi ilk muhim qadam edi   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biroq dastlabki yillar Uolt uchun oson kechmadi. Moliyaviy qiyinchiliklar sabab ko\u2018plab animatorlarini yo\u2018qotdi, ya\u2019ni ularning maoshini to\u2018lash uchun mablag\u2018i yetmasdi. Shunga qaramay, taslim bo\u2018lmadi. Nihoyat, 1928-yilda esa uning hayotini butunlay o\u2018zgartirgan qahramon dunyoga keldi \u2013 Mikki Maus.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mikki Maus ilk bor \u201cBug\u2018li kemachada\u201d (\u201cSteamboat Willie\u201d) nomli qisqa metrajli animatsion filmda paydo bo\u2018ldi. Bu film kino tarixidagi ilk sinxron ovozli animatsiya bo\u2018lib, butun dunyoda katta muvaffaqiyat va e\u2019tibor qozondi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mikki Mausning muvaffaqiyatidan ilhomlangan Uolt 1937-yilda animatsiya tarixidagi ilk to\u2018liq metrajli \u201cOqshomgul va yetti mitti\u201d filmini suratga oldi. Bu loyiha moliyaviy jihatdan katta tavakkal edi. Uolt film ishlab chiqarish uchun zarur mablag\u2018ni topish uchun hatto o\u2018zining hayot sug\u2018urtasini garovga qo\u2018ydi. Ammo uning o\u2018ziga ishonchi va mehnati samarasini berdi: film 8 million dollardan ortiq daromad keltirib, Disneyning eng katta yutuqlaridan biriga aylandi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Disney imperiyasining barpo etilishi<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cOqshomgul va yetti mitti\u201d kartinasining mislsiz muvaffaqiyatidan so\u2018ng Walt Disney Productions qisqa fursat ichida dunyodagi ko\u2018p tarmoqli ommaviy madaniyat imperiyasiga aylandi. 1940-yillarda kompaniya \u201cPinokkio\u201d, \u201cFantaziya\u201d, \u201cDambo\u201d va \u201cBambi\u201d kabi animatsion filmlarni yaratib, san\u2019at olamida yangi davrni boshlab berdi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1955-yilda esa Kaliforniyaning Anaheim shahrida ilk mavzuli istirohat bog\u2018i \u2013 Disneyland ochildi, bu loyiha nafaqat ko\u2018ngilochar sohada burilish yasadi, balki butun dunyo bolalarining orzulari ushaladigan mo\u2018jizaviy joyga aylandi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu bilan birga, Disney televizion sohada ham yetakchilikni qo\u2018lga oldi \u2013 Walt Disney Television dunyodagi ilk yirik televizion ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida maydonga chiqdi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uolt Disney animatsiya sohasiga ko\u2018plab innovatsiyalar olib kirdi. Xususan, chuqurlik va harakat illyuziyasini yaratuvchi multiplan kamera texnologiyasi badiiy ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1960-yillarga kelib, Disney nomi global miqyosda tanilgan brendga, kompaniya esa dunyo miqyosidagi ko\u2018ngilochar sanoat gigantiga aylandi. Uolt esa uning g\u2018oyaviy yetakchisi va ilhom manbai sifatida doimo oldinda edi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Sehr ortidagi innovatsiyalar<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Disneyning global miqyosdagi yuksalishida kompaniyaning innovatsiyaga ochiqlik va ijodkorlik madaniyati hal qiluvchi rol o\u2018ynadi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Walt Disney o\u2018z davridan ancha ilg\u2018or tafakkur egasi edi: u ishlab chiqarish jarayonlarida yuqori sifat va badiiy mukammallikni doimo birinchi o\u2018ringa qo\u2018ygan.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Animatsiya sanoatida soddalik va tejamkorlik maqsadida studiyalar ko\u2018pincha bir xil fon va obrazlarni qayta ishlatgan. Biroq, Disney har bir sahnani noldan yaratishni talab qilgan. Garchi bu ko\u2018proq xarajatni talab qilsa-da, mahsulot sifatini mislsiz darajada oshirgan.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uning yetakchiligida bir qator inqilobiy texnologiyalar ishlab chiqildi:<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Multiplan kamera \u2013 animatsiyalarda chuqurlik va vizual dinamika yaratishga xizmat qildi;<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Xerografiya texnologiyasi \u2013 chizmalarni siyohlash jarayonini soddalashtirdi va tezlashtirdi;<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Ovoz yozuvi va montajdagi yutuqlar \u2013 animatsion filmlarni tom ma\u2019noda \u201cjonlantirdi\u201d.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Disney nafaqat san\u2019atkor va innovator, balki o\u2018tkir marketing strategiyasiga ega bo\u2018lgan yetakchi ham edi. U o\u2018z qahramonlarini filmlar, mahsulotlar, televizion shoular va tematik bog\u2018lar orqali bir vaqtda ommaga taqdim etib, kuchli brend sinergiyasini yaratdi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, u tematik bog\u2018lar konsepsiyasini tubdan o\u2018zgartirdi \u2013 har bir detal, texnologik yechim va hikoya elementlari orqali mehmonlarga chinakam immersiv tajriba taqdim etildi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Disney mafkurasi<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uolt Disney\u2019ning buyuk muvaffaqiyati bir nechta asosiy tamoyillarga tayangan bo\u2018lib, bu qadriyatlar bugungi kunga qadar kompaniyaning yuragi bo\u2018lib qolmoqda:<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Optimizm va orzularga sadoqat. Qanchalik oddiy hayotdan boshlamasin, Uolt doimo katta orzu qilgan va ularni amalga oshirishga qat\u2019iy ishongan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Oilaviy qadriyatlar. Disney asarlari doimo samimiylik, mehr, muhabbat va baxtli yakunlar orqali oilaviy qadriyatlarni ulug\u2018lagan. Disneyland esa aynan oilaviy hordiq chiqarish uchun mo\u2018ljallangan edi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Kelajakni oldindan ko\u2018ra bilish. Uolt har doim texnologik yangiliklar, shaharsozlik va inson hayot tarzini yaxshilashga qaratilgan futuristik yondashuvlar orqali olg\u2018a intilgan. \u201cEPCOT\u201d \u2013 kelajak prototipi shahrining konsepsiyasi buning yaqqol namunasi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Ulkan maqsadlar va jasoratli orzular. Uoltning har bir tashabbusi animatsiyadan tashqariga chiqib, yangi olamlar yaratish niyatida bo\u2018lgan \u2013 tematik bog\u2018lar, shahar loyihalari, transport tizimlari va undan ortig\u2018ini o\u2018z ichiga olgan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00b7 Sinergik yondashuv. Disney har bir yaratilgan kontentni ko\u2018p platformalarda qayta ishlash orqali kuchli brend uyg\u2018unligini yaratdi. Ya\u2019ni filmlar, o\u2018yinchoqlar, TV shoular va bog\u2018lar orasidagi 360 darajali bog\u2018liqlikdir.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uolt Disney 1966-yilda, 65 yoshida vafot etdi. Ammo bugungi kunda ham uning ijodkorlik, innovatsiya va umidga asoslangan ruhiy merosi The Walt Disney Company faoliyatida hayotiyligicha davom etmoqda. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Uolt Disneydan asosiy saboqlar<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Disney faoliyatining ilk bosqichida ko\u2018plab sinovlarga duch keldi. U ijodiy fikrlash qobiliyati yetarli emasligi bahonasida gazeta ishidan bo\u2018shatilgan, birinchi studiyasi \u2013 Laugh-O-Gram bankrot uchragan, moliyaviy inqiroz tufayli jamoasini yo\u2018qotgan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ammo u hech qachon taslim bo\u2018lmadi, sobitqadamligi natijasida bugun butun dunyoda tan olingan Mikki Maus dunyoga keldi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cHayotimdagi har bir qiyinchilik, har bir to\u2018siq meni kuchliroq qildi\u201d, \u2013 deydi u.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Saboq: orzularingizga qat\u2019iy ishonch va aniq tasavvur bo\u2018lsa, yo\u2018ldagi har qanday muvaffaqiyatsizlikni yengib o\u2018tish mumkin.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Saboq: orzularingizga qat\u2019iy ishonch va aniq tasavvur bo\u2018lsa, yo\u2018ldagi har qanday muvaffaqiyatsizlikni yengib o\u2018tish mumkin. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Disney oilaviy mehr, begunohlik va ijobiy yakunlarga asoslangan hikoyalar orqali avlodlar tasavvurini shakllantirdi, nafaqat filmlar, balki kitoblar, televideniye va parklar orqali buni uddaladi. \u201cMen odamlar zavqlanib, nimanidir o\u2018rganishini afzal bilaman. O\u2018qitib, ularni zeriktirishni emas\u201d, \u2013 deydi u. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Saboq: kuchli hikoya \u2013 inson qalbi va ongiga eng chuqur ta\u2019sir o\u2018tkazadigan quroldir. Bu orqali abadiy qadriyat va barqaror brend yaratish mumkin. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uolt Disney kontent, obrazlar, mahsulotlar va tajribalarning o\u2018zaro uyg\u2018un tizimini shakllantirdi. U bir hikoyani turli platformalarda: film, mahsulot, televizion dastur yoki park orqali takror-takror jonlantirib, brendni mustahkamlab bordi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Saboq: brendni bir butun ekotizim sifatida shakllantirish \u2013 yuqori sifat, uyg\u2018unlik va hissiy aloqa orqali uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta\u2019minlaydi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uolt Disneyning hayoti ya\u2019ni fermadagi oddiy boladan global ko\u2018ngilochar imperiya asoschisigacha bo\u2018lgan tarixiy yo\u2018l \u2013 Amerika orzusi timsolidir. Uning har bir tashabbusi orzularning haqiqatga aylanishi mumkinligini isbotlaydi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u201cHammasi bitta sichqoncha bilan boshlandi,\u201d<\/em> \u2013 Uolt Disney!<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bir zamonlar noodatiy tasavvurga ega oddiy bir yigit yashagan. Uning ismi Valter Elias Disney edi. Bugun esa butun dunyoga sehrli va sevimli multfilmlar va afsonaviy Disneyland imperiyasining asoschisi sifatida tanilgan Uolt Disneydir. Missuri shtatida oddiy fermer oilasida voyaga yetgan bu yigit 20-asrning eng muvaffaqiyatli tadbirkori va innovatorlardan biriga aylanishi haqida ilhomlantiruvchi hikoyasiga ega. Uning hayoti [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":5237,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[53],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-5239","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-hisobotlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5239","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5239"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5239\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5244,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5239\/revisions\/5244"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5237"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5239"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5239"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5239"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=5239"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}