{"id":5501,"date":"2025-04-01T16:52:19","date_gmt":"2025-04-01T16:52:19","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/alisher-usmonov-forbes-royxatida-ilk-bor-ozbekiston-vakili\/"},"modified":"2025-04-01T17:01:40","modified_gmt":"2025-04-01T17:01:40","slug":"alisher-usmonov-forbes-royxatida-ilk-bor-ozbekiston-vakili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/alisher-usmonov-forbes-royxatida-ilk-bor-ozbekiston-vakili\/","title":{"rendered":"Alisher Usmonov: Forbes ro\u2018yxatida ilk bor O\u2018zbekiston vakili!"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Forbes<\/em> har yili dunyoning eng boy insonlari ro\u2018yxatini e\u2019lon qiladi. Bu yilgi yangilik esa biz uchun tarixiy voqea deyish mumkin. Alisher Usmonov ilk bor ro\u2018yxatga O\u2018zbekiston nomidan kiritildi!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avvallari u doim Rossiya fuqarosi sifatida ko\u2018rsatilar edi. Biroq hozirda Usmonov Toshkentda yashayotgani uchun, Forbes uni O\u2018zbekiston vakili sifatida tan oldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uning boyligi hozirda $16,7 milliard deb baholanmoqda va bu o\u2018tgan yildagidan $3,3 milliard ko\u2018p. Shuningdek, u dunyo reytingida 144-o\u2018rindan 125-o\u2018ringa ko\u2018tarilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Forbes nima asosida qaror qiladi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fuqarolik emas, doimiy yashash joyi muhim. Masalan, Pavel Durov Dubayda yashagani uchun BAA vakili sifatida ro\u2018yxatga kiritilgan. Pivot.uz shu o\u2018rinda Usmonov va u bosib o\u2018tgan yo\u2018l haqida to\u2018xtalib o\u2018tadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Talabalikdan ilk milliardgacha&nbsp;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Alisher Burxonovich Usmonov 1953-yil 9-sentabr kuni O\u2018zbekistonning Chust shahrida tug\u2018ilgan. U oiladagi to\u2018rt farzandning eng kattasi bo\u2018lib, otasi Burxon Usmonov Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Millati o\u2018zbek bo\u2018lgan Alisher Usmonov Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega. 2012-yilda u Rossiyaning eng boy odami sifatida e\u2019tirof etildi, Forbes jurnali uning boyligini 18,1 milliard dollar deb baholagan. 2013-yilda u <em>Bloomberg Markets Magazine<\/em>\u2019ning eng nufuzli 50 shaxs ro\u2018yxatiga kiritilgan. 2016-yilda esa Forbes\u2019ning Rossiyadagi eng boy insonlar reytingida 3-o\u2018rinni egallagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Usmonov uchun muvaffaqiyat siri \u2013 har qanday ishga yondashishda chegaralarni tan olmaslikdir. Bugungi kunda u ko\u2018plab yirik aktivlarga egalik qiladi. Ular qatoriga Rossiyadagi eng katta temir rudasi ishlab chiqaruvchi <em>Metalloinvest<\/em>, mamlakatdagi yirik mobil aloqa operatori <em>Megafon<\/em>, Angliyaning <em>Arsenal<\/em> futbol klubi va <em>Mail.ru<\/em>, <em>Facebook<\/em>, <em>VKontakte<\/em>, <em>Odnoklassniki<\/em> kabi internet-kompaniyalarning ulushlari kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>\u201cUch mushketyor\u201d ilhomi va talablik yillari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bolaligida \u201cUch mushketyor\u201d asaridan ilhomlangan Usmonov qilichbozlikka qiziqib qoladi va ikki yil ichida mamlakat terma jamoasi tarkibiga kiradi. Tez orada sport ustasi unvoniga ega bo\u2018ladi. Aynan sport orqali u kelajakdagi rafiqasi \u2013 badiiy gimnastika bilan shug\u2018ullanayotgan Irina Vinerni uchratadi. 1971-yilda u Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutiga (MGIMO) o\u2018qishga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biroq 1980-yilda uning hayotida qora kunlar boshlanadi \u2013 yuqori lavozimdagi amaldorlarning o\u2018g\u2018illari bilan birga mashhur \u201cPaxta ishi\u201d doirasida 8 yilga qamaladi. 1986-yilda yaxshi xulqi tufayli muddatidan ilgari ozod qilinadi. Keyinchalik Usmonov xorijlik boylarga O\u2018zbekiston tog\u2018larida ov safarlarini tashkil qiladigan sayyohlik kompaniyasini ochadi. Keyin do\u2018stlari yordamida Rossiyaga ko\u2018chib o\u2018tadi. Uning ilk biznesi polietilen paket ishlab chiqarish va tamaki savdosi bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1997-yilda u Rossiya Moliya akademiyasini \u201cBank ishi\u201d mutaxassisligi bo\u2018yicha tamomlaydi. O\u2018sha yillarda u \u201cBirinchi mustaqil bank\u201d direktorlar kengashi a\u2019zosi bo\u2018lib, \u201cRosneft\u201d, \u201cMiG\u201d, \u201cAlmazyuvelireksport\u201d kabi yirik kompaniyalar bilan ishlaydi. Ana shu davrda u ilk milliard dollarini topadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Yirik gaz va metall aktivlar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1997-yildan boshlab Usmonov \u201cGazprominvestxolding\u201dni boshqaradi va \u201cGazprom\u201dning xususiy qo\u2018llarga o\u2018tib ketgan aktivlarini qaytarish ishiga kirishadi. U bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajargan va \u201cGazprom\u201d yana yirik davlat kompaniyasiga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2004-yilda u \u201cMetalloinvest\u201d xoldingiga egalik qilib, dunyodagi eng badavlat insonlar qatoriga kiradi. 2007-yildan boshlab esa media sohasiga kirib keladi va <em>Kommersant<\/em> nashriyot uyini sotib oladi. 2008-yildan u internet kompaniyalarga sarmoya kiritadi va <em>DST Global<\/em> hamda <em>Mail.ru Group<\/em> aksiyalarining asosiy egasiga aylanadi. Keyinchalik Usmonov bu aktivlar ustidan to\u2018liq nazoratni qo\u2018lga kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Xayriya, madaniyat va sportga hissa<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Usmonov biznesdan tashqari jamiyat va sport rivojiga ham katta e\u2019tibor qaratadi. 2007-yilda u 72 mln dollarga Rostropovichga tegishli rasmlar kolleksiyasini uning bevasi Galina Vishnevskayadan sotib olib, Peterburgdagi Konstantin saroyiga hadya qiladi. Shuningdek, sovet multfilmlar jamlanmasini ham xarid qilib, \u201cBibigon\u201d kanaliga taqdim etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2014-yilda Nyu-Yorkdagi Christie\u2019s auksionida olim Jeyms Uotsonning Nobel medalini 4,1 mln dollarga sotib olib, uni yana Uotsonning o\u2018ziga qaytaradi. Olim bu saxiylikni chuqur qadrlaganini bildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2008-yilda Usmonov \u201cSan\u2019at, fan va sport\u201d jamg\u2018armasiga asos soladi va o\u2018sha yilning o\u2018zida 126 mln dollar xayriya qiladi. 2013-yilga kelib, Rossiyadagi eng faol xayriyachi metsenatlar ro\u2018yxatida yetakchi o\u2018ringa chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sport sohasiga kelsak, u 2008-yildan beri Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti hisoblanadi. 2015-yilda esa Rossiyada yangi rivojlanayotgan kibersport \u2014 <em>Virtus.pro<\/em> loyihasiga 100 mln dollarlik sarmoya kiritgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size wp-block-paragraph\"><strong>Shaxsiy hayot va qiziqishlar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2016-yilga kelib Usmonovning boyligi 12,5 milliard dollarga yetgan. U onasining nomi bilan atalgan ikkita \u201cDilbar\u201d yaxtasi hamda Airbus A320 samolyotiga egalik qiladi. Usmonov futbol sportiga qattiq mehr qo\u2018ygan va bu soha uchun milliardlab mablag\u2018 sarflagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Usmonov o\u2018z muvaffaqiyatining asosiy omili sifatida to\u2018g\u2018ri strategiya, nizo va bahslardan yiroq yurishni ko\u2018rsatadi. Shu sababli u ko\u2018p hollarda bahsli vaziyatlarda ham g\u2018olib bo\u2018lib chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Forbes har yili dunyoning eng boy insonlari ro\u2018yxatini e\u2019lon qiladi. Bu yilgi yangilik esa biz uchun tarixiy voqea deyish mumkin. Alisher Usmonov ilk bor ro\u2018yxatga O\u2018zbekiston nomidan kiritildi! Avvallari u doim Rossiya fuqarosi sifatida ko\u2018rsatilar edi. Biroq hozirda Usmonov Toshkentda yashayotgani uchun, Forbes uni O\u2018zbekiston vakili sifatida tan oldi. Uning boyligi hozirda $16,7 milliard deb [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":5499,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[122],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-5501","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirkorlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5501","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5501"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5501\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5504,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5501\/revisions\/5504"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5499"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5501"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5501"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5501"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=5501"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}