{"id":5530,"date":"2025-04-03T05:36:14","date_gmt":"2025-04-03T05:36:14","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=5530"},"modified":"2025-04-03T05:36:20","modified_gmt":"2025-04-03T05:36:20","slug":"samsung-qanday-qilib-kichik-dokondan-dunyo-yetakchisiga-aylandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/samsung-qanday-qilib-kichik-dokondan-dunyo-yetakchisiga-aylandi\/","title":{"rendered":"Samsung: qanday qilib kichik do\u2018kondan dunyo yetakchisiga aylandi?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Samsung \u2013 maishiy texnika, televizorlar, smartfonlar, yarimo\u2018tkazgichlar, xotira chiplari va integratsiyalashgan tizimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korporatsiyasi. Janubiy Koreyaning Suvon shahrida joylashgan ushbu kompaniya bugungi kunda texnologiya olamidagi eng mashhur brendlardan biri bo\u2018lib, mamlakat eksportining katta qismini o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Ilk qadamlar <\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Samsung 1938-yil 1-mart kuni Li Byong Chxul tomonidan Taegu shahrida oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do\u2018kon sifatida asos solingan. U mahalliy bozordan lapsha va boshqa turli mahsulotlarni sotib olib, ularni Xitoy va unga yaqin hududlariga eksport qilgan. Kompaniya nomi \u2013 <em>Samsung<\/em>&nbsp;koreys tilida \u201cuchta yulduz\u201d degan ma\u2019noni anglatadi. Koreya urushidan so\u2018ng Li o\u2018z biznesini yanada kengaytirib, mamlakatdagi eng yirik jun fabrikalaridan birini ishga tushirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Li o\u2018z faoliyatini sanoatlashtirishga yo\u2018naltirib, urushdan keyingi Koreyaning iqtisodiy tiklanishiga hissa qo\u2018shishni maqsad qilgan. Bu davrda uning kompaniyasi hukumat tomonidan joriy etilgan proteksionistik siyosatlar \u2013 yirik mahalliy konglomeratlarni qo\u2018llab-quvvatlash, ularni raqobatdan himoyalash va qulay moliyalashtirish sharoitlarini yaratish tufayli tez sur\u2019atlarda rivojlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1950-yillarning oxiriga kelib Samsung Koreyada uchta yirik tijorat banki, bir sug\u2018urta kompaniyasi, shuningdek, sement va o\u2018g\u2018it ishlab chiqaruvchi zavodlarni o\u2018z nazoratiga oldi. 1960-yillarda esa kompaniya yana bir nechta sug\u2018urta kompaniyasi, neftni qayta ishlash zavodi, neylon ishlab chiqarish korxonasi va universal do\u2018konni sotib oldi. Bu esa kompaniyaning nafaqat sanoat, balki moliya sohalarida ham yetakchilik qilishiga zamin yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Sanoat va ishlab chiqarishdagi rivojlanish <\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1970-yillarda Samsung to\u2018qimachilik sanoatida raqobatbardoshlikni ta\u2019minlash maqsadida butun ishlab chiqarish zanjiri \u2013 xom ashyodan tortib tayyor mahsulotgacha bo\u2018lgan to\u2018liq ishlab chiqarish &nbsp;tizimni yo\u2018lga qo\u2018ydi. Bu davrda Samsung Heavy Industries, Samsung Shipbuilding va Samsung Precision Company (keyinchalik Samsung Techwin) kabi yangi sho\u2018ba korxonalar tashkil etildi. Shuningdek, kompaniya og\u2018ir sanoat, kimyo va neft-kimyo sohalariga faol sarmoya kiritib, o\u2018zining barqaror o\u2018sishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Elektronikaga kirib kelish<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Samsung 1969-yilda elektronika sohasiga qadam qo\u2018yib, bir nechta bo\u2018limlarni tashkil etdi. Kompaniyaning ilk mahsuloti oq-qora televizorlar edi. 1970-yillarga kelib Samsung maishiy elektronika mahsulotlarini xalqaro bozorga eksport qila boshladi. O\u2018sha davrda u allaqachon Koreyaning yirik ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylangan va Korea Semiconductor kompaniyasining 50 foizlik ulushini sotib olgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Texnologik taraqqiyot<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida Samsung texnologik yo\u2018nalishlarda keskin kengayish bosqichiga o\u2018tdi. Kompaniya tarkibida alohida yarimo\u2018tkazgich va elektronika bo\u2018limlari tashkil qilinib, aviatsiya sohasi uchun yangi bo\u2018lim ochildi. Korxonalar uchun IT yechimlariga bo\u2018lgan ehtiyoj ortgani bois Samsung Data Systems (bugungi Samsung SDS) tashkil etildi. Bu qadam kompaniyaga axborot texnologiyalari xizmatlari sohasida tezda yetakchi mavqega ega bo\u2018lish imkonini berdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, Samsung ikkita ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etib, texnologik faoliyatini quyidagi sohalarga kengaytirdi: elektronika, yarimo\u2018tkazgichlar, yuqori polimer kimyosi, gen muhandisligi, telekommunikatsiya, aviatsiya va nanotexnologiyalar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Global darajadagi kompaniyaga aylanish<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1987-yilda kompaniya asoschisi Li Byong Chxul vafot etganidan so\u2018ng, rahbarlik uning o\u2018g\u2018li Li Kun Xiga o\u2018tdi. Samsung besh mustaqil kompaniyaga ajratildi. Elektronika sohasi Li Kun Xi nazoratida qoldi, qolgan to\u2018rt kompaniyani esa boshqa farzandlar boshqardi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Li Kun Xi Samsung\u2019ning mahalliy bozordagi ustun mavqeyi uni haddan tashqari qulay hududga olib kirgani va kompaniya global raqobatga tayyor emasligini tan oldi. U kompaniya rahbarlariga shunday degan edi: \u201cXotin va bolalaringdan tashqari hamma narsani o\u2018zgartir.\u201d<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">U ilgari surgan \u201cyangi boshqaruv\u201d konsepsiyasi doirasida Samsung rahbarlardan xatolarni ochiq tan olishni, quyi lavozimdagilarga esa tanqid bildirish huquqini berishni talab qildi. Sondan ko\u2018ra sifatini ustun qo\u2018ydi, ayollarni yuqori rahbarlik lavozimlariga tayinladi va byurokratiyani kamaytirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Yetakchilik va sinovlar<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Li Kun Xi tomonidan Samsung ichki madaniyatida amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida kompaniya global elektronika bozorida davomiy kengayib boraverdi. Biroq 1990-yillar nafaqat yutuqlar, balki bir qator jiddiy korporativ mojarolar bilan ham yodda qoldi. Samsung bir necha patent huquqini buzilishi bo\u2018yicha da\u2019volar va poraxo\u2018rlik ishlariga duch keldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hatto 1996-yilda Li Kun Xi sobiq prezident Ro Tae Vuga pora berganlikda aybdor deb topildi. U ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi, ammo sudya hukmni shartli jazo bilan almashtirdi va 1997-yilda u afv etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shunga qaramay, Samsung texnologik salohiyati va mahsulot sifati bo\u2018yicha barqaror o\u2018sishni saqlab qoldi. Kompaniyaning yarimo\u2018tkazgichlari, kompyuter monitorlari va LCD ekranlari o\u2018z toifalarida global bozor ulushi bo\u2018yicha yetakchi beshlikka kirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Smartfonlar va iste\u2019mol texnologiyalaridagi yetakchilik <\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2000-yillar Samsung o\u2018zining Galaxy smartfon turkumini yaratib, global texnologiya bozorida katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu mahsulotlar nafaqat kompaniyaning eng mashhur qurilmalariga aylandi, balki dunyodagi eng ko\u2018p sotilgan smartfonlar qatoridan joy oldi. Shuningdek, Samsung Apple\u2019ning ilk iPhone modellariga mikroprotsessor yetkazib bergan va XX\u2013XXI asrlar davomida eng yirik mikrochip ishlab chiqaruvchilardan biri bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2006-yildan buyon Samsung dunyodagi eng ko\u2018p televizor sotgan ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. 2010-yilda Galaxy liniyasi Galaxy Tab orqali planshetlar segmenti kengaydi, 2013-yilda esa Galaxy Gear yordamida aqlli soatlar bozorga kirib keldi. 2019-yilda kompaniya o\u2018zining ilk bukiluvchi smartfoni bo\u2018lgan Galaxy Fold\u2019ni taqdim etdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2008-yil aprel oyida Li Kun Xi ishonchni suiiste\u2019mol qilish va soliq to\u2018lashdan bo\u2018yin tovlash ayblovlari bilan hibsga olindi va oradan ko\u2018p o\u2018tmay Samsung raisligidan iste\u2019foga chiqdi. U soliq to\u2018lashdan bo\u2018yin tovlaganlikda aybdor deb topildi, qariyb 80 million AQSh dollari miqdorida jarima belgilandi va uch yilga shartli qamoq jazosi tayinlandi. 2009-yil dekabrida esa u Janubiy Koreya hukumati tomonidan afv etildi, bu unga Xalqaro Olimpiya Qo\u2018mitasi tarkibida qolish va Janubiy Koreyaning 2018-yil Pxyonchxan qishki olimpiadasi mezbonligini qo\u2018lga kiritish bo\u2018yicha tashabbusiga boshchilik qilish imkonini berdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>2010-yildan keyingi rahbariyat va rivojlanishlar<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2010-yil mart oyida Samsung Group rahbariyati Li Kun Xini konglomeratning eng yirik bo\u2018limi \u2013 Samsung Electronics boshqaruviga qaytardi. Oradan ko\u2018p o\u2018tmay, u butun Samsung Group\u2019ning raisi sifatida faoliyatini tikladi. 2014-yilda yurak xurujiga uchragan Li Kun Xi koma holatga tushib qoldi. Garchi u rasmiy lavozimlarini saqlab qolgan bo\u2018lsa-da, Samsung Group\u2019ning amaldagi rahbari sifatida uning o\u2018g\u2018li Li Chje Yon (Jay Y. Lee) faoliyat yurita boshladi. &nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2017-yilda Li Chje Yon sobiq prezident Park Geun Xega pora berganlikda aybdor deb topilib, qamoq jazosiga hukm qilindi. U bir yildan so\u2018ng jazosi shartli jazo bilan almashtirilib, ozodlikka chiqarilgan edi. Biroq bu qaror keyinchalik bekor qilindi va u 2021-yil yanvar oyida yana qamoqqa qaytarildi. Oradan yetti oy o\u2018tib shartli ravishda ozod qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Li qamoqda bo\u2018lgan davrda kompaniya boshqaruvi ikki, keyinchalik uch nafar bosh direktor o\u2018rtasida bo\u2018lingan holda davom etdi. Shu bilan birga, Li 2020-yilda yana bir moliyaviy jinoyat bo\u2018yicha ayblov bilan yuzlashdi. Bu ish 2015-yilda kompaniyaning ikki sho\u2018ba korxonasi o\u2018rtasida amalga oshirilgan qo\u2018shilish jarayonidan kelib chiqqan edi. Hukumat birlashuvda kompaniyalar qiymati ataylab manipulyatsiya qilingani, buning orqali Li Samsung ustidan to\u2018liq nazoratni mustahkamlashga uringanini bildirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2020-yilda Li Kun Xi vafot etganidan so\u2018ng, uning o\u2018g\u2018li Li Chje Yon rasmiy ravishda Samsung Group boshqaruvini o\u2018z qo\u2018liga oldi. 2022-yilda esa u Samsung Electronics\u2019ning ijrochi raisi etib tayinlandi. Uning rahbarligi ostida kompaniya sun\u2019iy intellekt (AI) va yangi avlod yarimo\u2018tkazgich ishlab chiqarish texnologiyalari kabi ilg\u2018or yo\u2018nalishlarga alohida e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2020-yillarning boshlarida Samsung\u2019ning yarimo\u2018tkazgich bo\u2018limi global talabning pasayishi hamda savdoning tushishini boshdan kechirdi. Bu muammoni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqarish hajmini kamaytirildi va yuqori darajadagi chiplar ishlab chiqarishga katta sarmoya kiritildi. Mobil qurilmalar segmentida Galaxy liniyasi yangi bukiluvchi smartfonlar \u2013 Galaxy Z Flip va Galaxy Z Fold bilan kengaytirildi. Shuningdek kompaniya yangi aqlli soatlar va smart uy mahsulotlarini ham bozorga taqdim etdi. Samsung\u2019ning televizorlar ishlab chiqarish sohasi esa hanuzgacha kompaniyaning asosiy kuchli yo\u2018nalishlaridan biri bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Samsung \u2013 maishiy texnika, televizorlar, smartfonlar, yarimo\u2018tkazgichlar, xotira chiplari va integratsiyalashgan tizimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korporatsiyasi. Janubiy Koreyaning Suvon shahrida joylashgan ushbu kompaniya bugungi kunda texnologiya olamidagi eng mashhur brendlardan biri bo\u2018lib, mamlakat eksportining katta qismini o\u2018z ichiga oladi. Ilk qadamlar Samsung 1938-yil 1-mart kuni Li Byong Chxul tomonidan Taegu shahrida oziq-ovqat mahsulotlari [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":5531,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[128],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-5530","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-brendlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5530","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5530"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5530\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5533,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5530\/revisions\/5533"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5531"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5530"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5530"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5530"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=5530"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}