{"id":5597,"date":"2025-04-04T05:41:56","date_gmt":"2025-04-04T05:41:56","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/dolce-gabbana-otkinchi-modalar-ichidagi-barqaror-klassika\/"},"modified":"2025-04-04T05:45:56","modified_gmt":"2025-04-04T05:45:56","slug":"dolce-gabbana-otkinchi-modalar-ichidagi-barqaror-klassika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/dolce-gabbana-otkinchi-modalar-ichidagi-barqaror-klassika\/","title":{"rendered":"Dolce &amp; Gabbana: o\u2018tkinchi modalar ichidagi barqaror klassika"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2023-yilgi \u201cGrammy\u201d mukofoti tadbirida Lizzo qo\u2018lda tikilgan, turli rangda tovlanuvchi, ipak gullar bilan bezatilgan Dolce &amp; Gabbana libosida sahnaga chiqib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Boshqa hashamatli moda uylari orasida nisbatan yangi bo\u2018lishiga qaramay, Dolce &amp; Gabbana o\u2018ziga xos dizayni va italyan madaniyatiga bo\u2018lgan sadoqati bilan dunyo bo\u2018ylab millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Dastlabki qadamlar<\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1985-yilda asos solingan Dolce &amp; Gabbana modalar olamida mustahkam o\u2018rin egalladi. Brend o\u2018ziga xos uslubi \u2013 italyan madaniyati unsurlarini zamonaviy moda bilan uyg\u2018unlashtirishi bilan ajralib turadi. Va bu uslub dunyo bo\u2018ylab moda ixlosmandlariga manzur bo\u2018ldi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uning tarixi bor-yo\u2018g\u2018i 1500 dollar mablag\u2018 bilan yo\u2018lga chiqqan ikki iste\u2019dodli dizayner \u2013 Domenico Dolce va Stefano Gabbana bilan bog\u2018liq. Ular o\u2018z faoliyatini Milandagi atelyeda yordamchi sifatida boshlagan. O\u2018zaro hamkorlik va modaga bo\u2018lgan ishtiyoq tufayli 1985-yilda ilk ayollar kiyimlari kolleksiyasini taqdim etishdi. Ushbu debyut katta muvaffaqiyat qozonib, yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keyingi yillar brend uchun nafaqat ayollar modasida, balki erkaklar kiyimlari, xushbo\u2018y atirlar va aksessuarlar kolleksiyasini ishlab chiqarishda ham juda omadli bo\u2018ldi. Italiya, Gongkong va Yaponiya kabi mamlakatlarda katta muvaffaqiyatga erishdi. Ularning dizaynida bohem uslubi yaqqol aks etgan: naqshlar, chuqur, dramatik ranglar ustuvorlik qilardi. Ular modani nafaqat san\u2019at, balki kinematografik hikoya tarzida ko\u2018rardi va har bir kolleksiya muayyan syujet asosida yaratilardi.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Brend kolleksiyasida gangstercha pinstripe kostyumlar, naqshli palto kabilar mavjud edi. Ayniqsa, ayollar kolleksiyasi hozirgi kunda ham kuchli reklama kompaniyalari bilan doimiy e\u2019tiborda bo\u2018lib kelmoqda. 1996-yilda dizaynerlar moda va musiqa uyg\u2018unligini sinab ko\u2018rdi, o\u2018zlari yozgan qo\u2018shiq orqali \u201cD&amp;G bu \u2013 sevgi\u201d shiorini ilgari surishdi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1997-yilga kelib kompaniya 400 million funt sterling miqdorida daromad ko\u2018rsatkichiga erishdi va dizaynerlar 40 yoshida nafaqaga chiqish rejasini e\u2019lon qildi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2010-yilda brend Avstraliyaning Melburn shahrida o\u2018zining yangi markazini ochdi. Garchi joy tanlash jarayoni qiyin bo\u2018lgan bo\u2018lsa-da, yakunda shaharning markaziy nuqtasi bo\u2018lgan Collins ko\u2018chasi tanlandi. Domenico Dolce va Stefano Gabbana bugun romantik munosabatda bo\u2018lmasalar-da, ularning professional hamkorligi tobora mustahkamlanmoqda. Milan sahnasida ilk bor paydo bo\u2018lgan bu duet hozirda zamonaviy modaning yirik nomlaridan biriga aylangan.   <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Brend qanday sotuvga erishdi?<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dolce &amp; Gabbana bugungi kunda o\u2018z mahsulotlarini asosiy ehtiyojga ega auditoriya sifatida 65 foiz ayollar va 35 foiz erkaklarga mo\u2018ljallagan. Mijozlarning yoshi odatda 25 yoshdan 65 yoshgacha bo\u2018lsa-da, kompaniya o\u2018z marketing strategiyasida 15 &#8211; 25 yosh oralig\u2018idagi auditoriyani ham faol qamrab oladi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Brendning bozorga yo\u2018nalishi shuni ko\u2018rsatadiki, Dolce &amp; Gabbana yuqori yoki o\u2018rta daromadga ega, xarid qobiliyati yuqori bo\u2018lgan ijtimoiy qatlamni qamrab oladi. Shu bois kompaniya klassik marketing miksi \u2013 ya\u2019ni mahsulot, narx, targ\u2018ibot va kommunikatsiya kabi tamoyillarga asoslangan strategiyadan foydalandi. Bu yondashuv har bir bosqichda mijozlarning ehtiyoji va talablariga moslashish imkoniyatini yaratadi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Brendning raqobatchilar orasida ajralib turishiga sabab bo\u2018luvchi asosiy jihat shundaki, Dolce &amp; Gabbana har doim aniq maqsad va yo\u2018nalishga ega bo\u2018lgan strategik rejalashtirish orqali o\u2018z o\u2018rnini mustahkamlab kelayotganidir. Kompaniya hashamatni faqat narx bilan emas, balki taassurot, eksklyuzivlik va shaxsiy qadriyatlarning ifodasi sifatida taqdim etadi. Shu bois Dolce &amp; Gabbana mijozlar ongida sifat va estetik nafislik timsoli sifatida shakllangan.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Brendni zamon bilan uyg\u2018unlashtirish maqsadida dizaynerlar Dolce &amp; Gabbana qadriyatlarini yangicha kontekstda taqdim etdi. Jumladan, ular oilaning rang-barangligini madh etish uchun #DGFAMILY xeshtegi ostida faoliyat boshladi. Foydalanuvchilardan o\u2018z oilaviy suratlarini kompaniyaning rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda baham ko\u2018rishni so\u2018rashdi. Bu esa kontent hajmini keskin oshirdi. Natijada, yil yakunida brendning umumiy daromadi 1 milliard 55.9 million yevroni tashkil etdi.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Brendning logotipi esa uning barqarorlik falsafasini o\u2018zida mujassam etadi. U tashkil topganidan buyon mutlaqo o\u2018zgarmagan. Bu esa brend imiji va marketing olamida sodir bo\u2018layotgan keskin o\u2018zgarishlar fonida Dolce &amp; Gabbananing izchil va mustahkam qadriyatlar asosida harakat qilayotganini ko\u2018rsatadi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><strong>Logotip: ramzlar ortidagi falsafa<\/strong><\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dolce &amp; Gabbana brendi turli mahsulot va kolleksiya yo\u2018nalishlariga mos holda uch xil logotipdan foydalanadi. Birinchisi \u2013 klassik, katta harflarda, qalin qora shrift bilan yozilgan Dolce &amp; Gabbana yozuvli logotip. Ikkinchisi \u2013 qisqartirilgan, soddalashtirilgan ko\u2018rinish bo\u2018lib, Dolce and Gabbana yozuvi bilan ifodalanadi. Uchinchi logotip esa kamdan-kam hollarda ishlatiladi, chunki u faqat yuqori toifadagi hashamatli mahsulotlar uchun mo\u2018ljallangan. Uning dizayni o\u2018ziga xos nafisligi bilan ajralib turadi: Futura shriftida yozilgan matn, qoramtir oltin rangda bezatilgan, markaziy qismida dafna yaproqlaridan iborat girlyanda, tepasida esa shohlik toji tasviri. Ushbu logotip qirollik, nafislik va o\u2018ziga bo\u2018lgan ishonch ramzini ifodalaydi.     <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avval boshdanoq brend logotipi zamonaviylik va abadiylik ruhida yaratilgan bo\u2018lib, yillar davomida o\u2018zini oqlab kelmoqda. Unda ishlatilgan shriftlar mashhur dizayner Paul Renner tomonidan yaratilgan va zamonaviylikni anglatuvchi Futura shriftining modifikatsiyasidir. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu yondashuv asosida Domenico Dolce va Stefano Gabbana\u2019ning shaxsiy falsafasi yotadi: \u201cZamonaviylikni kuchaytirish uchun avval tarixga sho\u2018ng\u2018ish kerak\u201d.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Logotipdagi kattalashtirilgan harflar va qalin shriftli wordmark usuli oddiy tuyulsa-da, aynan shu soddalik orqali kuch va nafislik g\u2018oyasi aks etadi. Bunday tipografik yechimga Tiffany &amp; Co. ham yaqin turadi, biroq Dolce &amp; Gabbana logotipidagi ampersand (\u201c&amp;\u201d) belgisi ancha kichik ishlanishining boisi e\u2019tiborni asosiy nomlarga qaratishdir. Bu detaldagi noaniqlik emas, balki ong ostida saqlanadigan mustahkam xotiraviy effektni yaratishga qaratilgan.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Logotipda ishlatiladigan ranglar ham mazmun jihatidan teran: qora, oq va qoramtir oltin. Qora rang \u2013 kuch, nufuz va mukammallik timsoli; oq esa soddalik va minimalizmni ifodalaydi. Ular birgalikda brendning shioriga aylangan falsafani ya\u2019ni minimalizm orqali kuch va hashamat yaratish g\u2018oyasini ilgari suradi. Qoramtir oltin esa boylik, farovonlik va nafislik timsolidir. Bu rang qora bilan uyg\u2018unlashganida \u201ceski oltin\u201d deb ataluvchi murakkab va chuqur tusga kiradi.    <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Girlyanda \u2013 qadimgi yunon xudosining ramzi bo\u2018lib, Apollon bilan bog\u2018liq. U go\u2018zallik va yoshlikni anglatadi. Bu esa yana bir bor Dolce &amp; Gabbana\u2019ning italyan madaniyati va zamonaviylik uyg\u2018unligidan ilhom olishini tasdiqlaydi. <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eng muhim ramzlardan biri tojdir. U brend tarixiga singib ketgan abadiylik va shon-shuhratni ifodalaydi. U Dolce &amp; Gabbananing hashamatli, o\u2018ziga xos va noodatiy brend sifatida turli qatlamlardagi insonlar qalbiga qanday kirib borishni ko\u2018rsatadi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2023-yilgi \u201cGrammy\u201d mukofoti tadbirida Lizzo qo\u2018lda tikilgan, turli rangda tovlanuvchi, ipak gullar bilan bezatilgan Dolce &amp; Gabbana libosida sahnaga chiqib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Boshqa hashamatli moda uylari orasida nisbatan yangi bo\u2018lishiga qaramay, Dolce &amp; Gabbana o\u2018ziga xos dizayni va italyan madaniyatiga bo\u2018lgan sadoqati bilan dunyo bo\u2018ylab millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Dastlabki qadamlar 1985-yilda asos [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":5595,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[122],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-5597","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirkorlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5597","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5597"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5597\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5598,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5597\/revisions\/5598"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5595"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5597"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5597"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5597"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=5597"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}