{"id":6161,"date":"2025-04-20T03:43:47","date_gmt":"2025-04-20T03:43:47","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=6161"},"modified":"2025-04-20T03:43:48","modified_gmt":"2025-04-20T03:43:48","slug":"narxlar-ortidagi-psixologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/narxlar-ortidagi-psixologiya\/","title":{"rendered":"Narxlar ortidagi psixologiya: aqlli narxlash mijoz qaroriga qanday ta\u2019sir ko\u2018rsatadi?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018pchilik narxni ko\u2018rganida, mantiqiy qaror qilyapman deb o\u2018ylaydi. Aslida esa, <strong>narx \u2013 bu hissiy tanlovdir.<\/strong>&nbsp;Aqlli kompaniyalar esa bundan qanday foydalanishni juda yaxshi biladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu usul <strong>psixologik narxlash<\/strong>&nbsp;deb ataladi \u2014 va bu biznesdagi eng qadimiy va eng kuchli vositalardan biri.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masalan, <strong>$4.99 miyani chalg\u2018itadi, <\/strong>\u201cprestij narxlash\u201d esa mahsulotni hashamatli qilib ko\u2018rsatadi. Siz tanlagan raqam \u2013 <strong>mijoz mahsulotingiz haqida qanday fikrda bo\u2018lishini o\u2018zgartiradi. <\/strong>Agar siz<strong>&nbsp;<\/strong>mahsulotingiz, brend yoki bozordagi o\u2018rningiz ustida ishlayotgan bo\u2018lsangiz, bu tushuncha sizni e\u2019tiborga olinmaslik bilan muvaffaqiyat o\u2018rtasida ajratib turadi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Nega $4.99 $5.00 dan yaxshiroq tuyuladi<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu chakana savdodagi eng mashhur fokuslardan biri. U <strong>chap-raqam effekti<\/strong>&nbsp;hodisasi tufayli ishlaydi: miyamiz narxni ko\u2018rganida \u201c5\u201d emas, balki \u201c4\u201d ni ilg\u2018aydi, garchi farq atigi bir sent bo\u2018lsa ham. Bu bilan mahsulot arzonroqdek tuyuladi, aslida narx deyarli bir xil.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu usulni butun dunyo bo\u2018ylab kompaniyalar qo\u2018llaydi. \u201c.99\u201d bilan tugaydigan narxlar Korzinka kabi supermarketlardan tortib, SaaS mahsulotlarigacha \u2013 har yerda uchraydi. Sababi u aqlli ko\u2018ringani uchun emas, balki u haqiqatan ham ishlaydi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Qimmat = Yaxshi (Hatto aslida bunday bo\u2018lmasa ham)<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Endi esa aksincha holat: ko\u2018plab sohalarda mahsulot narxining balandligi uni yanada qadrliroq qilib ko\u2018rsatishi mumkin. &nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu <strong>prestij narxlash<\/strong>&nbsp;deb ataladi. <strong>Rolex, Apple yoki Louis Vuitton<\/strong>&nbsp;kabi hashamatli brendlar hech qachon katta chegirmalar taklif qilmaydi. Chunki yuqori narx \u2013 mahsulot tajribasining bir qismidir. Odamlar mahsulotni faqat funksiyasi uchun emas, balki <strong>status, ishonch va his-tuyg\u2018u<\/strong>&nbsp;uchun ham xarid qilishadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bir tadqiqotda ishtirokchilarga bir xil vino ikkita narxda taklif qilindi: biri $5, ikkinchisi $45. Ko\u2018pchilik $45 bo\u2018lgan vinoni afzal ko\u2018rdi, garchi ikkalasi aynan bir xil bo\u2018lsa ham. Nega? Chunki miya narxni sifat bilan bog\u2018laydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuning uchun mahsulotingiz \u201carzon ko\u2018rinsin\u201d deb uni juda past narxda taklif qilishdan ehtiyot bo\u2018ling, ya\u2019ni siz bilmagan holda uning qadrini tushirayotgan bo\u2018lishingiz mumkin.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>O\u2018rtadagi tanlov tasodifiy emas<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tasavvur qiling, siz yangi noutbuk xarid qilmoqchisiz. Uchta model mavjud: biri $399, ikkinchisi $599, uchinchisi esa $1,099. Ehtimol, siz $599 lik variantni tanlaysiz. U na eng arzon, na eng qimmat, balki eng oqilona muvozanatdek tuyuladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu tasodif emas. Bu <strong>\u201cankerlash\u201d deb ataladigan narxlash strategiyasi.<\/strong>&nbsp;Eng qimmat variant ko\u2018pincha faqatgina o\u2018rtadagi mahsulotni jozibaliroq, xavfsiz tanlovdek ko\u2018rsatish uchun qo\u2018shiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Miya dastlab eng qimmat mahsulotni ko\u2018rib, narxlar borasida kutilma shakllantiradi. Natijada, o\u2018rtadagi variant na haddan tashqari arzon, na vijdonni qiynaydigan darajada qimmat emas \u2013 balki eng to\u2018g\u2018ri tanlovdek tuyuladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018plab startaplar va SaaS platformalar aynan shu usulni ishlatadi. Ularning tarif sahifalarida odatda o\u2018rtadagi reja ajralib turadi. Chunki ular aynan shu variantni tanlashingizni xohlashadi. Eng qimmat reja esa \u2013 taqqoslash orqali o\u2018rtadagini yanada jozibali ko\u2018rsatishga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu taktika mahsulot narxini belgilashdan tashqari, mijozning xarid paytidagi his-tuyg\u2018usini shakllantirishda ham muhim rol o\u2018ynaydi. Ko\u2018pincha \u201cmen to\u2018g\u2018ri tanlov qildim\u201d degan ichki ishonch aynan shu tarzda paydo bo\u2018ladi. &nbsp;<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Qachonki \u201cbepul\u201d aslida bepul bo\u2018lmasa<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yana bir hiyla: <strong>\u201cdecoy pricing\u201d<\/strong>&nbsp;\u2013 ya\u2019ni chalg\u2018ituvchi narx qo\u2018shish. Ba\u2019zan kompaniyalar tanlovingizni yo\u2018naltirish uchun uchinchi, keraksiz variantni ataylab qo\u2018shishadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masalan, bir jurnal shunday taklifni berishi mumkin:<br>&nbsp;\u2022Faqat onlayn: $59<br>&nbsp;\u2022Faqat chop etilgan: $125<br>&nbsp;\u2022Chop etilgan + onlayn: $125<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qaysi birini odamlar tanlaydi? Albatta, uchinchi variantni. Chunki u yaxshi kelishuvdek ko\u2018rinadi. Aslida esa ikkinchi variant atayin qo\u2018shilgan chalg\u2018ituvchi, ya\u2019ni &nbsp;uchinchi variantni jozibaliroq qilib ko\u2018rsatish uchun.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Bu startaplar uchun nega muhim<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Boshlang\u2018ich bosqichdagi asoschilar uchun narx belgilash ko\u2018pincha taxmin qilishga o\u2018xshaydi \u2014 \u201ckeyin hal qilamiz\u201d degan fikr bilan kechiktiriladi. Aslida esa, <strong>narxni qanday belgilashingiz \u2014 eng muhim qarorlardan biri. <\/strong>Sizning tanlagan narxingiz mijoz mahsulotingizni qanday qabul qilishiga, ularni xarid qilishda qanchalik ishonchli his qilishlariga, uni sotib olishiga va biznesingiz qanchalik tez o\u2018sishiga bevosita ta\u2019sir qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar siz mahsulotingiz premium ko\u2018rinishini xohlasangiz, unda qo\u2018rqmasdan yuqori narx belgilang \u2014 faqat sifat va mahsulot berayotgan xabar bu tuyg\u2018uni qo\u2018llab-quvvatlasin. Agar maqsadingiz tez konversiyani ta\u2019minlash bo\u2018lsa, \u201c.99\u201d bilan tugaydigan narxlar, yoki mahsulotlarni paketlarda taklif qilish kabi psixologik usullardan foydalaning. Agar o\u2018rtacha buyurtma qiymatini oshirmoqchi bo\u2018lsangiz, yuqoriroq narxdagi variant kiritish \u2013 hattoki kam odam tanlasa ham, asosiy mahsulotingizni jozibaliroq ko\u2018rsatadi. Bir nechta tarif rejalari taklif qilayotgan bo\u2018lsangiz, chalg\u2018ituvchi (decoy) variant orqali mijozni kerakli yo\u2018nalishga burishingiz mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu strategiyalar katta byudjet yoki katta jamoani talab qilmaydi. Faqat empatiya, kuzatuvchanlik va sinov ko\u2018rishga tayyor bo\u2018lish kerak. Bu startaplar uchun jiddiy ustunlik, chunki narx belgilashda katta pul emas, balki aqlli strategiya g\u2018olib bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Xulosa<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Narxlash \u2014 bu matematika emas, bu psixologiya. Bu sizning biznesingizdagi kam sonli sohalardan biri bo\u2018lib, bir vaqtning o\u2018zida ham miyaga, ham yurakka ta\u2019sir qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar siz startap asoschisi bo\u2018lsangiz, bu sizning ustunligingiz: aqlli narxlash uchun katta marketing byudjeti kerak emas. Sizga faqat odamlar qanday fikrlashini tushunish va shunga mos ravishda ularga yoqimli tanlov imkoniyatlarini yaratish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Chunki oxir-oqibat, biz eng yaxshi mahsulotni emas, xarid qilishdan o\u2018zimizni eng yaxshi his qiladigan mahsulotni tanlaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Navro\u2018zaxon Bo\u2018riyeva<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko\u2018pchilik narxni ko\u2018rganida, mantiqiy qaror qilyapman deb o\u2018ylaydi. Aslida esa, narx \u2013 bu hissiy tanlovdir.&nbsp;Aqlli kompaniyalar esa bundan qanday foydalanishni juda yaxshi biladi. Bu usul psixologik narxlash&nbsp;deb ataladi \u2014 va bu biznesdagi eng qadimiy va eng kuchli vositalardan biri. Masalan, $4.99 miyani chalg\u2018itadi, \u201cprestij narxlash\u201d esa mahsulotni hashamatli qilib ko\u2018rsatadi. Siz tanlagan raqam \u2013 mijoz [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":6162,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-6161","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-iqtisod"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6161","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6161"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6161\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6164,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6161\/revisions\/6164"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6162"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6161"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6161"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6161"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=6161"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}