{"id":6455,"date":"2025-05-03T04:57:40","date_gmt":"2025-05-03T04:57:40","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/fuze-dubaylik-fintech-kompaniyasi-series-ada-122-million-dollar-investitsiya-jalb-qildi\/"},"modified":"2025-05-03T05:11:52","modified_gmt":"2025-05-03T05:11:52","slug":"fuze-dubaylik-fintech-kompaniyasi-series-ada-122-million-dollar-investitsiya-jalb-qildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/fuze-dubaylik-fintech-kompaniyasi-series-ada-122-million-dollar-investitsiya-jalb-qildi\/","title":{"rendered":"Fuze Dubaylik fintech kompaniyasi Series A bosqichida $12,2 million dollar investitsiya jalb qildi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan fintech kompaniya <strong>Fuze<\/strong> o\u2018zining <strong>$12,2 million dollar miqdoridagi Series A<\/strong> investitsiyasini muvaffaqiyatli yakunlaganini e\u2019lon qildi. Investitsiya raundiga <strong>Galaxy<\/strong> va <strong>e&amp; capital<\/strong> yetakchilik qilgan, shuningdek, <strong>Further Ventures<\/strong> ham unda ishtirok etgan. Ushbu investitsiya raundi bilan Fuze jami moliyalashtirish miqdorini $<strong>26 million dollardan oshirdi<\/strong>. Kompaniya 2023-yilda boshlang\u2018ich bosqichda <strong>$14 million dollar<\/strong> investitsiya olgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2023-yilda <strong>Mo Ali Yusuf<\/strong>, <strong>Arpit Mehta<\/strong> va <strong>Srijan Shett<\/strong>i tomonidan tashkil etilgan Fuze, <strong>MENA va Turkiya<\/strong> mintaqasidagi moliyaviy institutlar va korxonalarga <strong>raqamli aktivlar bilan ishlash infratuzilmasi<\/strong>ni taqdim etadi. Tashkil topganidan beri kompaniya orqali <strong>2 milliard dollardan ortiq raqamli aktivlar<\/strong> aylanmasi amalga oshirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fuze xizmatlari tarkibiga <strong>Digital Assets-as-a-Service<\/strong>, <strong>OTC savdo platformasi<\/strong> hamda yaqinda ishga tushirilgan <strong>stablecoin infratuzilmasi mahsulotlari<\/strong> kiradi. Kompaniya shuningdek, <strong>FuzePay<\/strong> orqali to\u2018lov sohasiga ham kirib kelgan bo\u2018lib, yaqinda BAA Markaziy Bankidan <strong>chakana to\u2018lov va kartochka tizimlari uchun litsenziya<\/strong>ni qo\u2018lga kiritdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi investitsiya mablag\u2018lari kompaniyaning mintaqaviy va global miqyosda kengayishiga, mahsulotlarni rivojlantirish va muvofiqlikni kuchaytirishga, hamda yangi xodimlarni jalb qilishga xizmat qiladi. Fuze o\u2018zini kripto va stablecoin yechimlarini qonuniy asosda taqdim etuvchi yetakchi kompaniya sifatida namoyon qilishni maqsad qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fuze hammuassisi va bosh direktori <strong>Mo Ali Yusuf<\/strong> ta\u2019kidlashicha: \u201cGalaxy\u2019ning raqamli aktivlar borasidagi tajribasi va e&amp;\u2019ning keng tarmog\u2018i bizga banklar, fintechlar va an\u2019anaviy korxonalarni raqamli aktivlar bilan ishlashga olib kirishda muhim turtki beradi. Kelgusi 12 oy ichida har bir moliyaviy institut va biznes bu texnologiyadan foydalanishni boshlaydi deb hisoblaymiz.\u201d<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Galaxy Europe<\/strong> bosh direktori <strong>Leon Marshall<\/strong> esa: \u201cBAA raqamli aktivlar uchun aniq tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqmoqda, bu esa mintaqani global innovatsiya markaziga aylantirish imkonini beradi. Fuze ushbu sohada tez rivojlanayotgan kompaniya sifatida e\u2019tiborimizni tortdi,\u201d dedi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fuze tashkil topganidan buyon <strong>Abu-Dabi<\/strong>da joylashgan, ADQ tomonidan qo\u2018llab-quvvatlanadigan <strong>Further Ventures<\/strong> tomonidan ham moliyaviy jihatdan qo\u2018llab-quvvatlab kelinmoqda. Ushbu fondning boshqaruvchi hamkori <strong>Mohamed Hamdy<\/strong> Fuze\u2019ni global miqyosda raqamli aktivlar sohasidagi yetakchilardan biri bo\u2018lishiga ishonadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, global texnologiya guruhi <strong>e&amp;<\/strong> ning investitsiya bo\u2018limi <strong>e&amp; capital<\/strong> vakili <strong>Harrison Lung<\/strong> kompaniya portfellarida Fuze bilan \u201ctabiiy sinergiya\u201d mavjudligini, xususan <strong>e&amp; money<\/strong>, <strong>Wio<\/strong> va <strong>Careem Pay<\/strong> kabi platformalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari keng ekanligini qayd etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan fintech kompaniya Fuze o\u2018zining $12,2 million dollar miqdoridagi Series A investitsiyasini muvaffaqiyatli yakunlaganini e\u2019lon qildi. Investitsiya raundiga Galaxy va e&amp; capital yetakchilik qilgan, shuningdek, Further Ventures ham unda ishtirok etgan. Ushbu investitsiya raundi bilan Fuze jami moliyalashtirish miqdorini $26 million dollardan oshirdi. Kompaniya 2023-yilda boshlang\u2018ich bosqichda $14 million dollar investitsiya olgan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":6453,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[116,121],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-6455","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-startaplar","category-venchur-kapitali"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6455","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6455"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6455\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6458,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6455\/revisions\/6458"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6453"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6455"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6455"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6455"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=6455"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}