{"id":6629,"date":"2025-05-12T07:50:36","date_gmt":"2025-05-12T07:50:36","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/qozogistonlik-aman-startapi-xavfsizlik-xizmatini-rivojlantirish-uchun-300-ming-dollar-investitsiya-jalb-qildi\/"},"modified":"2025-05-12T07:55:39","modified_gmt":"2025-05-12T07:55:39","slug":"qozogistonlik-aman-startapi-xavfsizlik-xizmatini-rivojlantirish-uchun-300-ming-dollar-investitsiya-jalb-qildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/qozogistonlik-aman-startapi-xavfsizlik-xizmatini-rivojlantirish-uchun-300-ming-dollar-investitsiya-jalb-qildi\/","title":{"rendered":"Qozog\u2018istonlik Aman startapi xavfsizlik xizmatini rivojlantirish uchun 300 ming dollar investitsiya jalb qildi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Aman<\/strong> startapi, kattalar va bolalar uchun shaxsiylashtirilgan xavfsizlik platformasini ishlab chiqqan kompaniya, birinchi investitsiya bosqichida <strong>300 ming AQSh dollari<\/strong> miqdorida sarmoya jalb qilganini ma\u2019lum qildi. Mablag\u2018lar Qozog\u2018istonda xizmatni kengaytirish hamda xalqaro bozorga chiqish uchun yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dastlabki investorlar qatoriga loyihaga nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy qadriyatlar jihatidan ham ishonch bildirgan xususiy tadbirkorlar kiritildi. Ular <strong>Aman<\/strong> konsepsiyasida jamiyat uchun ahamiyatli va uzoq muddatli istiqbolga ega echimni ko\u2018rishdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Aman<\/strong> mobil ilovasi foydalanuvchilarga favqulodda holatlarga, jumladan, maishiy zo\u2018ravonlik, hujum yoki boshqa xavfli vaziyatlarga tezkor javob qaytarish imkonini beradi. Ilova ikki rolni taklif etadi: <strong>kattalar<\/strong> yoki <strong>bolalar<\/strong>, har birining o\u2018ziga xos funksional imkoniyatlari mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kattalar uchun <strong>SOS tugmasi<\/strong> bosilganda, geolokatsiya avtomatik tarzda yaqin insonlarga yuboriladi. Shu bilan birga, atrofdagi holatning <strong>5 daqiqalik audioyozuv<\/strong>i amalga oshiriladi va 30 kun davomida profilga saqlanadi. Tasodifiy chaqiruv holatida signalni maxsus tasdiqlash oynasida bekor qilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bolalar rejimida esa <strong>SOS signali faqat ota-onalarga<\/strong> yuboriladi. Shuningdek, ota-onalar uchun bolalarning harakat trayektoriyasini kuzatish, xavfsiz hududlarni belgilash hamda messenjerlardagi yozishmalarni potentsial tahdidlar yuzasidan monitoring qilish imkoniyatlari taqdim etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dastlab, <strong>Aman<\/strong> xususiy xavfsizlik agentliklari bilan hamkorlikda xizmat ko\u2018rsatgan. Biroq xizmatni kengaytirish jarayonida bunday model ayniqsa kichik shaharlarda tezkorlik va qamrov bo\u2018yicha yetarli emasligi ayon bo\u2018ldi. Hozirda kompaniya yordam so\u2018rovlarini <strong>bevosita davlat tezkor xizmatlariga<\/strong> yo\u2018naltirish imkonini beruvchi texnik integratsiyani amalga oshirmoqda. Ushbu funksiya yaqin orada ishga tushirilishi kutilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Loyiha g\u2018oyasi <strong>Arushan Mede<\/strong> tomonidan shaxsiy tajriba va xavotirli statistikani \u2014 bolalar yo\u2018qolishi, yordamga muhtoj ayollarning o\u2018z vaqtida yordam ololmaslik holatlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Aman<\/strong> dastlab o\u2018z mablag\u2018lari hisobidan ishga tushirilgan. Jamoa mahsulotga talab mavjudligini sinov tariqasida aniqlaganidan so\u2018nggina investorlarni jalb qilishga qaror qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Arushan Mede, Aman hammuassisi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cBiz jarayonni noldan boshladik: ehtiyojni aniqladik, foydalanuvchilar fikrlarini tahlil qildik va dastlabki natijalarga erishdik. Shundan so\u2018nggina gipotezamizni tasdiqlab, investorlar oldida sarmoya jalb qilish bosqichini ochdik. Ushbu sarmoya nafaqat moliyaviy yordam, balki startapning haqiqiy ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ham tasdiqladi.\u201d<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda <strong>Aman<\/strong> butun Qozog\u2018iston hududida faoliyat yuritmoqda. Ilova <strong>App Store<\/strong> va <strong>Google Play<\/strong> do\u2018konlarida qozog\u2018 va rus tillarida mavjud. Foydalanuvchilar <strong>individual yoki besh kishigacha bo\u2018lgan oilaviy obuna<\/strong>ni rasmiylashtirishlari mumkin. Bunda <strong>besh kunlik bepul sinov davri<\/strong> taqdim etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kompaniya yaqin kelajakda tezkor xizmatlar bilan to\u2018liq integratsiyani yakunlash va xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirgan. Dastlabki bosqichda <strong>Turkiya<\/strong> va <strong>Ozarbayjon<\/strong> bozorlariga kirish rejalashtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Aman<\/strong> loyihasining asosiy maqsadi \u2014 butun dunyo bo\u2018ylab foydalanuvchilarga yuqori sifatli va tezkor xavfsizlik xizmatlarini taqdim etadigan ishonchli tizimni yaratishdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aman startapi, kattalar va bolalar uchun shaxsiylashtirilgan xavfsizlik platformasini ishlab chiqqan kompaniya, birinchi investitsiya bosqichida 300 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb qilganini ma\u2019lum qildi. Mablag\u2018lar Qozog\u2018istonda xizmatni kengaytirish hamda xalqaro bozorga chiqish uchun yo\u2018naltiriladi. Dastlabki investorlar qatoriga loyihaga nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy qadriyatlar jihatidan ham ishonch bildirgan xususiy tadbirkorlar kiritildi. Ular Aman konsepsiyasida jamiyat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":6627,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-6629","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-startaplar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6629","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6629"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6629\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6632,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6629\/revisions\/6632"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6627"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6629"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6629"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6629"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=6629"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}