{"id":6802,"date":"2025-05-20T05:31:44","date_gmt":"2025-05-20T05:31:44","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=6802"},"modified":"2025-05-20T05:31:46","modified_gmt":"2025-05-20T05:31:46","slug":"tramp-arab-dunyosidan-nima-yutdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/tramp-arab-dunyosidan-nima-yutdi\/","title":{"rendered":"Tramp Arab dunyosidan nima yutdi? \u00a0"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2025-yil may oyida AQSh prezidenti <strong>Donald Tramp<\/strong>ning Birlashgan Arab Amirliklariga safari tantanali kutib olish marosimi bilan cheklanmadi. U bilan birga CEOlar, yirik bitimlar va sun\u2019iy intellektga oid katta rejalar ham kelgan edi. Bu tashrif faqat diplomatiya emas, balki Vashington va Abu-Dabi o\u2018rtasida texnologiya, AI va infratuzilma sohalarida jasur <em>strategik ittifoqning<\/em>&nbsp;boshlanishini anglatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Raqamlar nihoyatda yirik. Ammo milliardlar ortida global iqtisodiy kuch muvozanatini o\u2018zgartirishi mumkin bo\u2018lgan strategik siljishlar yashiringan. Quyida aynan nima bo\u2018lganini \u2014 va nima uchun bu muhimligini ko\u2018rib chiqamiz.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Mintaqada $2 trillion \u2014 va bu raqam o\u2018sishda davom etmoqda<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Trampning BAAga tashrifi davomida <strong>$200 milliardlik<\/strong>&nbsp;yangi kelishuvlar e\u2019lon qilindi. Bu bitimlar <em>aerokosmik sanoat, toza energiya va chip ta\u2019minot zanjirlarini<\/em>&nbsp;qamrab olgan holda \u2014 faqat umumiy manzaraning bir qismi xolos. Trampning Fors ko\u2018rfazi davlatlari bilan olib borgan muzokaralari natijasida jami <strong>$2 trilliondan ortiq investitsiya <\/strong>va\u2019dalari kafolatlandi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Saudiya Arabistonidan<\/strong>\u00a0$600 milliard<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Qatardan <\/strong>$1.2 trillion (shu jumladan $243.5 milliardlik AQSh-Qatar savdo va mudofaa bitimlari)<\/li>\n\n\n\n<li><strong>BAAdan <\/strong>$1.4 trillionlik mart oyida imzolangan kelishuv mustahkamlanishi, va unga qo\u2018shimcha $200 milliardlik tijorat shartnomalari<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Energitika esa ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo\u2018nalishiga aylandi. BAA energetika vaziri <strong>Sulton Al Jaber<\/strong>&nbsp;BAAning AQShdagi energiya investitsiyalari 2035-yilgacha $70 milliarddan <strong>$440 milliardga<\/strong>&nbsp;yetishini ma\u2019lum qildi. U, shuningdek, AQShda va BAA ichida yangi, <em>noan\u2019anaviy neft va gaz qazib olish loyihalari<\/em>&nbsp;uchun <strong>$60 milliard<\/strong>&nbsp;ajratilishini ham tasdiqladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu shunchaki Ko\u2018rfaz sarmoyasining Amerikaga oqimi emas. Bu \u2014 ikki tomonlama, chuqur strategik hamkorlik. <strong>Microsoft va Oracle<\/strong>&nbsp;kabi yirik AQSh texnologiya kompaniyalari mintaqada o\u2018z ishtirokini kengaytirishga tayyor turibdi \u2014 xususan, bulutli xizmatlar va sun\u2019iy intellekt sohalarida. Abu-Dabiga yetkazib berilayotgan chiplar esa, ehtimol, AQShda o\u2018qitilgan navbatdagi AI modellarning quvvati bo\u2018lib xizmat qiladi \u2014 cho\u2018ldagi serverlarda ishlaydi, lekin global raqobatda yetakchilik uchun xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Kutilmagan bitim<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tashrif doirasida eng diqqatga sazovor voqea \u2013 BAAga Nvidia H100 chiplarini eksport qilishga ruxsat berilishi bo\u2018ldi. Bu chiplar AI sohasida inqilobiy ahamiyatga ega bo\u2018lib, ilgari faqat AQShda va ba\u2019zi ittifoqchilarda mavjud edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Endilikda BAA <strong>2027-yilgacha yiliga 500,000 tagacha H100 chiplarini<\/strong>&nbsp;olishga ruxsat oldi. Bitimga ko\u2018ra, har yili ularning 20 foizi \u2014 ya\u2019ni 100,000 dona \u2014 BAAning G42 texnologik kompaniyasiga ajratiladi, qolganlari esa Microsoft va Oracle kabi yirik AI infratuzilmasiga ega AQSh kompaniyalari o\u2018rtasida taqsimlanadi. Ular ham o\u2018z navbatida BAAda yangi data markazlar qurishni rejalashtirmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, <strong>G42 <\/strong>va AQSh texnologiya kompaniyalari Abu-Dabida <strong>10 kvadrat mil maydonga ega, 5 gigavattli sun\u2019iy intellekt kampusini<\/strong>&nbsp;barpo etadi. Bu <strong>Shimoliy Amerikadan tashqaridagi eng yirik AI markaziga <\/strong>aylanadi \u2014 model o\u2018rgatish, simulyatsiyalar va global bulut operatsiyalarini ta\u2019minlash uchun mo\u2018ljallangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu oddiy infratuzilma emas \u2014 bu <strong>ma\u2019lumotlar ustidan suverenitet<\/strong>&nbsp;haqida. Fors ko\u2018rfazi AI ni faqat ijaraga olmoqchi emas \u2014 u uni o\u2018zi boshqarmoqchi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Disney\u2019ning kutilmagan kengayishi<\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tashrif fonida kutilmagan yangilik: Disney va BAAning Miral kompaniyasi Yaqin Sharqda birinchi to\u2018liq Disney bog\u2018ini qurishini e\u2019lon qildi. Bu bog\u2018 mintaqaviy madaniyat va global brend uyg\u2018unligi asosida quriladi. <strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Xulosa<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Trampning BAAga tashrifi diplomatiya doirasidan chiqib, texnologik qudrat va iqtisodiy strategiyalar maydoniga ko\u2018chdi. BAA sun\u2019iy intellekt va ma\u2019lumot infratuzilmasi bo\u2018yicha global o\u2018yinchiga aylanish sari jiddiy qadam qo\u2018ymoqda. Tramp esa bu tashrif orqali AQSh tashqi siyosatini iqtisodiy manfaatlar bilan uyg\u2018unlashtirayotganini ko\u2018rsatdi: biznes \u2013 bu uning geosiyosati.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Navro\u2018zaxon Bo\u2018riyeva<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2025-yil may oyida AQSh prezidenti Donald Trampning Birlashgan Arab Amirliklariga safari tantanali kutib olish marosimi bilan cheklanmadi. U bilan birga CEOlar, yirik bitimlar va sun\u2019iy intellektga oid katta rejalar ham kelgan edi. Bu tashrif faqat diplomatiya emas, balki Vashington va Abu-Dabi o\u2018rtasida texnologiya, AI va infratuzilma sohalarida jasur strategik ittifoqning&nbsp;boshlanishini anglatadi. Raqamlar nihoyatda yirik. Ammo [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":6803,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-6802","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6802","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6802"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6802\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6805,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6802\/revisions\/6805"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6803"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6802"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6802"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6802"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=6802"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}