{"id":7110,"date":"2025-05-30T05:16:26","date_gmt":"2025-05-30T05:16:26","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=7110"},"modified":"2025-05-30T05:16:27","modified_gmt":"2025-05-30T05:16:27","slug":"garajdan-imperiyaga-oddiy-boshlanishlarning-buyuk-natijalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/garajdan-imperiyaga-oddiy-boshlanishlarning-buyuk-natijalari\/","title":{"rendered":"Garajdan imperiyaga: oddiy boshlanishlarning buyuk natijalari"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Silikon vodiysining eng mashhur afsonalaridan biri \u2014 va ayni paytda haqiqat: bugungi dunyoga yo\u2018nalish berayotgan eng qudratli kompaniyalarning ko\u2018pi oddiy garajda, omborda yoki bo\u2018sh xonada boshlangan. Hech qanday sarmoya yo\u2018q, ofis yo\u2018q. Faqat bir g\u2018oya, ozgina vosita va katta ishonch. Ba\u2019zida esa faqat printer siyohi yoki benzin hidi aralashgan ish muhiti&#8230;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Apple\u2019dan Amazon\u2019gacha \u2014 bu kompaniyalar bir haqiqatni isbotladi: katta orzular kichik joyda tug\u2018iladi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Apple<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1976-yilda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn Kaliforniyaning Los-Altos shahridagi Jobslar oilasining garajida Apple\u2019ni yo\u2018lga qo\u2018ydi. Maqsad oddiy edi \u2014 Apple I nomli kompyuterni ishlab chiqish va uni keng ommaga taqdim etish. Ular texnologiyani har bir oilaga yetkazishni orzu qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018sha oddiy garaj bugun <strong>$3 trillionlik kompaniya<\/strong>&nbsp;\u2014 butun dunyoda aloqa qilish va ijod qilish uslubini tubdan o\u2018zgartirgan Apple\u2019ning tug\u2018ilish joyiga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Google<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dunyoning asosiy qidiruv tizimiga aylanishidan oldin, Google bu shunchaki ikki nafar <strong>Stenfordning PhD talabasi \u2014 Larri Peyj va Sergey Brin<\/strong>ning loyihasi edi. Ular uni 1998-yilda Menlo Parkdagi ijaraga olingan garajda ishga tushirishgan. O\u2018sha tor makonda yaratilgan algoritm nafaqat internetni indeksladi \u2014 u butun internetni abadiy o\u2018zgartirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ularning \u201cgarajdagi tajribasi\u201d bugun siz qilayotgan deyarli har bir qidiruv so\u2018rovi ortidagi aql markaziga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Amazon<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1994-yilda <strong>Jeff Bezos<\/strong>&nbsp;Amazon\u2019ni oddiy <strong>onlayn kitob do\u2018koni<\/strong>&nbsp;sifatida o\u2018zining Vashington shtatidagi Bellevue shahridagi uyining garajida boshlagan. Stol o\u2018rniga eshiklar, har tomonga tortilgan kabellar orasida u e-tijorat, logistika va bulutli texnologiyalarni tubdan o\u2018zgartirgan kompaniyaga asos soldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugun Amazon \u2014 dunyodagi eng qudratli kompaniyalardan biri. Ammo u faqat bir dona kompyuter va kitob to\u2018la qutilar bilan boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Disney<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ha, hatto Uolt Disney ham hammasini oddiy boshlagan. 1923-yilda, u kelajakda <strong>The Walt Disney Company<\/strong>&nbsp;nomini oladigan studiyani <strong>Los-Anjelesdagi amakisining garajida<\/strong>&nbsp;yo\u2018lga qo\u2018ygan. Aynan o\u2018sha yerda u o\u2018zining ilk animatsiyalari \u2014 <strong>\u201cAlice Comedies\u201d<\/strong>&nbsp;seriyasini suratga olgan va bu orqali animatsion imperiyasiga asos solgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugun milliardlab dollar daromad keltiradigan media gigantining hikoyasi \u2014 bir orzu va garajdagi kamera bilan boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Harley-Davidson<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1903-yilda <strong>William S. Harley va Davidson aka-ukalar \u2014 Artur, Valter va Uilyam A. Davidson <\/strong>Viskonsin shtatidagi Miluoki shahrida joylashgan 10&#215;15 futli yog\u2018och ustaxonada o\u2018zlarining ilk motorli velosipedini yasay boshlashdi. Ular faqat qo\u2018l asboblari va metall parchalari bilan ishlashgan. Eski, sodda ustaxona eshigida esa qo\u2018lda yozilgan: <strong>\u201cHarley-Davidson Motor Company.\u201d<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ularning dastlabki prototipi keyinchalik millatni hayratga solgan kuchli mashinaga aylandi. Vaqt o\u2018tishi bilan Harley-Davidson oddiy mototsikl ishlab chiqaruvchidan ko\u2018ra ko\u2018proq narsa bo\u2018ldi \u2014 u erkinlik, isyon va Amerika hunarmandchiligi timsoliga aylandi, avlodlar va pop madaniyatni ilhomlantirdi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Mattel<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dunyoga mashhur o\u2018yinchoqlar brendi Mattel 1945-yilda <strong>Harold \u201cMatt\u201d Matson<\/strong>&nbsp;va <strong>Elliot Handler<\/strong>&nbsp;tomonidan bir uyning orqasidagi kichik ustaxonada asos solingan. Ular dastlab fotoramka ishlab chiqarish bilan shug\u2018ullanishgan, so\u2018ng qolgan yog\u2018och qoldiqlardan qo\u2018g\u2018irchoq uychalari uchun mebellar yasashga o\u2018tishgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aynan shu oddiy burilish ularni keyinchalik <strong>Barbie qo\u2018g\u2018irchog\u2018ini yaratishga<\/strong>&nbsp;va deyarli har bir uyda tanilgan o\u2018yinchoqlar imperiyasini barpo etishga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Hewlett-Packard (HP)<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018pchilik tomonidan <strong>Silikon vodiysidagi ilk garaj startapi<\/strong>&nbsp;deb tan olingan HP 1939-yilda <strong>Bill Hewlett<\/strong>&nbsp;va <strong>Dave Packard<\/strong>&nbsp;tomonidan Kaliforniyaning Palo-Alto shahridagi bitta mashinaga mo\u2018ljallangan garajda, atigi <strong>$538 <\/strong>boshlang\u2018ich kapital bilan asos solingan. Ularning ilk mahsuloti \u2014 aniq tovush chastotasi generatori \u2014 Walt Disney Studios tomonidan xarid qilingan va \u201cFantaziya\u201d multfilmini yaratishda ishlatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">367 Addison Avenue manzilidagi oddiy garaj bugungi kunda innovatsiya ramziga aylangan va Kaliforniya tarixiy yodgorligi sifatida e\u2019tirof etilgan. Bu joy ko\u2018pincha <strong>\u201cSilikon vodiysi tug\u2018ilgan joyi\u201d<\/strong>&nbsp;deb ataladi. HP\u2019ning dastlabki muvaffaqiyati bu hududga muhandislik, riskka tayyorlik va tadbirkorlik madaniyatini olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Dell<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Maykl Dell<\/strong>&nbsp;shaxsiy kompyuterlarni birinchi bor kollej yotoqxonasida yig\u2018ib sotishni boshlagan. Ammo haqiqiy o\u2018sish 1980-yillarda u Texas shtatining Ostin shahridagi garajda kompyuter yig\u2018ishni boshlagach yuz berdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uning to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri iste\u2019molchiga sotish modeli an\u2019anaviy chakana savdoni izdan chiqardi va Dell\u2019ni shaxsiy kompyuterlar bozoridagi yetakchiga aylantirdi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Microsoft<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1975-yilda <strong>Bill Geyts<\/strong>&nbsp;va <strong>Pol Allen<\/strong>&nbsp;Microsoft\u2019ga Nyu-Meksiko shtatining Albuquerque shahridagi kichik bir garajda asos solishdi. Bu g\u2018oya ularga MITS Altair 8800 \u2014 ilk shaxsiy kompyuterlardan biri \u2014 haqida maqola o\u2018qigach kelgan. Ularning birinchi mahsuloti \u2014 Altair uchun yozilgan BASIC dasturlash tili interpretatori edi. Qizig\u2018i, bu dastur hali to\u2018liq yozilmasdan turib, va\u2019da qilinib yuborilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eng minimal resurslar bilan ishlagan, yerda uxlashga majbur bo\u2018lgan bu ikki do\u2018st kompyuter davrining eng yirik dasturiy ta\u2019minot kompaniyasiga asos solishdi. Ularning garajdagi harakati oxir-oqibat butun raqamli dunyoni o\u2018zgartirdi \u2014 Windows, Office va shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchi jamiyat konsepsiyasini dunyo bo\u2018ylab uylar va ofislarga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Xulosa<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu hikoyalar shunchaki ilhomlantiruvchi ertaklar emas \u2014 ular real tarix, yo\u2018l xaritasi. Ular shuni ko\u2018rsatadiki: mukammal sharoit emas, balki kuchli orzu, qat\u2019iyat va bor imkoniyat yetarli bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Garaj \u2014 bu cheklov emas. Bu imkon. Bu yerdan nafaqat texnologiya, balki yangicha fikrlash, risk qilish, o\u2018ziga ishonish boshlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar siz ham \u201cto\u2018g\u2018ri vaqt\u201dni kutayotgan bo\u2018lsangiz \u2014 balki aynan o\u2018sha vaqt allaqachon kelgandir. Boshlashdan qo\u2018rqmang. Garajdagi orzular dunyoni o\u2018zgartirgan. Navbat sizda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Navro\u2018zaxon Bo\u2018riyeva<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Silikon vodiysining eng mashhur afsonalaridan biri \u2014 va ayni paytda haqiqat: bugungi dunyoga yo\u2018nalish berayotgan eng qudratli kompaniyalarning ko\u2018pi oddiy garajda, omborda yoki bo\u2018sh xonada boshlangan. Hech qanday sarmoya yo\u2018q, ofis yo\u2018q. Faqat bir g\u2018oya, ozgina vosita va katta ishonch. Ba\u2019zida esa faqat printer siyohi yoki benzin hidi aralashgan ish muhiti&#8230; Apple\u2019dan Amazon\u2019gacha \u2014 bu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":7111,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-7110","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-startaplar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7110","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7110"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7110\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7113,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7110\/revisions\/7113"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7111"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7110"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7110"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7110"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=7110"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}