{"id":7341,"date":"2025-06-09T08:34:56","date_gmt":"2025-06-09T08:34:56","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/tbc-bank-group-markaziy-osiyodagi-yetakchi-raqamli-bank-ekotizimini-rivojlantirish-uchun-200-millionlik-obligatsiya-chiqaradi\/"},"modified":"2025-06-09T11:24:18","modified_gmt":"2025-06-09T11:24:18","slug":"tbc-bank-group-markaziy-osiyodagi-yetakchi-raqamli-bank-ekotizimini-rivojlantirish-uchun-200-millionlik-obligatsiya-chiqaradi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/tbc-bank-group-markaziy-osiyodagi-yetakchi-raqamli-bank-ekotizimini-rivojlantirish-uchun-200-millionlik-obligatsiya-chiqaradi\/","title":{"rendered":"TBC Bank Group O&#8217;zbekistonda o&#8217;sishni tezlashtirish maqsadida qo&#8217;shimcha $200 million qarz mablag&#8217;larini jalb qildi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">TBC Bank Group PLC (\u201cTBC PLC\u201d) O\u2018zbekistondagi sho\u2018ba korxonasi \u2014 TBC Uzbekistan faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida 3 yillik sintetik obligatsiyalar chiqarilishini ma\u2019lum qildi. Ushbu obligatsiyalar O\u2018zbekiston so\u2018mida denominatsiyalangan bo\u2018lib, AQSh dollarida hisob-kitob qilinadi va 22% yillik kupon stavkasiga ega. Ular bir necha bosqichda chiqariladi: birinchi bosqichda $140 millionlik mablag\u2018 jalb qilinadi, qolgan $60 million esa keyingi 12\u201318 oy ichida chiqarilishi rejalashtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Obligatsiyalar Vena multilateral savdo maydonchasi (MTF)da ro\u2018yxatdan o\u2018tkazilgan bo\u2018lib, investorlar tomonidan katta qiziqish bildirildi. Bu esa, o\u2018z navbatida, TBC Group strategiyasiga bo\u2018lgan ishonch va O\u2018zbekistonning investitsiya jozibadorligi ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Mintaqaning eng yirik aholi soniga ega bo\u2018lgan va tez sur\u2019atlar bilan rivojlanayotgan mamlakat sifatida O\u2018zbekiston hali to\u2018liq ochilmagan iqtisodiy salohiyatga ega.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jalb qilinayotgan mablag\u2018 TBC Uzbekistan faoliyatini yanada kengaytirish, mahsulotlar turlarini ko\u2018paytirish va yuqori o\u2018sish sur\u2019atiga ega yangi segmentlarga \u2014 jumladan, kichik va o\u2018rta biznes (SME) uchun mo\u2018ljallangan bank xizmatlari va kreditlash yo\u2018nalishlariga kirib borish imkonini beradi. TBC Uzbekistan joriy yilning birinchi choragida kredit portfeli va daromadini ikki barobarga oshirishga erishdi. Endilikda kompaniya umumiy TBC Group daromadining 21 foizini tashkil etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">19,7 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega TBC Uzbekistan ekotizimi uchta asosiy yo\u2018nalishda faoliyat yuritadi: TBC UZ \u2014 mamlakatdagi eng yirik raqamli bank; Payme \u2014 jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun to\u2018lov ilovasi; va Payme Nasiya \u2014 jadal sur\u2019atlar bilan o\u2018sayotgan bo\u2018lib-to\u2018lash asosidagi kreditlash platformasi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">TBC PLC bosh direktori Vaxtang Butskhrikidze mazkur obligatsiya chiqarilishi yuzasidan quyidagicha fikr bildirdi: <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cUshbu obligatsiya orqali jalb qilinadigan investitsiya O\u2018zbekistonda tez sur\u2019atlar bilan rivojlanayotgan biznesimizga yangi sur\u2019at baxsh etadi. Investorlarning yuqori qiziqishi nafaqat bizning rentabellikka asoslangan o\u2018sish strategiyamiz, balki O\u2018zbekistonning keng imkoniyatlarga ega bo\u2018lgan bozoriga ishonchini ham aks ettiradi. Biz TBC Uzbekistan ekotizimi yil yakuniga qadar barcha belgilangan maqsadlarga erishishiga to\u2018liq ishonamiz.\u201d<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">TBC PLC\u2019ning xalqaro bizneslar bo\u2018yicha rahbari Oliver Hughes esa shunday dedi:<br>\u201cBiz O\u2018zbekistonda faoliyatimizni faol rivojlantirmoqdamiz. Bugungi kunda ro\u2018yxatdan o\u2018tgan foydalanuvchilar soni 19,7 millionga yetdi, daromad va kredit portfelimiz yil davomida ikki barobarga oshdi. Endi biz mahsulot portfelimizni kengaytirish, ayniqsa, kichik va o\u2018rta biznes uchun innovatsion xizmatlar yaratish orqali yetakchiligimizni mustahkamlash niyatidamiz. Yangi investitsiya bu yo\u2018nalishdagi harakatlarimizni tezlashtiradi.\u201d<\/p>\n<\/blockquote>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TBC Bank Group PLC (\u201cTBC PLC\u201d) O\u2018zbekistondagi sho\u2018ba korxonasi \u2014 TBC Uzbekistan faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida 3 yillik sintetik obligatsiyalar chiqarilishini ma\u2019lum qildi. Ushbu obligatsiyalar O\u2018zbekiston so\u2018mida denominatsiyalangan bo\u2018lib, AQSh dollarida hisob-kitob qilinadi va 22% yillik kupon stavkasiga ega. Ular bir necha bosqichda chiqariladi: birinchi bosqichda $140 millionlik mablag\u2018 jalb qilinadi, qolgan $60 million esa keyingi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":7339,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-7341","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-iqtisod"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7341","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7341"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7341\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7372,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7341\/revisions\/7372"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7339"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7341"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7341"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7341"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=7341"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}