{"id":7359,"date":"2025-06-09T09:32:20","date_gmt":"2025-06-09T09:32:20","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/platma-ozbekiston-bank-tizimini-bank-2-0-sari-olib-borayotgan-transformatsion-yechim\/"},"modified":"2025-06-09T09:38:46","modified_gmt":"2025-06-09T09:38:46","slug":"platma-ozbekiston-bank-tizimini-bank-2-0-sari-olib-borayotgan-transformatsion-yechim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/platma-ozbekiston-bank-tizimini-bank-2-0-sari-olib-borayotgan-transformatsion-yechim\/","title":{"rendered":"PLATMA: O\u2018zbekiston bank tizimini \u201cBank 2.0\u201d sari olib borayotgan transformatsion yechim"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zamonaviy moliyaviy xizmatlar bozori jadal o\u2018zgarayotgan bir vaqtda, banklar endi shunchaki kredit beruvchi yoki hisob yurituvchi tashkilotlar bo\u2018lishdan chiqmoqda. Bugunning mijozlari bankdan real vaqt rejimida ishlaydigan, biznes bilan integratsiyalashgan, qaror qabul qilishda yordam beradigan texnologik hamkorlikni kutmoqda. O\u2018zbekiston bank sektorida bu o\u2018zgarishlarni amalga oshirayotgan ilg\u2018or yechim bu \u2014 PLATMA platformasidir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>PLATMA <\/strong>\u2014 bu kichik va o\u2018rta biznes (KOB) uchun mo\u2018ljallangan raqamli operatsion tizim bo\u2018lib, bank infratuzilmasiga integratsiyalashgan holda ishlaydi. AloqaVentures investitsiyaviy portfeliga kiruvchi ushbu innovatsion startap hozirda Aloqabank tizimiga joriy etilmoqda. Bu orqali bank o\u2018zining an\u2019anaviy moliyaviy xizmat ko\u2018rsatuvchi funksiyasidan chiqib, \u201cBank 2.0\u201d modeli \u2014 ya\u2019ni biznesning raqamli hamkoriga aylanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">PLATMA platformasi orqali bank mijoz bilan bitta tizimda ishlaydi. U mijozning real vaqt rejimidagi ma\u2019lumotlarini qabul qilib, sun\u2019iy intellekt yordamida ularning biznes faoliyatini tahlil qiladi va shaxsiylashtirilgan tavsiyalar beradi. Bank endi nafaqat moliyaviy mahsulotlarni taqdim etadi, balki qachon, qanday mahsulot kerakligini o\u2018zi taklif qiladigan aqlli tizimga aylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">PLATMA yordamida bank KOB segmentidagi mijozlar uchun real vaqt rejimida interaktiv ko\u2018rsatkichlar, masalan, \u201cbiznes sog\u2018lig\u2018i\u201d dashi \u2014 moliyaviy holat, xarajatlar, tushum va savdo hajmi kabi ko\u2018rsatkichlarni taqdim etadi. Sun\u2019iy intellekt tavsiyalari orqali qayerdan tejash, qayerga sarmoya qilish, qanday o\u2018sish mumkinligi haqida tahliliy maslahatlar beriladi. Platforma CRM, ERP, elektron tijorat, buxgalteriya, davlat reyestrlari va bank tizimlari bilan integratsiyalashgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avtomatlashtirish tizimi dasturchilarsiz \u2014 no-code formatda \u2014 har bir biznes ehtiyojiga mos yechimlar yaratadi. Bank mahsulotlariga, jumladan, kredit, faktor\u0438\u043d\u0433, sug\u2018urta xizmatlariga bitta tugma orqali kirish mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">PLATMA bankni mijoz uchun ajralmas raqamli sherikka aylantiradi. Mijoz biznesi bilan doimiy aloqa, uzluksiz axborot almashinuvi va shaxsiylashtirilgan yondashuv orqali bank mijoz uchun faqat xizmat ko\u2018rsatuvchi emas, balki real biznes hamkoriga aylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday transformatsiya bank uchun quyidagi foydalarni keltiradi: yangi mijozlarni, shu jumladan raqobatchilardan o\u2018ziga jalb etish; mavjud mijozlar sodiqligini oshirish; mijozning umrbod qiymatini (LTV) oshirish; mijozlar oqimini kamaytirish; bankni moliyaviy xizmat emas, balki biznesning ajralmas qismi sifatida namoyon etish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">An\u2019anaviy bankda mijoz mustaqil ravishda muammolariga yechim izlaydi. Ma\u2019lumotlar bo\u2018lakcha tizimlarda saqlanadi, kredit olish esa uzoq va murakkab jarayondir. PLATMA asosidagi \u201cBank 2.0\u201d modeli esa bu vaziyatni butkul o\u2018zgartiradi: mijoz biznesini real vaqt rejimida boshqaradi, barcha ko\u2018rsatkichlar bitta oynada bo\u2018ladi, kreditlar tez tasdiqlanadi, tavsiyalar esa katta hajmdagi ma\u2019lumotlar va sun\u2019iy intellekt orqali shakllantiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>PLATMA faqat korxonalar uchun emas.<\/strong> Jismoniy shaxslar uchun ham u moliyaviy yordamchi sifatida ishlaydi: xarajatlarni tahlil qilish, moliyaviy rejalashtirish, barcha bank hisoblarini yagona dasho\u2018tda ko\u2018rsatish, shaxsiy moliyaviy sog\u2018liq indikatorlarini kuzatish (net worth, savings rate, free cash flow, DTI, liquidity ratio, PIR, CIR kabi) imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">PLATMA real vaqt rejimida barcha risklarni kuzatib boradi. U mijozlarning soliqqa oid hisobotlari, foyda va zarar hisobotlari, balanslar va kreditorlik\/ debitorlik qarzlarini avtomatik tarzda yuklab oladi. Bu esa kredit ajratish va riskni baholash jarayonlarini tezlashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, tizimda <strong>120 dan ortiq trigger mavjud:<\/strong> mijozning aktivlari o\u2018zgarishi, soliq to\u2018lovlari, boshqa bankda hisob ochish yoki yangi mulk xarid qilish kabilar avtomatik tarzda monitoring qilinadi. Bu orqali bank mijozning holatiga nisbatan aniq va tezkor choralar ko\u2018rishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">PLATMA bank infratuzilmasiga to\u2018liq moslashgan: core banking tizimiga nativ integratsiya, API orqali ulanish, white-label ko\u2018rinishida brendlash, on-premises joylashtirish va bank o\u2018zining butun ekotizimini PLATMA asosida qurish imkoniyatiga ega.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">PLATMA \u2014 bu oddiy texnologik startap emas. Bu O\u2018zbekiston bank sektorida yuz berayotgan chuqur raqamli transformatsiyaning boshlanishi. U bankni mijoz bilan integratsiyalashgan, qaror qabul qilishda yordam beruvchi, prognozli va moslashuvchan tizimga aylantiradi. PLATMA bilan ishlaydigan bank \u2014 bu \u201cBank 2.0\u201d, ya\u2019ni mijoz hayotining bir qismiga aylangan, aqlli va foydali moliyaviy hamkor demakdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zamonaviy moliyaviy xizmatlar bozori jadal o\u2018zgarayotgan bir vaqtda, banklar endi shunchaki kredit beruvchi yoki hisob yurituvchi tashkilotlar bo\u2018lishdan chiqmoqda. Bugunning mijozlari bankdan real vaqt rejimida ishlaydigan, biznes bilan integratsiyalashgan, qaror qabul qilishda yordam beradigan texnologik hamkorlikni kutmoqda. O\u2018zbekiston bank sektorida bu o\u2018zgarishlarni amalga oshirayotgan ilg\u2018or yechim bu \u2014 PLATMA platformasidir. PLATMA \u2014 bu kichik va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":7356,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-7359","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-iqtisod"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7359","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7359"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7359\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7361,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7359\/revisions\/7361"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7356"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7359"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7359"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7359"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=7359"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}