{"id":7464,"date":"2025-06-12T06:34:56","date_gmt":"2025-06-12T06:34:56","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=7464"},"modified":"2025-06-12T06:35:01","modified_gmt":"2025-06-12T06:35:01","slug":"nega-bazi-startapchilar-maslahatga-muhtoj-emas","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/nega-bazi-startapchilar-maslahatga-muhtoj-emas\/","title":{"rendered":"Nega ba\u2019zi startapchilar maslahatga muhtoj emas"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startap dunyosida venchur kapitalistlar ko\u2018pincha oddiy sarmoyador emas, balki mentor, maslahatchi, kadr tanlovchisi, ba\u2019zan esa norasmiy hammuassis sifatida qaraladi. Silikon vodiysida \u201cqiymat qo\u2018shuvchi\u201d Vclar \u2013 ya\u2019ni kompaniya qurish jarayonida asoschilarga faol yo\u2018l ko\u2018rsatuvchi investorlar \u2013 alohida e\u2019tibor bilan baholanadi. Ammo PayPal hammuassisi va Facebook\u2019ning ilk tashqi investorlaridan biri sifatida tanilgan libertarian milliarder <strong>Peter Thiel<\/strong>&nbsp;bu qarashlarga tanqidiy yondashadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Thiel\u2019ning fikricha, buyuk kompaniyalar jamoaviy rahbarlik asosida emas, balki g\u2018oylarga ega bo\u2018lgan va ularga sodiq qolgan shaxslar tomonidan yaratiladi. Bu yondashuv bugun <strong>\u201cMonarx modeli\u201d<\/strong>&nbsp;nomi bilan tanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu modelga ko\u2018ra, ayrim asoschilar faqat to\u2018liq nazorat o\u2018z qo\u2018llarida bo\u2018lgandagina samarali ishlay oladi. Thiel o\u2018zini mentor yoki muammo hal qiluvchi sifatida ko\u2018rmaydi. U asoschining xarakterini o\u2018zgartirmoqchi emas, ularning g\u2018ayratini yumshatmoqchi emas, va tajribali boshqaruvchilarni ularning ustiga qo\u2018ymoqchi ham emas. U chekkada qolgan, yagona qarashga ega bo\u2018lgan \u201cbegona\u201dlarni moliyalashtirishni va keyin orqaga chekinishni afzal ko\u2018radi. Monarx esa \u2014 shubha ostiga olinmaydi, faqat qo\u2018llab-quvvatlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu aralashuvsiz yondashuv eng mashhur tarzda <strong>2004-yilda<\/strong>&nbsp;amalda qo\u2018llanildi \u2014 o\u2018shanda Thiel Garvardni tashlab ketgan yosh <strong>Mark Zuckerbergga<\/strong>&nbsp;$500,000 sarmoya kiritgan edi. O\u2018shanda Zuckerberg atigi 20 yoshda, ijaradagi uydan startap yuritayotgan edi. Thiel uni tajribali bosh direktor bilan almashtirishni taklif qilmadi. Buning o\u2018rniga kengashda o\u2018rin oldi va Zuckerberg\u2019ga yetakchilik qilishga ruxsat berdi. Boshqa kengash a\u2019zolari Zuckerberg\u2019ni uchrashuvlarga shippakda kelgani uchun tanqid qilganida, Thiel uni himoya qildi. U yaxshi bilardi: Zuckerberg puxta tajribaga ega bo\u2018lmasa-da, aniq mahsulot yaratishi va sindirilmas ishonchi bilan bu kamchiliklarni qoplay olishi mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Thiel\u2019ning Zuckerberg\u2019ni qo\u2018llab-quvvatlashi tasodifiy hol emas edi. Uning investitsiya tarixida an\u2019anaviy boshqaruvga toqat qilmaydigan, o\u2018z yo\u2018lida qat\u2019iy turadigan asoschilarga sarmoya kiritish holatlari ko\u2018p.<strong>&nbsp;Ilon Mask <\/strong>\u2014 PayPalning yana bir sobiq xodimi \u2014 aynan shu modelni aks ettiradi. Mask o\u2018zining talabchanligi va oldindan aytib bo\u2018lmaydigan harakatlari bilan mashhur, ammo shunga qaramay, Thiel\u2019ning <strong>Founders Fund<\/strong>&nbsp;fondi uni qo\u2018llab-quvvatladi. Sababi, Maskning kosmos va transportni o\u2018zgartirishga bo\u2018lgan ambitsiyasi bu xavflarni oqlaydi deb hisoblashdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Monarx modeli ko\u2018plab venchur firmalarining uslubidan tubdan farq qiladi. Masalan, <strong>Kleiner Perkins yoki Andreessen Horowitz <\/strong>firmalari asoschilarga murabbiylik qiladi, strategiyani faol nazorat qiladi va boshqaruvchilarni joylashtiradi. Thiel esa bunday aralashuvlar eng iste\u2019dodli asoschilarning muvaffaqiyatga olib chiqadigan \u201ckeskin qirralarni\u201d yo\u2018qotadi, deb hisoblashadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">G\u2018ayrioddiy, essentrik asoschilarga tayanish ba\u2019zida halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ba\u2019zi asoschilar o\u2018zini yetarlicha baholay olmaydi yoki investor mablag\u2018larini xayolot orqasidan quvib sarflab yuboradi. Masalan, <strong>Theranos <\/strong>kompaniyasining muvaffaqiyatsizligi \u2014 buni ogohlantiruvchi misol sifatida eslash mumkin. U yerda asoschi <strong>Elizabet Xolms<\/strong>&nbsp;kompaniyani qattiq nazoratda ushlab, investorlar va regulyatorlarni yolg\u2018on ma\u2019lumotlar bilan chalg\u2018itgandi. Bu \u2014 asoschini haddan tashqari ulug\u2018lash qanday xavflarga olib kelishi mumkinligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ammo venchur kapital dunyosida foyda <strong>power law <\/strong>bo\u2018yicha taqsimlanadi \u2014 ya\u2019ni eng katta daromadlar kam sonli o\u2018ta muvaffaqiyatli loyihalardan keladi. Shuning uchun \u201cqiyin\u201d asoschini qo\u2018llab-quvvatlashdagi xavf ko\u2018pincha navbatdagi Zuckerberg yoki Musk\u2019ni qo\u2018llab-quvvatlash imkoniyati evaziga to\u2018lanadigan adolatli narx sifatida qaraladi. Bu olamda bir avlodda bir marta paydo bo\u2018ladigan iste\u2019dodni qo\u2018ldan boy berish, noaniqliklarga chidashdan ham ancha qimmatga tushishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Thiel\u2019ning \u201cMonarx modeli\u201d har bir asoschini o\u2018z holiga tashlab qo\u2018yish kerak, demaydi. Aksincha, u shuni ilgari suradiki, eng noyob va ta\u2019sirchan asoschilar aynan to\u2018liq erkinlik mavjud bo\u2018lgan muhitda eng yaxshi natijaga erishadi. Venchur kapital olamida esa bunday noodatiy shaxslarni tanish va ularga sharoit yaratib berish \u2014 investorlar uchun eng muhim ko\u2018nikmalardan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xulosa shuki, Monarx modeli \u2013 bu shaxsiy ambitsiyalar emas, u natija haqida. Startap olamidagi shavqatsiz raqobatda ba\u2019zida asoschiga yordam berishning eng yaxshi yo\u2018Ii \u2013 unga to\u2018liq ishonch bildirishdir: hech qanday aralashuvsiz, shubhasiz va noodatiylikdan qo\u2018rqmasdan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Navro\u2018zaxon Bo\u2018riyeva<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Startap dunyosida venchur kapitalistlar ko\u2018pincha oddiy sarmoyador emas, balki mentor, maslahatchi, kadr tanlovchisi, ba\u2019zan esa norasmiy hammuassis sifatida qaraladi. Silikon vodiysida \u201cqiymat qo\u2018shuvchi\u201d Vclar \u2013 ya\u2019ni kompaniya qurish jarayonida asoschilarga faol yo\u2018l ko\u2018rsatuvchi investorlar \u2013 alohida e\u2019tibor bilan baholanadi. Ammo PayPal hammuassisi va Facebook\u2019ning ilk tashqi investorlaridan biri sifatida tanilgan libertarian milliarder Peter Thiel&nbsp;bu qarashlarga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":7465,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[121],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-7464","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-venchur-kapitali"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7464","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7464"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7464\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7467,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7464\/revisions\/7467"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7465"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7464"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7464"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7464"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=7464"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}