{"id":7526,"date":"2025-06-14T04:37:08","date_gmt":"2025-06-14T04:37:08","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=7526"},"modified":"2025-06-14T04:39:32","modified_gmt":"2025-06-14T04:39:32","slug":"portfel-diversifikatsiyasi-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/portfel-diversifikatsiyasi-nima\/","title":{"rendered":"Portfel diversifikatsiyasi nima?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Investitsiya olamida bir qadimiy hikmat doimo dolzarbligicha qoladi: \u201cBarcha tuxumlarni bir savatga solma.\u201d Bu ibora bugungi kunda portfel diversifikatsiyasi nomi bilan mashhur bo\u2018lgan strategiyaning asosi hisoblanadi. Uning maqsadi \u2014 kapitalni turli aktivlar, sohalar va geografik hududlarga taqsimlash orqali boylikni himoya qilish va barqarorlikka erishishdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayniqsa, bu yondashuv startapga investitsiya kiritishda yanada muhim bo\u2018ladi, chunki bu sohada tavakkal darajasi yuqori, ammo muvaffaqiyatli holatlarda daromad ham eksponensial darajada katta bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Portfelni diversifikatsiya qilish nimani anglatadi?<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Portfelni diversifikatsiya qilish degani \u2014 mablag\u2018ni faqat bitta loyiha yoki imkoniyatga tikib qo\u2018yish emas, balki uni turli yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha taqsimlash demakdir. Masalan, startap investorlari kapitalni fintech, healthtech, sun\u2019iy intellekt kabi turli sohalarga, B2B va B2C kabi har xil biznes modellarga, shuningdek, geografik hududlar va rivojlanish bosqichlariga qarab tarqatadilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Maqsad \u2014 shunday portfel yaratishki, u ba\u2019zi startaplar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ham yo\u2018qolib ketmasin, g\u2018oliblar orqali foyda keltirsin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oddiy misol: agar investor \u20ac20,000 mablag\u2018ni faqat bitta startapga kiritib, u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa \u2014 butun sarmoya yo\u2018qoladi. Ammo bu mablag\u2018ni to\u2018rt startapga, har biriga \u20ac5,000 qilib taqsimlasa, yo\u2018qotish xavfi sezilarli darajada kamayadi. Aynan mana shu \u2014 diversifikatsiya kuchi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Nega startapga investitsiyada diversifikatsiya muhim?<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startaplarga investitsiya qilish yuqori tavakkal va katta muvaffaqiyatsizlik ehtimoli bilan tanilgan. Biroq aynan shu soha eng katta daromadlar imkonini ham taqdim etadi. Tarixiy jihatdan, venchur kapital natijalari ko\u2018pincha<em>&nbsp;\u201cpower law\u201d<\/em>&nbsp;(kuch qonuni) deb ataladigan taqsimotga amal qiladi: faqat bir necha startaplar (masalan, Airbnb yoki Stripe) g\u2018oyat katta daromad olib keladi, boshqalari esa umuman muvaffaqiyatsiz bo\u2018ladi yoki juda kam daromad beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu sababli, investorlar ana shu noyob \u201csuperg\u2018olib\u201d startaplarni tutib olish uchun keng va diversifikatsiyalashgan portfellarga ega bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Diversifikatsiya startapga investitsiyada quyidagi afzalliklarni beradi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Bir kompaniya muvaffaqiyatsiz bo\u2018lsa, butun sarmoya yo\u2018qolib ketish <strong>xavfini kamaytiradi.<\/strong><br>&nbsp;\u2014 Bir vaqtning o\u2018zida <strong>bir nechta jamoa, soha va bozorni<\/strong>&nbsp;qo\u2018llab-quvvatlash orqali katta muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshiradi.<br>&nbsp;\u2014 Investorlar uchun <strong>toza energiya, biotexnologiya yoki generativ AI<\/strong>&nbsp;kabi tez rivojlanayotgan, lekin har xil darajadagi noaniqliklarga ega bo\u2018lgan sohalarga kirish imkonini beradi.<br>&nbsp;\u2014 Geografik diversifikatsiya esa turli hududlardagi <strong>tartibga solish muhitlari va bozor sharoitlarida<\/strong>&nbsp;harakat qilishda qo\u2018shimcha barqarorlikni ta\u2019minlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xulosa qilib aytganda, diversifikatsiya \u2014 bu startap investitsiyalarida risk va imkoniyatlar o\u2018rtasidagi muvozanatni ushlab turishning eng samarali yo\u2018li.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Diversifikatsiyalangan startap portfelini qanday qurish mumkin<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Samarali diversifikatsiya \u2014 bu shunchaki tasodifiy tarqatish emas, balki puxta strategik yondashuvdir. Ideal portfel quyidagilarni o\u2018z ichiga oladi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Sohaviy xilma-xillik<\/strong>: faqat fintech yoki AI bilan cheklanmaslik kerak. Portfelga healthtech, greentech, logistika kabi tez o\u2018sayotgan boshqa yo\u2018nalishlarni ham qo\u2018shish kerak.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Bosqichlar bo\u2018yicha balans<\/strong>: dastlabki bosqichdagi yuqori riskli startaplar bilan bir qatorda daromadga yaqinlashgan yoki chiqib ketishga tayyor kompaniyalarni ham qo\u2018shish kerak.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Geografik tarqoqlik<\/strong>: iqtisodiy yoki siyosiy xavflarni kamaytirish uchun startaplarni AQSh, Yevropa, Markaziy Osiyo yoki MENA mintaqalari bo\u2018yicha tarqatish kerak.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Biznes modellar xilma-xilligi<\/strong>: obuna asosidagi B2B platformalar, iste\u2019molchiga yo\u2018naltirilgan marketplace\u2019lar, chuqur texnologiyali (deep-tech) mahsulotlar \u2014 hammasini birlashtirish foydali.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Chiqish yo\u2018llari<\/strong>: ba\u2019zi startaplar IPOni nishonga oladi, boshqalari esa sotib olinadi. Shunday kombinatsiya yaratingki, bu likvidlik imkoniyatlarini kengaytirsin.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugun <strong>Doorway <\/strong>kabi platformalar ushbu jarayonni yengillashtirmoqda \u2014 ular orqali investorlar har bir kelishuvga atigi \u20ac5,000 dan boshlab turli startaplarga sarmoya kiritib, puxta diversifikatsiyalangan portfellarga ega bo\u2018lishi mumkin. Bu esa strategiyani saqlab qolgan holda, kirishni yanada ochiq va qulay qiladi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Vaqtga va soliqqa asoslangan diversifikatsiya<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Diversifikatsiya faqat nimaga sarmoya kiritishingiz bilan emas \u2014 qachon va qanday kiritishingiz bilan ham bog\u2018liq.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startaplar odatda <strong>5\u201310 yillik chiqish davriga <\/strong>ega, bu ularni aksiyalar yoki kriptovalyutalarning qisqa muddatli tebranishlariga nisbatan uzoq muddatli himoya vositasiga aylantiradi. Bu vaqt bo\u2018yicha diversifikatsiya sizning investitsiyalaringizni iqtisodiy tebranishlar fonida kengaytiradi va bardavom qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, Buyuk Britaniya kabi hududlarda investorlar <strong>SEIS (Seed Enterprise Investment Scheme) va EIS (Enterprise Investment Scheme)<\/strong>&nbsp;kabi soliq imtiyozlariga ega \u2014 bu dasturlar ilk bosqichdagi sarmoyalarda 50% gacha soliq chegirmasi taqdim etadi. Bunday imtiyozlar sarmoyani nafaqat jozibadorroq qiladi, balki potensial yo\u2018qotish xavfini ham sezilarli darajada kamaytiradi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Venchur kapitalda \u201cBabe Ruth effekti\u201d<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Beysbol afsonasi<strong>&nbsp;Babe Ruth<\/strong>&nbsp;nafaqat ko\u2018p home run (yirik zarbalar) bilan mashhur edi, balki ko\u2018p marta muvaffaqiyatsiz zarbalar bilan ham tanilgan. Startap investitsiyasida ham aynan shu yondashuv amal qiladi: bir nechta katta yutuq ko\u2018plab kichik yo\u2018qotishlarni qoplaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu sababli tajribali investorlar ko\u2018pincha 20\u201330 ta startapga bir vaqtning o\u2018zida sarmoya kiritadilar \u2014 ular yaxshi biladi: bitta \u201cunicorn\u201d bir nechta muvaffaqiyatsizliklarni to\u2018liq qoplab ketishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu hodisa hozir<em>&nbsp;\u201cBabe Ruth Effekti\u201d <\/em>deb ataladi \u2014 va aynan shu yondashuv diversifikatsiyaning erta bosqichdagi sarmoyalarda nima uchun ishlashini tushuntirib beradi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Tegishli tahlil va faol ishtirokning kuchli tomoni<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ommaviy aksiyalardan farqli ravishda, startap investorlari ko\u2018pincha due diligence \u2014 ya\u2019ni chuqur tahlil va tekshiruv jarayonini o\u2018zlari olib boradi. Bu jarayonda ular <strong>asoschilar jamoasi, bozor hajmi, mahsulotning rivojlanish darajasi va moliyaviy barqarorlikni<\/strong>&nbsp;baholaydilar. Bu nafaqat zaif imkoniyatlarni ajratib olishga yordam beradi, balki investor uchun startap taqdiriga ta\u2019sir ko\u2018rsatish imkonini ham ochadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar oddiy investorlar ommaviy kompaniyalarda deyarli hech qanday nazoratga ega bo\u2018lmasa, startaplardagi angel investorlar ko\u2018pincha maslahat beradi, foydali tanishlarni tanishtiradi yoki hatto operatsion yordam ko\u2018rsatadi \u2014 bu esa sarmoyaning yo\u2018nalishini faol boshqarish imkonini yaratadi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Cheklovlar: Likvidlik pastligi va chiqishdagi noaniqlik<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startap aksiyalari odatda likvid emas \u2014 ya\u2019ni ularni istalgan paytda sotish imkoni yo\u2018q. Ular yoki IPO, yoki sotib olish orqali yakun topadi, bu esa ko\u2018p yillik sabr talab qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu bois, startap portfelini boshqa \u2014 likvid aktivlar bilan muvozanatlashtirish tavsiya etiladi: obligatsiyalar, REITs va boshqa daromadli vositalar bunga misol bo\u2018la oladi.Shu sababli, investorlar startaplar bilan birga likvid aktivlarni \u2014 masalan, obligatsiyalar yoki REITs (ko\u2018chmas mulk fondlari) \u2014 o\u2018z portfellariga qo\u2018shishlari tavsiya etiladi. Bu barqarorlik va pul oqimini muvozanatlashtirishga yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Xulosa: Diversifikatsiya \u2014 tanlov emas, zarurat<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startap investitsiyasi o\u2018ziga xos: unda tavakkal baland, lekin foyda ulkan. Portfel diversifikatsiyasi esa bu yo\u2018ldagi eng samarali strategiyadir. Investorning mablag\u2018ini turli sohalar, bosqichlar va geografiyalarga tarqatish \u2014 tavakkalni kamaytiradi, muvaffaqiyat ehtimolini esa oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yakuniy haqiqat shuki: startapga investitsiya qilishda eng asosiysi \u2014 hammasi to\u2018g\u2018ri chiqishi emas, bir marta to\u2018g\u2018ri tanlov qilish va o\u2018sha g\u2018alabaga tayyor bo\u2018lishdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Navro\u2018zaxon Bo\u2018riyeva<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Investitsiya olamida bir qadimiy hikmat doimo dolzarbligicha qoladi: \u201cBarcha tuxumlarni bir savatga solma.\u201d Bu ibora bugungi kunda portfel diversifikatsiyasi nomi bilan mashhur bo\u2018lgan strategiyaning asosi hisoblanadi. Uning maqsadi \u2014 kapitalni turli aktivlar, sohalar va geografik hududlarga taqsimlash orqali boylikni himoya qilish va barqarorlikka erishishdir. Ayniqsa, bu yondashuv startapga investitsiya kiritishda yanada muhim bo\u2018ladi, chunki bu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":7527,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[121],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-7526","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-venchur-kapitali"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7526","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7526"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7526\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7530,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7526\/revisions\/7530"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7527"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7526"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7526"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7526"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=7526"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}