{"id":7541,"date":"2025-06-16T03:20:02","date_gmt":"2025-06-16T03:20:02","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=7541"},"modified":"2025-06-16T03:20:08","modified_gmt":"2025-06-16T03:20:08","slug":"suniy-intellekt-davrida-kollej-darajalari-oz-kuchini-yoqotyaptimi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/suniy-intellekt-davrida-kollej-darajalari-oz-kuchini-yoqotyaptimi\/","title":{"rendered":"Sun\u2019iy intellekt davrida kollej darajalari o\u2018z kuchini yo\u2018qotyaptimi?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sun\u2019iy intellekt shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda an\u2019anaviy kollej darajasining ahamiyati tobora qayta ko\u2018rib chiqilmoqda. Ayniqsa, tez-tez yangilanayotgan texnologik sohalarda bu o\u2018zgarish yaqqol sezilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">PwC\u2019ning 2025-yilgi Sun\u2019iy Intellekt Ish Bozori Ko\u2018rsatkichiga ko\u2018ra, rasmiy malakalar ishga qabul qilish jarayonidagi asosiy talab sifatida o\u2018z ahamiyatini yo\u2018qotmoqda. Buning sababi esa sun\u2019iy intellekt insonlarga bilim va ko\u2018nikmalarni misli ko\u2018rilmagan tezlikda o\u2018zlashtirish imkonini bermoqda. Bu esa bugun siz nimaga qodir ekaningizni, yillar oldin nimani o\u2018rganganingizdan ancha muhimroq qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dunyo bo\u2018ylab milliardlab ish e\u2019lonlari va minglab kompaniya hisobotlariga asoslangan mazkur tadqiqotga ko\u2018ra, diplomlarga bo\u2018lgan talab ayniqsa sun\u2019iy intellekt ta\u2019siriga kuchli uchragan sohalarda \u2014 masalan, ma\u2019lumotlar tahlili yoki moliya kabi yo\u2018nalishlarda \u2014 sezilarli darajada pasaymoqda. Hozirgi vaqtda ana shunday lavozimlar uchun zarur bo\u2018lgan ko\u2018nikmalar boshqa sohalarga nisbatan 66 foiz tezroq o\u2018zgarayotgani kuzatilgan. Bu esa o\u2018tgan yilgi 25 foizga nisbatan keskin o\u2018sishni anglatadi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Darajalardan amaliy ko\u2018nikmalargacha<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">PwC hisobotida qayd etilishicha, \u201cIshchilar uchun diplomlardan ko\u2018ra aniq ko\u2018nikmalarga e\u2019tibor qaratish imkoniyatlarni kengaytiradi.\u201d Bu degani, endi ishga qabul qilishda asosiy e\u2019tibor malakaga emas, qobiliyat va amaliy yondashuvga qaratilmoqda. Masalan, yangi sun\u2019iy intellekt vositalarini tez-tez o\u2018rganib boradigan moliyaviy tahlilchi, ilgari olingan, lekin yangilanmagan diplomli mutaxassisdan ko\u2018ra qadrlanishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">PwC kompaniyasining sun\u2019iy intellekt bo\u2018yicha global direktori Jo Atkinsonning fikricha, bu o\u2018zgarish shunchaki muqarrar emas, balki zarurdir. \u201cSun\u2019iy intellekt modellari hayratlanarli tezlikda rivojlanmoqda,\u201d deydi Atkinson. \u201cAgar siz o\u2018zingizni noqulay his qilmayotgan bo\u2018lsangiz, go\u2018yo doimo yetib olishga urinayotgandek bo\u2018lmasangiz, ehtimol, vaziyatga yetarlicha e\u2019tibor bermayapsiz.\u201d<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Atkinson mustaqil o\u2018rganish tafakkurini targ\u2018ib qiladi. U mutaxassislarni sun\u2019iy intellekt vositalarini o\u2018rganishga, katta til modellari uchun samarali so\u2018rovlar tuzishni o\u2018zlashtirishga, texnologik bloglarni kuzatib borishga va sun\u2019iy intellektni real hayotda qo\u2018llashni mashq qilishga undaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cEng muhim ko\u2018nikmalar \u2014 amaliy ko\u2018nikmalardir. Siz texnologiyani o\u2018rganishingiz emas, undan foydalanishingiz kerak,\u201d \u2014 deydi u. Endi ilgari ixtiyoriy deb qaralgan mustaqil o\u2018rganish, sun\u2019iy intellekt davrida \u201cyangi minimal talab\u201d sifatida qaralayapti.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Ta\u2019limning yangi qiyofasi <\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shunga qaramay, rasmiy ta\u2019lim o\u2018z ahamiyatini butunlay yo\u2018qotgani yo\u2018q. Jo Atkinson bu borada quyidagicha fikr bildiradi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cIlmiy daraja shunchaki ko\u2018nikmalarni o\u2018rgatish emas \u2014 bu shaxsni shakllantirish, tanqidiy fikrlash, muomala qilish, murakkab vaziyatlarda qaror qabul qilish kabi yuqori darajadagi aqliy salohiyatni rivojlantirishdir. Bu fazilatlar esa sun\u2019iy intellekt asrida yanada dolzarb bo\u2018lmoqda.\u201d Atkinsonning ta\u2019kidlashicha, rasmiy ta\u2019lim hali ham o\u2018z qiymatini saqlab qolmoqda, biroq uning roli o\u2018zgarib bormoqda. Ilmiy darajalar yo\u2018qolib ketmaydi, ammo ular endi ilgarigidek martaba yuksalishining kafolati bo\u2018lmasligi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shunday bo\u2018lsa-da, xulosa aniq: sun\u2019iy intellekt asri uzluksiz malaka oshirish, moslashuvchanlik va bilishga intilishni talab qiladi. Ilmiy darajalar eshikni ochishi mumkin, ammo amaliy sun\u2019iy intellekt savodxonligi sizni bu sohada mustahkam o\u2018rnashtirib qo\u2018yadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Navro\u2018zaxon Bo\u2018riyeva<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sun\u2019iy intellekt shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda an\u2019anaviy kollej darajasining ahamiyati tobora qayta ko\u2018rib chiqilmoqda. Ayniqsa, tez-tez yangilanayotgan texnologik sohalarda bu o\u2018zgarish yaqqol sezilmoqda. PwC\u2019ning 2025-yilgi Sun\u2019iy Intellekt Ish Bozori Ko\u2018rsatkichiga ko\u2018ra, rasmiy malakalar ishga qabul qilish jarayonidagi asosiy talab sifatida o\u2018z ahamiyatini yo\u2018qotmoqda. Buning sababi esa sun\u2019iy intellekt insonlarga bilim va ko\u2018nikmalarni misli ko\u2018rilmagan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":7542,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[124],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-7541","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ai-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7541","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7541"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7541\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7544,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7541\/revisions\/7544"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7542"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7541"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7541"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7541"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=7541"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}