{"id":7568,"date":"2025-06-17T03:17:49","date_gmt":"2025-06-17T03:17:49","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/zoom-pandemiya-sabab-kuchaygan-startap-qanday-yolni-bosib-otdi\/"},"modified":"2025-06-17T03:25:14","modified_gmt":"2025-06-17T03:25:14","slug":"zoom-pandemiya-sabab-kuchaygan-startap-qanday-yolni-bosib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/zoom-pandemiya-sabab-kuchaygan-startap-qanday-yolni-bosib-otdi\/","title":{"rendered":"Zoom: pandemiya sabab \u201ckuchaygan\u201d startap qanday yo\u2018lni bosib o\u2018tdi?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda Zoom \u2014 videoqo\u2018ng\u2018iroqlar uchun eng ommabop platformalardan biri sanaladi. U uy sharoitida ishlash, masofaviy ta\u2019lim, hatto oila a\u2019zolari bilan suhbatlashish uchun keng qo\u2018llaniladi. Ayniqsa, 2020-yilda pandemiya tufayli odamlar uyda qolgan paytda Zoom foydalanuvchilari soni keskin oshdi. Biroq ko\u2018pchilik bu yuksalish ortida oddiy startap hikoyasi yotganini bilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Qayerdan boshlangan?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zoom dastlab 2011-yilda Erik Yuan tomonidan <a href=\"https:\/\/www.zoom.com\/ru\/about\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">ishga tushirildi<\/a>. U ilgari Cisco kompaniyasida videoaloqa vositalarida ishlagan va mavjud xizmatlarning murakkabligi, sekinligi uni qoniqtirmagan. Shuning uchun Erik tez, ishonchli va oson ishlaydigan yangi platforma yaratishga qaror qildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startap uchun dastlab taxminan <strong>$3 million<\/strong> sarmoya yig\u2018ildi. Ular xizmatni barqaror saqlash uchun Amazon Web Services bulut platformasidan foydalandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Zoom nimasi bilan ajralib turgan?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zoom o\u2018zining video va audio sifatiga katta e\u2019tibor qaratdi. Hatto sust internetda ham video va ovoz ancha tiniq edi. Hech qanday yuklab olish yoki murakkab sozlashlar talab qilinmagan. Platforma foydalanish juda oson bo\u2019lib, ayniqsa jamoaviy majlislar yoki onlayn darslar uchun qulay hisoblangan. Shuningdek, Zoom raqobatchilariga nisbatan arzonroq tariflar <a href=\"https:\/\/www.theverge.com\/good-deals\/2020\/4\/1\/21202766\/bong-joon-ho-parasite-4k-hdr-deal-movies-anywhere-wyze-cam-humble-bundle-gaming\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">taklif qildi<\/a>.<strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Moliyaviy o\u2019sish jarayoni<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zoom 2019-yilda aksiyalarini ommaviy sotuvga (IPO) chiqardi. Bir dona aksiya $36 atrofida baholandi va kompaniya tez orada milliardlab dollarlik qiymatga erishdi. 2020-yilda, pandemiya cho\u2018qqisida, kompaniyaning yillik daromadi $2,65 milliardga yetdi \u2014 bu avvalgi yilga nisbatan uch baravar <a href=\"https:\/\/www.cnbc.com\/2020\/04\/14\/how-zoom-became-the-go-to-video-conferencing-app-during-coronavirus.html\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">ko\u2018p<\/a> . Pandemiya boshlanishida Zoom foydalanuvchilari soni 10 milliondan 300 milliongacha oshdi.<\/p>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\"><a><\/a><strong>Zoomning global kengayishi<\/strong><\/h3>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zoom dastlab AQSh bozorida mashhur bo\u2018lsa-da, tezda butun dunyoga tarqaldi. Bugungi kunga kelib, 180 dan ortiq mamlakatda millionlab foydalanuvchilar Zoom xizmatidan foydalanmoqda. Kompaniya ko\u2018plab tillarda dastur versiyalarini chiqardi, mahalliy serverlarni joylashtirdi va xalqaro biznes hamkorliklarni yo\u2018lga qo\u2018ydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu kengayish Zoomga turli hududlardagi mijozlar uchun sifatli va tezkor xizmat ko\u2018rsatishga yordam berdi. Shuningdek, u o\u2018z mahsulotini korporativ va ta\u2019lim sohalarida keng targ\u2018ib qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Zoom kimlar bilan raqobat qiladi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zoom uchun asosiy raqobatchilar \u2014 Microsoft Teams, Google Meet, Cisco Webex va Skype. Microsoft Teams ayniqsa, Office 365 ekotizimiga integratsiyalanganligi sababli ko\u2018plab kompaniyalarda afzal ko\u2018riladi. Google Meet Google xizmatlari bilan bog\u2018lanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zoom esa oddiy interfeysi, yuqori sifatli video va oson foydalanilishi bilan ajralib turadi. Shu sababli ko\u2018pchilik foydalanuvchilar aynan Zoomni tanlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Duch kelingan muammolar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Foydalanuvchilar sonining keskin ko\u2018payishi bilan birga Zoom bir qancha muammolarga duch keldi. Eng katta muammo \u2014 xavfsizlik va maxfiylik edi. \u201cZoombombing\u201d deb ataluvchi holatlarda noma\u2019lum odamlar uchrashuvlarga kirib, bezovta qilishdi. Bu foydalanuvchilarning ishonchini biroz pasaytirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu sababli kompaniya xavfsizlikni kuchaytirishga katta e\u2019tibor qaratdi: uchrashuvlarga parol qo\u2018yish, foydalanuvchi identifikatsiyasini kuchaytirish, <em>end-to-end<\/em> shifrlashni joriy qilish kabi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, Zoomning ba\u2019zi maxfiylik siyosatlari ham tanqid qilindi va kompaniya ularni qayta ko\u2018rib chiqishga majbur bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Xulosa<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zoom kichik startap sifatida boshlangan bo\u2018lsa-da, innovatsion yondashuvi, qulayligi va ishonchliligi bilan qisqa vaqt ichida global miqyosda yetakchiga aylandi. Kompaniya pandemiya davrida yuksalgan bo\u2018lsa-da, hozirda ham o\u2018z o\u2018rnini saqlab qolgan va texnologik rivojlanish yo\u2018lida davom etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right wp-block-paragraph\">Tayyorladi: Mahliyo Hamid<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda Zoom \u2014 videoqo\u2018ng\u2018iroqlar uchun eng ommabop platformalardan biri sanaladi. U uy sharoitida ishlash, masofaviy ta\u2019lim, hatto oila a\u2019zolari bilan suhbatlashish uchun keng qo\u2018llaniladi. Ayniqsa, 2020-yilda pandemiya tufayli odamlar uyda qolgan paytda Zoom foydalanuvchilari soni keskin oshdi. Biroq ko\u2018pchilik bu yuksalish ortida oddiy startap hikoyasi yotganini bilmaydi. Qayerdan boshlangan? Zoom dastlab 2011-yilda Erik Yuan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":7566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-7568","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-startaplar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7568","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7568"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7568\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7570,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7568\/revisions\/7570"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7568"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7568"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7568"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=7568"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}